25-mavzu.(Test)
1. 50 kVt quvvatli ko‘tarish krani yukni ko‘tarishda 3 MJ foydali ish bajardi. Agar yuk tekis ko‘tarilgan bo‘lsa, ko‘tarilish vaqti necha sekund bo‘lgan?
A) 80 B) 70 C) 50 D) 60
2. Pulemyot 1 minutda 600 dona o‘qqa 800 m/s boshlang‘ich tezlik beradi. Agar har bir o‘qning massasi 15 g bo‘lsa, pulemyotning foydali quvvati qancha (kVt)?
A) 48 B) 36 C) 32 D) 80
3. Ko‘tarish krani 10 m balandlikka 5 t massali yukni 25 s da tekis ko‘taradi. Kranning foydali quvvati qancha (kVt)?
A) 0,2 B) 2 C) 20 D) 200
4. Pulemyot 1 minutda chiqarayotgan 600 o‘qining har biriga 800 m/s tezlik beradi. Agar har bir o‘qning massasi 10 g bo‘lsa, pulemyotning o‘rtacha foydali quvvati necha kVt ga teng?
A) 48 B) 36 C) 32 D) 80
5. Agar quvvati 1350 Vt ga yetgan avtomobil tekis harakatlanib, 40 sekundda 0,5 km yo‘l bosgan bo‘lsa, uning tortish kuchi qanchaga teng (N)?
A) 104 B) 108 C) 116 D) 120
6. Quduqdan 24 m balandlikga har minutda 1500 l suv chiqaradigan nasosning foydali quvvatini toping (kVt).
A) 5,2 B) 5,3 C) 5,5 D) 6
7. Dvigatelining quvvati 5 kVt bo‘lgan ko‘tarma kran yukni 6 m/min o‘zgarmas tezlik bilan ko‘tarmoqda. Yukning massasini toping (t).
A) 5 B) 6 C) 30 D) 3
8. Quyida keltirilgan javoblar ichidan quvvat birligi 1 Vt ta’rifni toping.
A) 1 s ichida jism tezligi 1 m/s ga o‘zgarsa, quvvat 1 Vt deyiladi.
B) 1 N kuch ta’sirida jismni 1 m masofaga ko‘chiradigan mashina quvvati 1 Vt deyiladi.
C) 1 kg massali jismga 1 m/s2 tezlanish beradigan mashina quvvati 1 Vt deyiladi.
D) 1 s davomida 1 J ish bajaradigan mashina (yoki ish bajaruvchi) ning quvvati 1 Vt deyiladi.
9. Keltirilganlar ichidan quvvat formulasini ko‘rsating.
A) N = A t B) N = F C) N = F / D) N = F / 2
10. Uchish balandligi ortib borgan sari reaktiv samolyotlarning quvvati qanday o‘zgarib borishini aniqlang.
A) o‘zgarmaydi B) ortadi C) kamayadi D) to‘g‘ri javob yo‘q
11. 10 kVt quvvatli kran qanday massali yukni 0,1 m/s tezlik bilan ko‘tara oladi?
A) 0,1 t B) 0,5 t C) 10 t D) 5 t
12. Jismga 60° burchak ostida 40 N kuch ta’sir qilib, unga 5 m/s tezlik bermoqda. Hosil bo‘lgan quvvatni (Vt) toping.
A) 100 B) 50 C) 120 D) 75
13. Tekis yo‘lda teplovozning tortish kuchi 250 kN, dvigatellarining quvvati 2500 kVt. Poezd tekis harakatlanib, 12,6 km yo‘lni qancha vaqtda bosib o‘tadi?
A) 120 s B) 10 min. C) 20 mln. D) 21 min.
Do'stlaringiz bilan baham: |