1-mavzu: Tarixshunoslik fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari
Reja: 1. Tarix fanining vujudga kelishi va rivojlanishi. 2. “Tarixshunoslik” atamasi haqida tushuncha. 3. Tarixshunoslikning obyekti, predmeti va vazifalari. 4. Tarixshunoslikda tadqiqotlarning tahlil qilish usullari. Adabiyotlar Asqarov A. O’zbekiston mustaqillik sharoitida tarix fanining vazifalari. «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar»,1992 yil, 7-8 sonlar. Asqarov A. O’zbek xalqining kelib chiqish tarixi. T., “O’zbekiston”, 2015. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T. 200O. Ahmedov B. O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari. T., «O‘qituvchi» , 1991. Барг М.А. Категории и методы исторической науки. M., 1984. Doniyorov A. O’rta Osiyo xalqlari tarixshunosligi. Toshkent. Nif RUSH. 2020 y. Sodiqov H, Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. 1-2-3 kitob. Sharq. T., 2011. Sharusutdinov R, Karimov Sh va b. Vatan tarixi. 1-2. Toshkent. Sharq 2016. Saidqulov T. O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar (1-qism) T.: 1993. O‘quv maqsadi: Talabalarda tarix fani, tarixiy bilimlarning pay do bo'lishi va rivqjlanishi, “Tarixshunoslik” fanining predmeti haqida tushuncha hosil qilish, mazkur fanning maqsad hamda vazifalari haqida та'lumot berish. Tayanch so‘z va iboralar: tarix, tarixshunoslik, tadqiqot usullari, jamiyat, tarixiy xotira, tarixiy ong, ilmiy, nazariy-metodologik, Fanlar akademiyasi. “Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin, bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Mazkur merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak”1 - O‘zbekiston Respubiikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ushbu so‘zlari bugungi kunda tarix fanida o‘rganilishi zarur bo‘lgan muammolar doirasini belgilab beradi. Ma’lumki, tarix - xalq ma’naviyatining asosi, eng muhimi, u ajdodlarning shonii o’mishini o‘zida mujassamlashtirgan fandir. Tarix - faqatgina ushbu fan sohasining emas, baiki millatning har bir vakiliga birdek daxldordir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Havas qilsa arziydigan ulug‘ tariximiz, buyuk ajdodlarimiz”2 haqidagi noyob tarixiy ma’lumotlarni dunyo ahliga faxr va g‘urur ila baralla yetkazish dunyoda global iashuvjaray on lari kechayotgan pallada ayniqsa do’lzarblashmoqda. Tarixni bilish va undan saboq olishni vatanparvarlikning muhim omili, deb hisoblagan Prezident: “Mana, Amir Temur bobo’liz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik, ulug‘ Sohibqironning ‘Tuzuklari”ni qancha askar o‘qigan? Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida 1 http://xs.uz/uzkr/post/ Shavkat Mirziyoyev. “Mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoq”. 2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил 3 августдаги ижодкор зиёлилар билан учрашувда сўзлаган нутқи // https: //cdn1. img. sputniknews-uz. com/i/logo-itemprop. pngkun. uz. 03.08.2017. hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning g’alabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi ko'plab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham o‘rganishadi”3. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishlarida bugungi islohotiar jarayonida tarixni yaxshi bilish zarurligiga e’tibor qaratib: “Suvorov maktabi”ni “Temurbeklar” deb o‘zgartirdik. Gap nomda emas, g‘oyada, mafkurada, g‘ururda! Bog‘chadayoq bolalarimiz Vatanni, tarixni, madhiyani, bayroqni, Amir Temuri, Birinchi Prezidentimizni... yaxshi O‘rganishsin...”4 va shu o‘rinda ushbu mazmundagi fikrlarini rivojlantirib, askarlar harbiy qasarnyod qilishdan oldin albatta, “O‘zbekiston tarixi” fani va “Temur tuzuklari”dan sinov topshirishi kerakligi, qolaversa, tarixiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish har bir fuqaroning sharafli burchi ekanligini ta’kidladi. O‘zbekistonning yangilanish yo‘lida “Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo’ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Milliy o‘zligimizni anglash uchun Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini jonlantirish, gumanitar soha olimlarini har tomonlama qo‘llab- quvvatlashimiz lozim” – deb ko‘rsatma berdi5. Ushbu vazifalarni bajarishda ta’lim muassasalarining zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklanib, milliy o‘zlikni anglash va yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish da “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishning dolzarbligi hamda zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Bugungi kunda tarix va tarixiy fanlarni o‘qitish hamda ushbu sohadagi tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab qaror hamda dasturlar qabul qilinmoqda. Birgina misol, “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy tadqiqot muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishni yanadata komillashtirish hamda ilmiy tadqiqot natijadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori6 qabul qilindi. Mazkur Qarorga ko‘ra, mamlakatda akademik ilm-fanni yanada rivojlantirish, Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va tadqiqot olib b00rish tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirishga o‘tkazish maqsad qilingan. Shuningdek, ushbu Qarorga muvofiq, tarixiy tadqiqotlar markazi bo‘lgan Fanlar akademiyasi Tarix instituti uchun quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi: O‘zbekistonning qadimdan hozirgi davrigacha bo‘lgan tarixini tizimli o‘rganishni milliy taraqqiyot nuqtai nazaridan tashkil etish; Vatanimizning umumjahon va mintaqa tarixida tutgan o’rni, o‘zbek xalqining 3 Ўзбекистон Республикаси Президенти, Қуролли Кучлар Олий Бош Қўмондони Шавкат Мирзиёевнинг Хавфсизлик кенгашининг кенгайтирилган таркибдаги йиғилишидаги нутқи // kun.uz. 28.11.2018. 4 O’sha joyda. 5 http:/parliament.govuz/uz/events/committee/27235 / Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2020 йил 28 декабрь куни Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 6 https://regulation.gov.uz/uz/document/9637(Фойдаланилган сана: 15 .09.2020). bunyodkorlik ishlarini turli tarixiy bosqichlarning umumiy hamda o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda va o‘zaro aloqadorlikda ko‘rsatish; O‘zbekistonda tarixiy tafakkur rivojini tahlil qilish, arxeologik, etnologik, tarixshunoslik va manbashunoslik tadqiqotlarining nazariyasi hamda metodologiyasini istiqbolli rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni har tomonlama va chuqo’r tadqiq etish. Ijtimoiy fan vakillari oldiga qo'yilgan ushbu vazifalarni bajarish bevosita tarix fani taraqqiyotiga xizmat qilib, xalqning tarixiy ongi va xotirasi hamda har bir fuqaroda Vatan tuyg‘usini shakllantirishda muhim omil bo‘lishi shubhasizdir. Tarix fani: predmeti, funksional vazifalari va tarixchi Tarix-insoniyat taraqqiyotini o‘rganuvchi fandir. U predmeti mazmunidan kelib chiqib, ijtimoiy fanlar tizimiga mansub va ushbu qatorda alohida o‘ringa ega. Tarix mustaqil fan sifatida Qadimgi Gretsiyada vujudga kelib, mil. avv.V asrda yashagan Gerodot ramziy ravishda uning “otasi” hisoblanadi. Ushbu allomaning mashhur “Tarix” asarida aynan tarixni har tomonlama o‘rganish zarurligi asoslangan. Gerodot tarix deganda, o‘tmish haqida yozib qoldirilgan hikoyalarni nazarda tutgan. Ha, tarix o‘tmish haqida hikoya qiladi, o‘tmishga aylangan voqeahodisalar haqida ma’lumot beradi. Agar masalaga bunday yondashilsa, zamonda yuz beradigan barcha voqealar bayoni tarixdir. Biroq, tarix fanining predmetini — insoniyat tarixini o‘rganish tashkil qiladi. Tarix avvalambor, jamiyat taraqqiyotida insonning tutgan o’rni va rolini o‘rganadi. Tarix ko‘p avlodlar hayoti davomida insoniyatning to‘plagan beqiyos koMamdagi ma’naviy-axloqiy, madaniy va ijtimoiy tajribasidir. Yana shuni ta’kidlash joizki, o‘tmish haqidagi bilimlarni anglatuvchi “tarix” ma’lum darajada adabiy ma’noga ham ega. Tarix insoniyat bilimlarining alohida shakli sifatida adabiy ijod doirasida shakllanib, hozirga qadar u bilan aloqasini saqlab qolgan. Tarix fani inson haqidagi boshqa fanlardan ikki xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchisi, tarix betakror va beqiyos voqea hodisalar bilan ish ko‘radi hamda ularning aniq tafsilotlari bilan shug‘ullanadi. Masalan, Amir Temurning harbiy yurishlari, Buyuk Fransuz inqilobi va Ikkinchi jahon urushi kabi o‘tmish voqealari betakror hamda hamisha yagona faktlar bo‘lib qoladi. Tarixning maqsadi bunday faktlarni izlab topish, ularning sabab va oqibatlarini aniqlashdan iborat. Ushbu aniq voqealar tadqiqotchiga mushohada uchun manba vazifasini bajarib, ularni o‘rganish tarixchi faoliyatining asosini tashkil qiladi. Bularning barchasi tarixni empirik fan, ya’ni tarixiy dalillar orqali ofctmish manzarasini keng tasvirlovchi va tasniflovchi predmet deb hisoblash imkonini beradi. Tarixning empirik xarakteri va uning mantiqiy yakuni ushbu fan tadqiqotchisini o'tmishda sodir bo’lgan voqealarni mushohada qilish vazifasi qiziqtirmasligi, balki uning asosiy vazifasi, ya’ni voqealarning haqqoniyligi o'rganib, ishonchli tasvirlashdan iborat ekanligini qayd qilishda namoyon bo'ladi. Tarixning ikkinchi farqli xususiyati — tadqiqot maydonining nihoyatda kengligi va inson faoliyatining har qanday ko‘rinishi tarixiy fakt hamda uning o'rganish predmeti bo‘la o’lishidadir. Tarixchining e’tibori ijtimoiy hayotning xilma-xilligiga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning vazifasi - jamiyatning ma’lum bir davr, sharoit va makonda mavjudligi xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tarixchi boshqa ijtimoiy fan vakillaridan farqli ravishda, turli tiplarga xos bo‘lgan hodisalar bilan ish ko‘radi: iqtisodiy — insonlarning xo‘jalik hayoti; ijtimoiy - jamiyatdagi guruh va qatlamlar, ularning o‘zaro munosabatlari prinsiplari, ijtimoiy institutlar — asosiy muassasa va jamiyat hayotini tartibga soluvchi barqaror qoidalar; ruhiy — inson va insonlar hamjamiyatining his tuyg‘ulari; siyosiy va huquqiy — siyosiy voqealar, davlat va boshqaruv tashkiliy shakllari, huquqiy norma hamda jamiyat taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan insonlarning ijtimoiy xulqatvori; madaniy — inson ma’naviyati orqali yaratilgan adabiyot, san’at, ilmiy bilim, shuningdek, ma’lum jamiyat uchun xos bo‘lgan dunyoqarash va dunyo haqidagi tasavvurlar. Tarix fani bir qator muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi. Ular: Tarixning fan sifatidagi muhim funksiyasi bilish - intellektual- rivojlantiruvchi funksiyadan iborat. Barcha voqealar va jarayonlarni o‘zida ifodalagan insoniyat tarixini tashkil qiluvchi xalqlar va mamlakatlarning bosib o‘tgan tarixiy yo'lini o‘rganish; davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq jarayonlarning turli jihatlarini o‘rganadi; tarixiy ongni shakllantirish funksiyasi. Tarixiy ong bu — ijtimoiy xotira. Tarixiy ong holati jamiyat barqarorligiga bog‘liq bo‘lganidek, mustahkam tarixiy ong o‘z navbatida, jamiyat barqarorligining ko‘rsatkichidir; amaliy tavsiyaviy funksiyasi — uning fan sifatidagi mohiyati tarixiy faktlarga tayangan holda, jamiyat rivoji qonuniyatlarini aniqlab, nazariy mushohada qilish orqali, kelajakda turli xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ilmiy asoslangan siyosiy yo‘lni ishlab chiqish va siyosiy mazmundagi qarorlarni qabul qilishga qaratilgan; yana bir funksiyasi - dunyoqarash bo‘lib, o‘tmishni bilish dunyo, jamiyat va uning rivojlanish qonuniyatlariga nisbatan ilmiy nuqtai nazardan qarashni shakllantiradi; tarbiyaviy funksiyasi - u o‘z xalqi va yurtining tarixini o‘zlashtirish orqali vatanparvarlik hissi, insoniyatning axloqiy normalari hamda qadriyatlarini shakllantiradi; jamiyat taraqqiyotida ma’lum bir xalq yoki shaxslarning rolini ko‘rsatadi. Tarix ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, u bir qator mustaqil fan sohalaridan tashkil topgan: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, harbiy, davlat, fuqarolar, fan, din tarixi. Tarix o’rganish ob’yektining qamroviga ko‘ra, jahon tarixi, qit’alar tarixi, Yevropa tarixi, Osiyo va Afrika tarixi, xalqlar tarixi, alohida olingan mamlakatlar (O‘zbekiston) tarixi va h.k. Ushbu fan o‘z tadqiqotlarida xronologiya, paleografiya, numizmatika, diplomatika, geraldika, metrologiya, sfragistika, epigrafika, geneologiya, toponimika va o’lkashunoslik kabi yordamchi tarix fanlariga tayanadi. Manbashunoslik va tarixshunoslik tarixiy tadqiqotlar jarayonida alohida o‘rin tutadi. O‘tmishni o‘rganishda tarixiy manbalar asosiy vosita bo‘lib, ular o‘z tavsifiga ko‘ra, yozma, og’zaki, moddiy va adabiy kabi turlarga bo‘linadi. Biroq, ushbu manbalar tarix manzarasini asl holicha yaratmaydi va ularda mujassamlashgan axborotlarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilib bo’maydi. Tarix tadqiqotini amalga oshirishda manbashunoslik ishi muhim o‘rin tutadi. Tarixiy voqealarni tiklash uchun ushbu manbalarni tanqidiy o‘rganish, tahlil va talqin qilish kerak bo‘ladi. Faqat tarixchigina tarix manzarasini o‘z faoliyati orqali tiklay oladi. Manbashunoslik- tahliliy ish bo‘lsa, nazariy umumlashmalar ustida ishlash esa tizimlovchi, selektiv ish, ushbu ikki yo‘nalish tarixiy bilimda bir xilda muhim va zarurdir. Tarixchining manbashunoslik va umuman, tadqiqotchilik faoliyati haqida so‘z ketganda, shuni ta’kidlash joizki, tarixni o‘rganish hamda konseptual jihatdan anglash bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Tarixiy tadqiqotning muhim manbalari - arxiv hujjatlari, nashrlar, ashyoviy dalillar va h.k. ustidagi maxsus professional ish hisoblanadi. Manbalar bilan ishlashdagi mahorat tadqiqotchining professional darajasi, mavzuning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini belgilaydi. Tarixchining fuqarolik qarashi “ijtimoiyligi” tarixiy asarlar xarakterini belgilaydi, manbalarni talqin qilish qobiliyati o‘zi yashayotgan davr nuqtai nazaridan emas, avvalambor, o‘rganilayotgan davr nuqtai nazaridan belgilanadi. Manbalarni tahlil qilishda o‘rganilayotgan davr insonlarining fikrlari, tasavvurlari va jamiyatda kechayotgan jarayonga qarashlaridan kelib chiqish kerak. Bunday yondashuv hatto yaxshi ma’lum bo‘lgan manba matnida noma’lum qirralarni ko‘rish imkonini beradi. Ma’lumki, tarix o‘tmish haqidagi bilimiar va o‘tgan zamon haqidagi ijtimoiy tasavvurlar umumlashmasini anglatib, insoniyattaraqqiyotiningholatinio‘zidaaksettiradi. “Tarixiy xotira”, “tarixiy ong”, “tarixiy bilimiar” va “tarix fani” kabi tushunchalar tarixning sinonimlari sifatida taqdim etiladi. Mazkur tushunchalarda mujassamlashgan voqea-hodisalar o‘zaro aloqador bo‘lib, ular orasida ma’lum bir chegarani o‘tkazishning iloji yo‘q. Bu o‘rinda, “tarixiy xotira”, “tarixiy ong” tushunchalari aksariyat holda o‘tmishning beixtiyor yaratilgan manzarasiga ishora qilsa, “tarixiy bilimiar” va “tarix fani” uni anglash hamda baholashda maqsadli hamda tanqidiy yondashuvai nazarda tutadi7. Tarixiy bilimiar qadimda jamiyat va ijtimoiy ong taraqqiyoti jarayonida shakllangan. Insonlarning o‘z o‘tmishiga bo‘lgan qiziqishi, o‘zini anglash va etnik identikligini belgilash tendensiyasining ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Buning asosida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki motiv yotadi — o‘zi haqidagi xotirani avlodlarga yetkazish va yashayotgan davrini ajdodlar tajribasiga murojaat qilish orqali anglashga intilish. Insoniyat tarixida turli davrlar va sivilizatsiyalar o‘tmishga nafaqat turli shakllar, balki har xil darajada o‘z qiziqishlarini ham namoyon qildilar. Jamiyatning rivojlanish jarayonida o‘tmish haqidagi xotirani saqlash vositalari, uni o‘rganish va bayon qilish o‘zgarib bordi, faqat muhim jihati, zamonaning dolzarb savollariga javob izlashda o‘tmishdan saboq olish an’anasi o‘zgarmadi. Tarixshunoslik - tarixiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida Tarix fani taraqqiyotining murakkab va uzoq yo‘lini bosib o‘tdi. Ushbu jarayon rivojining har bir bosqichini mushohada va sarhisob qilish hamda istiqboldagi vazifalarini belgilashga do’lmo ehtiyoj mavjud. Tarixiy bilimlarning to‘pianishi va rivojlanishi asnosida mazkur jarayonlar hamda uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi maxsus fan — tarixshunoslik vujudga kelib, u XX asrning o‘rtalarida to‘liq shakllanib bo’ldi. Tarixshunoslik tarixiy bilimiar tizimida tarix fanining tarixini o‘rganuvchi fan sifatida joy oldi. “Tarixshunoslik” atamasi haqida so‘z yuritilar ekan, uzoq vaqt davomida ilmiy an’anada ushbu atama mazmuniga tarixnavislik, ya’ni tarixni yozish 7 Репина Л. История исторического знания: пособие для вузов 2-е изд. М.: Дрофа, 2006. ma’nosi yuklangan va uning “ijodkori” bo‘lgan tarixnavisga nisbatan “tarixshunos” termini qo‘llanilgan. Fanni yangi sohasining shakllanishi bilan ushbu atamaga fanshunoslikda yangicha mazmun yuklanib, tarixshunoslik tushunchasidan - tarix fanining tarixini o‘rganuvchi fanni anglashda qo‘llanila boshlandi. Tarixshunoslik–tarix fanining tarixini o‘rganuvchi fan.Tarixshunoslik tarixiy bilimlar tarakkiyotini, muayyan tarixiy boskichda yaratilgan ilmiy maxsulotlarni yoki ma’lum bir muammoga bagishlangan tarixiy tadqiqotlarni o‘rganadi va taxlil kiladi.Tarixshunoslik nafakat tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan, sharkshunoslik, etnologiya, arxeologiya va b) tarixi bilan ham shugullanadi.Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chukur va xar tomonlama xolisona anglashdan, muayyan tarakkiyot davrida tuplangan tarixiy bilimlarni taxliliy tadkik etishdan amalga oshirilgan ishlarning natijasini chikarishdan hamda shu asosda tadkik etilgan dolzarb muammolarni aniklab, kelgusi tadqiqotlarning yunalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiyilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat.Tarixshunoslik utmishda kechgan va bugunda sldir bulayotgan vokea-xodisalarning odamlar ongidakanday aks etishini , tarixiy adabiyotlar orkali ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli boskichlarida tarixiy bilimlarning usib borish jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshkacha aytganda , ma’lum boskich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat tarakkiyotining asosiy yunalishi bilan bogliklikda ifodalaydi, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy muxitning tarix faniga ta’sirini, u yoki bu yunalishdagi rivojlanish va tanazzulga yuz tutish sabablarini aniklaydi.Tarixshunoslik shuningdek, fan tarakkiyotida uz urniga ega bulgan ilmiytadqiqot markazlari tarixini, unda faoliyat ko’rsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qo’shgan xissalarini o‘rganish kabi vazifalarni ham bajaradi. Tarixshunoslik tarixiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida tarix fanining tarkibiy qismi hisoblanadi va ayni paytda, intellektual tarixning ham bir bo‘lagidir. Tarix fani va tarixshunoslik o‘rtasidagi munosabat bir-birini taqozo qilganidek, ushbu ikki fanning rivojidagi asosiy omillar ham ularning o‘zaro aloqadorligi natijasida shakllanadi. Agar tarixiy jarayon tarixchi ishtirokida fanga aylansa, ilmiy bilimlarning to‘planib borishi, ma’lum bir tarixiy voqea-hodisa haqida turli tadqiqotchilarning tasavvurlari, qarashlari va konsepsiyalarining shakllanishi, bunga muhitning ko‘rsatgan ta’siri hamda rivojlanish omillarini tahlil qilish tarixshunoslik zimmasida. Tarixshunoslik va ushbu sohada amalga oshiriladigan tadqiqotlarning dolzarbligini aynan tarix fanining holati, rivoji tahlili hamda istiqbolda o‘rganilishi kerak bo‘lgan mavzularni aniqlash ehtiyoji belgilaydi. Zamonaviy tarixshunoslar jamiyatida ushbu fanning predmetini kengroq ma’noda, aynan fanlararo maydonda tushunish tendensiyasi rivojlanib bormoqda. Tarixshunoslik fan tarixi, madaniyat tarixi va ijtimoiy tarix fanlari oralig‘ida tushuniladi. Shu sababli, faqatgina ilmiy bilimlarni ishlab chiqarishga emas, balki ularni o‘zlashtirish va tarqatishga ham e’tibor qaratiladi. Hozirda tadqiqotchilar tarixshunoslikda muhit, xo‘jalik, madaniy makon, ijtimoiy- madaniy an’ana, intellektual landshaft va intellektual diskurs kabi masalalarga ko’proq murojaat qilmoqda. Bunda tarixshunos nafaqat muayyan tarixiy ta’limot, shu bilan birga uning shaxsiy-individual qismi, yaratilish jarayoni, tarqalishi, ta’siri va taqdiriga ham qiziqadi. So‘nggi o‘n yillikda fanda tayyor bilimgagina emas, balki unga erishish usullari va vositalariga ham katta e’tibor qaratilmoqda, bu esa, tabiiyki, o’z- o‘zidan tarixchi shaxsini, uning laboratoriyasini o‘rganishga undaydi. Tarixshunoslik sohasi barcha ijtimoiy fanlar kabi o‘z funksiyalariga ega. Ular: bilish; nazariy-metodologik; bashorat qilish (prognostik) va h.k. Tarixshunoslikning bilish funksiyasi ikki: quyi va yuqori darajada namoyon bo‘ladi. Quyi darajasi tarixiy bilimlarning to‘planish jarayonini aniqlash, ularni tizimlashtirish va tarixiy tahlilga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lsa, yuqori darajasi esa tarixshunoslikning ijodiy mexanizmini topish jarayonida namoyon bo‘ladi. Nazariy-metodologik funksiyasi tarixshunoslikning qonuniyati va qonunlarini hamda xolis bilimga erishish maqsadi uchun qo‘llaniladigan tamoyil hamda usullarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Tarixshunoslik o‘z asarlari bilan tarixiy voqyelik va tarixiy shaxslar, shu jumladan, tarixchi-olimlarni ham ideallashtirishga qarshi chiqadi hamda ilmiy jarayonni xolis baholashga xizmat qiladi. Bashorat qilish (prognostik) funksiyasi fanning istiqbolda rivojlanish yo‘llari, tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan muammolar va mavzuiarning doirasini aniqlashga yo‘naltirilgan. Ta’kidlash joizki, tarixshunoslik rivojlanish jarayonida yordamchi tarix fanlaridan tadqiqot predmeti va vazifalariga ega bo’lgan mustaqil fanga aylanib, uning funksiyalari doirasi muntazam kengayib bormoqda. Tarixshunoslikning maqsadi tarix fanining rivojlanish qonuniyatlari, unga ta’sir ko‘rsatgan omillar va tamoyillarini aniqlash, ilmiy tarixiy tafakkur vorisiyligi hamda konseptual yondashuvlar uzviy rivojini kuzatishdan iborat. Tarixshunoslikning asosiy ijtimoiy vazifalari: tarixiy bilimlarning to‘planish jarayonini o’rganish va ularni tizimlashtirish; tarix fanining vujudga kelishi, shakllanishi va uning rivojiga ta’sir ko‘rsatgan ob’yektiv shart-sharoit (davlat siyosati)ni yoritish; tarixiy nazariyalarning vujudga kelgan davrini falsafly va siyosiy qarashlar bilan aloqasini o‘rganish, turli konsepsiya hamda qarashlarning shakllanishi va tarix fanida turli oqimlar kurashi tarixini tadqiq etish; tarixiy tadqiqotlar muammolarining o‘zgarishiga doir qonuniyatlari tahlil qilish; tarixiy manbalarni tahlil qilish texnikasining takomillashuvi va tarixiy tadqiqot usullarining rivojlanishi ko‘rsatish; shuningdek, tarixiy tadqiqotlar muammolarining ilmiy-tashkiliy: tarix fani rivojining har bir bosqichida holati, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish shakllarining tahlili, ilmiy-tarixiy muassasa va markazlar tarixi hamda ilmiy jamiyatlar faoliyatini yoritish; tarixiy bilimlarning tarqatilishi: ilmiy va ilmiy-ommabop davriy matbuotning holati, tarixiy nashrlar, o‘quv adabiyotlari, ushbu komponentlarning tarix fani rivojidagi ahamiyatini; tarixchi mutaxassislarni tayyorlash tizimi hamda tarix ta’limi takomillashuvi va uning tarix faniga ta’sirini; tarix fani kadrlari, malakasi va sohalar bo‘yicha taqsimlanishi, tarixchi faoliyati (Tarixchi shaxsi va laboratoriyasi)ni o‘rganishdan iborat. Tarixshunoslik fani ham boshqa fanlar singari o‘z tadqiqot ob’yekti va predmetiga ega. Tarixshunoslik fanining tadqiqot ob’yektini tarixiy (tarixshunoslik) manbasida mujassamlashgan, tadqiqotchilik konsepsiyasi shaklida aks etgan tarixiy bilimni o‘rganish tashkil qilsa, uning predmeti – tarix fanida ma’lum muammoni tadqiq etish jarayonlari va natijalarini tahlil qilishdan iborat. Tarixshunoslik predmetining kengayib borishi bevosita mazkur fanning muhim jihatlari va nazariy-metodologik tahlil imkoniyatlarining ortib borishiga bog‘liq. Tarixshunoslik, shuningdek, o‘z fakti va manbalariga tayangan holda ish ko‘radi. Tarixshunoslik fakti - tarixchining bir yoki bir nechta tadqiqoti orqali taqdim qilingan konsepsiyasi va qarashlari majmui, tarixshunoslik manbasi — monografiya, risola, maqola, taqriz va turli anjumanlarda qilingan ma’ruzalar ekanligini nazarda tutgan holda tahliliy faoliyatni amalga oshirish, ushbu tushunchalar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish tarixshunoslikka oid tadqiqotlarning muhim shartlaridan biridir. Tarixshunoslikka oid tadqiqotlarni amalga oshirishda tarix metodologiyasi va uning rivojlanish bosqichlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki, mazkur tartiblar tarix fanining nazariy-metodologik asoslari va takomillashuvidagi o‘ziga xos xususiyatlarini anglashga yordam beradi. Bu o‘rinda, tarix va tarixshunoslik metodologiyalarining o‘zaro genetic aloqadorligini alohida qayd qilish zarur. Metodologiya nazariy bilimga asoslangandagina tom ma’noda, ilmiylik kasb etadi. Bu esa metodologiya va nazariyaning o‘zaro taqozodorligidan kelib chiqadi. Ilmiy bilimning rivojlangan shakli, qonuniylikni mantiqiy tushuntirish, ijtimoiy-tarixiy amaliyotning umumlashmasi bo‘lgan - nazariya bilishning metodologiyasisiz mavjud bo‘la olmaydi. Nazariya va metodologiyaning o‘zaro bir-birini boyitishi tarixshunoslikning metodologik jihatlarini tushunishda nihoyatda muhimdir. Tarixshunoslik ma’lumotlarini umumlashtirish asosida erishilgan nazariy xulosa va qoidalar metodologik bilim to‘plamig’ kiradi. Fan rivojining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday nazariya ma’lum dunyoqarash bilan bog‘liq. Tadqiqotning nazariy jihatini metodologik jihatidan uzilishi, oxir-oqibatda, nazariyani dogmaga aylantiradi, chunki metodologiya nazariy bilimlarsiz mazkur fan tarixining bilish vazifalarini yetarli darajada hal qila olmaydi. Masalaning bunday qo‘yilishi esa nazariy qoidalarning o’zlashtirilishi jarayonida metodologik funksiyalarni bajarishga o‘tadi, deyishga asos bo‘ladi. Tarixshunoslikning ilmiy nazariyasi bir nechta xususiyatlarga ega bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: nisbatan mustaqil xarakterga ega bo‘lgan tarixshunoslik nazariyasi, ayni paytda, umumtarixiy nazariyalar xarakteriga tobe; u istiqboldagi tarixiy tadqiqotlar, yangi tarixiy nazariyalar, qarashlar va baholarni shakllantirishning dasturi, rag‘batlantiruvchisi hamda o‘ziga xos harakatga keltiruvchi murvati; u tarixshunoslikni bilishda yangi nazariy qurilmalarni asoslashning poydevori boHtb xizmat qiladi. Bu ma’noda, tarixshunoslik nazariyasini uning qo‘llanilishi jarayonida tarixiy bilimga bo‘lganidek, tarixshunoslikka ham amaliy ta’sir ko‘rsatib, o‘zining takomillashuvini qonuniy deb hisoblash mumkin8. Metodologiya ilmiy uslublarni jipslashtiradi va yo‘naltiradi hamda ularning tarixshunoslikni bilishda fad ishtirok etishiga imkon yaratadi. Metodologiyani ushbu umumiy maqsadining aniqlashtirilishi tarixiy tafakkur rivojida vorisiylikni o‘matish; tarixshunoslikning asosiy faktlarini aniqlash mezonlarini belgilash; tarix fanining shakllanishi va rivojida tarixchi hamda uning asarlarini ob’yektiv hissasini qayd qilish; tarixshunoslik fakti va unga doir boshqa materiallarda umumiy, xususiy hamda yakkalikni bilish; ob’yektiv va sub’yektiv omillarga asoslangan holda davrlashtirish mezonlarini yaratish kabi metodologik vazifalarni hal etishda qo‘llaniladigan tamoyil hamda ko‘rsatmalar tizimini ishlab chiqishida aks etadi. Metodologiya tarixshunosning ilmiy tafakkuri rivojiga oid mavjud tajribasi va qarashlarning turlichaligi, ilmiy-tadqiqot usuli hamda vositalarini o‘zlashtirishiga ulkan hissa qo‘shadi. Amalda tarixshunoslik metodologiyasi tadqiqotchilik tamoyillari tizimidan foydalangan holda (dunyoqarash, umumilmiy, tarixiy, tarixshunoslikning xususiy) tarixshunoslikning tadqiqotchilik jarayoni, tarixshunoslik ijodi va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi qarash hamda ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi. Metodologiyaning muhim vazifalaridan yana biri — tarixshunoslik metodlarining xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. “Agar metodologiya bilishning bosh yo‘li bo‘lsa, metod bu yoidan qanday borishni aniqlaydi”13. Umumiy ko‘rinishda metod insonlarning amaliy va bilish faoliyatida ma’lum natijalarga erishishlaridagi vosita, usul hamda quroldir. Metodning (usul nazarda tutilmoqda) fan tarixidagi ahamiyati uning metodologiyani boyitishi va takomillashuviga ma’lum material berishi tufayli ortadi. Tarixshunoslikda tarixiy qiyoslash va parallellar o‘tqazish katta ahamiyat kasb etadi. Qiyosiy-tarixiy usul tarixshunoslikda eng ko‘p qo’llaniladigan metod hisoblanadi, bu uning tarixiylikdagi universal salohiyatni birlashtirganligi va tarix fani istiqbolini belgilashi bilan izohlanadi. Ushbu usul shunisi bilan muhimki, uning yordamida ilgari ma’lum bo‘lmagan va o‘rganilmagan tarixshunoslikka oid, ilmiy muomalaga kiritilgan va tarixshunos tomonidan yuqori baholangan dalillar bilan qiyoslanadi. Shuni ta’kidlash joizki, qiyoslashni ma’lum miqdorda bilimlar to‘plangan va voqea hodisalarning turlicha o‘rganilganida amalga oshirish mumkin. Qiyoslashning ilmiy qimmati asosan, qiyoslanayotgan tarixshunoslik faktlarini chuqur bilish va tahiiliga bogiiq. Tarixshunoslikda ushbu usul uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, tarixshunoslik faktlarini u vujudga kelgan tarixiy sharoit bilan bogliqlikda o‘rganish, shuningdek, taraqqiyotning turli bosqichlarida undagi sifat o‘zgarishlarini kuzatish imkonini beradi. Konkret tahlil tarixshunoslik fani rivojlanishi jarayonida bevosita u vujudga kelgan shart-sharoit va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda o‘rganishni nazarda tutadi. Konkretlashtirish tarix fani rivojiga ta’sir ko‘rsatgan aniq sabab va muammolar doirasining kengayishi, yangi mavzularning paydo bo‘lishi, yangi g‘oya, xulosa hamda umumlashmalarning vujudga kelishini izlab topishni anglatadi. 8 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 14-bet. Mantiqiy tahlil usulida mohiyatida tarixshunoslik tahlilining katta imkoniyatlari mujassamlashgan. Xususan, u tarixshunoslik faktining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rish, ushbu usulning qo‘llaniIishi ilmiy bilimiar to‘planish jarayonini kuzatib, tarix fani rivoji erishgan bosqichni xolis ilmiy tadqiq qilish imkonini beradi, natijada uning yordamida asosiy tarixshunoslik fakti aniqlanadi. Mantiqiy tahlil sintezga o‘tishdagi asosiy vosita bo‘lib, to‘plangan tarixiy bilimiar rivoji tajribasining nazariy mushohadasi orqali amalga oshadi. Tahlil va sintez dialektik o‘zaro ta’siri, ularning uyg‘unlashuvi mantiqiy tahlil qo’llanilishi samarasi bo‘lib, tarix fanida to‘plangan bilimlarga asoslanib, ilmiy tafakkur rivojining yaxlit manzarasini yaratish hamda uning rivojlanishi qonuniyatini aniqlash imkonini beradi. Mantiqiy tahlilning yuqori bosqichi — dialektik sintez bosqichiga o‘tilganda, ilmiy tafakkur rivoji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahliiiy mushohadasi natijasida tarixiy tafakkuning mohiyati, muhim unsuriari va bosqichlari anglanadi. Ushbu bosqichda tarixshunosning nazariy-metodologik mushohada sohasidagi qobiliyati rivojlanadi. Xronologik usul - tarixshunoslik dalillarini ularning o‘zaro bog‘liqligi jarayoni nuqtai nazaridan o‘rganilishiga imkon yaratib, bunda alohida bosqich va davrlar tarixiy bilimlarning to‘planishi hamda chuqurlashuvini ob’yektiv qonuniyatlarini aniqlash maqsadida qiyoslanadi. Xronologik bayonning tarixshunoslikdagi ahamiyati ham aynan shunda. Bilimlarning tarixshunoslik sohasidagi predmetidan kelib chiqib, tarixiy tafakkur harakati konsepsiya, qarash va g‘oyalarning o‘zgarib borishi nuqtai nazaridan xronologik ketma- ketlikda kuzatiladi. Muammoviy xronologik usul keng va katta mavzularni bir qator tor qismlarga bo‘lib, har birini ularning o‘ziga doir tarixshunoslik faktlarini xronologik ketmaketlikda o‘rganishni ko‘zda tutadi. Davrlashtirish usuli - tarixshunoslikda ham tarix fanida bo’lganidek, tarixiy jarayonlarni davrlashtirishda muhim omil vazifasini o‘taydi. Biroq, tarixshunoslikning o‘ziga xos xususiyati bu - tadqiqotda davr va bosqichlarga bo’lish tarixshunoslik vaqtining” har bir yangi bo‘lagida ilmiy tafakkuning hal qiluvchi yo‘nalishini aniqlash hamda tarixshunoslik qatlamlarining vujudga kelishini kuzatishdan iborat9. Tizimli yondashuv va tahlil - fanning imkoniyatlari asosida tarixshunoslikning umumiy rivoji ko‘rinishida alohida yoki bir nechta maxsus mavzu va muammolarning o‘rganilish holati hamda ularni aloqadorligining yetakchi unsurlarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Ma’lumki, mazkur fan tarixiga uni tashkil etuvchi va o‘zaro aloqador unsurlar - tarixchining ijodi, ilmiy va ta’lim muassasalari faoliyati hamda davriy nashrlarda asarlar chop etilishining tizimi sifatida qaraladi. Ushbu usullarning barchasi yoki bir nechtasini bir paytning o‘zida tarixshunoslik tadqiqotini amalga oshirishda qo‘llash mumkin. Tarixshunoslik tahlilida o‘ziga xos, eng muhim prinsip bu — qadriyatli yondashuvdir. Uning yordamida o‘rganilgan adabiyotlarning bugungi kun tarix fani uchun qimmatli va zaruriy jihatlari aniqlanadi hamda ayni paytda, tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirishdagi vorisiylik ta’minlanadi. 9 Doniyorov a. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 16-bet. Shuni ta’kidlash o‘rinliki, tarixshunoslik tadqiqotlarida ushbu usullarni qo’llash bilan bir qatorda bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda fanlararo yondashuv usulidan ham foydalanish ham keng tus olmoqda. Buning sababi, turli gumanitar va ijtimoiy fanlar tadqiqoti umumiy ob’yekti - o‘z faoliyatining barcha ko‘rinishlari misolida madaniyat mahsuli bo‘lgan inson ekanligi. Inson tomonidan yaratilgan manbalarning tahlilchisi hisoblangan tarixshunoslik fani o‘z navbatida, boshqa fanlar tadqiqot usullariga tayanishga haqlidir. Bunday tadqiqot usullariga misol tariqasida madaniy-antropologik, ijtimoiy ruhshunoslik (psixoanaliz), prosopografik va diskursiv tahlil usullarini ko‘rsatish mumkin. Madaniy-antropologik usul — tarixshunoslik manbasi muallifining muammoni tanlashdagi yondashuvi va o‘z nuqtai nazarini himoya qilishda argument lar tan lash ini ochib berishni ko‘zda tutadi; ijtimoiy psixologiya (psixoanaliz) usuli — biografik asarlarni tahlil qilishda yetarlicha mahsuldor bo‘lib, tarixiy shaxslarning ichki tuyg‘ulari va hissiyotli tomonini yaxshiroq tushunish imkonini beradi; prosopografik usul - (“prosopon” grekcha — yuz; tarixiy shaxslar tavsifiga doir o‘tmish haqidagi bilimlar sohasi) tarix fani tarixining tarkibiy qismi bo’lgan tarixchi lar biografiyasini o'rganishda qoMlaniladi. Prosopografiya jamoaviy biografiya usuli sifatida tarix fani va yo‘nalishlari rivojining ma’lum davrlarini o‘rganishda foydali bo’lib, olimning hayot yo‘li va tajribasining uning qarashlari shakllanishiga ta’sirini yaxshi ko‘rsatadi; diskursiv tahlil usuli - tarixshunoslik manbasi, ilmiy tadqiqot natijalari mazmuni va tarixiy jarayonlar hamda voqealar rivojining ijtimoiy madaniy konteksti o'rtasida korrelyasiyani o‘rnatishni nazarda tutadi10. Yuqorida keltirilgan tadqiqot usullari tarixshunoslikda qo'llaniladigan bilishning barcha ilmiy usullarini qamrab ololmaydi, biroq ular bir butun yaxlitlikda tarixshunoslik tadqiqotining poydevori ЬоЧаoladi. Tarixshunoslikda metodlar o‘z mazmuni va istiqbolda tarix fanida qo‘llanishni o‘zida aks ettirgan yangi bilimlarga erishishni anglatadi. Metodlar tarixshunos faoliyatini ratsionallashtiradi, uning tadqiqotchilik arsenali samaradorligini ta’minlaydi. Bu bilan tarixshunos ilmiy izlanishining metodologik yo‘nalishi belgilanadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tarixshunoslik amaliyoti tarixiy bilimiar haqqoniyligini aniqlaydigan vositalardan biridir. Aynan tarixshunoslik o‘tmishni o‘rganish ilmiy amaliyotida qo‘lga kiritilgan natijalarni yoritadigan va uning qadriyatli jihatlarini belgilaydigan fandir. Yevroosiyo qit’asining kattagina qismini egallagan O’rta Osiyo mamlakatlari tarixining ildizlari eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Uning uch qadimiy tamaddun - Old Osiyo, Hind va Xitoy orasida joylashganligi ancha vaqtlar oldin O’rta Osiyoning tranzit xarakterini belgilab bergan: aynan mazkur mintaqa hududlaridan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘lidan borgan savdo karvonlari madaniyatlar qorishuviga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Biroq, bu uning o‘z taraqqiyot yo‘lidan borishiga xalaqit bermagan. Er. avv. II ningyillikda Janubiy Turkmanistonda, er. avv. I ningyillikda esa O’rta Osiyo ikki daryo oralig‘i (Amudaryo va Sirdaryo)da ilk shaharlar vujudga kelgan va bu joylarda hayot qaynagan. Marg‘iyona, Xorazm, Sug‘d, Farg‘ona va Baqtriyada dehqonchilik, hunarmandchilik hamda savdo-sotiq 10 Doniyorov a. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 18-bet. rivojlangan. Ko‘p ningyillar davomida ko‘chmanchi va o‘troq aholining Eron hamda Turon misolida sermahsul muloqotlari davom etgan. O’rta Osiyoning qadim tarixidan ma’lumot beruvchi manbalar, arxeologik, epigrafik va numizmatik manbalar to'plana borgan. Yangi erada “Xalqlarning Buyuk ko‘chishi” ro‘y berib, Eron madaniy landshafii turkiylar tomonidan asta-sekin surib chiqarildi, asrlar davomida mintaqaning ichki hududlaridan kelgan turk ko‘chmanchilarining yangi to‘lqini tufayli I—II asrlarda O’rta Osiyo sahrolari “Dashti Qipchoq” nomini oldi. Vaqt o‘tishi bilan “turkiylar yashaydigan hududlar” “Turkiston” deb atala boshlandi, keyinchalik ushbu nom butun mintaqaga nisbatan qoMlanildi. Arab va forslar O’rta Osiyoni xalifalik tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng shunday atadilar hamda ushbu hududda islomlashtirish jarayonlari boshlandi. O’rta Osiyo ikki daryo oralig‘i “Movarounnahr” nomini oldi. Uning o‘rta asrlar tarixidan ma’lumot beruvchi, sharq tillarida asosan, forsiyda ko‘plab yozma manbalar yaratildi. Ilk o‘rta asrlarda mintaqaning madaniy markazlari Xorazm, Sug‘d, Balx va nafaqat o‘troq dehqonchilik va savdo, shu bilan birga, islom dini, madaniyat hamda san’at markaziga aylandi. X asrga kelib Sug‘dning asosiy shaharlari bo‘lgan Samarqand va Buxoro Movarounnahning eng muhim shaharlariga aylandi. Natijada, ushbu shaharlarda ko‘plab arxitektura yodgorliklari qurildi, ilmu fan ravaaq topdi. XIII asrda Movarounnahr va Dashti Qipchoq insoniyat tarixidagi yirik kontinental imperiya, ya’ni Buyuk mo‘g‘ul ulusi tarkibiga kirdi. U parchalanganidan so‘ng mo‘g‘ul va turk turli davlatlarining tarkibiga o‘tdi. O’rta Osiyoda qudratli Temur davlatining vujudga kelishi bilan mo‘g‘ullar davri nihoyasiga yetdi. O’rta Osiyoning so‘nggi o‘rta asrlar davri mintaqaning iqtisodiy va madaniy tanazzuli bilan tavsiflanadi. Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi bilan Buyuk ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. O’rta Osiyodagi davlatlar — Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari o‘zaro urushlar natijasida siyosiy, iqtisodiy hamda harbiy jihatdan inqirozga yuz tutdi. Bu holat Rossiya imperiyasi tomonidan mazkur davlatlarni mustamlaka va protektoratga aylanishiga yo‘l ochib berdi. 1924-yilda sovet hokimiyati tomonidan milliy-hududiy chegaralanish siyosati o‘tkazilishi bilan SSSRning siyosiy-ma’muriy xaritasida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalari paydo bo’ldi. 1936-yildagi SSSR Konstitutsiyasiga binoan, ular ittifoqdosh respublikalar maqomini oldi. Sovet davlati parchalanganidan so‘nggina 1991- yilda ular mustaqil bo‘lib, 1993-yilda 4- yanvarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa o‘zlarini O‘rta Osiyo emas, balki O’rta Osiyo respublikalari deb atashni taklif qildilar11. Insoniyat tamaddunida o‘ziga xos o‘ringa, boy tarix, moddiy va ma’naviy merosga ega bo‘lgan ushbu mintaqa, tarixchi, sayyoh hamda turli tadqiqotchilar e’tiborini tortib keldi. Mahalliy tarixnavislar va saroy tarixchilari tomonidan ko‘plab yozma manbalar misolida, o‘z manfaati va maqsadini ko‘zlab kelgan mustamlakachilar - sayyoh, olim, zobit va sharqshunoslar katta hajmdagi asarlar, shuningdek, sovet tarix 11 Doniyorov a. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 21-bet. fani ma’lum darajada ushbu mintaqa tarixiga doir ilmiy merosni qoldirdi. Mustaqil davlatlarning vujudga kelishi bilan tarix fanida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berib, yangi metodologiya va yondashuvlar asosida O’rta Osiyo tarixiga doir qimmatli asarlar yaratildi. Asrlar davomida O’rta Osiyo va unga doir tarixiy bilimlarning to‘planishi bilan yaratilgan katta hajmdagi yozma manba hamda ilmiy asarlar tahliliga ehtiyoj vujudga keldi. Ushbu nomoddiy merosni yaratilgan davri va muammolar yo‘nalishi bo‘yicha tahlil qilish asnosida unga doir yaxlit ilmiy manzarani chizish, o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammolar doirasini aniqlash, bo‘lajak sharqshunoslarga “O’rta Osiyo xalqlari tarixshunosligi” fani o‘qitilishi hamda darsligini yaratilishiga turtki bo’ldi. “O’rta Osiyo xalqlari tarixshunosligi” predmetining maqsadi ushbu hudud tarixiga oid to‘plangan bilimiar haqida axborot berish, talabalarda muhim tarixshunoslik konsepsiyalarini tahlil qilish malakasini o‘zlashtirish, ushbu mavzuni tadqiq qilishda vatan va xorijiy yetakchi ilmiy maktablar tajribasini o‘rganish hamda tarixiy tadqiqot usullaridan o‘z faoliyatida foydalanishni shakllantirishni nazarda tutadi. Ushbu fanning o‘qitilishi jarayonida talabalar: tarix fani muvaffaqiyatlarini tanqidiy tahlil qilish, tadqiqotchilik va amaliy vazifalarni bajarishda yangi g‘oyalarni qo‘llash; zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalangan holda mustaqil ilmiy- tadqiqotlarni amalga oshirish; tarixiy tadqiqotlarda jahon va Vatan tarixiga doir bazaviy bilimlar, manbashunoslik, maxsus tarix fanlari, tarixshunoslik hamda tarixiy tadqiqot usullari, tarix fani nazariyasi va metodologiyasidan foydalana olish yo'llarini o‘zlashtiradi12. Shuningdek, talabalar mazkur fanni o‘zlashtirish orqali, Vatanimiz tarixiga doir bilimlarning rivojlanish bosqichlari, ushbu muammoni tadqiq qilgan asosiy tarixshunoslik maktablari faoliyati, tarixiy bilimlardagi konsepsiya va yondashuvlar, tarixiy tadqiqotlarni tarixshunoslik ilmiy metodologiyasi hamda usullari asosida tahlil qilish, tarixshunoslik faktlarni tizimlay bilish va bu orqali xulosalar chiqarishni o‘rganadi. Mavzuni mustalikainlash uchun savollar: Tarix fanining predmeti va vazifalaiji nimalardan iborat? Tarix fani bir qator muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi, ular haqida ma’lumot bering. Manbashunoslik va tarixshunoslikning tarixiy tadqiqotlarda tutgan о‘mini izohlang. “Tarixiy xotira”, “Tarixiy ong”, “Tarixiy bilimlar” deganda nimani tushunasiz? Tarixshunoslik fanining tarixiy bilimlar tizimida tutgan o’rni haqida nimalar bilasiz? Tarixshunoslikning bilish funksiyasi haqida ma’lumot bering. Tarixshunoslikning nazariy-metodologik funksiyasi haqida nimalar bilasiz? Tarixshunoslikning maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering. Tarixshunoslik fakti va manbasini izohlab bering. Tarixshunoslikka oid tadqiqotlarni amalga oshirishda tarix metodologiyasi va uning rivojlanish bosqichlarini ahamiyatini izohlab bering. 12 Doniyorov a. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 22-bet. Tarixshunoslar bilishi uchun xos bo‘lgan maxsus usullar nimalardan iborat? O’rta Osiyo xalqlari tarixshunosligini o‘rganish ahamiyatini tushuntirib bering.
Berilgan javoblardan qadimgi Yunoniston tarixiga oid manbani ko’rsating.
a.
«Manas» «Odisseya».
b.
«Iliada», «Odisseya».
c.
«Alpomish»
d.
« SHohnoma».
Tanlovimni oʻchirish
Question 2
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Ijtimoiy fanlar soxasida Manbashunoslik necha xil bo’ladi
a.
Beshga
b.
ikkiga
c.
uchga
d.
to’rtga
Tanlovimni oʻchirish
Question 3
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Nazariy manbashunoslik bu…
a.
Manbalardagi ma’lumotlarning tugriligini tekshirish
b.
Fakat manbalarni o’qishni tushiniladi
c.
Boshka fanlar bilan aloqasini
d.
Tarixiy manbalar bilan ishlashning umumiy qoidalari.
Tanlovimni oʻchirish
Question 4
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Manbashunoslik fani o’lkamizda qachon fan sifatida shakllandi.?
a.
1950 yillarda
b.
XIX asrdagi chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida.
c.
IX- XII asrlarda.
d.
Eramiz boshlarida
Tanlovimni oʻchirish
Question 5
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Ijtimoiy fanlar soxasida Manbashunoslikning xillari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping
a.
Diniy , dunyoviy
b.
Adabiy , tarixiy
c.
Adabiy, diniy
d.
Diniy ,taririy
Tanlovimni oʻchirish
Question 6
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Yozma manbalarga kaysi javob tegishli emas
a.
Qonunchilik aktlari,hukumat qarorlari.
b.
Esdaliklar kundaliklari
c.
Ahloq,din,til.
d.
Davlat,tashkilot hujjatlari
Tanlovimni oʻchirish
Question 7
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Manbashunoslikning asosiy vazifasi nima.
a.
Tangadagi yozuvlarni o’rganish.
b.
Moddiy manbalarni o’rganish.
c.
Ma’naviy manbalarni o’rganish.
d.
Yozma manbalarni o’rganish.
Tanlovimni oʻchirish
Question 8
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Eng qadimgi og’zaki ijod namunalari qaysi manbalar orqali bizgacha yetib kelgan?.
a.
Kutadgu bilik
b.
Tabariy, Narshaxiy, Beruniy asarlari
c.
AbudilafXoy CHao
d.
SHayboniynoma.
Tanlovimni oʻchirish
Question 9
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Yozma manbalar ilmiy asosda qaysi belgilariga ko’ra tahlil etiladi?.
a.
Yozilgan o’rniiga ko’ra
b.
Sanasiga ko’ra.
c.
Ichki belgilariga va tashqi belgilariga ko’ra
d.
Muallifiga qarab
Tanlovimni oʻchirish
Question 10
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Folklor manbalari bu…
a.
Rivoyat, asotir. Xalk dostonlari, maqollari.
b.
Bino va inshoat loyixalari
c.
Tilshunoslikka oid ma’lumotlar
d.
Xalqlarning urf-odatlari.
2-Mavzu: O’zbekistonda qadimgi davr tarixining o’rganilishi
Reja: 1. O’zbekistonning qadimgi davr tarixi tarixshunosligi. 2. O’zbekistonning qadimgi davr tarixi haqida umumiy ma’lumot, uning o’ziga xos tomonlari. 3. Qadimgi epigrafik manbalar(Behistun, Persopol, Naqshi Rustam, Doro I, Ayritom bitiklari)ning o’rganilishi. 3. “Avesto” Vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manba 4. Qadimgi hind va xitoy manbalariga doir tadqiqotlar. 5. O’rta Osiyo haqidagi antik davrda yaratilgan asarlarning tadqiq etilishi Adabiyotlar Doniyorov A. O’rta Osiyo xalqlari tarixshunosligi. Toshkent. Nif RUSH. 2020 y. Avesto. Избранныегимны.Дуniанбе. 1990. Isxoqov M. Avesto yasht kitobi T.: 2001. Mahmudov T. Avesto xaqida T.: Sharq 200O. Shoniyozov K. Qang‘ davlati va qang‘lilar. T.: Fan 1990. Axmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari Toshkent: 2001 O‘quv maqsadi: Mintaqa tarixini yorituvchi eng qadimgi yozma manbalar, shu jumladan, “Avesto"ni o'rganishga oid ilmiy tadqiqotlar to’g‘risida ma'lumot beriladi. Ahamoniylar, yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashlar tarixi yoritilgan forsiy, yunon hamda rim manbalari, ushbu davrdagi adabiyotlar sharhlanadi. Mazkur manbalardagi O’rta Osiyo davlatlari, xalqlari va qabilalari haqidagi та’lumotlar tahlil qilinadi. Tayanch so’z va iboralar: Zardushtiylik, “Avecto”, Behistun yozuvlari, “Махабхаrаtа”, Gerodotning “Tapux”, Diodorning “Tarixiй kutubxona”, Strabonning “Geografiya”, Arrian Flaviyning “Aleksandrning yurishlari”, Kvint Kursiy Rufning “Buyuk Aleksandr Tarixi", Pompey Trogning“Filipp Tarixi", Polibiyning "Umumiy Tarix ”, Klavdiy Ptolomeyning “Geografiya”, Yustinning “Pompey Trog epitomi” asarlari, xitoy yilnomalari, Sug'd tilida bitilgan yodgorliklar, “Xvadaynamak", Al-Xorazmiyning “Kitob at-Tarix" va“Kitob surat ul-arz" asarlari “Hudud al-olam”, O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davr tarixi tarixshunosligi. O’rta Osiyo tarixiga oid qadimgi manba va yodgorliklar Ma’lumki, O’rta Osiyo hududi qadimdan aholi zich yashagan tamaddunlardan biri bo‘lib, mazkur mintaqa ko‘plab siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar kesishgan markaz hisoblangan. Ushbu hududda o‘troq va ko‘chmanchi tarzda hayot kechirgan ko‘plab qabilalar, elatlar istiqomat qilib, qabilalar ittifoqi, shahar, davlatlarning paydo bo’ishi hamda shakllanishiga asos bo‘lgan. Mazkur qabila va elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayoti to‘gcrisida o‘sha davrda bitilgan yozma yodgorliklar ma’lumot beradi. Turli hudud, davr va tilda bitilganganligiga qaramay, ushbu yozma yodgorliklar ma’lumotlarga boyligi bilan tarix fani uchun qimmatlidir. O’rta Osiyo madaniyati G‘arb va Sharqning madaniy unsurlarini bir butunlikda uyg‘unlashtirib, ifodalagan holda o‘ziga xos individuallik kasb etadiki, ushbu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun ham negiz bo‘lib xizmat qilgan. O’rta Osiyo xalqlari madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastavval, uning geografik o’rni va tabiiy vositalariga e’tiborni qaratish kerak bo‘ladi. Mazkur hududda serhosil vodiy va vohalar, sersuv daryolar, cho‘llar, dasht va adirlar hamda tog‘liklar yonma-yon joylashgan bo‘lib, ushbu xususiyat mahalliy qabila va elatlarning xo‘jalik tarzi, shuningdek, o‘ziga xos madaniyatlarining shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi. Bundan tashqari, ushbu mintaqa Eron, Hindiston, Xitoy, Kavkaz va shu kabi boshqa qo‘shni qadimiy sivilizatsiya makonlari bilan bevosita chegaradosh bo‘lib, Qadimgi Yunoniston va Rim bilan ham do’lmiy aloqa o‘matgan. O’rta Osiyo hududi ushbu aloqalarda Sharq va G‘arb o‘rtasida vositachilik vazifasini bajarib kelgan. Xususan, O’rta Osiyo hududi orqali turli diniy qarashlar, moddiy va ma’naviy madaniyat yutuqlari boshqa mintaqalarga tarqaldi. Ma’lumki, ushbu mintaqada do’lmiy ravishda bosqinchilik yurishlari, xalqlarning ko‘chishlari, turli ittifoq, davlat va imperiyalarning vujudga kelishi hamda zavolga yuz tutishi sodir bo‘lib, mazkur omil O’rta Osiyo xalqlari tarixi davomida bir necha bor mahalliy madaniyatni sezilarli o‘zgarishi, sinkretlashuvi va noyoblashuviga olib keldi. Bu haqdagi ko‘plab ma’lumotlarni eng qadimgi yozma yodgorliklarni o‘rganish va tahlil qilish orqali bilib olarniz. Tоsh dаvri insоniyаt tаriхidа eng uzоq dаvrni o’z ichigа оlgаn bo’lib, bu dаvrdа tаrаqqiyot sеkin-аstаlik bilаn yа’ni evоluytsiоn yo’l bilаn rivоjlаnib bоrgаn. Fаqаtginа yаngi tоsh dаvrigа kеlib kishilik jаmiyаtidа kеskin o’zgаrishlаr yuz bеrаdi. Bu jаrаyon Mеsоpоtаmiyа vа Misrdа milоddаn аvvаlgi VII mininchi yillаrdаn, hindistоn, Erоn vа O’rtа Оsiyoning jаnubidа milоddаn аvvаlgi VI ningginchi yillаrdаn bоshlаb kuzаtilgаn. Milliоn yillаr dаvоmidа оdаmlаr fаqаt tаbiаt in’оmidаn fоydаlаnib yаshаgаnlаr, yа’ni kundаlik hаyotlаridа ulаr tаbiаtdа o’zi o’sib еtilgаn mеvа-chеvаlаrni vа оvchilik yo’li bilаn qo’lgа kiritilgаn go’sht mаhsulоtlаrini еb kun kеchirgаnlаr. Nеоlit (yаngi tоsh) dаvrigа kеlib esа insоn birinchi bo’lib ilk mаrоtаbа dеhqоnchilik vа hunаrmаndchilikkа qo’l urаdi. Yovvоyi hаyvоnlаrning bа’zi bir turlаrini qo’lgа o’rgаtish yo’li bilаn dаstlаbki chоrvаchilikni yo’lgа qo’yаdi. Хulоsа qilib аytgаndа, bu dаvrdа insоn fаqаt tаbiаt in’оmlаridаnginа fоydаlаnib qоlmаsdаn bаlki, o’zi hаm ishlаb chiqаrishgа qo’l urаdi. Nаtijаdа, qo’shimchа mаhsulоtni pаydо bo’lishigа аsоs yаrаtilаdi. Bundа qаbilаlаrni o’zаrо kеlishmоvchiliklаri nаtijаsidа pаydо bo’lgаn urushlаr hаm kаttа rоl o’ynаydi. Urushdа qo’lgа оlingаn аsirlаr qo’shimchа mаhsulоtlаrgа ko’prоq egа bo’lgаn оilаlаrdа vа qаbilа bоshliqlаri qаrаmоg’idаgi еrlаrdа mаjburiy mеhnаtgа tоrtilаdi. Bu o’z nаvbаtidа sinfiy tаbаqаlаnishni kuchаyishigа оlib kеlаdi. SHu dаvrdаn bоshlаb jаmiyаtning tаriхiy bilimlаrgа bo’lgаn ehtiyoji pаydо bo’lа bоshlаdi. Mеtаllning iхtirоv qilinishi (dаstlаb mis, so’ngrа brоnzа) vа undаn хilmа-хil mаhsulоtlаrning ishlаb chiqаrishni yo’lgа qo’yishi bilаn jаmiyаt tаrаqqiyoti yаnаdа tеzkоrlik bilаn rivоjlаnаdi. Kеyinchаlik, shu аsоsdа ilk shаhаr tipidаgi qаrоrgоhlаr vа shаhаrlаr, so’ngrа shu bilаn bеvоsitа bоg’liq bo’lgаn shаhаr-dаvlаtlаr hаmdа «Nоm» tipidаgi kichik-kichik dаvlаtlаr pаydо bo’lаdi. Jumlаdаn, ilk dаvlаt Mеsоpоtаmiyаdа shаhаr-dаvlаtlаr ko’rinishidа milоddаn аvvаlgi IV ningginchi yillаrning охiridа tаriх mаydоnigа kеlаdi. Bu jаrаyon O’zbеkistоn hududlаridа o’zigа хоs ko’rinishdа kuzаtilаdi. Аrхеоlоgik tаdqiqоtlаrning guvоhlik bеrishichа, sug’оrmа dеhqоnchilik O’zbеkistоnning jаnubiy hududlаridа (Surхоndаryo vilоyаti) milоddаn аvvаlgi ikkiningginchi yillаrning o’rtаlаridаn bоshlаb kеng yo’lgа qo’yilа bоshlаnаdi, ulаrning mаrkаzi sifаtidа Jаrqo’tоn yodgоrligi o’rnidа o’z qаl’аsi, sаrоyi vа ibоdаtхоnаsigа egа bo’lgаn ilk shаhаr vujudgа kеlаdi1. Yozuvning pаydо bo’lishi vа uning tаriхiy bilimlаrni to’plаshdаgi аhаmiyаti. Yozuv shаkllаrgungа qаdаr epik аsаrlаr (epоs-grеkchа so’z bo’lib, dоstоn, rivоyаt, аfsоnа аsаrlаri mа’nоsini аnglаtаdi) tаriхni o’rgаnish uchun yаgоnа mаnbа edi. Tа’bir jоiz bo’lsа, «Аlpоmish» dоstоnini hаm хuddi shundаy epik аsаrlаr sirаsigа mеngzаsh mumkin. Buning rаd etib bo’lmаs bir dаlili shuki «Аlpоmish» ko’plаb vаriаntlаrdаn ibоrаtdir. Bu аsаrning bir qаtоr vаriаntlаri аlpоmishshunоsligimiz zаhmаtkаshlаri Hоdi Zаrif, Mаnsur Аfzаlоv, To’rа Mirzаеv vа yаnа bir qаtоr оlimlаr tаrаfidаn yozib оlingаn, ilmiy-tаdqiqоt ishlаri оlib bоrilgаn. Lеkin zаmоnаning zаyligа ko’rа, ulаr izchillik tоpmаdi. SHukrki, O’zbеkistоn mustаqilligi «Аlpоmish»ning yo’lini rаvоn qildi. Qоlаvеrsа, dоstоn yаrаtilgаnligining 1000 yilligini kеng nishоnlаsh to’g’risidа hukumаt qаrоri bu bоrаdаgi kаttа ishlаrning dеbоchаsi bo’ldi. Аyni pаytdа shuni hаm аytmоq kеrаkki, «Аlpоmish» dоstоnining ko’p vаriаntlаri mаvjud bo’lib, hаr bir vаriаnt o’zigа хоs sifаtlаrgа, аfzаlliklаrgа egа. «Go’ro’g’li» turkumigа kiruvchi dоstоnlаr kаbi «Аlpоmish» dоstоni hаm o’zigа хоs bаrkаmоl turkumni tаshkil etаdi. Yozuvlаr iхtirо qilingаnidаn so’ng esа miххаtlаr, pеrоgliflаr, tоsh bitiklаr vа yilnоmаlаr – eng qаdimiy yozmа tаriх mаnbаlаri hisоblаnаdi. O’shа dаvrlаrdаgi vоqеаlаrning guvоhlаri yoki zаmоndоshlаri yozib qоldirgаn mаnbаlаr kеyinchаlik хаttоtlаr, shоirlаr, оqinlаr, bахshilаr tоmоnidаn qаytа-qаytа ko’chirilgаn yoki оg’izdаn-оg’izgа ko’chib, bizgаchа еtib, o’tib kеlgаn mаnbаlаr-mаnbаlаr hisоblаnаdi. Yozuvi bo’lgаn bаrchа хаlqlаrdа bitiklаr vа yilnоmаlаr uchrаydi. Yaqindа mаnbаshunоs оlim I.V.Pyаnkоv «O’rtа оsiyodа eng qаdimgi dаvlаtlаrni pаydо bo’lishi» dеgаn mаqоlа e’lоn qilib, undа Bаqtriyа ilk dаvlаtlаr («Цсарство древнего кави») milоddаn аvvаlgi X-IX аsrlаrdа pаydо bo’lib milоddаn аvvаlgi VII аsrdа (Kаvi Vishtаspi vа Zаrаtushtrа dаvri) mаrkаzlаshgаn Bаqtriyа dаvlаtigа аsоs sоlingаnligi аytilаdi. Fаqаt ikkitа bеlgi shаhаr, yozuv vа ulаrgа аlоqаdоr bo’lgаn bеlgilаr tsivilizаtsiyаning pаydо bo’lishi bilаn bоg’liq bo’lib qаdimgi SHаrqdа milоddа аvvаlgi IV ningginchi yillаrning birinchi yаrmigа to’g’ri kеlаdi. Jаrqo’tоndа hаqiqiy yozuv pаydо bo’lmаgаn bo’lsа hаm, SH.SHаydullаеv eslаtib o’tgаn 52 tа bеlgi O’zbеkistоndа dаstlаbki piktоgrаfik yozuvai pаydо bo’lishidаgi bir ko’rinish dеb qаrаlsа bo’lаdi. Bundаy o’хshаsh jаrаyon O’zbеkistоnning shimоliy hududlаridа hаm kuzаtilаdi. 1 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 25-bet. Jumlаdаn, Fаrg’оnа vоdiysidа milоddаn аvvаlgi II ningginchi yillаrning o’rtаlаridаn bоshlаb dеhqоnchilik qilingаn. Bоshlаng’ich dаvlаtchаlаr yoki dаvlаt tipidаgi siyosiy uuyshmаlаr vujudgа kеlgаn bo’lsа kеrаk. Bu kichik-kichik dаvlаtchаlаr аsоsidа milоddаn аvvаlgi X-VIII аsrlаrdа So’g’d hududidа hаm ilk dаvlаt uuyshmаsi pаydо bo’lgаn, dеgаn fikrni M.Х.Isоmiddinоv o’rtаgа tаshlаydi. Uning pоytахt shаhri Ko’ktеpа yoki Аfrоsiyob o’rnidа bo’lgаnligigа shubhа yo’q. Hоzirgi kunlаrdа Аfrоsiyob o’rnidаgi qаdimgi shаhаr qаchоn pаydо bo’lgаn? – dеgаn sаvоl hаmmаni qiziqtirmоqdа. 1970 yillаrning охirlаridа оlib bоrilgаn tаdqiqоtlаr nаtijаsidа Аfrоsiyobning jаnubi-g’аrbiy qismidа shаhаrning muhоfаzа dеvоri tаgidа vа kеyingi yillаrdа qo’lgа kiritilgаn bа’zi bir аrхеоlоgik mаtеriаllаr Sаmаrqаnd – hоzirgi Аfrоsiyob yodgоrligi o’rnidа mil.аvv. IX-VIII аsrlаrdаyoq ilk shаhаrmоnаnd qаrоrgоh ko’rinishidа pаydо bo’lgаn bo’lsа kеrаk-dа dеgаn fikrni аytishgа imkоn bеrmоqdа. Lеkin, bu fikrni аsоslаsh uchun 10-13 mеtr qаlinlikdаgi аntik vа o’rtа аsr mаdаniy qаtlаmlаri tаgidаgi jоylаshgаn eng qаdimgi mаdаniy qаtlаmlаrni bir nеchа jоydа аrхеоlоgik-pаlеоgеоgrаfiy nuqtаi nаzаrdаno’rgаnish zаrur. Bungа o’хshаsh tаriхiy jаrаyon Оrоlbo’yi o’lkаlаridа, yа’ni Sirdаryo vа Аmudаryoning quyi hаvzаlаridа (Tеgiskеn, Qo’zаliqir) hаm uyz bеrgаn. Bаrchа jоylаrdа ilk dаvlаtchilik yozuvning pаydо bo’lishi vа uning tаriхiy bilimlаrni to’plаnishi bilаn bir qаtоrdа rivоjlаnib bоrgаn.2 “Avesto” — O‘rta Osiyo tarixi haqidagi dastlabki yozma manba O’rta Osiyo xalqlarining qadimiy madaniyati to‘g‘risidagi bilimlarning bebaho manbasi — “Avesto” kitobi hisoblanadi. Mazkur manba dunyodagi eng qadimgi dinlardan bo‘lgan zardushtiylik tarafdorlari uchun muqaddas kitob hisoblanib, uni tarqalishida Zardusht o’rni beqiyos. “Avesto” va uning matnlarini to‘planishi ko‘p asrlar davomida amalga oshirilgan. Zardusht ushbu dinning payg‘ambari va faol targ‘ibotchisi hisoblanib, taxminan mil. avv. VII-VI asrlarda dunyoga kelgan tarixiy shaxs hisoblangan. Zardusht din peshvosi bo‘lish bilan birga, katta o’lla boshlig‘i ham edi. Zardusht o‘z ta’limotini O’rta Osiyo va Eron hududlarida kezib tarqatadi hamda ko‘plab tarafdorlarni atrofiga to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Uning ta’limoti umumiy hisobda yigirma bir nask (kitob)dan iborat bo‘lib, bizga qadar ulardan faqat beshtasigina yetib kelgan3. “Avesto” kitobining yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud. Hozirgi kunda qadar ushbu mavzuda turli bahs va munozaralar davom etib kelmoqda. Bizgacha yetib kelgan “Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari quyidagilardan iborat: Yasna (Yasna) — boshqa qismlar orasida eng asosiylaridan biri. Ushbu qism o‘zida 72 bobdan iborat hot yoki gotlarlardan tashkil topgan. Uning eng qimmatlilari 28- 34, 43-51, 53-boblar bo‘lib, unda Zardushtning Axuramazda (Axura Mazda)ga she’r-madhiyalari o‘rin olgan. Vispered z Visparad (yoki Visprat) — “Yasna” qismiga qo‘shimcha madh va ibodat matnlaridan iborat bo‘lib, 24 bobni o‘z ichiga oladi. Videvdat (yoki Vendidat) — “Devlarga qarshi qonunlar” bo‘lib, ushbu qismda yana 2 Аnаrbоyеv А. O`zbеkistоndа ilk dаvlаtchilik vа uning o`rgаnilish tаriхidаgi bа`zi bir muаmmоlаr // O`zbеkistоn tаriхi, №4, 2004 yil, -3-14-bеtlаr. 3 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 25-bet. turli ko‘rsatmalar, zulmat va yovuzlik xudosi Ahriman boshqaruvchi yomonlik kuchlariga qarshi turishga bag‘ishiangan bo‘lib, asosan, 22 bobdan iborat. Yasht - turli xudolarni sharaflovchi qadimgi madhlardan iborat bo’lib, asosan, Axuramazda va boshqa yaztlarni madh etuvchi 22 qo‘shiq-gimnni o‘z ichiga oladi. Xorda Avesto (ba'zan Xo’rtak Apastak) - “Kichik Avesto” sifatida tarjima qilinib, o‘rta fors tilida yozilgan va kundalik ibodat kalimalarini o‘z ichiga olgan. Unda qadimgi madhlardan ham turli parchalar keltirilgan. Mayda qismlar — turli saqlanib qolmagan “Avesto” qismlaridan parcha sifatida yetib kelgan fragmentar kalimalardan iborat. Ulardan eng kattalari Nirangistan (pahlaviyda — Nlrangistan), Pursishnixa (pahlaviyda - PursiSnlha), Aogemadaecha (pahlaviyda - AogamadaeCa), Xadoxt-nask (pahlaviyda - Hadoxt Nask), Afrini Zardusht (pahlaviyda - Afrln I ZarduSt), Vishtasp-yasht (paliiaviyda — Viltasp YaStJdir. Keyinchalik ushbu izoh-tafsirlar bir kitobga jamlanib, “Zend Avesto” deb atalgan. Avestoshunoslarning bergan aniq ma’lurnotlariga qaraganda, yodgorlikning bizgacha yetib kelgan qismi 8 million 300 ning kalimadan iborat4. O‘z o’rnida shuni qayd etish kerakki, Zardushtiylik O‘rta Osiyo hamda Eron hududlarida ning yillar davomida hukmron din bo‘lib keldi va shubhasiz, ushbu din mahalliy xalqlarning ma’naviy qadriyatlarini shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Zardushtiylik va “Avesto” tarixshunosligi Zardushtiylik va uning muqaddas kitobiga bo‘lgan qiziqish uzoq tarixga ega. Ushbu mavzu dunyo olimlarining diqqat-e’tiborida bo‘lib, uning tarixiga doir ko‘plab asurlar yaratilgan. “Avesto’ qo’yozmasining paydo bo‘lishi va bizgacha yetib kelishi tarixini kuzatadigan bo‘lsak, hozirgi kunda yo‘qolib ketgan asosiy nusxa "Sososniylar arxetipi” nomi bilan tanilgan. M. Boysning tadqiqotlariga ko‘ra, “Avesto” tilida saqlanib qolgan mavjud eng qadimgi qo‘lyozma milodiy 1323- yildagi nusxadir. “Avesto” matnlarining to‘rtdan uch qismi, shu jumladan, noma’lum miqdordagi huquqiy, tarixiy va afsonaviy matnlar yo‘qolgan. Katta qismi makedoniyalik Aleksandr tomonidan yo‘q qilinganiga qaramay, Sosoniylar davrida ushbu muqaddas kitob matnlarini tiklashga harakat qilindi. X.Xambach “Avesto” matnlarini saqlanish tarixini o‘rganib, ushbu muqaddas kitobni saqlab qolishni Ardasher I Papakan va uning bosh ruhoniysi Tansar boshlab bergan, degan o‘rinli xulosaga keladi. Bu ishni Shopur II davridagi boshqa bosh ruhoniy Adurbad Mahraspandan davom ettirgan, faqatgina Xusrav I Anushervon davri, ya’ni VI asrda o‘z yakuniga yetdi. Avestoshunoslikning keyingi tadrijiy taraqqiyoti o‘rta asrlar davriga to‘g‘ri keladi. Xususan, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”5 asarida “Avesto” haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. U Hindistonga qilgan safari hamda Xorazm Ma’mun akademiyasidagi faoliyati davomida “Avesto” tilini mukammal o‘rganishga harakat qilgan6. Bundan tashqari, Beruniy davrida Xorazm tili tamoman o‘lik tilga aylanmagan edi. Ba’zi tadqiqotchilar, xususan, Jalil Do‘stxoh Beruniyning ayrim fikrlariga asoslanib, 4 Homidov H. “Avesto” fayzlari… 15-bet. 5 Abu Rayhon Beruniy. Al osorul-boqiya an-al qorun ul-holiya. T., 1969. 6 Saidqulov T. O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar. Toshkent, 1993, 9-10 betlar. “Avesto”ning bizga noma’lum qismlari yoki o‘sha qismlar mazmuni bilan tanish bo’lgan bo‘lsa kerak”, degan fikmi bildirgan edi. “Avesto” haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan asarlardan yana biri Ma’sudiy (X asr)ning qalamiga mansub “Muruj az-zihab” (“Oltin vodiy”)dir. Ushbu muallifning yozishicha, Aleksandr Istaxr shahrini bosib olgach, “Avesto”dagi tibbiyot, falsafa, riyoziyot va nujum ilmiga doir matnlarni yunon tiliga tarjima qilib, o‘zini yoqib yuborishni buyurgan edi. O’rta Osiyo hududiga Arab xalifaligi davrida islom dini va madaniyatining kirib kelishi natijasida zardushtiylik dini hamda uning saqlanib qolgan matnlari, otashxona va boshqa dinga tegishli ramzlar yo‘q qilindi. Aholi orasida ham islomning qabul qilinishi bilan eski dinga ehtiyoj tobora yo'qolib borgan, bu esa zardushtiylik an’analarini yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lgan. Natijada, o‘rta asrlarda ushbu din va uning muqaddas kitobini o‘rganishga oid ma’lumotlar deyarli uchraymaydi. Ammo, shunga qaramay, Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo xalqlari qadimgi tarixini o‘rganishda “Avesto” muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Chunki, “Avesto” faqatgina zardushtiylik dinining urf-odat va e’tiqodlari jamlangan muqaddas kitob bo‘libgina qolmay, unda O‘rta Osiyo hamda Eronning qadimgi tarixi, madaniyati va siyosiy tuzumi ham aks etgan. Yer yuzidagi eng qadimgi dinlar, shu jumladan, zardushtiylik to‘g‘risida ham ilmiy- tadqiqotlar vujudga kelgan. Sharqdan farqli ravishda, G‘arbda “Avesto” yodgorligi bilan qiziqish davom etgan va ushbu jarayon XVII-XVIII asrlarda qayta shakllana boshlagan. Mazkur jarayonda Oksford universiteti va uning olimlari o’rni beqiyosdir. Tadqiqotlarning aynan ushbu ta’lim dargohida boshlanishiga sabab sifatida Hindiston va uning mahalliy madaniyatini o‘rganilishi bilan bogiash mumkin. Chunki, inglizlarning Hindistonga nisbatan siyosiy rejalari mavjud bo‘lib, bu reja avvalo, hudud va uning xalqlarini chuqur tadqiq etishdan boshlangan. Natijada, mahalliy dinlardan biri sifatida Hind оlkasida saqlanib qolgan zardushtiylik tadqiqotlari aynan shunday pay do bo‘lgan edi. Zardushtiylik va “Avesto”ni ilmiy jihatdan o‘rgangan dastlabki olim Oksford universiteti professori T.Xayd (1636-1703) hisoblanadi. Mazkur tadqiqotchi turli qadimgi forsiy manbalarini o‘rganish natijasida 1700-yilda bo‘lajak asarning qoralama nusxasini tayyorlagan edi, ammo uning ushbu tadqiqoti asossiz ravishda ko‘plab tanqidlarga uchradi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, ya’ni 1760-yilda uning tadqiqoti to‘liq kitob holida qayta chop etiladi va bu safar kitob unga ancha mashhurlik keltiradi. 1728-yilda ingliz olimi Jorj Bauje “Avesto”ning bir necha qismi qo‘lyozmalarini Janubiy Hindistondagi zardushtiy ulamolardan qo‘lga kiritib, Oksford kolleji kutubxonasiga topshiradi. Bu ham Oksfordda ushbu kitobni tadqiqotiga turtki beradi. Shunday so‘ng 20-30 yil davomida ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar to‘xtab qoldi, ammo XVIII asrning 60-70 yiIlarida zardushtiylikka doir ilmiy izlanishlar qayta tiklandi. Ushbu bosqichning shakllanishida fransuz olimi A.Anketil-Dyuperron (1731-1805)ning xizmati beqiyos. U 1755-yilda fransuzlarning “Ost-Indiya” kompaniyasi ruxsati bilan Hindistonga keladi. Avvalo, u qadimgi va o‘rta fors hamda sankskrit tillarini puxta o'rganib, 1758-yilda Surat shahriga keladi va ushbu hududda yashovchi zardushtiylardan “Avesto” tilini o‘rganadi. 1761-yilda Angliya, 1762-yilda esa qaytib keladi. U o‘zi bilan 108 ta noyob qo‘lyozmalar va turli qadimiy bitiklar olib keladi. 1763-yilda tadqiqotchi Fanlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilinadi. Faoliyati va tadqiqotlari natijasida 1771-yilda uch tomdan iborat “Zend Avesto” kitobini nashr ettiradi. Shundan so‘ng zardushtiylikning asl ma’nosi va muqsadini aniqlashga qaratilgan turli munozaralar boshlanib ketadi. Garchi, Dyuperron tadqiqoti va tarjimasi atrofida ko‘p munozaralar-u bahslar bo‘lsa-da, oxir-oqibatda, uni avestoshunoslikning “kashshofi” sifatida tan oladilar. Anketil-Dyuperronning tadqiqoti natijasida G‘arb sharqshunoslari “Avesto”ni o‘rganishga jiddiy kirishadi. Tadqiqotlar turli Yevropa davlatlarida bir davrda boshlanadi. Endilikda deyarli barcha avestoshunoslar Dyuperron mehnatini e’tirof etib, uning matniga suyana boshladilar. Jumladan, Silvestr De Sasi (1758-1838), Tixsen (1734-1815), Uilyam Jonc (1746-1794) va boshqalar Zardushtni insoniyat beshigidagi birinchi shoir, voiz hamda faylasuf sifatida baholaydi va uni ilm olarniga tanishtirishda A.Dyuperronning xizmati katta ekanligini alohida qayd etadi. Masalan, fors, semit va eroniy tillar bilimdoni bo‘lgan Silvestr De Sasi Sosoniyiar davrida “Avesto”ning pahlaviy tilida yozilgan matnlarini o‘rganib, uning pahlaviy tilidagi sharhlari bilan tanishgach, Dyuperron mehnatini yuqori baholaydi7. Avestoshunoslik tarixshunosligida 1820-yilda J.Rode (1762—1827) tomonidan nashr etilgan “Baktriyaliklar, midiyaliklar va forslar yoki zend xalqlari” nomli asari muhim bo‘lib, o‘sha davr diniy qarashlarini ochib berishda “Avesto” haqida ham qisman ma’lumotlar keltirilgan. Nemis olimlari J.Rode va E.Rask tomonidan XIX asr boshlarida amalga oshirilgan ushbu tadqiqotlar bir tomondan, zardushtiylik dinining katta mintaqani qamrab olgani, haqiqatdan ham yakkaxudolikka asoslangan e’tiqod ekanligi keng tahlil etilsa, ikkinchi tomondan, yodgorlik tilining grammatik xususiyatlari ilk bor ilmiy jihatdan xiyla puxta tekshiriladi. Jumladan, filolog olim H.Homidovning yozishicha, keyinchalik tilshunoslardan Bopp, Jolli, Garda va Jakinalarning turli hajmdagi kitoblari nashr etildiki, ularda “Avesto” tilining fonetik, leksik va morfologik jihatlari u yoki bu darajada o‘rganilgan. Avestoshunoslik atrofldagi vaziyat XIX asr o‘rtalaridan tubdan o‘zgara boshladi. Endilikda zardushtiylik dini ekzotik, ya’ni noyob din sifatida emas, balki o‘z chuqur falsafasiga ega bo’lgan hamda o’z davri uchun muhim bo‘lgan dinlardan biri, deb baholana boshlandi. Natijada, tadqiqot doirasiga tilshunos va sharqshunoslardan tashqari, endi faylasuflar ham kirib kela boshladi. asrda “Avesto” va zardushtiylik ta’limoti G‘arb faylasuflarining diqqatini o‘ziga jalb etadi. H. Homidov ular qatoriga G. Rittening 12 jildlik “Falsafa tarixi”, Kechelning bir qator maqola va nutqlaridagi “Avesto” sharhlarini kiritgan. XIX asrning o‘rtalarida ijod qilgan fransuz olimi E.Byurnuf (1801— 1852) va nemis olimi M.Xaug (1827—1876) ilmiy faoliyati ushbu yo‘nalishni rivojlanishida alohida o‘rin tutadi. “Avesto”shunoslik tarixida E.Byurnufning 1833-1835-yillarda nashr 7 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 28-29 betlar. etilgan “Yasnaga sharh”lar kitobi yangi bir bosqich hisoblanadi. U AnketilDyuperron ishini davom ettirib, “Avesto” tilining leksik va grammatik xususiyatlarini puxta o‘rganadi hamda Behistun va Persepol bitiklarida yozilgan til bilan qadimgi hind Vedalarini qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qiladi. Natijada, bu olim yodgorlik leksik qatlarnini aniqlashda yangi bir bosqichni boshlab beradi. Nemis sharqshunosi M.Xaug esa Hot (Gat/Gax)larni Avestoning asosiy qismidan ajratib, ularni o‘rtasida umumiy jihatlarni tartiblab bergani bilan fanda tanilgan. Ayniqsa, M. Xaugning “Avesto”ni tanqidiy matnlari ustida olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir. “Avesto”shunoslikning rivojlanib borishi va turli Yevropa ilmiy markazlaridagi tadqiqot natijalari XIX asrning o‘rtalarida “Avesto”ni o'rganishda ikki qaramaqarshi yo‘nalishni hosil qildi: 1) an’anaviy yo‘nalish bo’lib, uning tarafdorlari o‘rta fors tilidagi manbalar va zardushtiylik bitiklariga tayanadi (F. Shpigel, F. Yusti va b.); 2) qiyosiy-tarixiy yo‘nalish esa qadimgi hind manbalar bilan “Avesto” tilini lingvistik qiyoslash orqali o‘z xulosalarini berib boradi (Rot va b). G‘arbiy Yevropada “Avesto”ni o‘rganish va uning tarqalishiga eng katta hissa qo‘shgan olimlardan yana biri M. Myullerdir ‘. Oksford universitetining professori M.Myuller (1823—1900) tarix, qiyosiy mifologiya va tilshunoslik, dinshunoslik hamda hind adabiyoti bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlarning muallifidir. Xususan, mazkur tadqiqotchi “oriylar”ning kelib chiqishi, dunyo bo‘yicha ko‘chishi va tarqalishi tarixi bo‘yicha muhim tadqiqotlarni amalga oshirgan kam sonli mutaxassislardan biridir. 1874-1904 yillarda Myullerning tashabbusi hamda shaxsiy ishtiroki bilan ingliz tilida 49 tomlik “Sharqning muqaddas kitoblari” nashr qilindi. Shu silsilaning 1, 5, 23, 31-jildlari “Avesto” matnlari hisoblanadi. Ulardan “Vendidod”, “Zend Avesto”ning bir qismini (1-tom, 1880; 33-tom, 1883) Dj.Darmsteter tarjima qilgan. “Avesto”ni o‘rganishning keyingi bosqichi fransuz olimi Dj.Darmsteter (1849- 1894) nomi bilan bog’liq. U Oliy tadqiqotlar maktabida ustozi M.Breal (1832-1915) qiyosiy iingvistika va A. Bergendan sanskrit tilini puxta o‘rgandi. Natijada, u “Avesto” va zend matnlarini tarjima ishlarini boshlab yuborgan. U 1892—1893- yillarda 3 tomdan iborat bo‘lgan “Zend Avesto” kitobini o‘zining filologik sharhlari bilan chop ettirdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, J.Darmsteter “Avesto” ning mavjud kitoblari tanqidiy matnini tuzish, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilishdan tashqari, yodgorlikning adabiy qiymati xususidagi bir qancha tadqiqotlar muallifi hamdir. asr oxirlariga kelib yuqorida tilga olingan ikki yo‘nalishdan tashqari uchinchi yo‘nalish vakillari, ya’ni ikkala yondashuvai hisobga olgan tadqiqotchilar guruhi shakllandi. Ular qatoriga K.Geldner, J. Darmsteter, X.Xyubshman, A.Vilyams Djekson, V.Geyger va boshqalari kiritish mumkin8. XX asrda ham avestoshunoslik fani rivojlandi. Orientalistikaga bo‘lgan qiziqishning ortishi, manbaviy asoslar va fundamental asarlarning yaratilishi bu soha taraqqiyotiga yo‘l ochib berdi. Bu davrdagi mashhur tadqiqotchilardan biri bu X.Bartolome (1855-1925) bo‘lib, gap shundaki, mazkur olim “Avesto” tarjimalari, 8 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 30-31 betlar. asl matni va u haqidagi tadqiqotlarni 30 yil davomida o‘rganib chiqadi, pahlaviy va yodgorlik tilini puxta o‘zlashtiradi, “Avesto” tili xususida bir qancha maqolalar yozadi, ma’ruzalar qiladi. Va nihoyat, 1878-yilda “Qadimgi Eron tili lug‘ati”ni chop ettiradi. Hot (Gat)larning tarjimasini ynratadi. X.Bartolome lug‘atidan foydalanib F.Volf “Avesto”ni mukammal tarjima qiladi va u 1910-yilda Strasburgda chop etiladi. Keyingi yillardagi burcha avestoshunoslar o‘z tadqiqotlarida ana shu ikki manbaga asoslanmoqda. X.Bartolomening “lug‘ati” “Avesto” va uning tilini o‘rganishdagi dadil bir qadam edi. A.Makovelskiyning ta’kidlashicha, Andreas ushbu “lug‘at”ni tanqid qilib chiqqan. Adreasning fikricha, mavjud “Avesto” matnlari qadimiy “Avesto” tilida emas, balki oromiy yozuvida yozilgan, shu sababli ularni qadimiy deyish nojoiz. XX asrdagi mashhur avestoshunoslardan London universiteti professori Meri Boys76 (1920-2006) Eron tarixi va madaniyatiga oid asarlar bilan zardushtiylikning o‘rta asrlar hamda yangi davrdagi tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. Uning Hindistonga qiziqishi oilasi tufayli paydo bo’lgan edi, chunki uning otasi Kalkutta shahrida sudya bo‘lib ishlagan. M.Boys 1952-yilda Kembrijning Nyunxem kollejida dissertatsiyasini himoya qilgan. Shu davrdan boshlab uning hayoti to’liq zardushtiylarni o‘rganishga bag’ishlangan. M.Boys 1963—1964-yillarda Yazd vodiysining shimolida 24 ta qishloqlarda olib borgan dala-qazilma ishlari vaqtida zardushtiylarning c’tiqodlari va rasmrusumlarini o‘rgandi. Yuqoridagi ishlari natijasida olim 4 jilddan iborat “Zardushtiylik tarixi” nomli yirik ilmiy asarini tayyorladi va qisman nashr etdi. Shuningdek, bu olimni zardushtiylikning vujudga kelish davri haqida fikrlari ham munozaralidir. Uning qarashlarini rossiyalik etnolog va tarixchi olim V.Shnirelman oriylar muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotida atroflicha tadqiq qilgan. M.Boys haqida turli taniqli gazeta va jurnallarda ham maqolalar chop etilgan. Rossiyada ham avestoshunoslik o‘zining boy an’analariga ega. Mazkur mamlakatda “Avesto”ni o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Dastlabki rus tilida bajarilgan mukammal asar sifatida K.A.Kossovichning ishlari tan olinadi. Shuningdek V.V.Bartold, K.G.Zaleman, A.L.Pogodin, К.A.Inostransev kabi olimiar ham “Avesto”ni o‘rganishga katta hissa qo‘shganlar. Sovet olimlaridan A.A.Freyman, Y.E.Bertels, М.M.Dyakonov, V.V.Struve, B.G.Fafurov, I.G.Aliev, V.I.Abaev, S.N.Sokolov, O.A.Makovelskiy va O.Klimalar “Avesto”ni o‘rganishga munosib ulush qo‘shdilar. Ammo, sovet davri tarixchilarining asarlarida davr va siyosiy mafkuraning ta’siri yaqqol seziladi. Masalan, ular zardushtiylikning sinfiy mohiyatini ochib berishga harakat qilganlar, bu esa o‘sha davrdagi aksariyat adabiyotlar uchun xos bo’lgan holat hisoblanadi9. Mazkur muqaddas kitobga bag’ishlangan XX asrning ikkinchi yarmidagi tadqiqotlardan biri A.O.Makovelskiyning Ozarbayjon Fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan “Avesto” kitobidir. H.Homidovning ta’kidlashicha, to‘qqiz bobdan tashkil topgan ushbu asarning dastlabki sahifalarida “Avesto”ning tarkibiy qismlari va tili, asarning yaratilishi, “Vendidod”ning geografik qimmati, yodgorlikning kosmologik hamda astronomik ahamiyati bir-biriga uzviy boglangan 9 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 32-34 betlar. holda sinchkovlik bilan, tadrijiy o‘rganilgan. Bundan tashqari, risolada Zardusht hayoti, dunyoqarashi, “Avesto” yaratilgan davrda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy ahvoli masalalarini ham tahlil etilgan, biroq muallif sovet davrida ijod qilganligi sababli, uning asarida ham siyosiy mafkuraning ta’siri sezilib turadi. asrning so‘nggi yillardi “Avesto” va uning ba’zi qismlari tarjimalari paydo bo’ldi. Masalan, 1994-yilda I.M.Steblin-Kamenskiy tarjimasidagi “Avesto” chop etilgan bo‘lib, unda tadqiqotchi tomonidan asosan Videvdat qismini tahliliga e'tibor qaratilgan. Mustaqillik davrida avestoshunoslik va uning tarjimasi bo‘yicha ishlar jonlandi. M. Is’hoqov A.P.Qayumov va A.Mahkam kabi olimlar keng jamoatchilikka “Avesto”ning tarjimasiga doir ishlarini taqdim qildilar. “O’zbekiston tarixi” jurnalining “Avesto” yubileyiga bag‘ishlangan maxsus ruknida ushbu mavzuning turli jihatlariga doir tadqiqotlarning so‘nggi natijalari chop etildi. “Avesto”ning yaratilganiga 2700 yil to‘lishi munosabati bilan V.Livshits, E.Rtveladze, M.Ishoqov, E.Oxunjonov, A.Sagdullayev, R.Abdukamilov va Sh.Shaydullayevlarning yangicha talqindagi maqolalari e’lon qilindi. Bundan tashqari, 2001-yilda chop etilgan “Avesto” va uning insoniyat taraqqiyotidagi o’rni” nomli maxsus to‘plamda ushbu mavzuning turli masalalariga doir maqolalar o‘rin oldi. I.Jabbarov va S.Jabbarovlarning jahon dinlari tarixiga doir kitobida zardushtiylik tarixi batafsil yoritib berildi10. XXI asr boshlarida O‘zbekistonda avestoshunoslar safi ancha kengaydi. H.Homidov, M.Eshmurodov, M.Imomnazarov, G.T.Mahmudova, R.Urazova va boshqalaring asarlarida zardushtiylikning mohiyati ochib berildi. Bundan tashqari, 2000-yilda ilmiy-badiiy qissa shaklida T.Karimning S.Tolstov va boshqa olimlarning asarlaridagi dalillar asosida yoziigan “Muqaddas “Avesto” izidan” kitobi nashr etildi. 2001-yilda H.Boboyev va S.Hasanovlarning “Avesto”-ma’naviyatimiz sarchashmasi” kitobi olti fasldan iborat bo‘lib, ularda ko‘proq kitobning ma’rifiyhuquqiy ahamiyati bayon qilingan. Mualliflar kitobni yozishda asosan, rus manbalariga suyangan, shu sababli ko‘pgina atama va nomlarning yozilishida jiddiy kamchiliklar mavjud. Ma’lumki, “Avesto”da uchraydigan ko‘p udum va marosimlar aynan, yoki ba’zi bir o‘zgarishlar bilan xalqimiz orasida davom etib kelmoqda. Jumladan, A.Ashirovning 2001-yilda chop etilgan “Avesto”dan me’ros marosimlar” nomli risolasida Farg‘ona vodiysi aholisi turmush tarzida an’ana sifatida davom etib kelayotgan marosimlar haqida ancha izchil fikrlar yuritilgan, ko‘plab yangi dalillar keltirilgan. 2004-yilda H.Boboyev, T.Do‘stjonov va S.Hasanovlar tomonidan “Avesto Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi” deb nomlangan asar chop etildi. Mazkur asarda “Avesto” kitobi xalqimiz tarixini o‘rganishdagi muhim manbaligi asoslab berilgan. E.Rtveladze va A.Sagdullayevlarning “Современные мифы о далеком прошлом народов Центральной Азии” kitobida ko‘plab qadimiy yozma manbalar qatorida O’rta Osiyo xalqlari qadimiy tarixini o‘rganishda “Avesto”ning ahamiyati ham yoritib berildi11. 10 Jabbarov I., Jabbarov S. Jahon dinlari tarixi. Toshkent: O’zbekiston, 2002. 11 Ртвеладзе Э.В., Сагдуллаев А.С. Современные мифы о далеком прошлом народов Центральной Азии. XXI asr boshlarida chop etilgan ishlarning salmog‘i sohadagi rivojlanishni ko‘rsatayotganiga qaramay, O‘zbekistonda ilmiy avestoshunoslik endigina shakllanib kelmoqda, - deb yozadi R.Urazova. Uning dinshunoslik, falsafiy, filologik va adabiyotshunoslik kabi muhim hamda yetakchi tarmoqlari belgilanmoqda. Mazkur holat sohadagi o‘z yechimini kutayotgan muammolarini hal qiluvchi tadqiqotlar yaratilishiga umid bog‘lash uchun asos bo‘la oladi12. Eron ahamoniylari va yunon-makedonlar bosqinining tarixiy adabiyotlarda yoritilsshi O’rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyatining antik davrdagi rivoji Ahamoniylar sulolasi boshchiligidagi bosqinchilik tufayli o‘zgarishlarga uchradi. Avvaldan mustaqil bo‘lgan Baqtriya, Sug‘d va Xorazm davlatlarining mil. avv. VI-IV asrlarda Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga satrapliklar sifatida kirdi. Imperiya tarkibiga kirishi, yagona boshqaruv, qonunchilik, pul tizimining o‘matilishi va oromiy yozuvining umumdavlat miqyosda qo‘llanilishi O’rta Osiyo xalqlarining mahalliy madaniyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ushbu davlatning paydo bo‘lish qisqa tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Ahamoniylar imperiyasining (ba’zi adabiyotlarda “Oriylar imperiyasi” Ariyanam Xsacam) asoschisi Kir II (mil. avv. 558—530) mil. avv. 558-yilda pasargad, marafi, pasti kabi fors qabilalarini birlashtirib, ularning yagona hukmdoriga aylandi. Mil. avv. 545—539-yillarda Sharqiy Eron va O‘rta Osiyo hududlari - Marg‘iyona, Xorazm, Sug‘diyona, Baqtriya, Sattagidiya, Araxosiya, Gandxara va sak qabilalari yerlari, mil.avv. 539-525-yillarda esa Bobildan Misrgacha bo‘lgan yerlar ham Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kiritildi. Imperiya hududi ayniqsa Doro I (mil. avv. 522-486) juda ham kengaydi va haqiqiy imperiyaga aylandi. Doro I dan so‘ng mamlakatni Kserks I, Artaksers I, Kserks II, Dariy II Oxos yoki Not, Artakserks II, Artakserks III Oxos va sulosa so‘nggi vakili Dariy III Kodoman (mil. avv. 336z335-330) tomonidan boshqarilgan. Doro I davrdan boshlab, ya’ni mil. avv. 521-yilda mamlakat 20 satrapliklarga bo’lingan holda boshqarilar, barcha hududlarda ahamoniy sulola vakillari hukmronlik qilar va barcha hudud vakil lari ularga siyosiy qaram edi. O‘rta Osiyodan Baqtriya va qo‘shni xalqlar - 12 satraplik, Sak va qo‘shni qabilalar - 15 satraplik, Parflya, Sug‘d va Xorazm - 16 satraplik sifatida kiritilgan. Bundan tashqari, harbiy jihatdan ham O‘rta Osiyo hududi xalqlaridan fors askarlari qatoriga do’lmiy ravishda yosh yigitlarni tanlab olinar edi. Bu ham o‘z navbatida, mahalliy xalq antropologiyasi, keyinchalik aralash o’llalarning paydo bo’1 ishi va sinkretik madaniyatni shakllanishiga olib keldi. Ahamoniylar hukmronligi va ushbu davrdagi O‘rta Osiyo xalqlariga doir ma’lumotlarni yoritishda bir nechta asosiy manbalarga tayanildi: Behistun qoyatosh yozuvlari. Qadimgi O‘rta Osiyo xalqlari tarixini yorituvchi epigrafik manbalardan biri Midiyadagi shoh Doro I (mil. avv. 522- 486) buyrug‘iga binoan, qadimgi forsiy, elam va bobil (akkad) tillarida mixxatning turli ko‘rinishlarida tosh qoyaga bitilgan Behistun (Bisutun) yozuvidir. Bitik Erondagi Kirmonshoh va Hamadon shaharlari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, asosan, mil. avv. Ташкент, 2006. 12 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 35-37 betlar. 523-52 l-yillardagi voqealarini o‘z ichiga oladi. Ushbu qoyatosh bitiklari o‘rganilish tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning 30-40- yillarida ossuriyashunoslik fanining asoschilaridan biri, sharqshunos Genri Roulinson122 (1810-1895) bitikning forsiy matnini ko‘chirib olgan va deyarii butunlay o‘qib chiqishga erishgan, bu esa Qadimgi Sharq xalqlarining boshqa mixxat yozuvlarini o‘qishda kalit vazifasini bajardi. Ma’nosi bo‘yicha yozuv matni Ahamoniylar davlatida asosan, mil. avv. 522-519-yillarda bo‘lib o‘tgan hodisalarning rasmiy talqinidir. Yozuvning asosiy qismida Kambiz (Kambujiya II, mil. avv. 530-522)ning oMimidan so‘ng Doro I (Darayavahus I) ning davlatni qamrab olgan qo‘zg‘olonlar va beqarorlikka qarshi, Fors davlatini saqlab qolish uchun olib borgan kurashi haqida hikoya qilinadi. Yozuvda keltirilgan ma’lumotlarni Gerodotning ushbu hodisalar haqidagi hikoyasi toidiradi13. A.Nizovskiyning fikriga ko‘ra, yozuv qadimgi Midiya hududida Bobil va Ekbatanani bog‘laydigan yoidan 105 metr balandlikda bitilgan. Yozuvning o‘lchamlari 7 metr balandlikda va 22 metr kenglikda. Barelefda mag‘lubiyatga uchragan dushmanlari bilan uchrashadigan Axuramazda xudosi homiyligida Doro I tasvirlangan. Yozuvlar ostidagi tosh vertikal ravishda kesilgan va saqlash uchun deyarii eltib bo’lmagan. M.Dandamayevning tadqiqotlariga asosan, Gerodot va boshqa qadimgi yunon tarixchilari ushbu voqealar haqida o‘z asarlarida hikoya qiladilar, ammo ularning hikoyalari Behistun yozuvida keltirilgan versiyadan sezilarli farq qiladi. Ba’zi zamonaviy tarixchilar, aslida Doro o‘zi podshoh bo’lish uchun Bardiyani sehrgar Gaumata deb e’lon qilib oidirgan, deb hisoblaydi. Doro I ning pilik yozuvt. Hamadon yaqinida tasodifan topilgan kumush pilikchadagi yozuv (boshqa bir oltin pilikcha bilan birga) Doro I hukmdorligi davrida O‘rta Osiyo Ahamoniylar mulkiga kirganligiga у ana bir dalolat bo’lib xizmat qiladi. Ushbu pilikchani topgan odam uning ustiga yozuvlar o‘yib yozilganiga ahamiyat bermay, kumushning bahosidan kelib chiqqan holda, uni boshqa odamga sotib yuborgan. U esa, o‘z navbatida, bu topilmani sakkiz parchaga bo‘lib, qadimiyotchiga sotib yuborgan. Baxtli tasodif tufayli kumush va oltin pilikchalarning fotosuratlari saqlanib qolgan. Aynan ushbu suratlar bo‘yicha aniqlandiki, mixsimon yozuv qadimgi forsiy, elam va bobil tillarida, ya’ni Ahamoniylarning ayni o‘sha Behistun qoyalaridagi rasmiy yozuvlari, Persepol qurilmalari va Suzadagi Artakserks (Artaxshas) II ustunlarida uchraydigan bitiklar tillarida yozilgan. Ehtimol, kumush pilakcha (oltin pilakcha bilan bir qatorda) Doro I ning Ekbatana (hozirgi Hamadon)dagi mil. avv. 518-yildan keyin qurilgan saroyining poydevoriga ko’rnib qoldirilgandir. Asosiy (qadimgi forsiy) matn (qolgan ikkisi - tarjimalar) A.A.Semenov tomonidan nashr etilgan. Doro I ning Suzadagi yozuvi. Suzadagi mixxat Elamning sobiq poytaxti bo‘lgan ushbu shaharda fors shohlarining asosiy qarorgohlaridan biri barpo etilishi haqida hikoya qiladi. Yozuv matnida O‘rta Osiyoga taalluqli ma’lumot keltiriladi. N. Obnorskiyning fikriga ko‘ra, mil. avv. 538-yilda Kir II ushbu shahami egallagan. Kirning o‘g‘li Kambiz II o‘z poytaxtini Suzaga ko‘chirdi. Doro I sun’iy tepalikda 13 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 38-40 betlar. qurilgan, o‘zi uchun juda tor bo’lgan Elam podshohlarining qadimiy saroyini topgan va uni o‘z xohishiga ko‘ra tiklagan. Artakserks I davrida ushbu saroy yonib ketgan va yuz yildan so‘ng Artaxerxes II boshchiligi ostida u qayta tiklangan. Qadimgi shahaning hududi 1836-yilda Genri Roulinson, so‘ngra Ostin Genri Leyard tomonidan o‘rganilgan. 1851-yilda Uilyam Loftus tomonidan kichik qazish ishlari olib borilgan, u bu yemi Suzaning tarixiy manbalaridan ma’lum bo‘lganligini aniqlagan. 1885-1886-yillarda Ogyust va Janna Delafua Suzada birinchi fransuz qazish ishlarini boshladilar. Jak de Morganning ekspeditsiyasi 1897—1911-yillarda katta qazish ishlarini olib bordi va mazkur tadqiqo’lt ishlari Roland de Mekenem nazorati ostida 1914- yilgacha, ya’ni Birinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. Qazuv ishlari urushdan keyin yana Mekenem boshchiligida qayta tiklandi va Ikkinchi jahon urushigacha davom etdi. Ushbu davr bilan bog‘liq ishlarning natijalari deyarli nashr etilmay qoldi14. Roman Girshman 1946-yilda qazish ishlarini o‘z zimmasiga oldi va uni 1967- yilgacha davom ettirdi. 1970-yillarda qazil malar Jan Perro boshchiligida qayta tiklandi va Eronda Islom inqilobidan oldin amalga oshirildi. Suzada topilgan bitiklar Persepoldagi topilmalarga qaragahda juda каni, shunga qaramay, ushbu topilmalarda siyosiy va iqtisodiy faoliyat mavjudligini uchratish mumkin. Yozuvlarda tasvirlangan ma’lumotlar bir nechta yunon manbalarida ham hujjatlashtirilgan. Masalan, Persepoldan topilgan bir nechta bitiklarda podshoh tomonidan qabul qilingan satraplar, Persepol va Suza o‘rtasidagi karvon harakatlari, shuningdek, Kichik Osiyodan kelgan elchilar haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Suza - shohlar hazina saqlagan joylardan biri bo‘lgan. Xalq hayoti haqidagi ba’zi yozma dalillar ham Suzada topilgan, juda kam uchraydigan iqtisodiy manbalarda aks etgan. Persepol shahri yozuvlari. Persepoldan topilgan yozuvlar va tasviriy suratlarreleflar katta ilmiy qiymatga ega. XIV—XVIII asrlar oralig‘ida Persepol xarobalari Yevropa sayohatchilarining qiziqish ob’yektiga aylandi. O.Xartigning yozishiga qaraganda, sayohatchilar safida birinchi bo‘lib Odorik Friulskiy (1286-1331) 1318- yilda Xitoyga ketayotganda kirib o‘tgan edi. 150 yildan so‘ng bu erga yana bir Venetsiya fuqarosi Iosafat Barbaro (1413-1494) tashrif buyurdi. Ispaniyalik diplomat Garsiya de Silva Figeroa (1550-1625), Shoh Abbos I sudiga yuborilgan, 1619-yilda Persepolisga tashrif buyurgan va bir qator yunoncha yozuvlarning tarjimasini qoldirgan. 1621-yiIda Pietro della Valle mixxat yozuvlarini nusxa ko‘chirgan birinchi yevropalikdir. Yevropaliklar orasida Persepol shahrini o‘rganish XVII-XVIII asrlarda (1621 y.) italiyalik sayyoh Pedro Della Valle (1586-1652) va daniyalik olim K.Niburning nomi bilan bog‘liq. A.Madraimovning tadqiqotlarida qayd etilishicha, XX asrning 30-yillaridan boshlab nemis olimi E.Xersfild, amerikalik E.Shmidt, fransuz olimi A.Godar hamda eronlik tadqiqotchilar M.Mustafoviy va A.Somiylar tomonidan o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlari natijasida Persepolda juda ko‘p noyob yodgorliklar ochildi15. 14 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 41- bet. 15 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. Toshkent: Fan, 2007, 32-33 betlar. Naqshi Rustam. Persepoldan qariyb 5 km masofada, uning shimol tomonida Husaynkuh qoyalarida Doro I va Kserks I (mil. avv. 486-465-yillar), Artakserks I (mil. avv. 465-424-yillar) hamda Doro II (mil. avv. 424-404-yillar)ning maqbaralari hamda ularga kiraverishda o‘yib yozilgan katibalar bor. A.Madraimovning fikriga ko‘ra, mazkur yodgorlik sosoniy sarkardalardan Rustam (636-yilda arablar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan) nomi bilan ham bog‘liq bo‘lib, tarixda ko'pincha “Naqshi Rustam” deb ataladi. Naqshi Rustam ma’muriy jihatdan Ferv viloyatining Mervdesht shahristonining bir qismi, Mervdesht shahri yaqinida joylashgan. Bir necha yuz metr Naqshi Rustamni Naqshi Rajabdan ajratib turadi. Ushbu majmuada taqdim etilgan buyumlar turli davrlarga tegishli: Elarniy (mil. avv. 3 ning yillik), Ahamoniy (mil. avv. 330-550- yillar) va Sosoniylar (mil. 221-656-yillar). Majmuaning o‘zi Persepolis va Istaxr yaqinida joylashgan. Hojiobod tog‘i Persepolisdan ikki kilometr shimolda joylashgan. Unda Naqsh-Rajab yodgorliklari, jumladan, Ardashir I Papakan va Shopur I Sosoniy kabi qahramonlarga bag‘ishlangan barelef va yozuvlar o‘yib tushirilgan. Ushbu bareleflar boy kiyim kiygan hukmdorlarning go’zalligi va kuchining tirusolidir. В undan tashqari, rasmda Axuramazdaning ramzi ko‘rsatilgan. Bareleflar bilan birga kelgan matnlar uchta tilda: o‘rta fors, parfiya va yunon tillarida yozilgan. Ushbu matnlar yuqorida tavsiflangan davrda zardushtiylik hukmron din rolini o‘ynay boshlaganiga dalildir. Ahamoniylar davrida Baqtriya. Ahamoniylar imperiyasining XII satrapi hisoblangan Baqtriya o‘lkasida arxeologlar tomonidan o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab ahamoniylar davri yodgorliklari o‘rganilib kelinmoqda. Dastlab, Janubiy Tojikiston hududidagi Qalai Mir, Bolday tepa yodgorliklari o‘rganilib, shu tadqiqotlar asosida М.M.Dyakonov Baqtriyada ilk sinfiy munosabatlar va davlatchilik haqidagi dastlabki fikrlarni bildirgan edi. Surxon vohasida esa 60 yiilardan boshlab Ahamoniylar davri yodgorliklari aniqlanib o‘rganila boshlandi. Hozirgi kunda esa faqat Surxon va Sherobod vohalarida shu davrga oid o‘nlab yodgorliklar aniqlangan bo‘lib, ayrim yodgorliklar to‘liq A.A.Asqarov, L.I.Albaum, A.S.Sagdullayev, Sh.B.Shaydullayev va boshqa olimlar tomonidan ochib o‘rganildi. Ahamoniylar davri yodgorliklarining soni ortib borishi bilan tadqiqotchilar ularni sug‘orilish shoxobchalariga qarab rayonlashtirish masalasini ham yechishga kirishganlar. E.V.Rtveladze ushbu davr yodgorliklarini 5 ta sug‘orilish rayoni (Ulanbuloqsoy, Sherobod, Bandixonsoy, Mirshodi va Vaxshuvar)ga, A.S.Sagdullayev esa 8 ta rayonga ajratgan edi. Ahamoniylar davrida Xorazm. Aksariyat tarixchilar O‘rta Osiyoning o’troq dehqonchilik vohalari va Xorazm mil. avv. 545—539-yillar oralig’ida Eron ahamoniylari tomonidan bo‘ysundirilgan, degan xulosaga kelgan. Jumladan, akademik A.A.Asqarovning fikriga ko‘ra, Kir II ning mil. avv. 545- yildan O‘rta Osiyoda boshlagan istilochilik yurishlarini uch bosqichga bo‘lish nuimkin. Birinchi bosqichda u Parfiya va Kaspiybo‘yi, ikkinchi bosqichda Baqtriya va Amorgiya, uchinchi bosqichda esa Orolbo‘yi saklari (massagetlar) ustiga yurish qiladi. Kir II ning Baqtriya, Parfiya, Marg‘iyonaga qilgan yurishlari ushbu hududlarning bo‘ysundirilishi bilan tugagan bo‘lsa, mil. avv. 530-yilda Orolbo‘yi ko‘chmanchi qabilalari sak-massagetlar ustiga qilgan yurishi uning uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan16. Kir II ning massagetlarga (“podsho Amorg saklariga”, ya’ni sakaravaklarga, Ktesiyning rivoyatiga ko‘ra, derbiklarga) qarshi yurishi xorazm-eron munosabatlariga bevosita dahldordir. S. P. Tolstovning flkricha, harbiy yurish tashkil etish zaruratining o‘ziyoq ushbu qabilalarning Kirga bo‘ysunmaganligi va qisman unga dushman bo’lganligini ko‘rsatadi. Kir hozirgi Xorazm hududlariga qadar kirib bormay, aftidan, uning yurishlari ancha janubiy hududlar orqali amalga oshirilgan. Orolbo‘yi saklari mil. avv. 518-yilda Doro I (522—486) tomonidan istilo qilingan. Doro I ning Kirmonshoh shahri yaqinidagi Behistun qoyasiga yozdirgan zafamomasida tobe etilgan 23 ta mamlakat va xalqlar orasida Xorazm ham qayd etiladi. A.Sagdullayev va A.Asqarovlarning asarlaridagi ma’lumotlarga asosan, Naqshi Rustam yozuvlarida Doro I ga xiroj to‘lovchi sharqiy viloyatlar orasida Xorazm ham sanab o‘tiladi. Suza shahridagi saroy qurilishida Xorazmdan feruza toshi (to‘q ko‘k yoqut) keltirilganligi qayd qilingan. Shuningdek, Persepol shahrida Doro I va Kserks saroyiga olib boruvchi tosh pillapoya devorlarida Eron ahamoniylariga tobe mamlakatlardan xiroj olib kelgan vakillarning bo‘rtma rasmlarining 8 qatorida sug‘diyonaliklar, 11 qatorida saka tigraxaudalar, 13 qatorida parfiyaliklar, 15 qatorida baqtriyaliklar, 17 qatorida esa xorazmliklar aks etgan bo‘lib, xorazmliklar qo’llarida dudama xanjar, jangovar harbiy bolta va bilaguzuk tutib, ot yetaklab kelayotgan holda tasvirlangan17. Qadimgi Sharqning eng yirik davlati bo’lgan Ahamoniylar saltanatiga mil. avv. 334- 330-yillarda Makedoniyalik Aleksandr uzil-kesil barham beradi. Saltanatning sharqiy viloyatlari (Ariya, Baqtriya, Sug‘diyona)ni esa Aleksandr 330-327-yillarda zabt etadi. Xorazm makedoniyalik istilochilarga nisbatan ham mustaqil mavqyeda turgan. Arrianning yozishicha Xorazm shohi Farasman 1500 otliq askari bilan 329-yilning qishida Baqtrada qishlovai o‘tkazayotgan Aleksandr huzuriga tashrif buyuradi. Kvint Kursiy Ruf Xorazrushoh nomini Fratafern shaklida keltiradi1.Yu.A.Rappoportning fikricha, Xorazrushohning asl ismi Farasman bo‘lib, Fratafern uning o‘g‘li bo’lgan. Xorazrushoh o‘g‘lini Aleksandr qarorgohiga yuborgan. Yunon muarrixlari Aleksandr shuhratini ko‘tarib ko‘rsatish uchun Fratafernni shoh deb yozganlar. Farasman (Fratafern) Aleksandrga kolx va amazonkaliklarga qarshi yurish qiladigan bo‘lsa, ittifoqchilik qilishni taklif qiladi. Aleksandning navbatdagi rejasi Hindistonni egallash bo’lganligi sababli, Xorazm bilan ittifoq tuzib, Hindiston yurishidan keyin ushbu masalaga e’tibor qaratishni mo‘ljallagan bo‘lishi mumkin. Ammo, Aleksandr mil. avv. 325-yiIda Hindistonda Sharq yurishlarini to‘xtatib, Bobilga qaytadi. V.V.Bartoldning fikriga ko‘ra, mil. avv. 328-yilda Xorazm Spitamen boshchiligidagi qo‘zg‘o!onchilarning makedoniyaliklarga qarshi kurashini sak va massagetlar kuchi bilan qo‘llab-quvvatlaydi hamda Spitamenning o‘ziga boshpana beradi. Spitamen halok bo‘lgan 328-yil kuzidan keyingi davrlardagi Xorazm- 16 Asqarov A. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. Toshkent: Universitet, 2007, 132-134 betlar. 17 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 42-43 betlar. Makedoniya munosabatlari to‘g‘risida yozma manbalarda hech qanday ma’lumot qolmagan. Shunday qilib, yunon-makedon istilosidan O‘rta Osiyoning faqat ikkita hududiFarg‘ona va Orol dengizi bo‘ylarida sak-massaget qabilalarini birlashtirgan Xorazmgina o‘z mustaqilligini saqlab qoladi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan keyingi davrlardagi Xorazm davlatida kechgan voqealar xususida yozma manbalarda ma’lumotlar deyarli mavjud emas. Makedoniyalik Aleksandr istilosi davri tarixshunosligi Makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari mil. avv. 329-yilda Oks (Amudaryo)dan o‘tib, yurtimiz hududiga bostirib kiradi. Aleksandning ushbu harbiy yurishlari uning istagiga muvofiq, shohni kuzatib kelayotgan ba’zi adib va muarrixlar tomonidan yozib borilishi ko‘zda tutilgan edi. Makedoniyalik lashkarboshilardan Aristobul, Ptolomey Lag va dengizchi Darga Nearx ana shunday dastlabki tarix yozuvchiiari edi. Ushbu muarrixlarning xotiralari keyinroq o‘tgan Arrian, Strabon va boshqa mualliflarning asarlarida ham keltirilgan, ammo mazkur manbalarning ko‘pchiligi bizgacha yetib kelmagan. Aleksandning Sharqqa harbiy yurishlari vaqtida qanday voqealar yuz bcrganligi undan 300-400 yil keyin yashagan tarixchilarning asarlarida ham qayd etilgan. Mazkur tarixchilar o‘z tadqiqotlarida Aleksandr zamondoshlarining asar va esdaliklardan foydalangan. Aleksandning O‘rta Osiyoga yurishlari tavsifi yunon tarixchisi Arrian (mil. avv. II asr) va Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf (mil. I asr) asarlarida saqlanib qolgan. Ularda Aleksandning yurishlari mufassal yoritilgan. Plutarx (mil. I-II asrlar) bilan Yustin (mil. II asr) esa uning O‘rta Osiyoga qilgan yurishlari haqida deyarii og‘iz o’hmaydilar. Sitsiliyalik Diodorning “Tarixiy kutubxona” asari (mil.avv. I asr)da ko‘p o‘rinlar yo‘qolgan. Mazkur asar 17 ta kitobdan iborat bo’lib, Aleksandning Amudaryo ortiga yurishi tasvirlangan boblarning faqat sarlavhalarigina saqlanib qolgan, xolos18. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufga nisbatan Arrianning asari O‘rta Osiyo voqealari bayonida ancha ishonchli manba hisoblanadi. Arrianning o‘zi Osiyodagi janglarda qatnashgan. Uning asari aslida harbiy san’atga bag‘ishlansa-da, u Aleksandr zamondoshlari Aristobul va Ptolemey Lag esdaliklaridan foydalangan, ba’zi o‘rinlarda esa ulardan ko‘chirmalar keltirgan. Aristobul bilan Ptolemey Lag asarlarida faqat o‘zlari qatnashgan voqealarni bayon etganliklari uchun Arrian ularda bo‘lmagan voqealarning yetishmagan o‘rinlarini Kursiy Ruf kitobidagi hikoyalar bilan toMdiradi. Makedoniyalik Aleksandr va uning davriga bag‘ishlangan juda ko‘p adabiyotlar bo‘lishga qaramay, uning O‘rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari haqida juda ham kam mualliflar ma’lumot qoldirganligi o‘ziga xos muammolardan biridir. Tarixiy manbalardan Sug‘diyona poytaxti Maroqanda qanday qilib makedoniyaliklar qo‘liga o‘tib qolganligini tasavvur etish qiyin. Kvint Kursiy Rufhing yozishicha, Aleksandr shaharda qo‘shin qoldirib, atrofdagi qishloqlarga o‘t qo‘ygan. Muallifning guvohlik berishicha, Maroqanda qal’asi 18 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 44-46 betlar. devorining uzunligi 70 stadiy bo‘lib, shahar ichkarisida yana bir devor bo‘lgan162. Tarixchi I.Sh.Shifman esa Maroqand shahri jangsiz taslim bo‘lgan, degan taxminni bildiradi. Aleksandr qo‘shinlari Maroqandani egallagach, Yaksart tomonga yuradilar. Bu yurish vaqtida Aleksandr qo‘shinlariga qo‘zg‘olonchi sug‘dliklar hujum qiladi. Diodoning ma’lumotlariga qaraganda, Aleksandr qo‘zg‘olonchilardan 120 ningtasini o‘limga hukm qiladi. Ushbu raqam mubolag’ali bo’lib ko‘rinsa-da, qo‘zg‘olon qanchalik keng tus olganligini ko‘rsatadi. Strabonning yozishicha, Aleksandr O‘rta Osiyoda yangi shaharlar Ьафо eta boshlaydi. Chekka Aleksandriya shahri Xo‘jand yaqinida qurilgan makedoniyaliklar uchun tayanch istehkomlaridan biri hisoblanar edi. Tarixiy manbalarda Aleksandr va uning lashkarboshilari O‘rta Osiyoda 12 ta shahar bunyod etganligi aytiladi. Shu bilan birga, I.Sh.Shifman Aleksandr qo‘shinlarining Sug‘diyonadagi vayronagarchiliklarini Chingizxon istilosiga o‘xshatadi. Ushbu vayronagarchiliklar oqibatida mamlakat aholisining soni keskin kamayib ketadi. Yunon-makedonlar Baqtriya, Sug‘diyona va O’rta Osiyoning qolgan hududlarini ham mustamlakalariga aylantirdi. Aleksandning istilochilik siyosatini uning vorislari (Salavkiylar) davom ettirdi. Aleksandr vafotidan 75 yil o‘tgach, Baqtriya satrapi Diodot o‘zini mustaqil hukmdor, deb e’lon qildi. Pompey Trogning yozishicha, ninglab shaharlar Diodot qo‘l ostiga o‘tdi. “Qadimgi avtorlar O’rta Osiyo haqida” to‘plami (ushbu kitob 1940-yilda Bajenov tahriri ostida Toshkentda nashr etilgan edi)da yozilishicha, O‘rta Osiyoda mustaqil davlatlar tashkil topadi. O‘zbekistonda nashrga tayyorlangan ushbu xrestomatiyada O‘rta Osiyo xalqlarining mil. avv. VI asrdan milodning III-asriga qadar bo‘lgan tarixi, geografiyasi va tabiiy boyliklari haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Yunon va rim tarixchilari asarlari tarixiy manba sifatida Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida O‘rta Osiyo xalqlari haqida turli ma’lumotlar uchraydi. Ushbu xalqlar tarixini yozish Gomer va Esxil kabi adiblar tomonidan boshlangan. Lekin, skif (sak va massaget), sug'diyonaliklar, baqtriyaliklar, xorazmiylar haqida keng va aniq ma’lumotlarni birinchi bo‘lib mil. avv. V asrda yashagan yunon tarixchisi Gerodot beradi. Umuman olganda G‘rta Osiy haqida Gerodotdan tashqari Gekatiy (mil. avv. VI asr), Ksenofont (mil. avv. VIV asr), Polibiy (mil. avv. II asr), Sitsiliyalik Diodor (mil. avv. I asr), Pompey Trog (mil. avv. I asr), Strabon (mil. avv. I asr), Kvint Kursiy Ruf (mil. I asr), Plutarx (mil. I-II asr), Arrian (mil. II asr), Yustin (mil. II-III asrlar) kabi muarrixlar ham O'rta Osiyo xalqlari turmush tarzi, urf-odatlari va mashg‘ulotlari to‘g‘risida ma’lumotlar beradi19. Miletlik Gekatey (miloddan avvalgi VI asr)ning ma’lumotlari antik davr yozma yodgorliklarining eng qadimgisidir. Ushbu mavzudagi oz sonli ma’lumotlar orasida Gekateyning ma’lumotlari alohida ahamiyat kasb etadi. (lekntcy “Yer kurrasining tasviri” nomli asarining Osiyoga bag‘ishlangan qismida Xorazm haqidagi ma’lumotlar yozib qoldirgan. Keyinchalik yaratilgan Afiney (mil. avv. II-I asrlar) va vizantiyalik Stefanlarning (mil. VI asr) “Qabilalar tavsifi” asarlarida Gekatey 19 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 46-bet. tomonidan keltirilgan ma’lumotlar snqlanib qolingan. Unda quyidagi jumlalarni o‘qish mumkin: “...parflarning (Parfiya - Turkmaniston janubi) sharqida tekisliklar togMami egallagan xorasmiylar yashaydi”. Vizantiyalik Stefan Gekateyga suyangan holda “Xorasmiya: praflarning sharqidagi shahar” deb yozgan edi. Qadimgi yunon mualliflari Gerodot, Strabon, Eratosfen, Efor va boshqalar O’rta Osiyo haqida ma’lumotlar yozib qoldirar ekanlar, eng avvalo, Gekatey ma’lumotlariga suyanadilar. Gekateydan so‘ng O‘rta Osiyo davlatlari haqidagi ma’lumotlarni mil. avv. 519-512- yillarda Doro I ning farmoniga ko‘ra, Eronning janubidan Hind daryosi sohillariga sayohat qilgan kiriyalik Skilak ham o‘zining “Sayohatnoma” asarida yozib qoldirgan va bu haqida Gerodot o‘z asarlarida ma’lumot beradi. Gekatey asarining birinchi rus tilidagi tarjimasi V.A.Sheffer tomonidan 1883-1884- yilda amalga oshirilgan. Ingliz va boshqa xorijiy tillarga asosan XX asrda ko‘p marotaba tarjima hamda tahlil qilingan. Eng so‘nggi xorijiy tadqiqotlarda 2003-yilda J.Vaysxofer tomonidan yozilgan biografiyani lilga olish mumkin. Gerodotning “Tarix” asari. Galikarnaslik Gerodot-mil. avv. V asrda yashagan yunon tarixchisi bo‘lib, garchi o‘zi bayon qilayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to‘g‘ri ifodalashi, o‘zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi. Gerodotning asarida O’rta Osiyoning qadimiy xalqlari bo‘lmish agrippiylar, issedonlar, massagetlar, skiflar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urfodatlari hamda qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Uning “Tarix otasi” taxallusini olishiga Sitseron sababchi sifatida ko‘rsatiladi20. Gerodot mil. avv. 455-445-yillar davomida Liviya, Misr, Ossuriya, Ekbatanaga qilgan sayohatlari natijasida qadimgi Sharq xalqlari tarixi haqida ko‘plab ma’lumotlar to‘playdi. Tarixchilarning hisob-kitoblariga qaraganda, Gerodot o‘zining “Tarix” asarida Baqtriya, Baqtra va baqtriyaliklarni 13 marta, sug‘dlarni 2 marta, xorazmiylarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib, ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini hamda tarixi haqida ma’lumotlar bergan. Gerodotning O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqidagi ma’lumotlariAhamoniylarning sak-massagetlarga qarshi yurishlari, fors podshosi Kir II va massagetlar malikasi To‘maris o’rtasidagi siyosiy munosabatlar, Ahamoniylar podsholarining piyoda hamda otliq qo'shinlari safida o‘rta osiyoliklarning ishtiroki, ularning harbiy san’ati va qurol-aslahalari, yo‘lboshchilari, fors-yunon urushlarida ko‘rsatgan jasoratlari, etnik jihatdan turlicha bo‘lgan ko‘plab xalqlarning Ahamoniylar davlatiga bo‘ysunishi, ularga turli soliqlar to’ lashi, sakmassagetlarning urf-odatlari, turmush tarzi va diniy e’tiqodlari kabi ko‘plab qiziqarli ma’ lumotlardan iborat. Yunon muarrixlarining ma’lumotlariga qaraganda, skiflar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Gerodot: “Ular bug‘doy, piyoz, sarirusoq va mosh iste’mol qilganlar. Ular bug‘doyni faqat o'zlari uchungina ekib qolmasdan, balki 20 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. Toshkent: Fan, 2007, 37-bet. savdo-sotiq uchun ham ekardilar”, - deb yozgan edi. Gerodot skiflarning chorvachilik ishlariga ham qiziqib qaraydi. Uning qayd etishicha, ko'chmanchi skiflar ko‘chganda qulay bo‘lishi uchun namatdan g’ildirakli arava - uy yasab olar edilar. Yuk tashishda ular otlardan tashqari mollardan ham foydalangan. Olimning flkricha, skiflar kuchli davlatga ega edi. Gerodot Kaspiy dengizidan sharq tomondagi hududni “bepoyon tekislikdan iborat” deb atagan, Araks (Amudaryo) daryosini ham tilga olgan. Shuningdek, Gerodot yunon-fors urushlari bilan bog‘liq ma’lumotlar orasida baqtriyaliklar haqida ham to‘xtaladi. Gerodotning ma’lum qilishicha, Midiya va Lidiyani zabt qilgan Ahamoniylar shohi Kir II o’ziga juda katta tashvish keltirayotgan Baqtriya xalqi, sak va massagetlarga qarshi urushga “shaxsan o‘zi boshchilik qilish, yunonlarga qarshi urushga esa boshqa lashkarboshini yuborishga” majbur bo’ladi. Bu esa Baqtriyaning ushbu davrda ancha qudratli davlatlardan biri bo'lganligini tasdiqlaydi. Yunon tarixchilarining asarlarida saklar “dengiz orqasidagi saklar”, “massagetsaklar”, “katta saklar”, “amirgiy saklar”, “kaspiylar” va “ortokoribanti” kabi riomlar bilan tilga olingan21. Gerodot O‘rta Osiyoning qadim aholisidan biri saklarni tasvirlar ekan, “saklar boshlariga uchi nayzali qalin namat, tik turuvchi qalpoq kiyganlar. Ular shalvor kiyganlar, sak kamoni va xanjar bilan qurollangan. Bundan tashqari’ ularda sagaris - ikki tomoni jangovpr oybolta ham bor edi”, deb qayd etilgan. Boshqa o'rinlarda ham Gerodot saklarning mardonavorligi va jangovorligini bir necha bor ta’kidlaydi. Gerodot saklarning bir qismi chorvachilik, boshqa katta qismi esa Eron shohiga boj to‘lovchi dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi bo’lganligini yozib qoldiradi. Gerodot “Tarix” asarining uchinchi kitobi 92 bobida ortokoribanti deb atalgan xalqlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Uzoq izlanishlardan so‘ng ushbu nom Eronda qoyatoshlarga yozilgan “tigraxauda saklari” atamasining yunoncha talaffuzi ekanligini aniqladi. Mazkur xalqlar keyinchalik O’rta Osiyoda ham O‘zIarining qadimiy bosh kiyimlarini saqlaganlar, shuning uchun ular boshqa saklardan farqli o‘laroq, yunonlar tomonidan “ortokoribanti” deb nomlangan. “Sak” atamasining etimologiyasi haqida turli fikrlar mavjud. Yunonlar “sak” so‘zi “skiflar yoki saklarning shohi” nomini bildiradi yoki yunoncha “saka” — “qalqon” so‘zidan kelib chiqqan, deb qayd etsa, ba’zilar esa qadimgi Eron tilida “sak” (yurmoq, chopmoq, yugurmoq) so’zi bilan bog‘lab, “yuguruvchi”, “tez yurvchi”, “ko‘chmanchi”, “sayyoh” ma’nosini bildiradi, deb ta’kidlaydi. Gerodot massaget qabilalari haqida nisbatan ko'proq ma’lumotlar beradi. Uning xabar berishicha, massagetlar jasur va ko‘p sonli qabilalardir. Ular Sharqda, quyosh chiqish yo‘nalishida, Araks daryosining narigi yonida, issedonlar ro‘parasida joylashgan. Ba’zilar ularni skif qabilalari, deb ham hisoblagan. Massagetlarning kiyim-kechaklari va turmush tarzi skiflarnikidan uncha farq qilmaydi. Ularning otliq va piyoda qo‘shinlari bo‘lib, an’anaga ko‘ra, kamon, nayza va harbiy cho‘qmorlar bilan jang qiladilar. Temir va mis massagetlar yerida umuman uchramaydi, ammo 21 Геродот. История в девяти книгах. L: Изд-во «Наука», 1972, C.214-215. oltin va kumush ularda juda ko‘p . Shuningdek, Gerodot massagetlar malikasi To‘marisning fors podshosi Kir II bilan munosabatlari va ular o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar haqida ham batafsil ma’lumotlar beradi. Muarrixlar “massaget” nomi biror qavmning asl nomi emas, ba!ki xalqning maishatini anglatuvchi laqab bo‘lishi kerak deydilar. Masalan, “massaget” so‘zi tarkibidagi o‘zak va qo‘shimchalarni ajratib, “Mas’ya” baliq, “ka” yeguvchi, “ga”lar, ya’ni “baliq, yeguvchilar” degan laqab bo’ganini taxmin qiladilar. Qadimgi Eron tillari bo‘yicha mutaxassis L.M.Oranskiy “massagetlar sak qabilalarining katta ittifoqini tashkil etgan bo‘lsa kerak. “Massaget” atamasini “katta saklar” (mas - katta, saka — sak, t - ko‘plik qo‘shimchasi) sifatida talqin etish mumkin”, deb hisoblaydi. Tarixiy faktlarga suyaniladigan bo‘linsa, massagetlar miloddan avvalgi 700-yillarda skiflarni O’rta Osiyoning g‘arbidan siqib chiqarib, O‘zlari ushbu hududlarni ishg‘ol qilgan. Gerodot ularning yashash joylari sifatida Orol dengizining janubiy sharqi, Amudaryo va Sirdaryo o‘rtalarini ko‘rsatadi. Gerodot Ahamoniylar davridagi O‘rta Osiyo davlatlari va xalqlari haqida ham ma’lumot bergan. Gerodotning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriya Ahamoniylar davlatining o‘n ikkinchi viloyati (satrapligi)ni tashkil yetib, 300 talant, Parfiya, Xorazm, Sug‘diyona va oriylar o‘n oltinchi viloyat bo‘lib, 300 talant, saklar va kaspiybo‘yi xalqlari o‘n beshinchi viloyat bo‘lib, 250 talant, Parikaniya va Osiyo habashlari o‘n yettinchi viloyat bo‘lib, 400 talant boj to‘lagan. Bundan ko‘rinadiki, O’rta Osiyo va Xuroson viloyatlaridan ahamoniylar har yili 1250 talant miqdorida boj olib turganlar . Gekatey va Gerodot asarlarida O‘rta Osiyoning qadimiy mamlakatlari - Baqtriya, Xorazm, Sug‘diyona, dengiz va daryolari - Kaspiy dengizi, Amudaryo, Sirdaryo va aholisi va qabilalari - saklar, massagetlar, Sug‘diyonaliklar, baqiriyaliklar, xorazmliklar haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Bevosita Gerodot asari o‘rganilish tarixiga nazar tashlansa, “Tarix” asarining nemis olimi Shteyn tomonidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871-yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860- yillar182) hamda rus (F.G.Mishenko, Moskva, 1858-1860-yillar) tillariga tarjima qilingan. 1982-yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Dovatur, D.P.Kallistov va I.A.Shishovalar tomonidan yangidan nashr etilgan . Ksenofont va uning “Kiropediya” asari. Bu davr tarixchilaridan yana biri mil. avv. V-IV asrlarda yashagan Ksenofont hisoblanadi. Asli kelib chiqishi afinalik bo‘lgan Ksenofont hayotining ko‘p qismini Sparta mulklarida o‘tkazgan va spartaliklar bilan birga fors shahzodasi Kir yurishlarida qatnashib Bobilgacha boradi (mil. avv. 401 y.). Ksenofont ko‘pgina asarlar yozgan bo‘lib, ular orasida mil. avv. 371-355- yillarda yozilgan “Kiropediya” asari alohida ahamiyatga egadir. Tarixchi ushbu asarida Ahamoniylar davlatining asoschisi Kir II Va O‘rta Osiyodagi girkanlar va saklar haqida ko'pgina ma’lumotlar beradi. Shuningdek, mazkur asarda baqtriyaliklar ham bir necha marta tilga ollnadi. Misol uchun, ushbu asarda Ksenofont sak kabilalarini Girkaniya bilan qo’shin yashab Kir bilan ittifoqchilikda bo’lganliklari haqida ma’lumot beradi. Qolaversa, tarixchi saklarni Kining Bobilga tantanali kirib kelishi va otiar musobaqalarini tasvirlagan paytida ham eslatib o‘tadi. Ksenofont Baqtriya, Kir hosib olgan o‘lkalar va xalqlar haqida xabar bersa-da, ushbu voqealar qachon bo’lgani va qanday kechgani haqida hech qanday ma’lumotni keltirmaydi. Ksenofontning “Кiropediya” asari 1976-yilda V.G.Boruxovich va E.D.Frolova, “Yunoniston tarixi” asari 1993-yilda R.Svetlova, “Sarmoya kitobi” asari 1964-yilda E.Frolova, “Оtda yurish san’ati” asari yilda V.Ponaryadov va “Gieron” asari 2006- yilda A.Rossius tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va chop etilgan. Ktesiy va uning “Forslar” kitobi. Asli kelib chiqishi Kichik Osiyoning Knid shahridan bo‘lgan Ktesiy (mil. avv. V-IV asrlar) tabiblik bilan ‘hug‘ullangan. U bir qancha muddat ahamoniylar podshosi Artakserks II (mil. avv. 404—359-yy.) huzurida saroy tabibi vazifasida ishlagan. Ktesiy podsho o’llasiga ancha yaqin bo‘lib, Suzada va ehtimol, Ekbatanada ham yashagan. Podsho saroyida faoliyat ko‘rsatgan davrida Ktesiy ahamoniylar davlati larkibidagi Sharq, shu jumladan, O‘rta Osiyo xalqlari haqida ko‘plab hikoyaiar eshitgan hamda podsho yilnomalaridan foydalanib, “Forslar” asarini yaratgan (mil. avv. IV asrning boshi). Uning ushbu asarida baqtriyaliklar va ularning qo‘shnilari haqida ko‘pgina ma’lumotlar saqlangan. Jumladan, tarixchi Ossuriya podshosi Nin va Baqtriya podshosi Oksiart va Kir II ning baqtriyaliklar bilan urushlari, Baqtriyaning juda ko‘p mustahkam istehkom hamda va qal’alari haqida hikoya qiladi. Ktesiy asarlari turli tillarga tarjima qilingan va o‘rganilgan. Xorijiy tadqiqotchilardan 1824-yilda nemis olimi Ch.Boxr, 1882-yilda J.Mak Krindl, 1913- yilda F.Jeykob, 1978-yilda T.Bravn, 1997-yilda К.Kartunen, 2008-yilda A.Nikols, 2010-yilda P.Yan va boshqalar tomonidan tarjima va tahlil qilingan. Rus tiliga esa 1966 hamda 1975-yillarda I.Pyankov va boshqalar tomonidan tarjima qilingan. Polibiyning “Umumiy tarix” asari. Polibiyning “Umumiy tarix” daliliy ma’lumotlarga boyligi va voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Polibiy qadimgi yunon tarixchisi, davlat arbobi va harbiy sarkarda bo‘lib, mil. avv. 220-yildan mil. avv. 146-yilgacha bo‘lgan Rim, Yunoniston, Makedoniya, Kichik Osiyo va boshqa mintaqalarda sodir bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga olgan 40 jildlik “Umumiy tarix” (yoki “Tarix”) asarining muallifidir. Ushbu to‘plamning faqat dastlabki 5 ta jildi to‘liq saqlanib qolgan bo’lib, qolganlari qisman yetib kelgan. Polibiy o‘zining “Tarixi” ni pragmatik asar deb atagan va birinchi navbatdagi vazifasini siyosiy hamda harbiy tarix voqealarini yoritishni tushungan. Tarixni “hayot muallimi” deb hisoblagan holda, u tarixchining asosiy vazifasini tavsiflashda emas, balki hodisalarni tushuntirish va hodisalarning sabablari hamda ularning o‘zaro aloqalarini ochishda ko‘rgan208. Uning bu qarashlari hozirgi kunda ham dolzarbligicha qolmoqda. Tit Liviy o‘z asarlarini yozishda ko‘p marotaba Polibiyga murojaat qilgan va uni “katta hurmatga sazovor bo‘lgan muallif” deb ta’riflagan. Liverpul universiteti professori Frenk Uilyam Uolbenk tomonidan Polibiyning ishiga hozirgi kungacha bo‘lgan eng mashhur sharhlar 3 jildda (1957, 1967, 1979) nashr etilgan. Polibiy Fukididdan keyingi o‘ringa qo‘yilgan bo‘lib, u tarixni davriy ketma-ketlikda, olimpiada yillariga asosan yoritib borgan. Uning asarida chalkash ma’lumotlar, xatoliklar birmuncha kamroq uchraydi. Shu sababli uning qadimiy davr muarrixlari orasida obro‘si yuqori. Uning asarida mintaqa to‘g‘risida turli ma’lumotlar, masalan Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) haqida, Antiox I ning Baqtriya podshohi Yevtidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim ma’lumotlar bor. “Umumiy tarix” asarining matni 1882-1904-yillarda to‘rt jildda Leypsigda chop etilgan. Uning 1922-1927-yillarda inglizcha V.R.Paton va rus tilida F.G.Mishenko, 1986-yildaei S.B.Mirzayev, 1995- yildagi G.S.Samoxina hamda 2007-yildagi K.Frits tomonidan qilingan tarjimalari mavjud22. Diodorning “Tarixiy kutubxona” asari. Diodor (mil. avv. I asr) yirik tarixchi olim bo‘lib, Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahrida tug‘ilgan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 ta kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan ushbu asar asosan, Yunoniston va Rimning qadimgi zamonlardan to milodiy I asr o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixini o‘z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar va yurtimizning Eron bilan bo‘lgan munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Diodor Efor va Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko‘p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog‘lanmay qolgan. Shunga qnramay, ushbu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga ega. Diodoning ushbu asari to‘la holda hozirgi kungacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 ta, ya'ni qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5 kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari (mil. avv. 500— 449-yillar)dan to mil.avv. 301-yilgacha bo‘!gan tarixini o‘z ichiga olgan 11-20 kitoblarigina saqlanib qolgan, xolos. Ushbu asar 1774-1775-yillarda rus tarixchisi I. Alekseev olti qismli va 1874- 1875-yillarda F.G.Mishenko tomonidan ikki qismli qilib nashr etilgan. V.Strogetskiyning fikricha, Diodorning qarashlari tarix fani uchun muhimdir. Ijtimoiy nuqtai nazardan, Diodor qullikka qarshi bo‘lganligini ta’kidlaydi. Ushbu xulosa har xil jamiyatlarda ham, tenglik e’lon qilingan va xususiy mulk mavjud bo‘lmagan ideal jamiyatlarda ham real hayotni tavsiflashning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanadi. Uzoq vaqt davomida Diodor tarixchi sifatida salbiy baholandi, uning ishiga tanqidiy munosabat ustun keldi. V.Strogetskiyning o‘rinli xulosasiga ko‘ra, uning asarlaridagi asosiy kamchiliklar sifatida birlamchi manbalarga nisbatan notanqidiy munosabat, xronologiyada kuzatiladigan ko‘plab chalkashliklar va voqealarning haqiqiy sabablari o’rniga o‘zining bashoratlari yozish va b. kuzatiladi. XIX asrda tarixchilar orasida qadimiy tarixiy manbalar, shu jumladan, “Tarixiй kutubxona” asariga nisbatan ham o‘ta tanqidiy munosabat mavjud edi. Yagona manba konsepsiyasining klassik vakili K.A.Folkvardsenning fikricha, Diodor yunon tarixini Eford, Sitsiliya tarixini Timey, Rim tarixini esa Fabiydan ko‘chirgan deb hisoblagan. Ushbu gipotezani Diodor asarini manbaviy tahlil qilish asosida Novorossiysk universiteti professori М.I.Mandes ishonchli tarzda rad etgan edi. Ko‘pgina tadqiqotchilar XX asrda ham “Tarixiy kutubxona” asariga faqat tanqidiy munosabatda bo‘lishda davom etdilar. Ularning bu haqdagi umumlashtirilgan fikrini J.Byuri bildirgan bo‘lib, unga ko‘ra, ’’Diodorning qadr-qimmati faqat u eslatib o‘tgan mualliflarning so‘zlarini saqlab qolishda va boshqa hech narsada emas” deb 22 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 50-54 betlar. yozgan edi. A.D.Nok esa hatto tarixchini “o‘zini talablari bor kichkina odam”, deb tanqid qilgan. Tarixshunoslikning Diodor asarlariga nisbatan tubdan yangi munosabati XX asrning 30-yillarda paydo bo’ldi. Bu yangicha qarashning shakllanishida M.Kunsning dissertatsiyasi muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotchi asar matnlari muallifhing o‘zi, ya’ni Diodor tomonidan yozilganligi isbotlab berdi. Hozirgi kunda ham uning asariga turlicha qarashlar davom etmoqda, ammo olimning tarix faniga qo‘shgan xissasi katta ekanligini hech kim inkor etmaydi. Pompey Trogning “Filipp tarixi” asari. Pompey Trog (mil. avv.- milodiy I asrlari o‘rtalari) - “Filip tarixi” asari bilan mashhur bo‘lgan Rim tarixchisi. Asli Galliyadan bo‘lgan Rim tarixchisi Avgust davrida yashab o‘tgan. Trog yunon manbalaridan, asosan Timagendan foydalangan holda Ossuriya shohi Nin davridan to o‘zi yashab o‘tgan zamonigacha bo‘lgan dunyo tarixiga oid asar yozgan. J.Yardley va V.Xekkelning yozishiga ko‘ra, 44 ta kitobdan iborat ushbu asar afsonaviy Assuariya podsholari zamonidan to Rim imperatori Avgust (mil. avv. 63- milodiy 14-yil) davrigacha bunyoda bo‘lib o’tgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (mil.avv. 359-336 yillar) va Aleksandr davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan. 44 kitobdan faqat “Prolog” qismi, ya’ni Yunian Yustin kitoblarning qisqacha mazmuni ko‘chirmasi saqlanib qolgan. Filippning tarixini yozishda Trog, Gerodot, Ktesiy, Polibiy, Timey va boshqalaring asarlaridan foydalangan. Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay noma’lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim va Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo‘lishi hamda tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqlbtitda, inqirozga uchrashini qayd etadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch bu - urf-odat va taqdir, deb hisoblagan. Pompey Trog skiflarni dunyodagi eng qadimiy xalqlardan biri, deb hlnohlaydi (qadimiylikda ular misrliklar bilan bahslashadilar, degan mashhur ibora ham unga tegishli). “Skif” atamasi xalqning aniq nomi emas, balki illuning turmushini sifatlovchi ma’noni anglatgan. Yunon muarrixlarining iMii'luinotlariga qaraganda, skiflar qadimda G‘arbda Dnepr daryosidan tortib, Slituqda Tyan-Shan togiarigacha cho‘zilgan dasht va sahrolarda yashagan. Ularning qabilalari massaget, dax, sak (shak) va derbik kabi nomlar bilan atalgan. “Filipp tarixi” asarida skiflar Baqtriya, Aleksandr davrida Baqtriya va Sug‘dda qurilgan shaharlar, Aleksandr vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parliyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigini tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya hamda Midiyaning o‘zaro munosabatlariga oid inuhim ma’lumotlar mavjud23. A.Madraimovning tadiqotlariga asosan, Pompey Trogning ushbu asari Yustin (II-III asr) tarafidan kiskartirilib qakta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935-yilda nashr qilingan. Uning ruscha tarjimasi 1954-1955-yillarda A.A.Dekonskiy va М.M.Rijskiy tomonidan “Вестник древней истории” jurnalida chop etilgan. Strabonning “Geografiya” asari. Strabon (mil. avv. I asr) qadimgi Yunonistonning 23 https://web.archive.org/veb/20060519214545. atoqli geograf olimlaridan biri bo‘lib, asli amosiyalik (Pont podshohlarining qarorgohi), nufuzli va badavlat o’lladan chiqqan, mashhur yunon faylasufi Aristotel (mil. avv. IV asr)ning shogirdi, qariyb 80 yil umr ko‘rgan. Mil. avv. 44-yilda Strabon Iskandariyaga sayohat qildi, u yoida Afrika bo‘ylab suzib, dengizdan Kirenani ko‘rib o‘tdi. Iskandariyada u o‘sha paytdagi mashhur sayohat yo‘li, ya’ni Nil bo‘ylab Efiopiya chegarasigacha bordi. Uning yo‘nalishi quyidagi nuqtalar bo‘ylab o‘tgan edi: Geliopolis, Memfis, Piramidalar, Arsinoya, Fiva, Siena, Fila oroli, Efiopiya chegaralari va boshqa hududlar. Ushbu sayohatlar uning keyingi faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Strabonni dunyoga tanitgan, 17 ta kitobdan iborat “Geografiya” asaridir. A.Madraimovning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu asarda Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg‘iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo‘llari, Oxa (Xarirud), Oks hamda Yaksart daryolari, saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toxarlar, xorazmliklar va ularning kelib chiqishi, ushbu xalqlarning turmush tarzi, urf-odat, e’tiqodlari, shuningdek, Parfiya va Baqtriyaning mil. avv III asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va o‘zaro munosabatlari haqida muhim hamda qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, sak qabilalari makedoniyalik Aleksandr istilosigacha Sirdaryoning quyi oqimida yashagan bo’lsa, keyinchalik Karki, Kalif va Shimoliy Afg‘oniston yerlariga ko‘chib o‘tgan, Strabon ularni “dax” va “day” nomlari bilan atagan. Strabonning bergan ma’lumotlariga qaraganda, Baqtriya, Sug‘diyona, Midiya va Eron aholisi so‘zlashadigan til bir-biriga yaqin bo’lgan24. Topilgan ashyolar qadimgi odamlarning kulolchilikda antik olamda tengi yo‘q ustalar bo’lganligidan dalolat beradi. Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyonaning kulol ustalari yasagan sopol idishlar o‘ziga xos san’at asarlari darajasiga ko‘tarilgan. Bundan tashqari, shohona saroylar, ibodatxonalar, mudofaa insh00tlari va uy-joylar qurishda o‘lkamiz xalqlari antik davr olarnida tengsiz darajaga ko'tarilgan. Asarning XII-XIV boblarida Kichik Osiyo tarixi yoritilgan bo‘lsa, XV bobdan esa Eron va Hindiston haqida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin. Asarning XVI bobi Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Assiriya, Vaviloniya, Mesopotamiya, Suriya, Finikiya va Arab mamlakatlaridan hikoya qilsa, XVII bob esa Misr, Efiopiya va Liviya o‘lkalariga bag‘ishlangan. Strabon Kaspiy dengizining sharqiy qismida yashovchi massagetlar hayotiga to‘xtalar ekan, ushbu qabilalar haqida o‘zidan oldin yashagan muarrixlar qariyb hech narsa yozmaganligini qayd etadi. Muallif Qora dengizning shimoliy qismida yashovchi skif, sarmat qabilalari haqida to‘xtalar ekan, ushbu joylarni “varvarlarning yerlari” deb ataydi. Kitob uchun asosiy manbalar sifatida Afinalik Eratosfen, Artemidor, Apollodor asarlaridan, Iberiya, Keltika, Italiyani tavsiflash uchun Polibiy va Posidoniy ma’lumotlaridan, Sitsiliya va quyi Italiya tavsiflash uchun Anti ox ma’lumotiaridan, bundan tashqari Feofan, Megasfen, Nearxa, Onesikrita kabi tarixchilarning ishlaridan foydalangan . G’arbda, o‘rta asrlarda Strabon va uning asari noma’lum edi. “Geografiya”ning bitta qo‘lyozmasini Jovanni Aurispa 1423-yilda Venetsiyaga olib kelgan (uni mashhur 24 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 55- bet. Ankon Kiriyak sotib olgan). G.Stratanovskiyning yozishica, Vizantiya olimi Georgi Gemistiy Plifon 1438-yilda Strabonining boshqa qo’lyozmalarini olib kelib, ularga gumanistlar e’tiborini qaratgan. Strabonning “Geografiya” asari 1815-yilda (Napoleon I tashabbusi bilan) Parijda nashr etildi (4 jildda); keyin G.Kramer (Berlin, 1844—1852, 3 jildda), A.Meineke (1866-yilda), K.Myuller va F.Dyubner (Parij, 1853-1856)243 tomonidan maxsus xarita va sharhlar bilan qo‘shib nashr qilingan. Kitobning to’liq ruscha tarjimasi F.G.Mishenko tomonidan 1879-yilda, G.A.Stratanovskiy tomonidan 1964 va 1994 yillarda qaytadan nashr etilgan. Kvint Kursiy Ruf va uning “Buyuk Aleksandr tarixi” asari. Kvint Kursiy Ruf (mil. I asr)-mashhur Rim tarixchisi bo‘lib, Aleksandrning turli mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlari haqida 10 kitobdan iborat “Buyuk Aleksandr tarixi” asarini yozgan. Mil. avv. II-I asrlarda yozilgan mazkur asarning asl matni saqlanib qolmagan. Bir necha asrlar davomida u turli xil o'zgarishlar, qisqartirishlar, qo‘shimchalar va qayta nashrlarni boshdan kechirdi, laqatgina milodiy III asrga kelib uning qisman to‘liq shakli topildi. Asardagi matnlar uchta asosiy guruhdan iborat: A, В va C. Ushbu turli xil nashrlarning qoMyozmalari Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi. Rim davrining so‘nggi nashri bilan bir qatorda asl yozuvning muallifi xalqdan kelib chiqqan iskandariyalik bo‘lgan deb ishoniladi. Asarda O‘rta Osiyoga doir turli qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Kvint Kursiy Ruf Baqtriyani tabiati turli-tuman va go‘zal, unumdor yerlari ko‘p, scrsuv, ekinzorlarga boy mamlakat, deb ta’riflaydi. Uning yozishicha, o’lkaning aholisi ko‘p, ular bug‘doy va arpani ko‘p ekadilar, uzimizorlari bepoyon. O’lkada mevalarning barcha turlari o'sadi. Chorva mollarini boqishga qulay, yilqisi ko‘p, chopar otlarga boy mamlakat. Ayni paytda o‘lka hududida qumloq va ekin bitmaydigan yerlar ham anchagina. Kvint Kursiy Rufning qayd qilishicha, “skiflarning hatto nutqi ham jozibador edi. O‘zining go‘zal nutqi va madaniyatiga ega bo’lgan skiflarning o‘sha davrlarda o‘ziga xos adabiyoti ham bo‘lgan”. Kvint Kursiy Ruining “Buyuk Aleksandr tarixi” asarida skiflarning jasurligi va mardligini ta’riflaydi. Uning yozishicha, Aleksandr skiflarning katta bir guruhini asir oladi. “Jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan skiflardan 30 kishini o‘limga mahkum etganda, ular o‘limdan ham qo‘rqmasdan, xalq qo‘shiqIarini baralla aytib, xursand bo‘lib borardilar”, — deydi u. Skiflarning mardligiga qoyil qolgan Aleksandr asirlarni o‘limdan saqlab qolib, hibsdan ozod qiladi. Asarda massagetlarning jasoratlari haqida ham yorqin satrlar mavjud. “Massagetlar 800 nafar otliq jangchilarini qishloq yaqinidagi o‘rmonga yashirib qo‘yadilar. Bir necha kishi poda haydab, o‘rmonga qarab bemalol ketaveradi. Tayyor o‘ljani qoMdan chiqarmaslik uchun Attin o‘zining 300 otliq jangchisi bilan hech shubha qilmasdan o‘rmonga kirib boradi. Massagetlar Attin qo‘shiniga qo‘qqisdan hujum qilib, ularning hammasini qirib tashlaydilar”. Kvint Kursiy Rufhing; asarida Spitamen jismonan baquvvat, jasur, mard va tadbirkor bir shaxs sifatida tasvirlanadi. Uning yozishicha, dastlabki paytda Aleksandr Spitamenga katta-katta va’dalar beradi, hatto Sug‘diyona hokimligini in’om etmoqchi bo‘ladi. Spitamen esa vatanfurushlik qilgandan ko‘ra o’limni afzal biladi. Ushbu asarda Spitamen fojiasiga sabab bo‘lgan xo’ln, qo‘rqoq va sotqinlarga doir ko‘p ma’lumotlar uchraydi. Shuningdek, Kvint Kursiy Rufiiing asarida hozirgi O‘zbekiston hududining Aleksandr qo‘shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen qo‘zg‘oloni keng yoritib berilgan. Mazkur asar fors, arab, suryoniy, arman, kopt, malay va boshqa tillarda keng tarqalgan va V asr oxirlarida arman tiliga tarjima qilingan. O‘rta asr Sharqining buyuk shoirlari Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy va boshqalar Aleksandr haqida turli hikoya hamda asarlar yozganlar. XII asrda Lambert Tursk va Aleksandr Bernelarning fransuz tilidagi metrik versiyalari paydo bo’ldi. Fransuz tilidagi tarjimalar ingliz tilidagi asarlar asosini tashkil etdi (Aleksandr asari 1438-yilda Shotlandiyada tarjima qilingan), L.Lamprextning asari (taxminan 1130-yilda), Ulrix fon Eshenbax va Rudolf Emskiy (XIII asrda) nemis she’riyatida ham taqdim etilgan. XVI asrda 24 ta tilde “Aleksandr asari”ning 90 ta ko‘rinishlari ma’lum bo’lgan. 1470 yilda kitobning birinchi bosma nashri Venetsiyada chop etildi. Hatto o’sha paytda ham yo‘qolgan qismlarni boshqa mualliflarning asarlaridagi ma’lumotlar bilan toidirishga birinchi urinishlar qilingan. XVI-XVII asrlarda “Buyuk Aleksandr tarixi”ning yuzga yaqin nashri paydo bo’ldi va mazkur kitob asosida bir nechta pesalar yozilgan. Кitobning eng taniqli nashrlaridan biri-fransuz akademiyasining faxriy a’zosi Klod de Vojla tomonidan 1653-yilda nashr etilgan tarjimasi hisoblanadi. “Buyuk Aleksandr tarixi” 1841-yilda Myusel, 1867-yilda T.Nyoldeke va 1885-yilda esa Fogellar tomonidan nemis tilida nashr etilgan. Kvint Kursiy Rufning asarlari rus tiliga ham tarjima qilindi. Uning ttiinrlarining lotin tilidan rus tiliga birinchi tarjimasi 1709-yil Moskvada amalga onhlrilgan. Tarjimon noma’lum. 1709-1724-yillar oralig‘ida jami 5 ta kitob nashr etilgan. Keyinchalik turli yillarda bir qator tadqiqotchilar tomonidan Kvint Kursiy Ruf asarlari rus tiliga o‘girildi va nashr etildi. Plutarx va uning “Qiyosiy hayotnoma” asari. Plutarx (mil. I-II asr) yunonistonlik tarixchi va faylasuf, Rim imperiyasi davrida ijod qilgan inuurrixlardan. Olim Beoteya yaqinidagi Xeroneya hududida tavallud topgan. IMutarx zamondoshlariga ham jamoat arbobi sifatida, ham faylasuf sifatida yaxshi tanish edi. U bir necha bor Rimga va Italiyaning boshqa joylariga tashrif buyurgan, o‘zining ko‘plab talabalari bo’lgan, ularga yunon tilida dars bergan. Rimda Plutarx ko‘plab taniqli insonlar bilan do‘stona munosabatlarni o‘matdi. Ular orasida Arulen Rustic, Lutsiy Mestriy Flor, Kvint Sosiy Senetsion bor edi. Rimlik do‘stlari Plutarxga qimmatli xizmatlarni ko‘rsatdilar. Ular yordamida Plutarx Mestrius oilasining to‘liq rasmiy a’zosiga aylanib, Plutarx Rim fuqaroligini oldi va yangi ism-Mestrius Plutarx deb atala boshladi. U Senetsion tufayli o‘z viloyatidagi eng nufuzli shaxsga aylandi: imperator Trayan Axayya gubematoriga har qanday tadbirlarni Plutarx bilan oldindan kelishmasdan o‘tkazishni taqiqladi. Ushbu holat Plutarxga o‘z vatani, ya’ni Xeroneyada ijtimoiy va ta’lim faoliyati bilan erkin shugbullanish imkoniyatini bergan edi. Lampriusning katalogiga ko‘ra, Plutarx o‘zidan so‘ng 210 ga yaqin asar qoldirgan. Ularning muhim qismi hozirgacha saqlanib qolgan. Uyg‘onish davri noshirlaridan kelib chiqadigan an’anaga ko‘ra, Plutarxning adabiy merosi ikki katta guruhga bp‘linadi: falsafiy va publitsistik asarlar, ular umumiy nom bilan “Аxloqlar” deb nomlangan. Plutarx o’zining ilmiy mashhurligiga eklektik falsafiy mulohazalar yoki axloq to‘g‘risidagi yozuvlari uchun emas, balki biografik xarakterdagi asari tufayli erishdi. Plutarx o‘z maqsadlarini Amilius Paulusning tarjimai holini yozishga kiritishda qayd etgan, ya’ni qadimgi buyuk insonlar bilan muloqot tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi va agar tarjimai ho’l qahramonlarining hammasi ham jozibali bo‘lmasa-da, salbiy misollar ham tarixiy va tarbiyaviy qimmatga ega. O‘zining biografiyasida Plutarx har qanday harakat fazilat yaratadi deb, axloq sohasida inson harakatlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’limotiga amal qiladi. Plutarx asarlarida o‘z navbatida qahramonning tug‘ilishi, yoshligi, fe’latvori, faoliyati va o‘limini tavsiflovchi biografiyalar sxemasiga amal qiladi. Ammo, Plutarx hech qaysi asarida tarixiy faktlarni tanqidiy tekshirib ko‘rmagan. U uchun mavjud bo‘lgan ulkan tarixiy materialdan juda erkin foydalangan, va do’lmo “biz tarixni emas, balki biografiyani yozmoqdamiz”, deb ta’kidlagan. Uning asarlarida ko‘plab axloqiy fikrlar, shoirlarning turli xil so‘zlari, hatto hajviy latifalar ham mavjud. Plutarxning tarjimai holi muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, uning qo‘lida keyinchalik yo‘qolgan ko‘plab qimmatli manbalar bo‘lgan. Uning asarlarining qimmati shundan iboratki, “Qiyosiy hayotnoma” asarida u rimlik va yunonistonlik mashhur insonlar biografiyasini qiyoslab ta’riflagan. Bugungi kungacha 22 juft shaxsning biografiyasi bizga ma’lum. Jumladan, S.Averinsevning qayd etishicha, ular orasida bir-biriga mos tushgan ko‘plab juftliklarni uchratish mumkin: Afina va Rimning afsonaviy asoschilari-Tesey va Romul; birinchi qonun to‘p!ami mualliflari-Spartalik Likurg va Numa Pompiliy; mashhur sarkardalar - Buyuk Aleksandr va Yuliy Sezar; taniqli notiqlar - Sitseron va Demosfen va boshq. Bugungi kungacha saqlanib qolgan qismlari turli tillarga tarjima qilingan. liansuz tilida ilk nashr 1572-yilda Parijda Jakyu Amyut tomonidan bajarilgan va 1971-yilda qayta nashr qilingan. Plutarx asarlarining rus tilidagi tarjimalari XVIII asrdan boshlab chop etilgan. 1771 va 1786-yillarda S.Pisarev, 1789-yilda I.Alekseev, 1807- yilda Ye.Sferin, 1810- 1821-yillarda S.Distunis, 1862-yilda V.Gere, 1889-yilda A.Suvorin, 1893-yilda Ya.Elpinidskiy, 1961-1964, 1973-yillarda S.S.Averinsev, M.L.Gasparov va S.P.Markish, 2000-yilda G.A.Ivanova tomonidan nashr qilingan25. Klavdiy Ptolomey va uning “Geografiya” asari. Ptolomey Klavdiy (mil. II asr) - mashhur qomusiy olim, Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda geografiyaga oid asariar yozib qoldirgan. Jahonga mashhur “Аlmagest” - “Al-majistiy” (18 ta kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya ilmlarini o‘z ichiga oladi), “Optika” (5 ta kitobdan iborat), “Geografiya” va “Germanlar haqida tushuncha” (3 ta kitobdan iborat) shular jumlasidandir. Lekin, olimga shuhrat keltirgan asarlari “Almagesta” va “Geografiya”dir. 25 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 61-bet. “Geografiya”ning (8 ta kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog‘i uning 24-bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag‘ishlangan va katta ilmiy qimmatga ega. Shunisi muhimki, asarda shaharlar, mamlakatlar va ularning koordinatlari keltirilgan hamda unga 27 ta xarita ilova qilingan. Ptolomeyning “Geografiya”sida Girkaniya, Marg‘iyona, Baqtriya, Sug‘diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va Sug‘diyonaning mashhur shaharlari, ushbu mamlakatlar, ular bilan tutash o‘lkalar hamda ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Arrian Flaviy va uning “Aleksandr yurishlari” asari. Arrian Flaviy (mil. II asr) yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geografi bo‘lib, asli Kichik Osiyoning Nikomediya shahrida tug‘ilgan. Ustozi Epiktetdan falsafa Im'vlchn darslar olgan. Juda yuqori davlat lavozimlari, jumladan, Kappadokiya hoklml va Afinada arxont-eponim bo‘lib, faoliyat olib borgan. Imperator Antonly Piy davrida Rimning konsuli bo‘lib ishlagan. Lavozimidan kelib «lilqqun holda ko‘p marotaba sayohatlarga borgan va ko‘p yurtlarni o‘z ko‘zi bilan kuzatgan. U “Aleksandr haqida”, “Parfiyaliklar haqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “Аleksandrning yurishlari” nomli kitoblar muallifidir. Arrianning ko‘plab asarlari bugungi kungacha saqlanib qolmagan. Masalan, 10 jilddan iborat diadoxlar tarixi, imperator Trayanning Parfiyadagi urushlari batafsil yoritilgan 17 jilddan iborat “Parfiya tarixi” va 8 jilddan ibrat “Vifiniya tarixi” asarlari shular jumlasidandir. O‘rta Osiyo va Eronning qadimiy tarixini o‘rganishda Arrianning “Аleksandrning yurishlari” nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda iotihning O‘rta Osiyo hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan. Asar panegrizm-maddohlik ruhida yozilgan-muallif Aleksandr va uning faoliyatini ko‘klarga ko‘tarib ulug‘laydi. Shunga qaramay, u ko‘pgina qo‘lyozma!ar va rasmiy hujjatlar asosida yozilganligi sababli mavzu bo‘yicha muhim manbalardan biri hisoblanadi. Spitamenning o‘limi haqida Arrian quyidagi rivoyatni keltiradi: “Skif- massagetlar yengilganlaridan so‘ng o‘zlari bilan birga ittifoq bo‘lib, dushmanga qarshi jang qilgan baqtriyaliklar va sug‘dlarning yuklarini talaydilar hamda qo’hadilar. Spitamen ham ular bilan birga ketadi. Ularga “Aleksandr dashtga hujum boshlar emish”, degan xabar kelgach, Spitamenning boshini tanasidan judo qilib shohga yuboradilar va shu yo‘sinda Aleksandr hujumining oldini olmoqchi bo‘ladilar”. Arrian asarlarning rus tilidagi nashrlari XIX asrdan tarjima qilinib, avvaliga asosan, harbiy, keyinchalik umumiy tarix fanini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan. “Аleksandrning yurishlari” asarining rus tiliga tarjimasi 1837-yilda Harbiy kutubxona tashabbusi bilan, 1912-yilda N.Korenkov tarjimasida Toshkentda, 1962- yilda M.Ye.Sergeenko tarjimasida, 1993-yilda Mif nashriyoti tomonidan qayta nashr etilgan26. Qadimiy Xitoy manbalari O‘zbekistonning uzoq o‘tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda Xitoy manbalari muhim rol o‘ynaydi. Ularni tahlil qilish orqali mintaqa aholisi hamda 26 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 63-65 betlar. madaniyati to‘g‘risida turli yangi, yunon va rim manbalarida uchramaydigan ma’lumotlarga ega bo‘larniz. Bu ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish orqali mintaqa to’g‘risida umumiy, xolisona va tarixiy haqiqatga yaqin o‘tmish manzarasini qayta tiklash mumkin bo‘ladi. Ushbu manbalar bilan qisqacha tanishib o’sak. “Shi Szi” (“Tarixiy esdaliklar”)-Xitoy tarixchilarining otasi hisoblanadigan Sima Syan (tahminan mil. avv. 145 yoki 135-86-yillar)ning 130 bobdan iborat asaridir. Sima Syanning “Shi Szi” nomli asarida Xitoyning qadimiy zamonlardan to miloddan avvalgi I asr boshlariga qadar o‘tgan tarixi yoritilgan. Asarda O‘rta Osiyo, xususan, uning 123 bobida Farg‘ona vodiysining qadimiy xalqlari hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlar mavjud. “Shi Szi”ning to‘la matni olti jildda 1959-yili Pekinda chop etilgan. Rus tiliga I.Ya.Bichurin, L.S.Vasilev, L.S.Perelomov, Yu.L.Krol va boshqlar tomonidan tarjima qlinib, chop etilgan. E.Shavann (1865-1905) tomonidan fransuz tiliga tarjima qlinib, 1895-1918-yillari 5 jildda chop etilgan27. Ingliz tilida bajarilgan so‘nggi tadqqtlar 1999-yilda G.Xardi, 2010-yilda M.Ker, 2011-yilda V.Naynxauzer va D.Knechtgez tomonidan 2014-yilda tarjima hmda tahil qlingan. “Syan Xan shu” (“Аvvalgi Xan sulolasining tarixi”)-yirik tarixchi olim Ban Gu (39- 92-yy) asaridir. “Syan Xan shu”ning 95-bobida O‘rta Osiyo (ayniqsa, qang’li, yuechji va usunlar haqida) va Sharqiy Turkistonning qadimiy tarixi, xalqlari hamda uning hayoti haqida muhim ma’lumotlarni uchratish mumkin. Manbaning so‘nggi tarjima va tahlili R.V.Vyatkin tomonidan rus tilida, E.Uilkinson tomonidan ingliz tilida amalga oshirildi. "Хоu Хаn shu” (“Кеyingi Xan sulolasi tarixi”) - tarixchi Fan Xua (398-445-уу.) asari. “Xou Xan shu” Xitoyning avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixni o‘z ichiga olgan katta asar bo‘lib, 130 ta bobdan iborat. Unda O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Jung‘oriyaning 25-221-yillar oralig‘idagi tarixi haqida diqqatga sazovor ma’lumotlar mavjud. Manbaning so‘nggi tarjima va tahlili Fuse tomonidan rus tilida, J.Chiyun tomonidan esa 2015 yilda ingliz tilida amalga oshirilgan. “Vey shu” (Bey shu) (“Shimoliy sulolalar tarixi”)-100 ta bobdon iborat asar bo‘lib, Tan sulolasi (618-907- yy.) davrida yashagan yirik tarixchi Li Yan’ Shou (taxminan 595-678- yy.) qalamiga mansub. A.Madraimovning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, unda Shimoliy Xitoyda hukmronlik Vey (386-535-yy.), Si (550-577-yy.), Chjou (557-581-yy.) sulolasi hukmronligi, ya’ni 386-581-yillar tarixi bayon qilingan. Asarda O‘rta Osiyo, xususan, Xorazm hamda Sharqiy Turkiston haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Manbaning so‘nggi tarjima va tahlili 2010-yilda L.R.Konsevich tomonidan rus va 2003-yilda A.Den tomonidan ingliz tillarida amalga oshirilgan. “Suy shu” (“Suy xonadoning tarixi”)-Xitoy tarixchilari jamoasi tarafidan yozilgan asar. Uni yozishda Vey Chjen (580-643-yy.) - Tan sulolasi davrida yashagan tarixchi muhim rol o‘ynagan. Asarda Xitoyning Suy sulolasi davridagi, ya’ni V-VI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi 85 ta bobda bayon etilgan. Kitobning 55 bobi 637- yilda yozib tamomlangan, qolgan 30 ta bobiga esa 20 yil vaqt ketgan. A. 27 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. Toshkent: Fan, 2007, 49-50 betlar. Madrimovning fikricha, asarda imperatoning iqtisodiy siyosati, qo‘shinning tuzilishi, mamlakatning ahvoli, xalqning urf- odatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Uning 83 bobida O‘rta Osiyo va Sharqiy Turkiston haqida ham diqqatga sazovor ma’lumotlar mavjud. Manbaning so‘nngi tahriri ingliz va xitoy tillarida D. Tvitchet va V. Chonglar tomonidan 2009 hamda 2015-yillarda amalga oshirilgan. E’tiborli tomoni shundaki, Xitoy manbalarida Qang‘, Kushon va Dovon davlatlari, ularning qadimiy aholisi, mashg‘ulotlari, yuechji, sak, qang‘ hamda dovonliklar haqida ma’lumotlar uchraydi. Xususan, Xitoy manbalarida saklar “sak”, “se”, “sek”, “sai” shakllarida tilga olinib, ular Xitoyning g‘arbida yashaganligi ko‘rsatilgan. Xitoy manbalarining Toshkent haqidagi ma’lumotlari ham e’tiborlidir. Choch Xitoy manbalarida “Choch”, “Shi” yoki “Chjeshe” nomlari bilan qayd etilgan. Xitoy manbalarining o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, ularda Toshkent viloyati va Farg'ona vodiysi hududidagi eng qadimgi davlatlar hamda xalqlar to’g‘risida qimmatli ma’lumot berilgan. Shuningdek, ushbu hududlarda mavjud davlatlar, shaharlar, xalqlar, qabilalar, daryo va tog‘lar haqida qimmatli toponimik ma’lumotlar ham bor. Sug‘d tilida bitilgan yodgorliklar Sug‘d tilidagi manbalar asosan, mil.avv IV-milodning X asrlariga oid bo‘lib, turli mazmundagi huquqiy hujjatlar: ahdnomalar, nikoh shartnomalari, oldi-sotti hujjatlari, tilxatlar, Sug‘d, Shosh, Turk va Farg‘ona hukmdorlari o‘rtasidagi yozishmalar, xo‘jalik hujjatlari hamda farmonlardan iborat. Ushbu hujjatlar Sug‘diyona, Mug‘ qal’asi, Afrosiyob, Qirg‘iziston va Sharqiy Turkiston hududlaridan topilgan. Bular orasida Mug‘ qal’asi xarobalaridan 1932-yiida topilgan hujjatlar alohida ahamiyatga ega. Mazkur hujjatlar 1932-yilning bahorida Tojikistonning Varziminor (hozirgi Zaxmatobod) tumaniga qarashli Xayrobod qishlog‘ilik A.Po‘lotiy tomonidan ochilgan. Hujjatlar soni 79 ta bo’ lib, bulardan 74 tasi qadimgi sug‘d, 1 tasi arab, 3 tasi xitoy va yana biri turk tilidadir. Ular har xil materiallar: charm, taxta va qog‘ozga yozilgan. Hujjatlar Sug‘d dehqoni, katta yer egasi va mahalliy hukmdor Devashtich (708-722-yy.) va yirik mansabdorlar - framandar, shuningdek, Xoxsar hamda Kshtut dehqonlarining shaxsiy arxiviga tegishli bo‘lib, Sug‘dning VIII asrning birinchi choragidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Mug’ qal’asidan (opilgan hujjatlar A.A.Freyman, A.V.Vasilev, I.Yu.Krachkovskiy, V.A.Livshits, М.N.Bogolyubov va О.I.Smirnova, mahalliy tadqiqotchilardan M.Is’hoqov hamda U.N.Mansurov tomonidan batafsil o‘rganilgan28. Mug‘ qal’asi hujjatlarining topilishi tarixi va ular haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1934-yilda Leningradda maxsus to‘plam shaklida “Согдийский сборник” da e’lon qilindi. Ayrim hujjatlarning tarjimasi I.Yu.Krachkovskiy va A.Freyman tomonidan 1934-yilda e’lon qilindi. Huquqiy hujjatlar va maktublar tarjimasi, zarur izoh va tadqiqotlar bilan V.A.Livshits tomonidan chop etildi. 1961 va 1965-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti xodimlari ilmiy safar chog‘ida Samarqandning Afrosiyobida V-VI asrlarga oid saroy xarobalarini 28 Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.T., NIF MSH. 2020, 68-69 betlar. o’hdilar. Saroy mehmonxonasining devorlari turli mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan bo‘lib, ular orasida oq kiyim kiygan Chag‘oniyon elchisining surati ham bor. Uning etagiga sug‘d tilida o‘n olti satrdan iborat ishonch yorlig‘i yozilgan edi. Ushbu yozuvlar VII asr o‘rtalaridagi xalqaro munosabatlar tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Samarqandda topilgan yozuvlar IX asrga oid uchta: sug‘d, qadimgi turk va xitoy tillarida yozilgan turk xoqonining qabr toshidagi bitiklar hisoblanadi. Bunday hujjatlar sug‘diylarning Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Sharqiy Turkistondagi savdo koloniyalaridan ham topilgan. Bular orasida ayniqsa A.Steyn(1862-1943) tomonidan 1907-yilda Dunxuan (Xitoyning Gansu viloyati) va Turfon (Sharqiy Turkiston)dan topilgan hujjatlar, Talas daryosining o‘ng sohilida, hozirgi Talas shahridan 7 km shimolda joylashgan Kulonsoy hamda Teraksoy daralarida qoyatoshlarga o‘yib bitilgan yozuvlar alohida e’tiborga molik. Mazkur yozuvlar IV-XI asrlarda Sug‘d koloniyalarining ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa, O‘rta Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aloqalari va bunda sug‘diylarning roli haqida qimmatli ma’lumot beradi. Dunxuan va Xo‘tan hujjatlari A.Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar esa V.A.Kallaur, М.Ye.Masson, D.F.Vinnik, A.A.Asanaliev, K.Ashiraliyev va U.Jumagulovlar tomonidan o‘rganilgan. “Хvaday namak" (“Podshohnома”). “Хvaday namak” (“Podshohnома”) qadimgi Eronning 627-yilgacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan ma’lumot beruvchi tarixiy asar bo’lib, pahlaviy tilida yozilgan. Sosoniylar podshosi Yazdigard III (632- 651 yy.)ga yaqin kishi tomonidan 632-637-yillar oralig‘ida yozib tugallangan. Asar ayniqsa, Ahamoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar tarixi bo‘yicha muhim manbalardan biri hisoblanadi. “Xvaday namak”ning o‘zi ham, mashhur shoir, olim va tarjimon Abdulloh ibn Mukaffa (721-757-yillar) tomonidan qilingan tarjima (“Siyar ul-muluk” deb atalgan) ham bizgacha yetib kelmagan. Lekin, uning ayrim parchalari Yaqubiy (897- yoki 905-yilda vafot etgan), ibn Qutayba (828-889-yillar), Tabariy, ibn al-Asir, shuningdek, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”sida saqlanib qolgan29. O’zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar tarixshunosligi O’rta Osiyo insoniyatning qadimiy madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Bronza davrida boshlangan ijtimoiy tabaqalanish mil. avv. I ning yillikning o‘rtalarida ilk sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlikning vujudga kelishiga olib keldi. O’rta Osiyoda quldorlik jamiyatining xronologik doirasiga haligacha aniqlik kiritilmagan. Tarixiy asarlarda ushbu davr turlicha: mil. avv. VIII-VII asrlardan milodiy V asrgacha yoki mil. avv. VI asrdan milodiy IV asrgacha, hattoki mil. avv. IV asrdan milodiy III asrgacha bo‘lgan davr sifatida ko‘rsatiladi. Ushbu davning boshlarida O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlar - Xorazm va Baqtriya vujudga kelgan. Ushbu davlatlar haqida “Avesto»da ma’lumot berilgan. Mazkur ma’lumotlar arxeologik tadqiqotlar natijasida tasdiqlandi. Arxeologlar Afrosiyob (Samarqand), yerqo‘rg‘on va Uzunqir (Qashqadaryo), Ko‘zaliqir (Xorazm) va Qiziltepa (Surxondaryo) kabi qadimiy shaharlarni topib o‘rgandilar. 29 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. Toshkent: Fan, 2007, 35-bet. Mil. avv. I-ning yillikning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo hududida Xorazm, Qang’ va Dovon kabi davlatlar vujudga keladi. Sirdaiyoning o‘rta oqimlarida yashovchi sak qabilalari makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari va salavkiylar tajovuziga qarshi uzluksiz kurash olib bordilar. Ana shu kurashlar borayotgan bir paytda mil.avv. Ill asr boshlarida yarim o‘troq Qang’ davlati vujudga keladi. Ushbu davlat Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi tub yerli aholini, bir qancha yarim ko‘chmanchi qabilalarni va o‘lkalarni birlashtiradi. Mazkur davlat mil.avv. II-I asrlarda O’rta Osiyoda yirik va kuchli davlatga aylanadi. Bu davrga kelib Qang‘ siyosiy birlashmasi Sug‘diyona va Xorazmga o’z hukmronligini o‘tkazadi. Ushbu davlatning asosiy markazi Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi xalqlar haqida ma’lumot beruvchi eng qadimgi manba “Avesto” hisoblanadi. Uning ilk qismlari (Yasht va Gotlar)da “tur” yoki “danay turlari” deb ataluvchi etnonimlar eslatiladi. V.V.Bartold turlarni O’rta Osiyoda yashovchi eron tilida so‘zlavchi xalqlar, deb izoh beradi. V. I. Abaev “Avesto”da tilga ollngun (urlarni O’rta Osiyo saklari bilan, Danay turlarini esa Sirdaryo bo'ylorida yashovchi saklar bilan tenglashtiradi. “Avesto”da Qanqa, Qang‘a yoki Qang’dez toponimlari ham qayd etiladi. Qadimgi Eron tilida yozilgan manbalarda “sak” va “skif” etnik nomlari uchraydi. Sirdaryoning o‘rta oqimi va uning shimolidagi hududlarda yashovchi saklar antik davrning tarixchi va geogrflariga ham ma’lum bo‘lgan. Ana shu saklar haqida ba’zi ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchisi Ptolemey (mil. avv. 204—122- yy.), yunon geografi va tarixchi Strabon (mil. avv. 64-24-yy.) Plutarx (milodiy 45— 127-yy.), yirik astronom va geograf Ptolemey yozuvchi va tarixchi Arrian (95-175- yy.), Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf (milodiy I asr) asarlarida aks ettirgan. Toshkent vohasi va janubiy Qozog‘iston cho‘llarida yashagan xalq hamda davlat Xitoy solnomalarida Qang‘uy (Kangyuy) deb atalgati. Solnomalardagi qang‘lar haqidagi dastlabki ma’lumot Xitoy tarixining otasi Sima Syan (mil.avv.145-86- yillar) ning xotiralarida uchraydi. Sima Syan o‘z asarida qang‘larning joylashuvi, harbiy kuchi, urf-odati, ularga qarashli yashovchi xalqlar haqida qisqacha ma’lumot beradi. Qang‘uylar haqida batafsil ma’lumotlar To‘ng‘ich Xan sulolasining tarixi (mil.avv. 206 - milodiy 25-yillar)ni o‘zida aks ettirgan “Syan Хаn shu” (96-bobi) Xitoy tarixchisi Ban-Gu tomonidan yozilgan. Ushbu tarixiy asarda qang‘larning joylashgan hududlari va harbiy kuchlaridan tashqari ularning soni, O’rta shaharlari, chorva mollari, ularga bo‘ysunadigan viloyatlar hamda qo‘shni xalqlar va davlatlar bilan bo‘lgan munosabatlar haqida ma’lumotlar berilgan. Toshkent vohasida va janubiy Qozog’istonda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida juda boy materiallar qoMga kiritilgan. Ushbu materiallarning ko‘pchiligi qanglar davri (er.avv.III-milodiy V asr o‘rtalari)ga oid bo‘lib, bunda B.A.Litvinskiyning ishlari alohida e’tiborga loyiq. Qang‘ davlati va xalqining etnogenezi muammolari S.P.Tolstovning ilmiy ishlaridan ham keng o‘rin olgan30. G‘arbiy Yevropalik olimlardan V.Tomashek, E.Shavann va boshqalaring tadqiqotlarida qadimgi yunon, fors hamda xitoy manbalarida qayd etilgan “Qang’” va “qang‘uy” so‘zlariga to‘xtalib, ushbu nomlarning “Qang‘ (Qanqa)” toponimi 30 Толстов С.П. Древний Хорезм. М., 1948,352-c. “Qang‘ar” hamda “Qang‘uy” etnonimiga qanchalik aloqador ekanligi haqida ‘ap ketadi. Mazkur tadqiqotchilarning fikr-mulohazalari qo‘yilgan masalani to‘g‘ri tushunib olishga katta yordam beradi. Rus sharqshunos olimlari V.V.Radlov va N.A.Aristovlarning tadqiqotlarida qanglar haqida ba’zi muhim fikr hamda kerakli ma’lumotlar berilgan. Qang‘li va Qang’ davlatiga bag‘ishlangan yirik tadqiqot o‘zbek olimi K.Sh.Shoniyozovga tegishlidir. Ushbu muallifhing tadqiqotlarida Qang‘ davlati, uning aholisi, qo‘shni davlatlar bilan aloqasi, iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil yoritilgan. O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatlarning siyosiy tarixi ma’lumottar yetarli bo‘lmaganligi uchun yaxshi o‘rganilmagan. Bu esa tarixshunoslikdagi muhim muammolardan biri nisoblanib, kelgusida mazkur sohada chuqur tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.
Zayn ul-axbor" (Xabarlar ziynati) asari muallifini ko’rsating?
a.
Gardiziy
b.
Maxmud Qoshg’ariy
c.
Maxmud G’aznaviy
d.
Xilol as Sabiy
Tanlovimni oʻchirish
Question 2
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
O’lkamiz tarixiga oid antik manbalar deganda qanday manbalar tushiniladi?
a.
Suriyalik tarixchilar asarlari.
b.
Barcha g’arb mualliflari asarlari
c.
Arman muarrixlari kitoblari.
d.
Yurtimiz haqida ma’lumot bergan yunon-rim tarixchilari asarlari.
Tanlovimni oʻchirish
Question 3
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Quyidagi asarlardan qaysi birini quvalik Muhammad Ibn Nasr al-Kuboviy o’z do’stlari taklifiga binoan arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan?
a.
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar
b.
Buxoro tarixi
c.
Osor ul-boqiya
d.
Malik ush-shuaro
Question 4
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Tariximizga doir nisbatan qadimroq voqealarni aks ettirgan tarixiy manbani ko’rsating
a.
“Payg’ambarlar va mamlakatlar tarixi”.
b.
“Avesto”.
c.
“Sur’at- ul arz”.
d.
“Osoru-ul boqiya
Tanlovimni oʻchirish
Question 5
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
O’rta Osiyo tarixiga oid arab, fors - tojik turkiy, eski o’zbek tillaridagi qo’lyozma va asarlar hozirgi kunda quydagi qaysi shaharlarda saqlanmoqda?
a.
Orenburg, Minsk
b.
London,’arij
c.
Astana, Beshkek
d.
Toshkent, Samarqand,Ashxobod, Moskva.
Tanlovimni oʻchirish
Question 6
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Tarixiy manba bo’lib hisoblanuvchi statistik manbalar deganda nimani tushinamiz?.
a.
Halqaro shartnomalarni.
b.
Jamiyatdagi bo’lib o’tgan voqealarni aks ettirgan maqolalarni.
c.
Muallif bevosita ishtiroki tasvirlangan manbani
d.
Jamiyat taraqqiyotiga doir turli miqdoriy
Tanlovimni oʻchirish
Question 7
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Tarixchining shiori "Orqaga - manbalarga!" – bo’lishi kerak degan qat`iy xulosaga kelgan tarixchini ko’rsating?
a.
Ya.Bukxard
b.
A.Mets
c.
L.Ranke
d.
T.Vaytsel.
Tanlovimni oʻchirish
Question 8
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
“Memuar” so’zi qanday ma’noni bildiradi?
a.
“ Ishtirokimdagi voqealar”.
b.
“O’tgan voqealar ”.
c.
“Boshdan kechirganlar”.
d.
“Esdaliklar
Tanlovimni oʻchirish
Question 9
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Kimlar Samarqand atamasini o’z tillariga Maroqanda deb o`girganligini aniqlang?
a.
Arablar
b.
Rimliklar
c.
Yunonlar
d.
Forslar
Tanlovimni oʻchirish
Question 10
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Manbashunoislikning o’ynalishlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping
a.
Nazariy , tarixiy
b.
Nazariy , adabiy
c.
Nazariy ,matnshunoslik
d.
Nazariy , amaliy
3-Mavzu: O’zbekistonda o’rta asrlar tarixining o’rganilishi
Reja: 1. Sharq qo’lyozmalari va ularning dunyo sivilizatsiya tarixidagi o’rni. 2. O’rta asrlar tarixnavisligining xalq ijodiyoti, an’analari bilan uzviy bog’liqligi 3. Arab, fors, yunon va turk tilidagi qo’lyozmalar va ularning tarix fanining rivojlanishidagi o’rni 4. O’rta asrlarda yaratilgan asarlarning tarixshunoslik jihatidan tahlili. 5. O’rta asrlarda tarixnavislik maktablaridagi an’analar 6. O’rta asrlarda yaratilgan tarixiy asarlarning o’rganilishi 7. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida sharqshunoslar tomonidan o’rta asrlar tarixining o’rganilishi 8. XX asrda o’rta asrlar tarixining yoritilishi 9. Mustaqillik yillarida o’rta asrlar tarixiga oid tadqiqotlar Adabiyotlar Doniyorov A. O’rta Osiyo xalqlari tarixshunosligi. Toshkent. Nif RUSH. 2020 y. Sodiqov H, Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. 1-2-3 kitob. Sharq. T., 2011. Sharusutdinov R, Karimov Sh va b. Vatan tarixi. 1-2. Toshkent. Sharq 2016. Saidqulov T. O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar (1-qism) T.: 1993. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.Fan, 1968. Axmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari T.: 1991. Nizomulmulk. Siyosatnoma.-T. Adolat, 1997. O'quv maqsadi: Ilk o'rta asrlarga oid manbalar va ular da O’rta Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish. Eftaliylar tarixiga oid manbalar haqida tushuncha hosil qilish, ushbu manbalarda qarama-qarshiliklar mavjudligini aniqlash. Turk xoqonligi tarixini о ‘rganishda turkshunoslarning qo'shgan hissasini baholash, arab tarixshunosligi bilan tanishtirish, at- Tabariyning “Тavorixi Tabariy”, Narshaxiyning “Buxoro tarixi” va Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi zalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlarni sharhlash, ushbu asarlar O'rta Osiyo xalqlari tarixining ilk o'rta asrlar davriga oid muhim manba ekanligini tushuntirish. Tayanch so‘z va iboralar: Eftaliylar tarixi, Turk xoqonligi, moddiy va ma ’naviy madaniy at, Jome’ as-Sahih, at-Tabariy, al-Beruniy, “Qadimgi zalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Xronologiya”, Musulmon uyg'onish davri, “renessanizm”, Xristianlik, Adam Mets, “Osor ul boqiya, xorun al xoliya”. Ilk o‘rta asrlar davrida O’rta Osiyo mintaqasida kechgan murakkab jarayonlarda turkiy va mahalliy aholi o‘rtasidagi munosabatlar milliy davlatchilik tarixi hamda o‘zbek xalqining shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi. Mazkur masala bo‘yicha ko‘plab ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu tadqiqotlarda mintaqada kechgan siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlarni o‘rta fors (pahlaviy), arman, suryoniy, xitoy, hind, arab hamda fors tillarida ijod qilgan muarrixlarning asarlari, boshqa yozma manbalardagi ma’lumotlar, arxeologik, numizmatik va epigrafik topilmalar asosida ochib berilgan. Mazkur davrga oid yozma manbalarni lingvistik va geografik jihatdan bir nechta guruhlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq. Ma’lumki, butun dunyoda eftallar tarixini o‘rganish masalasi bo‘yicha ilk tadqiqot ishlari XVII asr oxirida boshlanib, dastlab xitoy, arab va fors narrativ manbalarida saqlanib qolgan tor doiradagi masalalarni o‘rganish bilan v hcklangan edi. Eftallar tarixshunosligi davriy jihatdan uchta katta davrga bo‘lib o'rganiladi: XVII asr oxiri - XX asrning 20-yillari; XX asrning 20-80-yillari; XX asr 90-yillaridan to hozirgi kunga qadar. Ma’lumki, VI asr o‘rtalariga kelib O’rta Osiyoda Turk xoqonligi davlati tashkil topdi. Ushbu davrga oid ma’lumotlar yetarli, biroq ular bir-biriga (Qaramaqarshi va aniq ma’lumotlar bermaydi. Turkiy xalqlar tarixini o'rganishda yozma manbalar muhim manba vazifasini o‘taydi. Ushbu davrga oida ko‘plab ma’lumotlar qadimiy bitiktoshlar, qo‘lyozmalar, yilnomalarda saqlanib qolgan. Bundan tashqari, arman mualliflari, turk xoqonligining g‘arbdagi Inoliyatini yorituvchi suryoniy, turk xoqonligi va Tibet aloqalarini aks ettirgan tibet va xoqonlik tarixining ba’zi jihatlari, xususan, unvonlar tizimini yoritishda yordam beradigan pahlaviy (o‘rta fors,), hind, sak-xutan, gruzin, arab va fors kabi tillardagi hujjatlarda ushbu davr to‘g‘risida atroflicha ma’lumot olish mumkin bo’ladi. O’rxun-Enasoy bitiklari. Ushbu epigrafik manbalar asosan, ikki hududiy va mazmuniy jihatdan ikki guruhga ajratilib, O‘rxun bitiklari-Mo’g‘uliston, Tog‘li Oltoy va Xakasiya, ba’zi manixey qo‘lyozmalar esa Sharqiy Turkiston, Enasoy bitiklari-Enasoyninng yuqori hamda o‘rta oqimi, Sayano-Oltoy tog‘li mintaqasi va Mo‘g‘uliston hududlaridan bir qismidan topib o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida 11 ta katta epigrafik bitiklar (Kultegin, Bilga xoqon, Tunyuquq, Boyanchur va b.) aniqlandi. Ushbu bitiklar to‘g‘risidagi ilk ma’lumotlar Pyotr I davridan beri ma’lum bo‘lib, runik yozuv yodgorliklari haqidagi birinchi ma’lumotni S.Remezov, F.Stralenberg va D.Messershmidt 1696-1722 aniqlagan. 1889-yilda N.M.Yadrinsev tomonidan ushbu bitiklar tahlil qilingan va ularning o‘ziga xos runik jihatlari ko‘rsatib berilgan. Mazkur tadqiqotchining olib borgan ilmiy izlanishlari va ma’lumotlari asosida 1890-yilda fin, 1891-yilda esa rus olimlarining O‘rxunnga ekspeditsiyalar tashkil qilingan. Mazkur bitiktoshning o‘rganilish tarixiga nazar tashlansa, 1893-yilda V.Toruson O‘rxunn daryosi qirg‘oqlaridan topilgan yozuvlarni o‘qishga muvaffaq bo‘lganligi to‘g‘risida Daniya qirolligi FA yig‘ilishida axborot bergan edi. V.Torusondan keyin V. Radlov ham 1894-yil 19-yanvarda Rossiya FA yig‘ilishida Kulteginga bag‘ishlangan bitiktoshni o‘qishga muvaffaq bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ushbu bitiktoshlarning topilishi va uning O‘rta Osiyo, Sibir, Mo‘g‘uliston, Xitoy, Sharqiy Turkiston va boshqa hududlarni o‘rganishdagi ahamiyati to‘g‘risida N.I.Veselovskiy, N.F.Katanov, V.V.Bartold, S.F.Oldenburg, A.I.Andreyev, A.N.Berushtam hamda boshqa olimlar ma’lumotlar bergan. V.Toruson va V.Radlovlardan keyin bitiktoshlarni turli tillarga tarjima qilish, o‘rganish va tahlil qilish bilan M.P.Melioranskiy, S.Ye.Malov, V.M.Nasilov, I.V.Stebleva, A.N.Kononov, S.G.Klyashtomiy, D.D.Vasilev, I.L.Kizlasov, I.V.Kormushin va boshqalar shug‘ullandilar. Bu borada o‘zbek olimlaridan A.Fitrat, O.Sharofiddinov, A.Qayumov, T.Salimov, G‘.Abdurahmonov va A.Rustamovlarning xizmatlari beqiyos. Moddiy madaniyat qurollarining paydo bo‘lishi insonlar hayotiga qanchalik (katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, qo‘lyozma va bosma kitoblarning paydo bo‘lishi ham insoniyat madaniyati taraqqiyotiga shunchalar katta ta’sir ko‘rsatdi. Turli tarixiy davrlarda, asrlar davomida vujudga kelgan qo‘lyozma kitoblar inson bilimlarining asosiy manbai bo‘lib keldi, bu bilimlarning kelgusi rivojini ta’minladi. Barcha madaniy jamiyatlarda kitoblarning qadri bebaho, ayniqsa Sharq qo‘lyozmalarining barcha Sharq xalqlarini o‘zaro bog‘lab, ular tilining rivojiga qo‘shgan hissalari beqiyosdir. Sharq qo‘lyozma kitoblari bir nechta olarushumul diplarning avloddanavlodga o‘tishiga xizmat qildi, ko‘plab diniy va etnik silsilalar (sistemalar) ning qonun-qoidalarinn jahonga tarqatdi, xullas, jahon madaniyati xazinalarining umri boqiyligi, davomiyligini ta’minladi. Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish hozirgi olimlarga Sharq xalqlarining o‘tmishdagi hayotining tarixiy manzaralarini tiklashga, o‘sha xalqlarning jahon madaniyatiga qanday hissa qo‘shganligini aniqlashga yordam beradi. Qo‘lyozma kitoblarning tadqiqotchilaridan biri bunday yozadi: “Qo‘lyozma kitoblarni bilim manbai va estetik lazzat manbai sifatida ko‘rayotgan odamning zavqini kashf ztuzchi odamning zavqiga tenglashtirish mumkin. Qo‘lyozmalar o‘tmishni tushunishga, kelajak haqida o‘ylashga da’vat etadi” O’rta Osiyo xalqlarining Arab xalifaligi tarkibiga kirishi arafasidagi va undan keyingi ahvoli haqida gap borganida so‘z-siz arabcha, forscha va qadimgi turkiy-runiy yozuvlarga murojaat qilarniz. Tarixda uch joydan O’rta Osiyo xalqlari tarixiga doir hujjatlar arxivi topilgan: hozirgi Turkmanistonning Niso shahrida-Parfiya davlati (miloddan avvalgi I asr) hujjat-lari, Tuproqqal’ada (III asr)-Xorazm davlati hujjatlari, Mug‘ tog‘ida (Samarqand)-So‘g‘diyona hujjatlari (VII asr) topilgan. Bundan tashqari, yerlardan juda ko‘plab epigrafik yodgorliklar-toshdagi bitiklar, ro‘zg‘or buyumlari va san’at asarlari topilgan. O’rta Osiyo tarixidan daliliy ashyolarga boy ma’lumotlarni o‘rta asrda yashashgan muarrix Tabariy asarlaridan, shu asarning Bal’amiy tuzgan forscha-tojikcha nusxasidan, jahon-shumul qomusiy olim Beruniy asarlaridan topishimiz mumkin. Shu ma’noda o‘rta asrning buyuk shoiri Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni ham ibratlidir. Binobarin, Sharq xalqlari madaniyati muammolariga oid hozirgi tarixiymonografik tadqiqotlarning qo‘lyozma manbalar-ga bevosita aloqadorligi tabiiydir. Arab tarixshunosligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri folklor (xalq ijodi) va adabiy an’analar bilan, shuningdek, ilohiyot-Qur’on an’analari bilan uzviy bog‘liqdir. Arabcha tarixiy asarlarning mazmuni islom jamoalari tari-xi, bu jamoalarning siyosat va aql-idrokda faol to’lfalari vakillarining hayoti, faoliyati bilan bog‘liqdir. Qur’on matni bilan aloqador ko‘pgina muammolar aks etgan filologik (adabiy), tarixiy, diniy asarlar tasvirlarda aks etgan bo‘lib, ularda Qur’on suralari va oyatlari birma-bir sharhlanadi. Bunday tafsirlarning hajmi va salmog‘i ancha kattadir. Bunday kitoblar VIII asrgacha barmoq bilan sanarli bo‘lgan bo‘lsa, 750-1050 yillar davomida ellikka yaqin shunday asarlar yaratildi. Shulardan ham yarmigina bizgacha saqlanib qolgan. 200 yildai ziyod vaqt davomida yozilgan Qur’on tavsiflari Tabariyning (838-923) fundamental «Tafsir» kitobida umumlashtirilgan. Bu asarning nufuzi bizningcha, avvalgi ko‘pchilik asar-larni muomaladan siqib chiqargan bo‘lishi mumkin. Tabariy tafsiri juda katta hajmda (bosma nashrda 30 jild) ekanligidan qat’i nazar, juda ko‘p xattotlar uni qunt bilan qayta-qayta ko‘chirib yozganlar. Shu tufayli bu asarning ko‘pgina nusxalari bizgacha yetib kelgan. Tabariy, Narshaxiy, Beruniy asarlarini tarixshunoslik yuza-sidan tahlil qilishga o‘tishdan avval islom diniga doir bir masala ustida to‘xtashimiz lozim. Ma’lumki, Qur’on va Muhammad payg‘ambar hadislarihikmatli so‘zlari imon ramzi, shariat-islom huquqshunosligi va ilohiyot fanlarini tashkil etadi. A.B.Halidov, Sharusuddin Boboxon va Abdusodiq Irisovlar ta’- kidlashicha, imom Ismoil Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Dovud Sijistoniy, Ahmad an Nasaviy, ibn Madj al-Qazviniy va boshqa muhaddislar to‘plagan hadislar bir yarim millionga yetadi. Bulardan Abu Dovud, at-Termiziy, ibn Madj va anNasaviylar to‘plagan hadislar («As-Sunan») va ayniqsa Ismoil Buxoriyning «Jome’ as-Sahih» (yoki «Sahih») nomli hadislar to‘plami Sharq xalqlari orasida mashhur bo‘lgan. Imom Ismoil Buxoriyning «Sahih» to‘plami mo‘tabarligi jihatidan «Qur’on» dan keyingi, ya’ni ikkinchi o‘rinda turadi. Gap shundaki, al-Buxoriy jahonga tanilgan, buyuk muhaddis bo‘libgina qolmay, o‘z zamonasining atoqli tarixchisi ham edi. Uning «Jome’ at-tavorix» asari Kichik tarix, O’rtacha tarix va Katta tarix deb nomlanuvchi 3 qismdan iborat. Ismoil Buxoriyning 1974 yilda topilgan «Kichik tarix» va «O’rtacha tarix» kitoblari Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti Sharq qo‘lyozmalari fondida saqlanmoqda. Ammo bu asar 13 hali tadqiqotchilarga unchalik ma’lum emas. O’rta Osiyoning X-XI asrlardagi tarixining tarixshunosligi V.V.Bartold, V.I.Belyaev, Ye.A.Belyaev, A.A.Romaskevich, I.Yu.Krachkovskiy, B.G‘.G‘afurov va ayniqsa K.Brokkelman, S.A.Stou asarlarida keng yoritilgan. Endi o‘rta asrlarda yashagan tarixchi mutafakkirlarning ayrim tarixiy asarlarini manbashunoslik jihatidan tahlil qilishga o‘tamiz. Tabariyning mashhur asari «Tarixi ar-rusul va-l-muluk» («Payg‘ambarlar va mamlakatlar tarixi») yoki «Tavorixi Tabariy» deb ataladi. 963 yilda bu asarni Bal’amiy qayta ishlab, fors tiliga tarjima qildi. «Tavorixi Tabariy»ning tarjimasi ko‘p nusxalarda ko‘chirilganligi uning shuhrat topganligini ko‘rsatadi. At-Tabariy o‘z asarini yozishda o‘zidan avval o‘tgan Abul-Hasan Ali ibn Muhammad al-Madoiniy (V.V.Bartoldning yozishicha, hijriy 215/225, milodiy 830/840 yillarda vafot etgan) asaridan keng foydalangan. Uz navbatida kompilyator (avvalgilardan foydalanib yozuvchi) al-Madoiniy ham o‘zidan avval o‘tgan tarixchilarning asarlariga suyangan. Ammo al-Madoiniy o‘z hikoyatlarini boshqa arab tarixchilaridan farq qilib, tarixiy asarlardan ko‘ra epik xalq ijodi-dostonlarga o‘xshatib yozgan. O’rta asr arab prozasi uchun bunday hol tabiiy edi. At-Tabariy arab tarixchilaridan birinchi bo‘lib, tarixiy voqealarni aniq tarixiy dalillar asosida yoza boshlagan. Masalan, u sosoniylar (Eron) taxtiga Varaxran V, ya’ni Bahrom Go‘r chiqishi bilan (420-437) Xurosonga «turklar hoqoni» bosib kelib, mamlakatni «talay boshlagan»ligini aytgan. Tabariy yozishicha, Bahrom Go‘r o‘zini Ozarbayjonga ketgan qilib ko‘rsatib, maxfiy ravishda turk qo‘shinlari to‘plangan Marv hududlariga yaqinlashgan. Orada jang bo‘lib, natijada turklar hoqoni o’ldirilgan. Turklar (turonliklar) sulh so‘rab, o‘zlari bilan Eron o‘rtasidagi chegaralarni aniqlashni taklif etishgan. Tabariyning yozishicha, chegaralarsarhadlar aniqlangan. Shunisi e’tiborga loyiqki, Bahrom Go‘r o‘sha vaqtda Xuroson no’ibiga Balxni poytaxt qilib tayinlagan. Xuroson noibi ayni vaqtda «Marzboni- kushon», ya’ni «Kushonlar chegarasini qo‘riqlovchi» degan unvon olgan. Tabariy keltirgan dalillarning to‘g‘riligini aniqlash uchun boshqa bir manbaga murojaat qilarniz. Arman tarixchisi Yegeshe Vardaneshti 450 yil voqealari haqidagi xabarida «eftaliylar» mamlakatini tilga oladi. Arman muarrixi yozishicha, 456 yilda eftaliylarning yangi konfederatsiyasi (ittifoqi) Peroz (Parviz) taklifi bilan Sosoniylar Eroniga qarshi ittifoq tuzish uchun Xitoyga elchilar yuboradi. Tabariyning yozishicha ham Xusrav Parviz davrida (459-484) eftaliylarga qarshi kurash avj olgan. Parvizning o‘zi Tohariston va uning atrofidagi viloyatlar qo‘llab-quvvatlashi bilan taxt tepasiga kelgan. U eftaliylar-ning yordamiga minnatdorchilik ma’nosida «ularning chegaralarini buzmaslik majburiyatini oldi». Ammo keyinroq, Tabariy yozishicha, Parviz eftaliylar podshohi Vaxshushzarga bergan va’dasini maxfiy ravishda buzib, uning chegaralariga dahl qilgan.. Chegara minorasiga yetganida Parviz farmoni bilan minoraga arqon bog‘lab, 50 ta fil va 300 ta jangchi uni sudrab borishgan. Shu yil u eftaliylar chegarasini buzmadim, deb e’lon qilgan. Ammo Parvizning bu ayyorligi ish bermaydi. Tarixchining yozishicha, podshoh Parviz va uning katta qo‘shini «qorong‘ulikka cho‘kib ketdilar» (Katta chuqur zovurga tushib ketgan podsho toshbo‘ron qilib oidirildi. Butun qarorgoh, podsho, uning qizi, mobedkohin, xotin-xalaj va hashamlar (xazinalar) eftaliylarning qo‘liga tushdi. Suv to‘latilgan chuqur zovur haqida Vizantiya-Rum tarixchisi Prokopiy qaysariy (Kesariyskiy) ham hikoya qiladi. Suriya, Vizantiya va arman tarixchilarining asarida aytilishicha, Parviz eftaliylarga qarshi uch marta urush qilgan. Birinchi urushda Parviz yengilib, asir tushgan, uni Rim imperatori badal haqini berib, qutqarib olgan. Bir qancha vaqtdan so‘ng, Parviz eftaliylarga qarshi yana urush boshlagan va yana asir tushgan. Atoqli sovet sharqshunosi B. G‘afurov ta’kidlaganiday, xuddi o‘sha vaqtda Parviz eftaliylarning chegaralarini buzib o‘tmaslikka va’da bergan ko‘rinadi. Usha vaqtda u (Eftaliylar talabiga ko‘ra) 30 ta xachirda (oltin, kumush) tanga to‘plashi kerak edi. Ammo, xazinasi bo‘shab qolganidan, Parviz bu xirojning faqat uchdan bir qismini to‘lgan. Uchinchi urush ham Parvizning mag‘lubiyati bilan tugagan. Tabariy xabar berishicha, Rim imperatorlarini ham o‘ziga ta’zim qildirgan Sosoniylar Eroni V asr oxirida o‘zi dahshatli O’rta Osiyo ko‘chmanchilari oldida bosh egishga va xiroj to‘lashga majbur bo‘lgan. Uquvchilarimiz e’tiborini yana bir tarixiy dalilga qaratmoqchimiz. V va VI asr o‘rtalarida Eronda, shoh Qubod (Kayqubod) davrida (488-531) endi tarkib topayotgan feodalizm tuzumiga qarshi Mazdak rahbarligida xalq qo‘zg‘olonlari yuz bergan. Mazdak ta’limoti, va’zlari keng shuhrat qozondi. Tabariyning aytishicha, «oddiy fuqaro fursatdan foydalanib, Mazdakka va uning tarafdorlariga qo‘shilib, ular atrofida uyushdilar». Bu fikrni Beruniy ham tasdiqlaydi: «Son-sanoqsiz odamlar ularga ergashdilar». Eron shohi Qubod I siyosiy vaziyat taqozosi bilan, ko‘nglida xohlamasa ham o‘zini Mazdak tarafdori deb e’lon qildi, 528—529 yil voqealari shundan dalolat beradi. Qubod tarafdorlari Mazdakni oidirib, O’rta hokimiyatni qaytarib olishganida, mazdakchilarning yetakchilarini qirib tashladilar va ularning izdoshlarini shafqatsiz kaltaklab, quvg‘in qildilar. Tabariyning Turk hoqonligi haqidagi hikoyasi qiziqarlidir. O’rta Osiyodan ancha olisdagi Oltoy o‘lkasida juda katta Turk hoqonligi davlati tarkib topdi (551-744 yillar). Bu davlat hududlari Qoreyadan to Qora dengiz bo‘yigacha, O’rta Osiyo va Xitoyni ham o‘z ichiga olar edi. Usha zamonda Eron va Rum (Vizantiya) eng yirik davlatlar bo‘lishiga qaramay, Turk hoqonligi oldida ta’zim qilib turar edilar. Tabariy yozishicha, turklarning eng kuchli, jasur va qudratli hoqoni Sinnabu Yobg‘u bo‘lib, uning qo‘shini ham juda ko‘p edi. U juda ko‘p lashkari bo‘lgan eftaliylar bilan urushib, ularning podshosi Varzuni oidirdi. U Varzuning barcha qo‘shinini, ularning boyligini va mamlakatini qo‘lga kiritdi. Eftaliylar yurtining ilgari Xusrav I tomonidan zabt etilgan qismi bundan mustasno edi. Turk hoqonligining O’rta Osiyoni qo‘lga kiritish niyati oshkor bo‘lgach, eftaliylar o‘zlarining turklar va sosoniy-lar Eroniday ikki o‘t orasida qolganligini angladilar. Eron Xusrav I Anushirvon zamonida (531—579) yiriklashib, kuchli dav-latga aylangan va shuning uchun eftaliylarga xiroj to‘lamay qo‘ygan edi. O’rta Osiyo eftaliylariga qarshi ikkala qo‘shnisi kim oldin hujum qilishga shaylanib turishardi. Chamasi, eftaliylar ikkala davlatga qarshi jang qilishgan. Tarixiy ismlarga kelsak, arab manbalaridagi Sinjabu, Rum-Vizantiya manbalaridagi Salzibulga to‘g‘ri keladi. Tarixiy manbalarni sinchiklab o‘rgangan E.Gavenining fikricha, turklar eftaliylarni 563 va 587 yillar orasida tor-mor keltirganlar. Bu voqeani A.A.Mendelshtam 563 yilga yaqin, G.Moravchik esa 560 yil atrofida deb hisoblaydilar. Sanasi qachonligi juda aniq bo‘lmasada, bu urush oqibatida, Firdavsiy yozganidek, «Chochda, Terakda (Chirchiqda-S.T.), Samarqand va So‘g‘dda juda ko‘p joylar vayrona bo‘lib, boyqushlar makoniga aylandi. Chag‘aniyon, Bo’liyon, Xuttalon va Balx aholilari boshiga qora kunlar keldi». Tabariyning yozishicha, turklar Erondan ilgari eftaliylarga to‘plab turgan xirojlarini (Turonga) to‘lashni talab etganlar Eron-Turon munosabatlari qanchalik keskinlashganidan qat’i nazar, shunday tarixiy vaziyat vujudga kelganki, O’rta Osiyoning janubidagi viloyatlar, xususan, hozirgi O’zbekistonning janubi, Tojikiston va Turkmaniston sosoniylar Eroni qo‘l ostida, O’rta Osiyoning shimoliy viloyatlari esa Turk hoqonligi ixtiyoriga o‘tib qoldi. Zarafshon vodiysida qolgam eftaliylar esa turklarga xiroj to‘lashni davom ettirdilar. Yana bir muhim muammo yuzasidan Tabariy asarining tarixiy ahamiyatini ko‘rsatmoqchimiz. Bu, Samarqand hokimi Turek (Turk, Torak) ning hijriy 100 (milodiy 719) yilda Xitoy poytaxtiga yuborgan maktubining mazmunidir. V.V.Bartold kitobida shu xatning ruscha tarjimasi keltiriladi: «Biz 35 yildan buyon dashiy (dashtiy) larga qarshi tinirusiz kurashib kelarniz. Har yili biz juda ko‘p askar va suvoriylarni jang maydoniga chiqaramiz, ammo shu vaqtgacha 15 imperator (hoqon) hazrati oliylarining madad kuchlarini olish baxtiga muyassar bo‘lmadik. Bundan 6 yil muqaddam dashiylarning eng katta boshlig‘i (amir Qutayba) juda katta lashkarlari. bilan yetib keldi. Biz jangda dushman lashkarlariga katta zarar yetkazdik, ammo bizning qo‘shinimizdan ko‘pchilik halok bo’ldi va yaralandi. Dashiylarning piyodalari va suvoriylari son-sanoqsiz edi, shu tufayli bizning lashkarlarimiz ularga bas kelolmadi. Men o‘z istehkomlarimizga qaytdim: so‘ng dashiylar bizning shahrimizni qamal qildilar. Ular qal’a devorlarini buzish uchun 300 ta devorbuzar kurilmalarni olib keldilar, 3 joyda katta-katta xandaq-zovur qazidilar. Ular bizning shahrimizni va mam-lakatimizni vayron qilishmoqchi. Faqiringizning siz hoqon faz-rati oliylaridan iltimosim shulki, tezroq Chin lashkarlarini bizga yordamta yuborsangiz. Ammo dashiylarga kelsak, ularniig kuchqudrati faqat yuz yilga yetadi, degan karomat bor. Bu yil ana shu muddat tugamoqda. Agar Chin lashkarlari bu yerga yetib kelishsa, kamina va uning qo‘shinlari dashiylarni tor-mor keltirishimiz mumkin edi». Biz Tabariy kitobida ko‘p marta tilga olingan Samarqand hokimi To‘rek haqida uning maktubidan qanday ma’lumotlar olamiz. 1.Maktubning haqiqiyligi V.V.Bartold ta’kidlaganidek, unchalik shubha uyg‘otmaydi. Muhim tarixiy dalil shuki, Samarqand-Zarafshon vodiysiga arab Qutayba davrida (712-719 yillarda) emas, balki noib Salim ibn Ziyod vaqtida (681- 683 yillarda) kelishgan. Qutaybaning harbiy yuriigi va Samarqandning arablar tomonidan istilo etilishi 712 yil kuziga to‘g‘ri keladi. 2. To‘rak maktubida tarixiy voqealar mavhum va ziddiyatli bayon etilsa ham, unda Qutaybaning Samarqandni olishi haqida gap bo‘lmasa ham, bu maktub arab manbalarini, jumladan, Taba-riy asarini tanqidiy tadqiq etishga imkon beradi. Tabariydan mustaqil bo‘lgan arab manbalari (Madoniy, Balazuriy, Dinova-riy) da esa tarixiy tahlil uchun deyarli hech bir dalil yo‘q, deyish mumkin. Shunday qilib, turli voqealar, qissalar va hikoyalar o‘zaro bog‘liq holda umulashtirilgan keng ko‘lamdagi tarixiy asarlar IX asrning 2-yarmiyga to‘g‘ri keladi. Arab tarixshunosligining ilk davri At-Tabariyning «Tarixi ar-rusul va-l-muluk» («Payg‘ambarlar va podshohlar tarixi») asari bilan yakunlanadi. Mazkur asar — tarixiy obidalar, tarixiy hikoyalar, folklor (xalq og‘-zaki badiiy ijodi), afsonalarni o‘z ichiga olgan, islom olarni — hijratning boshlang‘ich asrlarida yashagan xalqlar tarixiga doir eng mo‘tabar majmuidir. Arab tarixshunosligida shuningdek, ayrim mintaqa, iqlimlar — davlatlar, mamlakatlar, shaharlarning tarixiga doir o‘ziga xos ayrim tarixiy-qomusiy asarlar ham vujudga keldi. Chunonchi ibn Qutaybaning (889 yilda vafot etgan) tarixiy qomusi (ensiklopediyasi) Na'rshaxiyning «Buxoro tarixi», Abu Rayhon Beruniyning (1048 yilda vafot etgan). «Osor-ul boqiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», shuningdek, musulmon olimi ashShabustariyning (998 yilda vafot etgan) xristian (masixiylar) monastirlari — ibodatxonalari tarixiga oid asarlari shular qatoriga kiradi. Narshaxiy. «Buxoro tarixi» Bu asar «Kitob-ul-ansob» majmuasining muallifi Sam’oniy dalolat berishiga qaraganda, tarixchi Narshaxiy qalamiga man-subdir. Narshaxiy Buxoro viloyatida Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning to‘la ismi Abu Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik (899—960 y) dir. Gap shundaki, arab tilida yozilgan bu asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan yoki hozircha topilgani yo‘q. Bizgacha yetib kelgan «Buxoro tarixi» so‘z boshisida yozilishicha, kitobni 1128 yili arab tilidan quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy o‘z do‘st-lari taklifiga binoan fors tiliga tarjima qilgan. Quboviy-ning yozishicha, u tarjima jarayonida kitobdagi ortiqcha tasvir va keraksiz joylarni qisqartirgan, ammo asl mohiyati va maz-munini qoldirib, keyingi tarixiy voqealar bayonini o‘zidan qo‘shgan. Qitobning 1939 yilda Tehronda nashr etilgan 16 nusxasidan ko‘rinadiki, «Buxoro tarixi»ga keyinroq ham boshqa mualliflar xomonidan qo‘shimchalar kiritilgan. Bu haqda eronlik olim Muhammad Toqi Bahor o‘ziniig 1958 yili Tehronda nashr etilgan «Malik ush-shuaro» kitobida guvohlik beradi. Tarixiy nuqtai nazardan, tarjimon Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy bunday xabar qiladi: Narshaxiy asarining do‘stlari taklifiga binoan arab tilidan forschaga tarjima qilinishining sababi, asarni ko‘pchilik o‘qib tushunishi-ga qulay bo‘lishi; qiziqarli bo‘lmagan o‘rinlar, ortiqcha arabcha o‘xshatishlar va jimjimador ifodalarni qisqartirib, kitobning ommabop bo‘lishi uchundir. Ikkinchi tarjimon Muhammad ibn Zufar ibn Umar esa 1178—1179 yillarda «Buxoro tarixi» ni fors-tojik tiliga tarjima qilganda, uni yanada qisqartirdi va yana qayta ko‘chirish, ko‘paytirish uchun tayyorladi. Kitobning bu tarjima nusxasini o‘qir ekanmiz, 1178—1179 yilda yuz bergan tarixiy voqealardangina emas, 1220 yilgacha bo‘lgan voqealardan ham xabardor bo‘lamiz. Gap shundaki, tarixchi O.A.Suxareva Eron olimi Muhammad Toqi Bahorlarning ma’lumotlariga qaraganda «Buxoro tarixi» biz yuqorida tilga olganimizdan boshqa ko‘p kishilar tomonidan qisqartirilgan, qo‘shimcha kiritiltan va izohlangan. Shunga qaramasdan, hamma tarjimon va sharhchilar kitobning asl muallifi Narshaxiy ekanligini bir ovozdan tasdiqlaydilar. Bu asarning nomi haqida bir necha so‘z. Uz asariga Narshaxiy qanday nom bergani haqida ma’lumot, yo‘q. Shuning uchun uning nomi turli yurt tarixshunoslik adabiyotlarida turli shakllarda ishlatiladi: «Tarixi Narshaxiy», «Narshaxiy tarixi», «Tarixi Buxoro» «Tahqiq ul-viloyat» («Viloyat haqiqatini aniqlash»), «Axbori Buxoro» («Buxoro haqida xabarlar») va hokazo’ . Shunga qaramay, u hozirgi tarix fanida «Tarixi Buxoro» bo‘lib qat’iy o‘rin oldi. VIII—XII asr Buxoro davlati tarixiga oid tarixshunoslik asosan «Buxoro tarixi» kitobidan olinganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu asarga bo‘lgan katta qiziqish uning jahon xalqlari tillariga ko‘p marta tarjima qilinishiga va ketma-ket nashr etilishiga sabab bo’ldi. Masalan, fransuz sharq-shunosi Ch.Shefer 1892 yili Parijda «Buxoro tarixi»ni nashr etdi. Bu asarni Samarqand uezdining sobiq boshlig‘i, polkovaik N.Likoshin rus tiliga tarjima qilib, 1897 yili Toshkentda, o‘zbek ma’rifatchisi Mulla Sulton so‘zboshi bilan 1904 yili Buxo-roda, Eron olimi, Mudaris Rizaviy 1939 yili Tehronda, Angliya sharqshunosi R. Fray 1954. yili Kembrijda nashr etgan. Nihoyat, 1966 yili o‘zbek tilida Sodiq Mirzaev tarjimasida Toshkentda nashr etildi. Shunday qilib, asl muallif Muhammad ibn Ja’far, uning tarjimoni va davomchisi Ahmad ibn Muhammad, shuningdek, keyingi mutarjim va sharhlovchi Muhammad ibn Zufar «Buxoro tarixi»da VIII—XII asrlarda yuz bergan tarixiy voqealarni bayon qilarkan, musulmon tarixshunosligi nuqtai nazaridan kelib chiqib, islom asoslari va fiqhni himoya qiladilar. Shu tufayli xalqning ahvoli va arab bosqinchilariga qarshi harakat (masalan, Muqanna boshchiligidagi xalq harakati) qoralanadi. Hukm-ron sinflarning unga qarshi harakati ma’qullanadi. Ammo shun-ga qaramay, XII—XIII asr tarixiy voqealarining xolisona bayoni uni qimmatli manba darajasiga ko‘taradi. Busiz O’rta Osiyo xalqlarining arablar hukmronligi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoliga, keng xalq ommasining bosqinchilarga qar-shi kurashiga baho berish mushkul. «Buxoro tarixi»ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973—1048) O’rta asrda yetishgan buyuk qomuschi olim va insonparvar Abu Rayhon Beruniy tarix, falsafa, falakiyot, ma’danshunoslkk va boshqa fanlar bo‘yicha 152 dan ortiq ilmiy asar muallifidir. U 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning poytaxti Qiyot (keyinchalik, Shobboz, hozir Qoraqalpog‘istonga qarashli Beruniy shahri) da dunyoga kelgan. Xorazm — O’rta Osiyodagi eng qadimiy davlatlardan biridir. Ba’zi tarixchilar Xorazmiy tilini hozirgi osetin tiliga yaqin turuvchi eron guruhiga kiruvchi til edi, deb hisoblaydilar. 17 Beruniy zamonida Xorazm ikki davlatga bo‘lingan edi. Birining poytaxti. Qiyot (yoki Qob) da (V asrdan buyon) Bani Iroq sulolasiga mansub hukmdor rahbarlik qilardi. Urganchda esa Arab xalifaligi no’lbi amir alMa’mun hukmdor edi. Ikkala davlat Bag‘dod xalifaligi tarkibida edilar. 995 yilda amir al-Ma’mun Qiyotni bosib olib, ikkala davlatni birlashtirdi va qadimiy xorazrushohlar davlatini tikladi. Amudaryoning qadimiy o‘zani qurigach, Yangi Urganj shahri bunyod etildi. Avvalgisi Ko‘hna Urganj deb ataldi. Arablar istilosidan keyin O’rta Osiyo xalqlarining qadimiy madaniyati inqirozga uchradi, zavol topdi, ‘ammo yangi sharoitlar-da bu xalqlar yana yuksak fan va madaniyatni yaratdilar. IX asr boshlarida yashagan Muhammad ibi Muso al-Xorazmiy, al-Ma’jusiy arablarni hindlarning o‘nlik sanoq hisobi bilan tanishtirdi va algebradan ilk risolalar yozdi. U riyoziyot (matematika) va falakiyot (astronomiya) fanlarida ham yangi kashfiyotlar o’hdi. Hozirgi fan-texnikaning asosiy tushunchalaridan biri «Algoritm» so‘zi AlXorazmiy so‘zining lotincha talaffuz etilishidir. Muhammad Xorazmiydan so‘ng jahon ilm-faniga katta hissa qo‘sh-gan yana bir buyukkolim Abu Abdulloh alXorazmiy bo‘lib, uning «Mafotih ul-ulum» («Ilmlarning kalitlari») qomusiy asari jahonga mashhur edi. X asrda arab xalifaligida katta o‘zgarishlar yuz berdi. O’rta Osiyo va Eronning xalifalikka qaram bo‘lgan ko‘pgina davlatlari iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka erishadi. O‘rta Osiyo olim va mutafakkirlari xalifalikning turli shaharlarida, jumladan, o‘z o‘lkalarida ham faoliyat ko‘rsatardilar. X asr boshida Abu Nasr Mansur ibn Iroq Qiyotda yashardi. U Ptolomey «Almajist»iga sharh bo‘lgan Menelayning «Sferika» asarini qayta ishlagan edi. Beruniyning birinchi o‘qituvchi va tarbiyachisi ana shu Abu Nasr Mansur ibn Iroq bo‘lgan. Beruniyning ilk yoshligi — bolaligi haqida tarixiy adabiyotlarda ma’lumot yo‘q. Birun so‘zining ma’nosi «tashqaridan kelgan» demakdir. «Olloh nomiga qasarn bo‘lsinki,— deb yozgan edi u o‘zining kelib chiqishi haqidagi she’rlardan birida,— haqiqatdan ham men shajaramni bilmay-man. Hattoki o‘z buvamni, buvamni bilmagaidan keyin otamni qaydan bilay». Bu gaplarda kinoya bor, albatta. Beruniyning hayoti va ijodi uchun murakkab bo‘lgan sharoitni O’rta Osiyoda hukm surgan feodalizm sharoitidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot murakkabliklaridan ajralgan holda o‘rga-nish mumkin emas. Sarsonlik-sargardonlik qomuschi olimning qismatiga aylangan edi. Yosh Beruniyni 998 yili Qaspiy dengizining janubiy sohilidagi Jurjon hokimi Qobus ibn Vushmagir o‘z huzuriga taklif qiladi. Beruniy Vushmagir huzuridan qaytgandan so‘ng o‘zining tarixiy asarlaridan biri «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor ul-boqiya) asarini hokimga bag‘ishlaydi. Biroq tarixshunoslik fani Beruniyning tarixiy dunyoqarashiga doir ma’lumotga ega emas. Bizning tahlilimiz shu masalaga bag‘ishlanadi. Beruniyning ko‘pdan-ko‘p ilmiy ishlari orasida «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» tarixiy risolasi alohida o‘rin tutadi. U besh yildan ortiq Jurjonda yashaydi. Qobus saroyida yashab turgan G‘ilon va Tabariston hokimi Marzubon ibn Rustam taklifi bilan tarix fanida qisqa «Xronologiya» nomi bilan mashhur bo‘lgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» risolasini yozadi. Asar muqaddimasida kun va tun nima, ularning majmui va boshlanishi, oy, yil va milodlarninp,mohiyati, bu ma-salada xalqlarning tafovutlari, xalklarning podsho, hokimlarga munosabati, Zulqarnayn degan shoh haqida, bir miloddan ikkinchi milodni chiqarish, xronologik turkumlar, soxta payg‘ambarlar va adashgan xalqlar, fors, so‘g‘d va xorazmiylarning bayram va qutlug‘ kunlari va iydlari, yahudiylar, suryoniylar va nasoro xalqlarining, qadimgi sehrgarlar, sabiylar, arablar, shuningdek, islomga e’tiqod qiluvchi xalqlar, arablarning johiliyat davridagi bayramlari va musulmonlarning nishonlaydigan kunlari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqotchi olim S.P.Tolstov haqqoniy ta’kidlaganidek, Beruniy manbalarni o‘rganishda vazminlik va bilimdonlik bilan, tanqidiy aql-mulohaza uslubi asosida ish ko‘radi. Manbalarga tanqidiy munosabat shubhasiz uning salaflarida ham bor edi, ammo 18 Beruniyda manbalarni tanqidiy tahlil qilish tadqiqot-ning asosiy shartiga aylanadi. Uzi tarixchilarni ogohlantirgan bir yoqlamalik, taxmin va aqidaparastlikdan Beruniyning o‘zi ham xalos bo‘lmasligi tabiiy, ammo bu sohada u o‘zining barcha salaflari va zamondoshlaridan baland turadi. Beruniy tarixiy riso-lalarining ko‘pi yo‘qolib ketishi sababi ham ehtimol shunda bo‘lsa kerak. U manbalarni shafqatsiz tanqid qilardi. Bu esa tarixiy adabiyot iste’molchilariga — zamondoshlarning ko‘pchiligiga manzur bo‘lmasligi mumkin edi. Beruniy «Xronologiya»— Osor ul-boqiya» risolasida an’anaviy islom dunyosi tarixshunosligida odat bo‘lgan shohlar va qax-ramonlar faoliyati, siyosiy voqealar o‘rniga xalqlar madaniyati tarixi, ularning urf-odati va fe’l-atvori masalalarini yoritishga e’tibor beradi. Shuning uchun tarixchilar «Yodgorliklar»ga tarixiyetnografik tadqiqot sifatida ham qaraydilar. Arab tarixshunosligi kelib chiqishi va g‘oyaviy-nazariy asoslariga ko‘ra, eng avvalo folklor — adabiy an’analar va ilohiyot-qur’on kompleksi bilan bog‘liq. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tarixga bag‘ishlangai risolalar islom jamoasining siyosiy va intellektual jihatdan faol qismi ifodalanadigan faoliyati tarixi mavzusi bilan bog‘liq. Bunga islomgacha bo‘lgan Arabiston rivoyatlari, qadimgi payg‘ambarlar, O’rta Osiyo, fors va boshqa Sharq podsho va hokimlarining afsonaviy tarixi ham qo‘shildi. Umuman o‘rta asr arab musulmon jamiyati uchun tarixan o‘z-o‘zini anglashning tugallangan shakllari, oy taqvimi bo‘yicha yilni aniq hisoblash, tarixshunoslik an’analarining avloddan-avlodga o‘ti-shi xos edi. IX asrning ikkinchi yarmiga kelib, At-Tabariyning «Tarix ar-rasul va-l-muluk» («Payg‘ambar va shohlar tarixi») asari bilan tugallangan tarixshunoslikning ilk davri shakllangan edi. IX asrning ikkinchi yarmida arab tarixshunosligida yagona yoki takrorlanuvchi o‘ziga xos asarlar ham vujudga keldi. Ular jum-lasiga ibn Qutaybaning (889 yilda zafot etgan) tarixiy qomu-si va ash-Shabustariyning (998 yillar atrofida vafot etgan) xristian monastirlari tarixiga oid asarini kiritish mumkin. Sayohatnoma, ma’muriyjo‘g‘rofiy ma’lumotnoma va jo‘g‘rofiy asarlarda juda boy tarixiy-toponimik ma’lumotlar mavjud. Odatda bir-ikki jildga jamlangan o‘ta muhim asarlar, asosan IX—XI asrlarda yaratilgan. Bu kitoblar «mashhur arab jo‘g‘rofi-yunlari kutubxonasi» ni tashkil etgan. Ibn Xurdadbekning (846—847 yillar) umumjahon miqyosidagi jo‘g‘rofiy asari va uning qayta ishlangan (885—886 yillar) nusxasi shular jumlasiga kiradi. 903 yillar atrofida ibn alfaqihning jo‘g‘rofiy asari yozildi. Keyinroq ibn Rusta (943 y) o‘z asarini yaratdi. Biz uchun ayniqsa, 921—922 yillarda o‘rta osiyolik jo‘g‘rof ibn Fadlanning «Qudam» (928 y), Ma’sudiy (947— 9504yillar), Istahriy (941 yil), X asrning ikkinchi yarmida yashagan Ibn Havqal va Maqdisiylarning asarlari juda muhimdir. Shuningdek, noma’lum mullifning forstojikcha jo‘g‘rofiy asari «Hudud al Olam» (982—983-yillar) va Bayramning (XIII asr boshi) «Jahonnomasi» ham muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Arab jo‘g‘rofiy adabiyoti va uning ahamiyati haqida I.Yu.Krachkovskiy bunday deb yozgan edi: «Ispaniyadan Turkistongacha bo‘lgan mamlakatlar va Hind tog‘i etaklaridagi aholi maskanlarini aniq sanab, cho‘l va madaniy joylarini tavsiflab, madaniy ekinlarning tarqalish ko‘lami, foydali qazilmalar o‘rnini ko‘rsatgan holda...», fizik-jo‘g‘rofiy va ob-havo sharoitini, xalq turmushi, sanoati, madaniyagi, tili, diniy ilmlarini ko‘rsatgan holda (ma’lumotlar xalifalik viloyatlari hududi bilan chegaralanib qolmasdan, balki greklarga tanish dunyodan ancha chetga chiqardi) u shunday keng, tugal ma’lumot beradiki, unga o‘xshashini bu davrda hech qaerda topib bo‘lmas edi». Yuqoridagilarning dalili uchun yana shuni aytish mumkinki, arablar o‘z hukmronliklarini nafaqat olov va qilich yordami bilai, balki xalq ommasini ezish orqali o‘tkazib kelishdi. Ularga nafaqat katta pul, 19 balki odamlar bilan soliq to‘lanardi. Masalan, So‘g‘d davlati hukmdorlari yiliga xalifaga katta puldan va sovg‘adan tashqari 30 minggacha qul—yosh yigitlarni yuborib turishlari lozim edi. Bag‘dod bozorida ularning har biri 200 dirhamga sotilardi. Bundap tashqari turli xil soliqlar mavjud edi. Tarixchilar Abu Yusuf Yequb (VIII asr) va al-Mavarziy (X— XI asr) ning yozishlaricha, eng ko‘p tarqalgan soliqlar — xiroj, zakot, ushr va boshqalar edi. Ularning hajmi hosil va buyum bozor narxining 25—30 fo’lzini tashkil etardi. Halifalarning bosib olingan mintaqalaridagi siyosatiga arab xalifasi Umar I ning quyidagi farmoni dalil bo‘la oladi: «Biz tirik ekanmiz, bizga bo‘ysungan muslimlar,— qullarimizdur, biz ularning g‘amini yeymiz, bizdan so‘ng bizning farzandlarimiz ularning farzandlari g‘amini yeyishi kerak». Keyin, ibn Xurdadbek IX asr ma’lumotlariga tayangan holda, arablarning Nishopurda 4180,9 ming, Tusdan 740,8 ming dirham to‘plab olganlarini yozadi. Keyinroq yashagan ibn al Asir (XV asr) Eron, Ozarbayjon, Ray va Qazvinning yillik to‘laydigan mablag‘i 500 ming dirham bo‘lishini yozadi. VIII—X asrlarda Ispaniyadan O’rta Osiyo va Volgabo‘yi, Hin-distongacha bo‘lgan ulkan hududda yirik arab davlatining tuzi-lishi bu mintaqalar madaniyatining ravnaqi va gullab-yashnashiga olib keldi. Mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va feodal munosabatlari taraqqiyoti xalyfalik mintaqalarining ma’lum darajada ixtisoslashuviga olib keldi. Xususan, Movarounnahr paxta va ipakka ixtisoslashdi. Qishloq xo‘jaligining taraqqiyoti hunarmandchilik va savdoning ravaaqiga hamkorlik ko‘rsatdi. Hunarmandchilik markazlari paydo bo‘la boshladi — Sevilya, G‘arnota, Genuya, Toledo, Saragossa (Ispaniya), Fes, Taxorta, Seuta, Tanjer, Qohira, Tunis, Xayfa, Quddus, Nablus, Xalab, Damashq, Xirus, Xoma, Antoqiya (Falastin va Suriyada) Sano, Zabid, Makka, Madina, (Arabistonda), Mosul, Basra va Kufa (Iroqda), Sheroz, Isfaxon, Hamadon, Qum, Tabriz, Ray, Nishopur, Bayhaq (Eronda) shuningdek, XI asrda qisqa vaqt turk feodal davlati — qoraxoniylar davlatining poytaxti, yulduzi bo‘lib porlagan G‘az-ni (Afg‘oniston), O’rta Osiyoda Marv, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlari shular jumlasidandir. Bu shaharlar ko‘p tarmoq-li ishlab chiqarish markazlariga aylangan va ularda musulmon Uyg‘onish davrining rivojlanib kelayotgan moddiy va ma’naviy madaniyatining o‘choqlari to‘plangan edi. Mashhur sovet sharqshunosi Ye.E.Bertels Uyg‘onish davrining rivoji va uning O’rta Osiyoga ta’sirini, eng avvalo xalq ommasining arablarga qarshi tinirusiz kurashi va ularning arab hukmronligiga qarshi olib borgan ijtimoiy-siyosiy kurashi natijasi bilan bog‘laydi. ''XIX asrgshng ikkinchi yarmida tarixchi Leopold Ranke (1795— 1886) tarixni o‘rganishning yangi usullarini ishlab chiqdi. Uzoq yillar manbalar ustida ishlash natijasida L. Ranke tarnxchining shiori «Orqaga — manbalarga!» bo‘lishi kerak degan qat’iy xulosaga keldi. Uning birinchi asari fanda o‘ziga xos to‘ntarish qildi. U tarixiy tahlilning butunlay yangi usuli va ilmiy tadqi-qotning yangi uslubini taklif qildi. Tabiiyki, rasmiy nemis tarix maktabi vakili bo‘lgan Rankening milliy chegaralangani va «ovrupoparastlik» ruhi o‘z ta’sirini qoldirmay iloji yo‘q edi. Shu bo’ls, uning shogirdi XIX asrning taniqli tarixchisi Yakob Bukxard (1818—1897) o‘z ustozini tanqid qilib chiqdi va uning siyosiy tarixni o‘rganishdagi chegaralanganligini isbotlashga urindi. U insoniyatning moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini yoritishii birinchi o‘ringa qo‘yishni talab qildi. Ya.Burkxardtning Italiya Uyg‘onish davri haqidagi asarlari juda mashhurdir. U bu asarlarida tarixchilikdagi «renessansizm» oqimiga asos soldi. Oqimning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri yirik sharqshunos olim, musulmon Uyg‘onish davrini o‘rganishga ko‘p um-rini bag‘ishlagan Xristian Adam Mes (1869—1917) dir. Mesga Rankening shogirdi T.Vayselning «...tarixchi faqat yalang‘o’h har xil bemaza va o‘ylab topilgan arzimas xayoliy narsalardan holi haqiqatga intilishi lozim», degan qoidasi katta ta’sir ko‘rsatdi. Krachkovskiyning ta’kidlashicha, mashhur Ovrupo sharqshunosi Kre-mer o‘zining musulmon madaniyatini tahlil etgan ikki asarida yetarli 20 bo‘lmagan materiallar bilan chegaralangan bo‘lsa, A. Kre-merga taqlid qilgan A.Mets «o‘z vazifasini ham hududiy, ham xronologik jihatdan chegaralab olardi». Shunga qaramay biz A.Metsning asarlariga do’lmo murojaat qilarniz, chunki uning asarlari qimmatliligiga tarix guvohlik berib turibdi. Fan taraqqiyotd shuni ko‘rsatdiki, musulmon Shar-qi tarixi tadqiqoti unga yondoshmog‘i lozim. Shuning uchun ham A. Metsning asari 1973 yili rus tilida nashr etilgan. A. Mets 1917 yilning dekabrida «Musulmon Uyg‘onish davri» asarini tugatishga ulgurmay vafot etdi. Uning noshiri Rekendorf kitob ustida ishlab, 1922 yili asar chop etildi. Hind sharq-shunosi Salohiddin Xudobaxsh kitobni birinchi bo‘lib ingliz tili-ga tarjima qilgai. Kitobning nashr etilishida Xudobaxshga ing-liz arabshunosi professor D. Margolius yordam bergandi. Asarning dastlabki yetti bobi 1927 yili Haydarobod jaridasida bosilgan. Xudobaxsh butun umr asarni tarjima qilish bilan shug‘ullandi va 1937 yildagina alohida kitob holida nashr qildi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, inglizcha tarjimada asar mazmu-nini buzuvchi juda ko‘p harfiy va boshqa xatolar bor. Asarning ispan tilidagi iusxasi 1936 yili chop etildi. 1939 yildan bosh-lab turk sharqshunosi Shamol Kyoprul uni tarjima qila boshladi va 1941 yili tugatdi. Biroq u o‘z mamlakatininp shart-sharoitla-rini hisobga olgan holda kitobning har qismiga o‘zi sarlavha qo‘ydi. 1940—1941 yillarda Misrda A.Metsning ikki tillik arabcha tarjimasi chiqdi. Bu kitobnipg arab dunyosida ,'paydo bo‘lishi shov-shuvga sabab bo’ldi. Tez orada asar ikkinchi bor nashr etildi. D. Bertelsning yozishicha, «bu ikki nashrni ham kutubxonalari-mizda topib bo‘lmaydi». Biroq XX asrning 70 yillarida Ma’ruf Xaznador Bertelsga A. Metsning arabcha ikkinchi nashrini sovg‘a qildi 2 . Arabcha tarjimaning kirish so‘zi muallifi Ahmad Amin-ning guvohlik berishicha, bu kitobiing qimmati unda juda ko‘p manbalardan foydalangani-yu, juda kam muallif aralashuvidir. Shu bilan birga A. Amin, A. Mets ba’zi hollarda bittagina manbaga tayanadi, xolos. Bu muallif maqsadi va manbalarni talqin qilish prinsipiga ziddir deb yozadi. Shuning: uchun Ahmad Amin tarjimonga A. Metsning arab mualliflaridan ko‘chirmalarini asl nusxasidap olishni maslahat beradi. Bu juda qiyin edi, chunki A. Mets Ozrupo kutubxonalarida o‘nlab arab qo‘lyozmalari-dan ko‘chirmalar olgan edi. Tarjimon bu og‘ir ishning uddasidan chiqdi. Bundan tashqari tarjimon asarga arab qo‘lyozmalari bilan ishlashga ko‘mak beradigan o‘zining 66 ta izoh va qo‘shimchasini kiritdi. Tabiiyki, A. Metsning asari bosilib chiqqach, olimlar, muta-xassislar va mutaxassis bo‘lmaganlar, sharqshunoslar va boshqa soha vakillari o‘rtasidagi turli bahs, tortishuvlarga sabab bo’ldi. A. Metsning bu asari haqida gapirar ekanmiz, uning nomi haqi-da ham to‘xtalib o‘tish joiz. Muallif asarni «Musulmon Uyg‘onish davri»—«Islom Uyg‘onish davri» deb atagan «islomdagi qanaqa Uyg‘onish davri haqida gapirish mumkin?... Muallif o‘z-asari qo‘lyozmasini nashrga to‘liq tayyorlashga ham, nomlashga va asari mazmuiining bayonini tayyorlab tugatishga ham ulgurmagan. A. Mtes kitobining sarlavhasi yo‘qligi uni hozirgacha Musulmon Uyg‘onish davri tarixi sifatida qabul qilib kelishga sabab bo‘l-di. Reykendorf o‘quvchilar diqqatini Renessans iborasi qo‘llanilgan 18-bobga (230-bet) qaratadi. Bu termin shu yerda qo‘llanil-gan, xolos. Asar nomining, ochilmay qolgani A. Metsning bu kitobi to‘g‘risida har kimning har xil yozishiga sabab bo’ldi. Shunga qa-ramay, Reykendorf fikricha, Adam Mets X asr musulmon davlati madaniy hayotidagi chuqur o‘zgarishlarni, uning hayoti va qadimgi zamon madaniyatiga vorislik belgilarini yozganida haq edi. Na-zarimda V.V.Bartoldning Ovrupo Uyg‘onish va musulmon madaniyati gullabyashnashining umumiy belgisi yunon fanining qayta tiklaiishi, degan fikri diqqatga sazovor. V. Bartoldning fikricha, «Ovrupo Uyg‘onishi» va «Musulmon madaniyati ravnaqi» tushunchalari asosan bir-biriga o‘xshash, mos tushunchalardir. Shu bo’ls ham uning fikricha, kitobni «Islom dunyosidagi Uyg‘onish» («Vozrojdenie v mire islama») deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Uz asarlaridan birida akademik I.Yu.Krachkovskiy bunday yozadi: «A.Metsning 21 so‘nggi asari muallif «Islomning Uyg‘onish davri» deb atalgan hijriy IV asrining (X asr) umumiy qiyofa-sini tasvirlaydi». Boshqa bir joyda I.Yu.Krachkovskiy yanada aniqroq yozadi: «Uninchi asr (hijriy, IV asr)— xalifalikning butunlay qulab tugashi, shu bilan bir vaqtda arab madaniyatining eng gullab yashnashi — A.Mets shogirdlaridan biri aytganidek,. «islomning Uyg‘onish davridir». Vaholanki, N.I.Konradning fikricha «Uyg‘onish» nafaqag Ovrupo, balki barcha mamlakat va xalqlarga xos bo‘lgan jarayon, biroq sivilizatsiyalashgan xalqlar taraqqiyotining ma’lum bir-paytida yuz beradigan jarayon. Jahon tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatyaptiki, Uyg‘onish davri uzoq davrlar mobaynida taraqqiy etib kelayotgan turmush madaniyatiga ega bo‘lgan xalqlar hayotida yuz beradi. Shu bo’ls Sharq Uyg‘onish davri muammosi uzoq, chuqur-va izchil tadqiqotni talab qiladi. Shunday qilib, F.Engels aytganidek, hech qanaqa nom Uyg‘onish davrining mazmunini to‘la qamrab ololmaydi. So‘g‘dlar davridagi Movarounnahrni ya’ni so‘g‘dlarning Zarafshon vohasi va Qashqadaryoga xukmronlik qilgan davrini qoraxoniylar xukmronligi davriga solishtirib ham, qarama-qarshi qo‘yib ham bo‘lmaydi. Gap shundaki, VIII—IX asrlarda turkiy urug‘lar Farg‘ona va Shoshga shiddat. bilan kirib kela boshladi. Farg‘onada qarluq, Shoshda o‘g‘uz urug‘ining mavqei kuchli edi. Ibn Havqal (X asr) ning yozishicha, islomni qabul qilgan ninglab turk sulolalari sharqdan Forab, Shosh oralig‘idagi, ya’ni Chimkentning janubi-g‘arbiy qismidagi rayonlarga ko‘chib o‘tdilar. XII asr tarixchisi Tohir Marvoziy «Sharaf az-Zamon» asarida «g‘uzlar islom viloyatlariga qo‘shni bo‘lgach, ularning ko‘pi islom dinini qabul qilib, turkman deb atala boshlandi. Ular bilan islom dinini qabul qilmagan g‘uzlar orasida dushmanlik paydo bo’ldi. G‘uzlar orasida musulmonlar ko‘payib, islomning ta’siri kuchaya' bordi. Musulmonlar dinsizlardan ustun kelib, ularni Xorazmdan ko‘chmanchi pecheneglar — bajnoqlar yashaydigan hududlarga siqib chiqardilar. So‘g‘diylar va turkiy urug‘lar aloqalarining kuchayishi ularning bir-biriga o‘zaro ta’sirini kuchaytirdi. Turkiy urug‘larning kuchli ta’siri ostida so‘g‘diylar o‘zlarining etnik ajralishini yo‘qotib, orada quda-andachilik, o‘zaro munosabatlar paydo bo’ldi va u tildagi va madaniy-maishiy to‘siq-larni yo‘qotdi. XI asrning tilchi olimi Mahmud Qoshg‘ariy ham — «Devonu lug‘ati turk» asarida bu tabiiy jarayonni ta’kidlab o‘tgan. U o‘sha davrda «ham turkiy, ham so‘g‘diycha, faqat turlicha gapiruvchi kishilar ‘bo‘lgani, lekin faqat so‘g‘diycha so‘zlovchi kishilar bo‘lmagani» ni yozadi. Fikrimizcha, faqat yuqoridagi kabi bir belgiga qarab, so‘g‘diylarning O’rta Osiyodagi elatlar-ning biri sifatidagi mavqeini yo‘qotgan deyish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Buning ustiga XI asrda so‘g‘diy deb so‘g‘diycha so‘zlaydigan kishilarnigina tan olishgan degan fikrga ham qo‘shilib bo‘lmaydi. Axir ular jismoniy jihatdan yo‘qolib ketishgani yo‘q, biroq ularning avlodlari turkiylar bilan qo‘shilib birikib ketgan, degan fikrlar ham bor. Kim kimga aylanib ketgan, haliyam isbot-langani yo‘q. Biroq bularga qaramay Mahmud Qoshg‘ariy o‘ta insonparvar va qalban baynalmilalchi ekanini ko‘rsatdi. U xalqlar assimilyatsiyasini emas, ularning tashqi dushmanga qarshi birikishini, kishilarning haqiqat va adolat yoida birlashi-shini orzu qiladi va dushmanlik, tarqoqlik hamda adolatsiz-likka qarshi kurashishga chaqiradi. Shunday qilib, XI asrning birinchi yarmi tarixchisi Hilol as Sabiyning yozishicha, somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina qoldirilgan edi. Taxtga XI asr fors-tojik tarixchisi Bayhaqiy fikricha, aqlli va iste’dodli Mansur ibn Nuh (997—999 y) o‘tirgach, u xalq ommasini o‘ziga to‘la og‘dirmoqchi bo‘ladi. Biroq, xalq bo‘layotgan 22 voqealarga loqaydligicha qolaveradi. 999 yil Buxoroda hokimiyatni qoraxoniylardan bo‘lgan Nuh egallaydi. Buxoroni Nasr egallagan paytda G‘azna amiri Sabuqtagining o‘g‘li, tarixda Mahmud G‘aznaviy nomi bilan mashhur Mahmud edi. Mahmud Bag‘dod xalifasi Qodirbillohdan (991-1031 y) «Yamin ad-davla va amin al-milla» unvoni va Xuroson hukmdori degan yorliq oladi. 1001 yilda Mahmud va Nasr o‘rtasida ular boshqarayotgan viloyatlarning chegarasini Amudaryo bo‘yicha belgilangani to‘g‘risidagi shartnoma bo‘lishiga qaramay, ulkan sobiq Samarqand feodal davlati o‘rnida amalda ikkita mustaqil qoraxoniylar (Qashqar, Shosh, Farg‘ona, So‘g‘d) va g‘aznaviylar (Shimoliy Hindiston chegaralaridan to Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan, hozirgi Afg‘onistop va Shimoli-sharqiy Eronni o‘z ichiga oluvchi hudud) davlati vujudga keldi. Mahmud G‘aznaviy o‘z hukmronligi davrida (998—1030 y) Panjob, Kashmir va boshqa shimoliy hind viloyatlariga o‘n yetti marta harbiy yurish qildi. Shunday yurishlardan birida Mahmud hind shaharlaridan 20 million dirham pul, 57 ning qul va 370 fil olib ketdi. Mahmud Shimoliy Hindistonga 17-marotaba bosib borganda Hindistonni shu qadar xarob qildiki, bu yurt o‘z holiga kelguncha mamlakat xalqi o‘n yillar davomida ezilib, mehnat qildi. Bu yurishlar Mahmudni o‘ta kuchli hukmdorga aylantirdi. 1025 yili Samarqand yaqinida o‘sha davrning ikki zo‘r hukmdori Mahmud G‘aznaviy bilan Qoraxoniy, ilekxon unvoniga ega Qodirxon o‘rtasida shaxsiy uchrashuv bo’ldi. XI asr fors tarixchisi Gardiziy «Zayn ul-axbor» («Xabarlar ziynati») asarida Qodirxonning sodda va qovushmagan qo‘polligi, katta uchrashuv va saroy mulozamatlariga ko‘nikmaganligi, diplomatiyaning sirlaridan bexabar kishi bo‘lganini yozadi. Bu ittifoq keyinroq Mahmud G‘aznaviyning butun O’rta Osiyoga xukmronligi bilan tugadi. Xullas, agar O’rta Osiyoning somoniylar davrn tarixi mufas-sal o‘rganilgan bo‘lsa, qoraxoniylar davri tarixi hali yetarli o‘rganilmagan. Yozma manbalar siyosiy voqealar va qoraxoniylar davlatining ichki tuzilishi xususida uzuq-yuluq ma’lumotlar beradi. Tarixchilar do’lmo tarixny manbalar topilib'qolishidan umidvor edilar va Qoraxoniylar chiqargan tanga va boshqa manbalarga tayanardilar. Bir misol keltiramiz. XII asrning ikkinchi choragi boshlarida Qoraxoniylarning qudratli davlati o‘z qo‘llarida Bolasog‘un shahri bilan birga Yettisoydan to Yenisey (Enasoy) daryosining shimoli-sharqiy qismigacha bo‘lgan hudud va xalqni tutib turardi. Musulmon manbalarida bu xalq qoraxitoylar deb ataladi. 1137 yili qoraxoniylar Xo‘jand yaqinida g‘aznaviy Ma’sudni tor-mor etishdi. 1141 yilning 9 sentyabrida Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lida saljuqqoraxoniylarning lashkari to‘la tormor etilib, saljuqiylar sultoni Sanjar va Mahmud chekindi. Qoraxitoylar Buxoro va O’rta Movarounnahrni egalladilar. O’rta Osiyoda siyosiy kuchlar nisbati o‘zgardi. Qoraxitoylar saljuqiylardan farqali o‘laroq, qoraxoniylar sulolasini yo‘q qilishmadi. Qoraxoniylar qoraxitoylarning vassaliga aylandilar. Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lidagi jangdan so‘ng Samarqandda biroz vaqt qochib ketgan qoraxoniy Mahmudning tug‘ishgan ukasi hukmdorlik qildi. Farg‘ona esa Shimoliy Qoraxoniylar o’llasi qo‘lida edi. 1150 yilda Farg‘onadagi Qoraxoniylar sulolasi Samarqandni ham mustahkam egalladi. Farg‘ona va Samarqand birlashtirilgan bo‘lsa-da, Samar-qand davlat poytaxti hisoblanar, Samarqand hokimi nomiga boshliq edi. Qoraxitoylarning 1141 yilgi g‘alabasi saljuqiylarni zaiflashtirib tashladi. Saljuqiylar mag‘lubiyatining yana bir omili Xorazmning siyosiy markaz sifatida ko‘tarilib chiqqani bo’ldi. Xorazmni saljuqiylar xukmro’lligidan ozod etish uchun izchil kurashganlardan biri Qutbiddin Muhammad Otsizning o‘g‘li (1127—1156 yy.) edi. Otsiz bo‘lajak xorazrushohlarning buyuk davlati asoschisi edi. (Eron saljuqlari XII asr o‘rtalaridan boshlab nomigagina hukmron edilar. 1156 yili Saljuqiylar dav-lati sultoni Sanjar uch yillik asirlikdan so‘ng poytaxt — Marega qaytib keldi va bir yildan so‘ng vafot etdi. Uning o‘limi-dan so‘ng fors va Ozarbayjonda mustaqil davlatlar vujudga keldi. Xuroson ham mustaqil davlat bo‘lib tanildi. Xalifalik-ning markazi Bag‘dod o‘z hokimiyatini tikladi. Bu jarayon xorazm-shohlar mavqeini kuchaytirdi. Shoh Alovuddin Takash (1172-1200 yy) qoraxitoylarga soliq berishdan bosh tortdi. U o‘lpon 23 yig‘ish uchun Xorazmga kelgan qoraxitoylar elchisini qatl ettirdi. Bir necha bor bo‘lgan janglar natija bermadi. Faqat 1196 yilgi Xorazm va Bag‘dod xalifaligi o‘rtasida bo‘lgan jang xorazmliklar g‘alabasi bilan tugadi. Biroq, xalifalik dindorlarga suyanardi va shu bo’ls Takash jangchilari yordamida keng hududlarga ta’sirini kuchaytirishga urindi. Lekin, mamlakat ichida o‘ziga mustahkam tayanch topa olmadi. Shunga qaramay, O’rta Osiyo xalqlarining bu davr tarixi mo‘g‘ullar bosqini arafasi davri sifatida O’rta Osiyodagi XII asr oxiri — XIII asr boshi-dagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvolni qisqa bo‘lsa-da, yorqin tasvirlaydi. Takashning munshiysi (shaxsiy kotibi) Muhammad Bag‘dodiy (Attasviri ila-ttarassul» (Muhim nomalar bitish yo‘l-yo‘riqlari) asarida o‘sha davrdagi ahvolni tasvirlaydi va Xorazmshoh Takashning Sirdaryo viloyati no’lbi Jaidga topshirig‘ini keltiradi. Unda shoh no’lbiga aholining turli tabaqalari bilan to‘g‘ri munosabatlarni quyidagicha o‘rnatishni buyuradi: 1. Sayidlar (Muhammad avlodidan) kamchilik ko‘rmasligi, ularning ehtiyoji va tabarrukligi darajasidan kelib chiqqan holda ta’minlanishlari lozim; 2. Imom va ulamolar qonunlardan kelib chiqilgani holda sovg‘a-salom va turli imtiyozlarga sazovor etilishlari lozim; 3. Qozi va boshqaruvchilar qonunga rioya etib, adolatni talab qilishlari kerak; 4. So‘fiy va ularga yaqin kishilar shunday ta’min etilsinlarkim, toki ular yengilmas davlatimiz uchun bemalol duo o‘qisinlar; 5. Obro‘li oqsoqollarga g‘amxo‘rlik qilib turish kerak; 6. No’lbga bo‘ysunuvchi amaldor va sarkardalarga qat’iy bosh-chilik qilish, aholini talamasliklari uchun haqini o‘z vaqtida berib turish zarur; 7. Xudoga ishonuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga aholi-nining xulqini kuzatib yurishni topshirish lozim. Bu asarning to‘la tavsifini birinchi bo‘lib tarixchilardan A.A.Semyonov bergan. U Niso viloyati bilan bog‘liq bir qator hujjatlarni tarixchilik va tarixshunoslik nuqtainazaridan tadqiq etadi. Niso viloyati g‘uz feodallari mavqei kuchli bo‘lgan xorazrushohlar davlatining janubiy hududlari hayotida katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Xorazm shohi Takash, Muhammad Bag‘dodining gug‘ohlik berishicha, g‘uz feodallari yetakchilaridan biri — To‘g‘on shohga viloyatning bir necha katta tumanlariga to‘la xo‘jayinlik qilish huquqini berganini yozadi. Bu yorliqqa asosan bu joylardagi dindorlar, qozi, ulamolar, boylar, «lashkarboshilar», yer egalari va boshqa tabaqa kishilari unga bo‘ysunardi. Bu hujjatda, shuningdek, ayollar nomusi, aholining mulki va hayotini, mol-mulki xavfsizligini himoya qilish va boshqa tadbirlarni qo‘llashga ham chaqiriladi. Bu yerda bizning e’tibori-mizni manbaning yoshi 700 yil atrofida ekani tortadi va uni o‘rganishga jiddiy munosabatda bo‘lish zarur. Biroq hanuzgacha tarix fani bunday tadqiqotga ega emas. XI—XIII asr boshida O’rta Osiyoda tovar-pul munosabatlari juda rivojlanganligi ma’lum. Bu jarayon O’rta Osiyoning eng chekka, xususan tog‘li rayonlarini ham qamrab olgan edi. Bu O’rta Osiyo xalqlari madaniyati ahvoliga ham ta’sir ko‘rsatdi. Bizgacha XI—XIII asr boshiga taalluqli moddiy va ma’naviy madaniyat-ning anchagina tarixiy-madaniy yodgorliklari yetib kelgan. Ular orasida hashamatli me’morlik yodgorliklari alohida o‘rin egal-laydi. Musulmon Uyg‘onish davri ko‘rilayotgan u yoki bu mintaqaning taraqqiyotini taqozo etadi. Agar saqlanib qolgan madaniyat yodgorliklarini saroy, masjid, honaqo, hammom va boshqalar qurilishi haqida ma’lumotlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, biz O’rta Osiyo tarixi va tarixshunosligining ko‘rib chiqayotgan davri (XI-XIII asr boshlari) qurilish, shaharlarning kengayishi va rivojlanishi, tovar» ishlab chiqarish, savdo ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, gurkiragan, iqtisodiyotining umumiy ko‘tarilishi tezlashgan 24 davri edi. Yana bu davrda shahar qurilishi mukammallashdi, yangi loyiha — rejalar marmar, metall, ganch, loy va yog‘o’hdan yasaladigan yodgorliklarning bezatilishi sohasidagi muvaffaqiyatlarga erishildi. Katta qurilishlarda bu davr da marmar va shisha g‘isht keng qo‘llanilsada, biroq loy (paxsa), hom g‘isht va ganch ham ayniqsa, qo‘rg‘on, saroy va boshqa qurilish-larda ishlatiladi. Ular jumlasiga Tojikistonning Isfara nohiyasidagi Qal’ai Boloni (VI— VIII asrlar) kiritish mumkin. U (X—XII asrda) qayta qurilgan va mustahkamlangan. Bu davrda saroylar qurish juda ko‘paydi. Ular jumlasiga Xuttalon hukmdorining Termizdagi, G‘azna amirlarining shahar atrofidagi lashkari bozordagi saroylarini kiritish mumkin. Bizningcha, masjid, minora, ayniqsa, mavzoleylar kabi madaniy yodgorliklar ko‘proq saqlanib, yetib kelgan. X—XIII asr boshlaridagi siyosiy o‘zgarishlar O’rta Osiyo xalqlari fani va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatmay o‘tmadi. Mahmud G‘aznaviyning ulkan davlati — O’rta feodal davlatining vujudga kelishi fan va madaniyatning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. G‘aznaviylar davrida arab tili keng qulo’h yozdi. G‘aznaviylar devonida avval dariy tilida ish yuritilardi. Keyin arab tili kiritildi. Oqibatda fors tiliga arab tili unsurlarining kirishiga ta’sir ko‘rsatdi. Mahmud G‘aznaviy o‘z saroyi teva’eagiga shoiru yozuvchilarni, tarixchi va boshqa ilm ahllarini to‘plagan edi. Saroyda qasida janri rivojlana bordi. Balxlik Abdulqosim Hasarn ibn Ahmad Unsuriy (X asrning 60- yillarida tug‘ilib, 1039 yilda vafot etgan) qasida ustasi bo‘lib, u murakkablashgan ritorik obrazlarga boy qasidachilikning yangi uslubi asoschisi edi. Abdulhasarn Ali Faruhiy (1038 yilda vafot etgan) va Abdulxoji Ahmad Manuchehriy (1041 yilda vafot etgan) ko‘zga ko‘ringan saroy yozuvchi va shoirlari edilar. Ular asosan somoniylar davri an’analarini davom ettirishdi. Movarounnahrning bu davr adabiy hayoti bir qancha iste’dodli shoir va adabiyotshunoslar ijodidan ham bahramand bo’ldi. Asiridin Axsikatiy (1172 yilda vafot etgan), So‘zoniy Samarqandiy (1173 yilda vafot etgan), Rashididdin Samarqandiy, Asadiy Tusiy, Nosir Xusrav, Umar Hayyom, Faxriddin Gurgoniy, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Anvariy, Ma’sud Sa’d Salmon, Muizziy, Sobir Termiziy va boshqalar shular jumlasidandir. Bu davrda tasavvuf ta’limoti keng tarqaldi. So‘fiylikning nazariyotchilari faylasuf Muhammad G‘azzoliy va uning mistik — g‘oyibot ruhdagi, ilohiy ishqning alohida so‘fiylik yo‘nalishini yaratgan ukasi Ahmad G‘azzoliy hamda so‘fiylik yo‘nalishidagi mashhur shoirlar, Abdulloh Ansoriy Xiraviy (1006—1077 yy), Abdulmajid Sanoniy (1050—1131 yy), Farididdin Attor (1142— 1220 yy) lar edilar. O’rta asrning qomuschilari Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniyning (973—1048 yy) ijodi ham shu davrga to‘g‘ri keladi. XI asrda tarixshunoslik rivojlanishini ham alohida ta’kid-lab o‘tish kerak. Ular jumlasiga Abu Nasr Utbiyning (Mahmud G‘aznaviyning saroy tarixchilaridan biri) «Tarixi Yaminiy» asarini kiritish mumkin. Utbiy — Mahmud G‘aznaviyni ko‘klarga ko‘tarib maqtab, otasi Sabuqteginning hayotidan ko‘plab voqealar keltiradi, ularni qiyoslab, o‘sha davr tarixiy voqealarini tas-virlaydi. G‘aznaviylar davrining eng yirik tarixchilaridan biri Abu Said Gardiziy hisoblanadi. U «Zayn-ul-axbor» («Xabarlar ziynati») tarixiydidaktik asarning muallifidir. U 1048—1052 yillar orasida yozilgan. Gardiziy o‘z davrining tarixchi va tarixshunosi sifatida shu asarida oldin o‘tgan tarixchilarning asarlarini tahlil qiladi. Ular orasida Tabariy, Narshaxiy, Utbiy va boshqalar bor. G‘aznaviylar davrining buyuk tarixchisi Abul Fazl Bayhaqiy (995—1077 yy) 30 jildli fors-tojik tilidagi tarixiy asar muallifidir. Bu qomusiy asardan bizgacha Sulton Ma’sudning podshohligi davri va o‘sha davr voqealari tasvirlangan bir necha titilgan, chala jildlar saqlanib qolgan, xolos. Ular «Ma’sud tarixi» yoki «Tarixi Bayhaqiy» deb ataladi. «MA’SUD TARIXI» («TARIXI BAYHAQIY») ASARIGA DOIR SOVET TARIXShUNOSLIGI. Akademik V.V.Bartold yozadi: «Abul-Fazl Muhammad Husayn Bayhaqiyning asari musulmon tarixiy adabiyotida alohida o‘rin tutadi». Abul-Fazl Bayhaqiy (taxminan 994—1079 yy) davr taqozosi bilan tarixshunoslikda qadimdan shakllanib kelgan an’analar doirasidan chiqolmas edi. Biroq, shunga qaramay u o‘sha davr xususida to‘laroq ma’lumot berishga harakat qilgan. «Mening niyatim odamlarga sulton Ma’sud haqida hikoya qilib berishdangina iborat emas, chunki ular bu voqealarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar va bilurlar. Mening maqsadim munosib yilnoma bitish va ulug‘vor imoratni shunday yuksaklikka ko‘tarishki, toki u haqdagi xotiralar asrlar so‘ngida ham so‘nmasun. Yolg‘onga o‘xshash bir narsani bitish noo’rin bo‘lur erdi». Demak, o‘sha davrdagi mavjud tarixchilik uni qanoatlantirmagan va u odatdagi qonunqoidalarni buzib, tarixchilikka bir qator yangiliklar kiritgan. Va bu uning asarini oldingi asarlardan ancha yuqoriga ko‘taradi. Uzigacha bo‘lgan tarixshunoslarga baho berar ekan, Bayhaqiy yozadi: «Boshqa yilnomalarda bunday qamrov yo‘q, chunki ular voqealar haqida jo‘n fikrlaydilar va juda kam qismi haqida ma’lumot beradilar. Kamina esa bu asarni bitar ekanman, tarixni to‘liq bayon qilmoqchiman, toki yuz bergan hodisalardan hech qaysisi ochilmay qolmasin» (81-bet). Bu bilan u nafaqat tarixchilik doirasini kengaytirib, unga yangi mazmun kiritdi, balki unga yangi shakl ham baxsh etdi. Bayhaqiyning yuqorida keltirilgan so‘zlaridan ko‘rinib turibdiki, u o‘sha davr qoidasiga ko‘ra yozish odat bo‘lmagan voqea-hodisalarni ham mufassal yoritgan. Shuning uchun ham Bayhaqiy-tnt «Tarixi»da voqea-hodisalarning oldingi tarixchilardagi kabi quruq aytib o‘tilishi yo‘q. Aksincha, asardagi unvonli mashhur zotlar ko‘z oldimizda jonsiz qo‘g‘irchoqlar kabi emas, balki o‘z qiziqishlari, hissiyotlari, kamchiliklariga ega jonli tarixiy shaxslar bo‘lib gavdalanadi. G‘aziaviylar devonidagi 25 yillik davlat xizmati muallifni ko‘plab tarixiy voqealarning guvohiga aylantirdi. Uning qo‘lidan qanchalab diilomatik, elchilar bilan bo‘lgan maxfiy shifrlangan yozishmalar, no’lblar va boshqa xufya va noxufyalar bilan bo‘lgan yozishmalar o‘tgan. «Men o‘zim xalifaga, Turkiston xonlari va beklarga yuboriladigan nomalarni oqqa ko‘chirar, maxfiy axborotlarni o‘zim yechardim. Bu uning asarini xolis, ishonchli, obro‘li manbaga aylantirdi va unga keyingi asr tarixchilari ko‘p bora murojaat etishardi,-deb yozadi A.Arends. Ilgari muallifning nomini ko‘rsatmay ko‘chirma olishardi. Bugungi kuida Abul Fazl Bayhaqiyning asariga suyangan holda keyingi tarixchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan ko‘plab noaniqlik va xatolarni to‘g‘rilash mumkin. Gap shundaki, Bayhaqiy bu hujjatlarning nusxalarini to‘plab borgan va ularni o‘z arxivida saqlagan. Biroq, xizmati oxirlarida u omadsizlikka uchradi, uyi talanib, arxiv tortib olinadi. Shu bo’ls muallif bu haqda «Ma’sud tarixi» asari davomida qayta-qayta afsus chekadi. Shunga qaramay, oxir-oqibatda u ko‘p hujjatlarni tiklashga muvaffaq bo‘lgan va o‘z asarida foydalanganki, bu asar qimmatini oshiradi. Asarning bizgacha uchdan bir qismi yetib kelgan, qolgan qismi ancha ilgari yo‘qolgan. Biroq, omon qolgan qismi uning bebaholigidan guvohlik beradi va tadqiqotchilar haqli ravishda uni mo‘g‘ullar davrining mashhur tarixchilari Aloiddin Ota Malik Juvayniyning «Tarixi jahonkushon» va Fazlulloh Rashididdinning «Jome’ at-tavorix» asari bilan bir qatorga qo‘yadilar. Abul Fazl Bayhaqiy fors yoki dariy tilidagi tarixshunoslikning boshlovchisi emas. Bu tilda allaqachonlardan beri yozib kelishardi. Bu davrga kelib, tarixchilikning o‘ziga xos — qisqa, aniq xolis ritorikasiz (jimjimadorliksiz) tili shakllangan edi. O’rta Sharq mamlakatlaridagi tarixchilik, yuqorida ta’kidlaganimizdek, uzoq vaqt arablar hukmronligi boshlangandan keyin ham shohlar hayoti, ularning reja gva yurishlarini yozib borishdan iborat bo‘lib qolgan edi. Xalq harakati esa (Narshaxiyning Muqanna qo‘zg‘oloni haqidagi hikoyasini eslang) qanchalik keng tarqalmasin, buzilgan holda talqin etilardi. Xalqning madaniy-maishiy hayoti, ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida deyarli yozilmasdi. AbulFazl Bayhaqiy tarixchining vazifasini butunlay boshqacha tushuntirdi. Shu narsa uning asarini yuksaklikka ko‘tardi. Bayhaqiy asarining omon qolgan qismi Ma’sud podsholik qilgan davr tarixini yorituvchi eng nufuzli asardir. Unda Safforiylar va Somoniylar davlatlari tarixiga oid, turkman urug‘larining saljuqiylar qo‘li ostiga birlashuviga oid qiziqarli ko‘plab ma’lumotlar bor. Bayhaqiyning asari ayniqsa, O’rta Osiyo xalqlari tarixini tiklash uchun katta ahamiyatga ega. Muallifning G‘aznaviylarning O’rta Osiyo xonlari, Xorazm, Turkmaniston bilan munosabatlari xususidagi ma’lumotlari ayniqsa muhimdir. Mehnatkash dehqon va hunarmandlarning hayoti bevosita tasvirlanmasada, Bayhaqiy ular to‘g‘risida bebosh shohlar zulmi, o‘lponchi amaldorlar shafqatsizligini yoritish orqali bexato fikr yuritadi. Ulponlar va qo‘shimcha og‘ir soliqlardan tashqari, shoh saroyiga kattakatta sovg‘alar yuborilib turilishi shart edi. Masalan, 625—1034 yili soliqlardan tashqari, to‘rt million dirhamlik sovg‘a yig‘ib jo‘natildi. Abul-Fazl Bayhaqiyning hayot yo‘li haqidagi ma’lumotlar juda kam. Uning hamyurti, adabiyotda ibn Funduk nomi bilan ma’lum Abulhasarn Ali Bayhaqiyning asari bu haqdagi asosiy manba hisoblanadi. «Ma’sud tarixi» dan keyin yuz yillardan so‘ng ma’lum (1167—1168) bo‘lgan bu asarda Abul-Fazl to‘g‘risidagi muallifga ma’lum barcha ma’lumotlar jamlangan. Biroq, bu ma’lumotlar uzuq-yuluq va noaniq bo‘lgan. Shunga qaramay, undan «Ash-shayx Abul Fazl Muhammad Husayn al kotib al Bayhaqiy»ning taxminan 994 yillarda Seyistonda tug‘ilgani, uning otasi Sulton Mahmudning yirik amaldori bo‘lgani va 470 yilning safar (1077 yilning avgust-sentyabri) oyida vafot etganini bilib olish mumkin. «Ma’sud tarixi» so‘z boshisidan ham ko‘rinib turibdiki, Abdulfazl nafaqat qondosh xalqlar tarixi, balki islomning falsafiy asoslari va fiqhdan arabcha tarjimalar orqali, Arastu (Aristotel) g‘oyalari hamda Gippokrat tibbiyoti bilan ham tanish bo‘lgan. U 25 yoshlarida, ya’ni 1021 yillar atrofida G‘azna davlat devoniga Abu Nasr Mishkan qo‘l ostiga ishga olinadi va Abu Nasrning o‘ng qo‘liga aylanadi. Abu Nasr Mishkon vafotidan so‘ng, devonga Abu Sahl Zavzaniy boshliq bo‘ladi. U Bayhaqiyni yoqtirmasdi. Bu kelishmovchilik va saroy nayranglari hamda AbdulFazlning barcha siyosiy adashuvlari uni davlat xizmatidan ketishiga sabab bo’ldi. Uzining guvohlik berishicha, oradan 20 yil o‘tgach ham bu voqealar uni ta’qib qildi va u davlat xizmatiga boshqa qaytmadi. Ibn Fundukning ma’lumotlaridan, shuningdek muallifning o‘zi tarixiy asariga qanday nom berganini ham aniqlash qiyin. Ibn Funduq uni «Tarixi O’li Mahmud», «Mahmud sulolasi tarixi» deb atagan. Biroq bu kitobning asosiy nomi emas. A.K.Arends ruscha nashr etgan A.Bayhaqiyning «Tarixi Ma’sudiy» asari sharqshunoslar o‘rtasida ko‘proq «Tarixi Bayhaqiy» nomi bilan mashhur. Biroq, bu unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan, chunki uni ko‘pincha «Tarixi Bayhaq» («Bayhaq o‘lkasi tarixi») bilan chalkashtirib yuborishadi. Ibn Fundukning aytishicha ham Bayhaqiyning asari 30 jilddan iborat ekan. Shundan beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi jildlarning oxiri va o‘ninchi jildning bosh qismi saqlangan. Ular Ma’sud podshohligi davrini deyarli qamrab oladi. «Men bir necha o‘n taboqlarga jam bo‘ladigan ellik yillik tarixni bitayoturman» degan edi muallif. Boshqa paytda muallif: «Mahmud Varroq» bitishni bas qildi, men shu davrdan — (to‘rt yuz) to‘qqizinchi yildan («Tarix»imni yoza boshladim — degandi (350 sahifa). Shunday qilib, Bayhaqiyning o‘zi nechta asarini G‘aznaviylar asoschisi Sabuktegindan emas, balki 409 (1019— 1020) yildan, ya’ni Sulton Mahmud hukmronligining 21-yilidan boshlab yoza boshlaganining sababini bayon qilgan.Chunki, ungacha bo‘lgan davr-ni ikki tarixchi, Mahmudning saroy tarixchisi Abu Nasr Muham-mad Utbiy «Kitob ul Yaminiy» asarida 409—411 yillargacha bo‘lgan voqealarni bayon qilgan. 27 Ikkinchisi, aftidan, yuqorida tilga olingan Mahmud Varroq. U «bir necha ning yilliklar tarixini yozgan» va 409 yilga kelib, o‘z qalarnini «tashlagan», buning oqibatida Abul Fazl o‘z «Tarix»ini yoza boshlagan. Demak, muallif «Ma’sud tarixi»ni 1056 yil 10 iyulda yoki 1059 yilning aprelida boshlangan deydi. A. K. Arendsning hisobicha, u hozirgi hisobda 11 bosma taboq asar yozishga ulgurgan. 1063 yillarda ham u yozayotgani ma’lum bo‘lsa-da, asarni qachon tugatgani ma’lum emas. Muallifning boshqa manbalarga halol yondoshganini quyidagi dalillardan ham aytish mumkin. Jumladan, u shunday yozadi: «Abbosiy xalifalar haqida yozishlaricha... (513 bet) yoki «Men, Abul-Fazl ko‘plab kitoblarni, ayniqsa rivoyatlarni ko‘rib chiqdim va ulardan foydalandim». (272-bet), yoki «tarixiy manbalarda aytiladiki...» va hokazo. Masalan, Xorazm haqidagi qiziqarli bobda u shunday yozadi: «Shu paytgacha uzoq vaqt men ustoz Abu Rayhon qo‘li bilan bitilgan kitobni ko‘rganim yo‘q erdi. Alar so‘zamollikda va hodisalar mohiyatini anglashda o‘ta mohir kishi erdilar ... hech narsani bilmay bitmasdilar. Men bu narsalarni shu bo’ls yozayotirmanki, toki «Tarix» imni yozishda naqadar ehtiyot bilan ish tutganim namoyon bo‘lg‘ay» (807-bet). Biz uchun Bayhaqiyning Beruniy kitoblarini ko‘rganligi xususidagi ma’lumotlari ham juda qimmatlidir. «Ma’sud tarixi»ning barcha nusxalarida Beruniyning bizgacha yetib kelmagan bu asari «Mashohir Xvarizm» («Xorazmning taniqli kishilari») deb yozilgan. Bundan tashqari «Kitob tarix ayami-s-sulton Mahmud va axbori abix» («Sulton Mahmud hayoti tarixi va uning otasi haqida xabarlar») va «Kitob al-musamara fi axbor Xvarizm» («Xorazm to‘g‘risidagi xabarlar xususida suhbat») kabi nomlardan ham ma’lumki, bular shubhasiz Beruniyning bizgacha yetib kelmagan o‘sha kitobining nomlanishlaridir. Bizga boshqa narsa muhimroq: Agar Beruniy Xorazm tarixini arab tilida yozgan bo‘lsa, unda bu tilni yaxshi bilgan Abul Fazl Bayhaqiy ushbu asardan yaxshi foydalangan. «Beruniy kitobini bundan ancha avval ko‘rgan edim...» deb yozgan muallif sulton Mahmudning Xorazmni bosib olishigacha va keyingi, taxminan 1018—1020 yillargacha bo‘lgan voqealar bayon qilingan yuqoridagi asar materiallaridan xotiraga kelganicha, keng foydalangan. Bundan tashqari, Bayhaqiyning aytishi-cha, u o‘rta fors tilidan ibn Muqaffa tarjima qilgan «Xuvot alnamog‘» va «Kutub siyar al muluk Ajam» («Eron shohlari hayoti haqidagi kitob») asarlaridan foydalangan. A. K. Arendsning «Tarixi Bayhaqiy» asarining muallif matni tarixini jonlashtirish va uning rivoji bosqichlarini aniqlash hozir zarur ma’lumotlar yo‘qligi bo’ls, mumkin emas» degan so‘zlari to‘g‘ridir. Aftidan, asarning yetishmayotgan jildlari kitob boyliklarimizga katta zarar keltirgan mo‘g‘ullar bosqini davrida yo‘qolgan. Bu yo‘qolgan qismlardan parchalar mo‘g‘ullardan qochib O’rta Osiyodan Shimoli-g‘arbiy Hindistonga ketib qolgan Muhammad Avfiyning «Javome’ul-hikoyot» kitobida ko‘proq saqlanib qolgan. A. K. Arendsning aytishicha, bu asarning bizning davrimizda sharqshunoslar o‘rganayotgan eng qadimgi qo‘lyozmalari XVII asrga mansubdir. Sharqshunos Ch.Ryo Britaniya muzeyidagi XVI asr qo‘lyozmalari sanalarini aniqlamoqda. «Tarixi Bayhaqiy» ning qo‘lyozma nusxalari ko‘p emas. Ularning bir qismi Yevropaning turli kutubxonalarida, Eron, Turkiya, Misr va Hindistonda, ba’zyalari xususiy-shaxsiy kutubxonalarda saqlanmoqda. Uch nusxasi Leningradda saqlanmoqda. Ingliz sharqshunosi V.Morle bu kitobni birinchi bo‘lib Kalkuttada 1869 yili nashrdan chiqardi. Kitob Bengaliyaning Osiyo jamiyati seriyasida bosildi. Oradan yigirma besh yil o‘tgach, «Ma’sud tarixi» litografiya usuli bilan Tehronda nashr etildi. Uni Eron olimi Adiy Peshavoriy nashr qildi. Shundan keyin Bayhaqiyning asarini «unutib» qo‘yishdi. Faqat V.V.Bartoldgina «Turkiston mo‘g‘ullar istilosi davrida» asarida undan keng foydalandi. Keyii yana jimlik cho‘kdi. 1319z1941 yilga kelibgina adabiyotshunos va yozuvchi Said Nafisiy uning birinchi jildini Tehroida nashr ettirdi. Ikkinchi jild 1325z1947 yilda, oxirgi jild esa 1332z1954 yili bosmadan chiqdi. Said Nafisiyning bu nashri oldingilardan sifatliroq bo‘lsa-da, biroq u Morlening inglizcha nashriga asoslangan. Ayni vaqtda u Peshavoriy nashr etgan ikki nusxadan ham 28 foydalangan. Bu davrga kelib, ya’ni 1945 yilda Tehron dorilfununi professorlari G‘ani va Fayoz «Tarixi Bayhaqiy» ning matnini bosib chiqarishdi. Bu nashr ancha ishonchlidir. V.Bartold asarlarini hisobga olmaganda, to 1962 yilgacha «Tarixi Bayhaqiy» to‘liq Ovrupo tillariga o‘girilmagan. Shu bo’ls A.K.Arends ruschaga o‘girishda G‘ani va Fayozning 1945 yilgi nashri matniga asoslandi. Ikkinchi nashrda yana o‘zgarishlar bo‘l-di. Unda kirish qismiga qo‘shimchalar kiritildi, ba’zi joylar, ayniqsa, iboralar tarjimasi aniqlashtirildi. Qo‘shimchalarda yo‘qolgan jildlarga tegishli qismlarning yangi topilganlari bor. Bundan tashqari, yana Bayhaqiy asarida tasvirlangan tarixiy voqealarga aloqador «Maqomati xoja Abu Nasri Mishkan» asaridan ham shu voqealarni toidiruvchi ayrim parchalar ikkinchi nashrga kiritildi. «XIII ASRDA MOVAROUNNAHR VA XORAZM MO’G‘ULLAR ZULMI OSTIDA» MAVZUI TARIXShUNOSLIGI. Mo‘g‘ullar bosqini O’rta Osiyo xalqlariga cheksiz kulfat va fojialar olib keldi. Movarounnahr shaharlari xarobaga aylandi, hunarmandchilik va savdo inqirozga uchradi, dala-yu vodiylar bo‘shab, huvillab qoldi. K.Marks mo‘g‘ullar zulmi «nafaqat ezar, haqorat etar, balki bosib olgan xalq qalbini qovjiratar edi. Mo‘g‘ul-tatarlar mun-tazam terror rejimini o‘rnatishdi, talash va ommaviy qirg‘inlar ularning do’lmiy boshqaruv quroliga aylandi» deb yozgan edi. Sharqning eng yirik va qadimiy o‘chog‘i Samarqandgmo‘g‘ullar bosqiniga qadar juda katta shahar edi. Samarqand orqali Chingizxon huzuriga borgan Xitoy rohibi Chan-Chunning so‘zlariga qaraganda, mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng shaharda 25 ning o’lla, oldingi aholining chorak qismi qolgandi, xolos. Demak, ilgari bu yerda 100 ning o’lla, ya’ni 400 ningdan oshiq kishi yashagan. 30 ming hunarmand Mo‘g‘ulistonga olib ketilib, mo‘g‘ul shahzodalarga tarqatilgan edi. Muammoning tarixshunoslik jihatiga qaytamiz. Xitoy rohibi Chanchunning hikoyasiga sharqshunoslardan birinchi bo‘lib, Bartold e’tibor berdi. «Туркестанское востоковедение» jaridasining 1894 yil, 43—44-sonlarida uning «Turkiston o‘lkasi XIII asrda» (Xitoy sayohatchisining hikoyasi asosida) maqolasi e’lon qilindi. Bu maqoladan sayohat yo‘nalishini aniqlash mumkin edi. U quyidagicha: Chu va Talas daryolari, Sayram, Sirdaryo, Mirzacho‘l, Zarafshon, Samarqand (1221 yil dekabr—1222 yil apreli oxiri), Qesh va Amudaryo orqali o‘tib, Chingizxon qarorgohiga yetib borgan. Qaytishda Chan Chun Chingizxon ortidan ketgan. Bartold «X asrdan to XIII asrgacha (Chan-Chungacha) bo‘lgan davrga tegishli Turkiston xayotini mufassal yorituvchi bironta ma’lumotga ega emas edik. Chan-chunning ma’lumotlari shu jihatdan mamlakatni o‘rganish uchun qimmatlidir» deb yozadi. Shu yerda V.V.Bartoldning tarixiy asari «Turkiston mo‘g‘ullar bosqini davrida» doktorlik dissertatsiyasiga ham to‘xtalib o‘tish zarur. Asarning kirish qismida muallif kitobining nomi mazmuniga to‘liq kelmasligini yozadi. Muallif maxsus tadqiqot uchun mo‘g‘ullar bosqini davri, O’rta Osiyo tarixining muhim davrini olgan. O’rta Osiyoning shundan avvalgi asrlar tarixiga esa o‘zining maqsadi uchun zarur bo‘lgani qadar murojaat qilmoqchi edi. Biroq, mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishuv muallifga o‘zigacha bo‘lgan tadqiqotchilarning manbalar bo‘yicha xulosalar qilmaganliklariii ko‘rsatdi. Ularsiz esa mo‘g‘ullar kelganda O’rta Osiyo qay ahvolda ekanligini aniqlash mushkul edi. Muallifning fikricha, bu kitob ilk bor O’rta Osiyo tarixini manbalar asosida, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga e’tibor berilgan holda yoritadi. Asar «Kirish», «To‘rtta bob va ilovadan iborat. «Kirish»— bu tarixshunoslik, u arab tarixchi va jug‘rofiyunlaridan tortib, to temuriylarning tarixchilarigacha bo‘lgan tarixshunoslarning O’rta Osiyo tarixiga bag‘ishlangan manbalarga bergan bahosi va tanqidiy sharhiga bag‘ishlangan. Monografiyaning birinchi qismida V. Bartold XI— XV asr tarixiy manbalari, tarjimalari va ko‘chirmalarini keltiradi. Ulardan eng muhimlari 29 quyidagilar: 1. Gardiziy (XI asr). «Zaynul-axbor». Matnda qo‘lyozmadan alohida ko‘chirmalar keltirilgan. Masalan: Xaris bin Surayj qo‘zg‘oloni, Amir bin Jamol, Tohir bin Abdulloh, Yaqub bin Lays va Amir bin Lays haqidagi ko‘chirma; Amirning lashkarini ko‘rikdan o‘tkazishi, fuqaro boshqaruvi haqidagi, somoniylar va ularning hukmdorligi, Ahmad bin Saxl haqidagi, Abu Ali Chag‘oniyning harakatlari; Surxon vohasidagi shaharlar, simjuriylar haqidagi; arab amirlarining Turkistonni olishi, Mahmud G‘aznaviy va qoraxoniylar to‘qnashuvi, Mahmudning Xorazmdagi harbiy harakatlari haqidagi. Mahmudning Qashqar xoni Qodirxon bilan uchrashuvi tasviri boshqa ko‘chirmalar shular chizmasidandir. 2. «Mujmal at-tavorix val-qisas». XII asrda yozilgan bu asarning muallifi noma’lum. Bartold undan Yofasning o‘g‘li Turkning vatani Issiqko‘l atrofidagi joy ekani xususidagi rivoyat va Sharq hukmdorlari unvonlarining ro‘yxatini keltiradi. 3. AlG‘arnotiy (XII asr). «Kitob tuhfat ul-albob va nuhbat ul-a’job». Balx yaqinidagi Xalifa Alining mozori deyiladigan qabrning ochilishi haqida hikoya qilinadi. 4. Insho (XII asr). Bu Rossiya imperiyasi ichki ishlar nozirligi huzuridagi Sharq tillari o‘quv bo‘limi fondidan olingan hujjatlardir. Biz uchun Bartold keltirgan quyidagi hujjatlar muhimdir: Sulton Sanjarning O’rta Osiyo xonlariga munosa-bati; Otsizning Sanjarga maktubi: Sanjar va Otsizning yozish-malari; Xorazm shohning xalifa muqtadirning vaziriga noma-si; El-Arslonning Samarqand xoniga nomasi; Otsizning Janddan O’rta Osiyo ichkarisiga yurishlariga oid hujjatlar; saljuq hukmdorining Bag‘dod vaziriga maktubi; Sanjar nomidan elchilik hujjati va boshqa hujjazglar. An-Nasafiy (XII asr). «Kitob al-qand fi tarixi Samarqand». Bu kitob Osiyo muzeyining qo‘lyozmalar fondidan Qadimgi Samarqand tarixidan manba sifatida juda qadimiy qimmatli qo‘lyozma. Aynan ana shu qo‘lyozma Samarqandning ilgari (Afro-siyobdan ham oldin) Navvodon kanali yuqorisida (bu kanal hozir ham bor, u chaqar-toshoxur, Darvozai Xo‘ja Ahror degan joylardagi yer osti bulog‘idan boshlanadi) joylashgan o‘rni haqida ma’lumotlar beradi. 6. As-Somoniy (XII asr). «Kitob al-ansob». U Osiyo muzeyi fondidan. Bu asarda Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari, Samar-Qand va Buxoro tumanlaridagi qishloq va joylarning, Samarqand va Buxorodagi ko‘cha va mahallalarning nomlari haqidagi ma’lumotlar, mintaqaning dindor va boshqa taniqli kishilari ro‘yxati berilgan. 7. Imodiddin Isfaxoniy (XII asr). «Xaridat al-qasr va jaridat al-asr». XII asrning eng muhim tarixshunoslik asarlaridan biri. Undan Barakotning «Lam at-tavorix» (unda 500— 1106, 1107 yillargacha bo‘lgan tarixiy voqealar bayon etilgan. Qo‘lyozma hozircha yetarli darajada o‘rganilmagan) asarining muallifi haqida mufassal ma’lumotlar topish mumkin. 8. Kotib as-Samarqandiy (XII asr). «A’rad as-siyasa fi ag‘rad ar riyasa». Arab tilidagi qo‘lyozma. Bartold bu asardan Sulton Sanjarning so‘zlarini («... xalqni qattiq itoatkor holda ushlash kerak»), Qilich Tamg‘o’hxon davridagi Ayyorbek qo‘zg‘oloni tafsilotlarini va u bilan xon o‘rtasida Mirzachoidagi bo‘lgan jang tafsilotlarini, Xuroson uchun jang va uning talon-toroj etilishi voqealarini tarjima qilib keltirilgan. Muhammad b. Muayyad Bag‘dodiy (XII—XIII asr). «Kitob at-tavassul ila tarassul». Unda 1182—1184 yillarga tegishli, Xo-razrushoh Takash hukmdorligi davri hujjatlari jamlangan. Ular orasida Takashning 1183 yilda G‘iyosiddin G‘uriyga yuborgan maktubi ham bor. 10. Muhammad b. Najib Baqron (XIII asr). «Jahonnoma». V. Bartold bu asardagi Issiqko‘l, Movarounnahr tog‘ boylikla-ri, O’rta Osiyo cho‘llari, qoraxitoylar haqidagi ijtimoiy-etnografik ma’lumotlardan foydalangan. Avfiy (XIII asr). «Jome’-ul hikoyot va jom’e ar-rivoyot». Bu asardan u Shaqiq b. Ibrohim Balxiyning O’rta Osiyoda Budda kohini bilan bo‘lgan uchrashuvi to‘g‘risidagi 30 hikoyasini, qoraxoniylar, ayniqsa, Ibrohim bin Nasr Tamg‘o’hxon haqidagi ma’lumotlarni, din islohotchisi Moh Afridning harakati va bu harakatning Abu Muslim yordamida bostirilishi haqidagi, Somoniylar va ularning Simjuriylar bilan to‘qnashuvi, Gurganjining Sha-hobiddin G‘uriy tomonidan qamal qilinishi, uyg‘ur va boshqa tur-kiy urug‘lar haqidagi ma’lumotlarni keltirgan. 12. Butxona. «She’rlar to‘plami». Bu yerda mutasavvif shoir Sayfiddin Boharziyning Chig‘atoy saroyi vaziri Qutbiddin Habash Amid (musulmon) ga nomasi keltiriladi. Noma muallifi oliy tabaqaning dindorlar faoliyatiga aralashayotgani xususida o‘z fikrini keskin bayon etadi, norozilik bildiradi. 13. Juvayniy (XIII asr). «Tarixi jahonkushoi». Xanikov shaxsiy jamg‘armasidan. Bu tarixshunoslik asaridan V. Bartold Chingizxon avlodi xususidagi ma’lumotlarni olgan. Bular: Chingizxon davlatining boshqaruv tuzilishi, Chingizxon o‘g‘illariga tegishli hudud chegaralari; mo‘g‘ullarni Kuchluq bilan kurashi; Xorazrushoh Muhammadning qoraxitoylar bilan kura-shining ayrim lavhalari; Xorazmdagi 1205/1208 yillardagi yer qimirlash, Xorazmdagi ayyorona harakatlar xususidagi ma’lumotlardir. 14. Rashididdin (XIII—XIV asr). «Jome’ at-tavorix». Unda O’rta Osiyodagi Chig‘atoy davlatidagi asosiy voqealar va ularning ishtirokchilari xususida juda ko‘p ma’lumotlar bor. Fikrimizcha, Rashididdin asarlariga berilgan baho diqqatga sazovor va u O’rta Osiyo tarixshunosligida alohida o‘rin egallaydi. Bu haqda keyingi faslda mufassal to‘xtalarniz. 15. Jamol Qarshiy (XIII—XIV asr). «Mulhaqat as-Suroh». Unda qoraxoniylarning islomni qabul qilishi, qoraxoniylarning Qashg‘ar tarmog‘i geneologiyasi (shajarasi), Olmaliqning turli shayxlari, mo‘g‘ul xonlari va ularning mahramlari (Mahmud Yalavo’h va uning o‘g‘li Ma’sudbek), Kuchlug‘ va boshqalar haqidagi ma’lumotlar bor. 16. Hamdulloh Qazviniy (XIV asr). «Tarixi Guzida». Muallif bu yerda shaxs Abu Sayyid Moyxoniyning ibn Sino bi-lan suhbatini ko‘rsatib o‘tadi, shayx Majididdin Bag‘dodiy, Najmiddin Kubro va Sadaddin Hamaviy to‘g‘risidagi ba’zi ma’lumotlarni keltiradi. V. Bartold foydalangan 16— 21- manbalar nazarimizda tarixshunoslik nuqtai nazaridan unchalik katta ahamiyatga ega emas. Biroq, muallifning keyingi foydalangan manbalari alo-hida e’tiborga loyiq. Ular jumlasiga quyidagi asarlarni kiritish mumkin: 1. «Shajarat alatrok» yoki «Ulus arba’ Chingiziy». («Turklar shajarasi» yoki «Chingiziylarning to‘rt ulusi»). Muallifi noma’lum (Ulug‘bek yozgan deyishadi). Bu yerda Chingizxonga o‘g‘li Jo‘jining o‘limi haqidagi xabar qanday yetkazilgani haqidagi she’riy hikoya va boshqa ma’lumotlar bayon qilingan. 2. Isfizoriy (XV asr). «Kitob Rauzat-ul-jannat fi avsof al-madinati Hirot» («Hirot shahridagi jannat ravzasi»). Bu yerda Mo‘g‘ulistonga olib ketilgan Hirot hunarmandlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor. 3. Ahmad b. Muhammad Mo‘yin-al-fuqaro (XV asr) «Kitobi Mulla-zoda». Kitobda Buxoro shayxlari va imomlari haqida bio-grafik ma’lumotlar, Buxoro sadrlari shajarasi haqida va boshqa ma’lumotlar bor. Tuzuvchining Sharq manbalari bilimdoni sifatida jahon kitob markazlaridan uzoqda ishlagani holda qo‘liga tushgan va Ovrupo, Sharq, Rusiya, O’rta Osiyo kitobxonalarida ko‘rgan barcha ma’lumotlarini sinchiklab to‘plaganini tan olmoq kerak. Sharq va O’rta Osiyo olimlarining tarixiy va adabiy-tarixiy asarlari hali topilmagan edi, ko‘plari Ovruponing turli qo‘l yetmas joylarida saqlanardi. Shunga qaramay V. V. Bartoldning Sharq muarrixlari asarlarini to‘plash bo‘yicha bajargan ishlari O’rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganish, tarixshunoslikni tiklash uchun o‘ta muhim ahamiyatga egadir. RAShIDIDDINNING “JOME’ AT-TAVORIX” va «YOZISHMALAR» TARIXShUNOSLIGI. XIII asr oxiri — XIV asr boshlarida chingiziylar saroyida yashagan yirik tarixchi olim va siyosiy arbob Rashididdinning hayo-ti va ijodi mo‘g‘ullarning Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlaridagi Hukmronligi davri bilan bog‘liqdir. Fazlulloh Abul-Hayr RaShididdin Hamadoniy 1240—1247 yillar orasida Hamadonda unchalik mashhur bo‘lmagan tabib-olim o’llasida dunyoga kelgan. U Abakaxon hukmdorligi (1265—1282) davrida davlat xizmatiga kiradi va G‘ozonxon (1295—1296) hukmdorligi davrida saroy tabibi vazifasini egallaydi. Rashididdin ma’rifatli kishi bo‘lib, ko‘p tillarni o‘rgangan, adabiyot va she’riyat nafosatini tushunar, tarixiy asarlarni yaxshi bilardi, tibbiyot, haidasa va falakiyot ilmlaridan yaxshi xabardor edi. U ayniqsa ilohiyot ilmi bilimdoni sifatida mashhur edi, Fazlo‘lloh 1298 yili vazir etib tayinlanadi. U Xulagiy davlatining boshqa vazirlaridan farqli o‘laroq, kuchli markaziy hokimiyatning zaruriyatini chuqur his qilgan hukmdor sifatida aniq siyosiy yo‘nalishda ish olib bordi. Rashididdin 19 yil hokimiyat tepasida bo‘lib, o‘z sinfining tub an’analariga sodiq qoldi. U feodal jamiyatning markazlashgan davlat hokimiyati uchun izchil kurashdi. Ammo, afsuski, umrini fojiali tugatdi. «Markazlashtirish siyosati» jamiyatning feodal ravaaqi yo‘nalishida eski vaqtlardagidek tayanch topa ol-madi». Hukmdor madadidan mahrum bo‘lgan Rashididdin 1317 yili iste’fo berdi, bir yildan so‘ng esa dushmanlari uyushtirgan fit-na qurboni bo’ldi. U sulton Uljaytuni zaharlashda ayblanib, o‘g‘li, sulton soqiysi Ibrohim bilan 1318 yilning 18 iyulida qiynab oidirishga, mol-mulki musodara qilinishga hukm etiladi. Tabrizda ular qurgan, asosan hunarmandlar, muqovachilar, xattotlik va yozuv qurollari yasovchi ustalar yashaydigan Rashidiy mahallasi buzib tashlanadi. Ammo tasodifgina uni qatl etilishdan saqlab qoldi, Rashididdin 10 yil o‘tgach oqlandi, o’llasiga mol-mulkining bir qismini qaytarishdi. Ug‘li G‘iyosiddin vazir bo’ldi va otasining siyosiy yo‘lini davom ettirishga urinib ko‘rdi. Rashididdin esa Xulagu naslidan bo‘lgan G‘ozonxonning buyrug‘i va taqdir taqozosi bilan tarixchiga aylandi. Keyinchalik «shunday asarlar yaratdiki, bu asarlar uning nomini asrlar osha saqlab qoldi». «Jome’ at-tavorix» bugungi kunda haqli ravishda ko‘p mamla-katlarda uzoq hukmronlik qilgan ko‘chmanchi mo‘g‘ullarning maishiy hayoti va ijtimoiy-siyosiy tarixi bo‘yicha eng kuchli manbalardan biri hisoblanadi. Forscha manbalar ichida bunga teng asar yo‘q. «Jome’-at-tavorix» da boy ma’lumotlar asosida mo‘g‘ullarning ko‘chmanchi turmushi, marosimlari, urf-odati va fe’li, ma’na-viyati, qonunlari haqida yorqin hikoya qilinadi. Rashididdinning bu shoh asarida o‘troq xalqlar hayoti, xo‘jalik-iqtisodiy turmushi, ko‘chmanchi va o‘troq turmush tarzlari o‘rtasidagi ziddiyatlar ham o‘z ifodasini topgan. «Jome’-at-tavorix» da ko‘chmanchi feodallar hukmronligi ostida qolgan, «asosan o‘troq aholili ko‘p mamlakatlarning iqtisodiy, xo‘jalik va siyosiy tarixiga oid ancha mufassal ma’lumotlar keltiriladi». Tarixshunoslik jihatdan Rashididdin asarini chuqur o‘rgan-gan kishi rus olimi I. N. Berezin edi. Bu sharqshunos butun umrini Rashididdin merosini o‘rganishga bag‘ishladi. I. N. Berezin fors tilidagi nashrlarning asosiy noshiridir. U «Jome’-at tavorix»ning birinchi jildi (Chingizxon hukmdorligi davri tarixi), shuningdek, «turkiy va mo‘g‘ul ko‘chmanchi qabilalari» tarixini o‘z ichiga olgan qismlarining tarjimonidir. Biroq, I. N. Berezin hayotligi davrida asar qo‘lyozmasining eng yaxshi, Toshkent va Istambul nusxalari ma’lum emas edi va shu bo’ls, ismlar, turkiymo‘g‘ul iboralari, jug‘rofiy, tarixiy-toponimik iboralar aniqlashtirishni talab qilardi. Shu bilan birga I. Berezining forscha matni va ruschaga tarjimasi hozirda ham bibliografik jihatdan nodir hisoblanadi. Buning ustiga uning nashri to‘liq emas edi. Shu bo’ls 1936 yildayoq SSJI Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik ilmgohi «Jome’- at-tavorix» forscha matni va ruscha tarjimasining qayta ko‘rib chiqilgan nashrini bosmaga tayyorlay boshladi. 1—139-betlarni prof.A.Romaskevich, 140—231- betlarni filologiya fanlari nomzodi L.Xechaturov va nihoyat, 232- betdan asarning oxirigacha bo‘lgan qismini yetuk sharqshunos, irofessor A.Alizoda tayyorladi. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, tanqidiy matn birinchi jildining I va II qismlari hamda ruscha tarjima matni 1941 yilgachayoq professor A.A.Romaskevich tomonidan oldindan tahrir qilingan edi. Rashididdin «Jome’-at-tavorix» elxonlarga bo‘ysunuvchi mamlakatlar ijtimoiyiqtisodiy ahvoliga oid juda ko‘p ma’lu-motlarni o‘z ichiga oladi. Bu sohada XIII—XIV asrning bironta ham tarixchilik asari u bilan tenglasholmaydi. Uning asaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, XIII asrdagi dehqonchilik, yerdan foydalanish tartibi, soliqlar va ularni undirish usullari, dehqonlarning to‘lovlari va mamlakatning iqtisodiy ahvoli xususida bemalol fikr yuritish mumkin. Rashididdinning bu asari, V.Bartoldning iborasicha, o‘rta asr fors tarixshunosligining «so‘nggi so‘zi» mana 150 yildirki, tadqiqotchilarni o‘ziga tortib keladi, uning to‘g‘risida ko‘plab asarlar bitiladi. Bu asarni o‘rganish va nashr etish bilan buguk ham butun jahon shug‘ullanayapti «yilnomalar majmuasi» bilan bir qatorda Rashididdinning «Yezishmalar»i ham Yaqin va O’rta Sharq va O’rta Osiyoning XIII—XIV asr boshi tarixini o‘rganishda katta manbadir. Bu manba tarixshunosligi unchalik kuchli emas. Gap shundaki, «Yozishmalar» muallif o‘lgach, 1327—1336 yillar orasida uning o‘g‘li G‘iyosiddin Muhammad Rashidiyning urinishlari oqibatida kitob-ga aylandi. Vazirning topshirig‘iga, ko‘ra, Rashididdinning sobiq shogirdi Muhammad Abarko‘xiy bu to‘plamni tuzishga kirishdi. Rashididdin maktublari Sharqqa keng tarqaldi. E.Braunning shaxsiy kolleksiyasidan shu narsa anglashiladiki, bu xatlar XIV— XV asr chegaralarida ham, keyingi asrlarda ham qayta ko‘chirib olingan. Sovet tarixchisi I.Petrushevskiyning guvohlik berishicha, «Yozishmalar» «yilnomalar majmuasi» ga o‘xshab ketadi va ularda o‘sha davr rasmiy hujjatlari uchun xos bo‘lgan iboralar bir xil shaklda uchraydi. «Yozishmalar» tarixi uchun yana shuni ta’kidlash zarurki, XV asr oxirida Temuriylar saroyidazu ma’lum edi va shu bo’ls, uning bir necha xatlarini Sayfuddinxo‘ja ibn Nizom Oqiliy o‘zining tarixiy asari «Asar al-vuzaro»— barcha davrlarning eng mashhur vazirlariga bag‘ishlangan kitobiga kiritdi. Bu asar 1473 yili Sulton Husayn Boyqaroning vaziri uchun yozilgan edi. Ovrupoda «Yezishmalar» kitobi XIX asr boshlarida ma’lum bo’ldi. Fransuz diplomati va sharqshunosi J. L. Russo (1780— 1831) oldin Bag‘dod, so‘ng xalab va Tripolida bosh konsul bo‘lib ishlagan vaqtida Xalabdan Sharq qo‘lyozmalarini olib ketdi va 1817 yili Parijda ularning katalogini e’lon qildi. Ikki yildan so‘ng, ya’ni 1819 yilda Rossiya"imperiyasi fanlar akademiyasi bu kolleksiyani sotib oldi va yangi tashkil etilgan Osiyo muzeyiga sovg‘a qildi. «Russoning birinchi kolleksiyasi» ichida besh yuztacha arab, fors va turkiy qo‘lyozmalar mavjud edi. Ular orasida Rashididdinning «Yozishmalar» asari ham bor edi. (Qarang: Munshaoti Rashidiy, hozir bu qo‘lyozma mamlakat Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik ilmgohining Leningrad bo‘limida, № 938 raqmi ostida saqlanmoqda (Russo kolleksiyasi). «Munshoat» haqida XIX asrda ham, XX asrda ham ko‘p yozilganiga qaramay, nechundir asar I. N. Berezinni, E. Blosheni va hatto V. Bartoldni o‘ziga jalb qilmagan. Yuz yil o‘tgachgina, Sharqda sotib olingan bu asarning
ikkita qo‘lyozmasi A.Xoutum-Shindler tomonidan Angliyaga keltiriladi. Qo‘lyozma 1919 yili Edvard Braun qo‘liga tushadi va o‘sha yili oktyabridayoq asar mazmuni e’lon qilinadi. Natijada asar dunyoga tanildi. E. Braunning fikricha, unga tegishli bu qo‘lyozma g‘oyat noyob edi. 1920 yili E. Braun mo‘g‘ullar bosqini davridagi fors adabiyoti tarixi bo‘yicha kitob nashr qildi. Bu kitobda Rashididdin-ning barcha 53 maktubi mufassal bayon qilingan edi. Braun keyin-chalik qo‘lyozmaning o‘zidan emas, balki o‘sha davrda Kembrijda yashovchi hind sharqshunosi Muhammad Shafiy qo‘lyozmadan tanlab tayyorlagan parchalardan 33 foydalandi. Usha yillari M. Shafiy Rashididdinning «Yozishmalar» i tarjimasini tayyorlagan bo‘lsa-da, biroq u 1955 yilda ham nashr etilmadi. Rashididdinning «Yozishmalar»i tarixini o‘rganishning keyin-gi bosqichi 20- yillarning o‘rtalarida Eron filologi Vohid Dastgiriy tomonidan uning bir necha xatlarining «Armug‘on» jaridasida bosilishi bo’ldi. Bu jaridada Eronda saqlanayotgan qo‘lyozma asosida Rashididdinning bitta katta xati e’lon qilindi. 30- yillarning boshlarida esa Eron sharqshunosi o‘zining keng ko‘lamli «Tarixi muffasali Eron» («Eronning mufassal tarixi») asarini e’lon qildi. Vohid Dastgariy bu asardan foydalanibgina qolmay, balki uning manba sifatidagi tarixiy ahamiyatini ko‘rsatdi. 1940 yili Muhammad Shafiyning yangi kichikroq maqolasi e’lon qilindi. O‘nda muallif Rashididdin maktublarining qimmatini yana ta’kidlaydi va Hindistonga tegishlilarini tahlil qiladi. 40-yillarda birin-ketin A.Alizoda, I.Petrushevskiylarning ingliz eronshunosi R.Leviga qarshi (1946 yili u asossiz Rashididdinning «Yozishmalari»ni XV asrning hindcha yasarnasi deb e’lon qilgan edi) maqolalari paydo bo’ldi. Bu bahsga Lahordagi sharqshunoslik kolledji boshlig‘i M. Shafiy 1947 yili ushbu tarixiy yodgorlik matnini e’lon qilgach, nuqta qo‘yildi. M. Sha-fiy «Yozishmalar» ni ko‘plab izohlar bilan boyitdi. M. Shafiyning nashri bilan deyarli bir paytda, 1948 yilda Tabrizda 17-maktubning to‘la matni va Rub’i Rashidiy, ya’ni Rashididdin Tabrizda qurgan mahallaga bag‘ishlangan 18-maktubning qisqartirilgan matni muallif Xusayn Nahjuvoniy tomonidan e’lon qilindi. Bu parchalar Tabriz bibliofili Muhammad Nahjuvoniy kutubxonasidagi qo‘lyozmaga asosan chop etilgandi. Maqola ,muallifiga «Yozishmalar» ning Lahordagi nashri ma’lum emas, biroq ular matni mos keladi. Ayrim o‘rinlarda ular M. Shafiyning Lahor nashri bilan Leningrad qo‘lyozmasi o‘rtasidagi tafovutlarni qaytaradi. M. Shafiy nashrida tushib qolgan o‘rinlar 1950 yilda «Donish» jurnalida bosilgan Rashididdinning «Yozishmalar» idan parchalarda toidirilgan edi. Asrimizning 60-yillari «Yozishmalar» tarixshunosligi ravaa-qi yillari bo’ldi. 1956 yili A.Alizodaning kitobi, I.Petrushevskiyning XIII—XIV asrdagi Eron qishloq xo‘jaligi haqidagi maqolasi, A.Falina va R.Kiknadze asarlari e’lon qilindi. «Jome’attavorix»—«yilnomalar majmuasi» ning mashhur noshiri professor Karl Yan 1963 yilda, Amerika sharqshunosi X.Shurman 1953 yilda e’lon qilgan asarlarida «Yozishmalar»ning mo‘g‘ullar davri soliqchilik iboralari, O’rta asrdagi Eron va O’rta Osiyo dehqonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Xullas, hozir Rashididdin «Yozishmalar»ining 13 nusxasi ma’lum. Ulardan sanalgani va ro‘yxatga olingani sakkizta. Mo‘g‘ullarning O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq va unga tutash mamlakatlardagi hukmronlik davri manba va tarixshunoslikka juda boy. Bu davrda juda ko‘p yirik asarlar yaratildi. Vardan Kirokatsi, Nasaviy, Juvayniy, Ibn Asir, Hamdulloh Qazviniy, Vassofiylar nomi juda mashhur edi. Ularning hammasi yoriti-layotgan vaqealarning nafaqat guvohi, balki qatnashchilaridir, shu bo’lsdan ular yaratgan asarlarning o‘ziyoq o‘sha davrning tarixiy hujjatlari bo‘la oladi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari uchun Mo‘g‘ul xoni saroylarida yozilgan tarix bilan O’rta Osiyo, Sharq, Kavkaz orti xalqlari vakillari birinchi navbatda arab, o‘rta osiyolik, arman, suriyalik tarixchilar yozgan tarixni qiyoslash, ovrupolik sayohatchilar va elchilar keltirgan ma’lumotlar bilan tanishib, xulosalar chiqarish imkoni bor. Mo‘g‘ul istilochilari davri manbalarga qanchalik boy bo‘lmasin «Jome’ attavorix» va «Yozishmalar» ular orasida o‘ziga xos alohida o‘rin egallaydi. Rashididdinda tabiblik, botanik, tarixchi, ilohiyotchi, shoir, davlat arbobi va siyosatchining g,xislatlari mujassamlashgan edi. G‘ozonxonning topshirig‘ini bajarib, u tarixchi sifatida «Iilnomalar majmuasi» ni yaratdi. «Yozishmalar» da esa Rashididdin qiyofasida buyuk vazirni ko‘ramiz, bu yarim shaxsiy, yarim rasmiy yozishmalar o‘zi-o‘ziga guvohlik berib turibdi, bu maktublardan o‘sha davr rasmiy taradshdan topilmaydigan ma’lumotlarni topamiz. Shu bilan birga bu ikki asar birbiri bilan tutash, ko‘p tomonlama bir-birini toidiradi. «Yozishmalar» ko‘p manbalarda yo‘q ma’lumotlarni beradi va o‘sha davr tarixiy asarlarida ijtimoiyiqtisodiy hayotning yo‘l-yo‘lakay aytib o‘tib ketiladigan tomonlari, hodisalari mohiyatini ochib tashlaydi.
Rashididdinning barcha 53 maktubi kimning kitobida mufassal bayon qilingan edi?
a.
A.Alizoda
b.
M. Shafiiy
c.
E.Braun
d.
M.Boys
Tanlovimni oʻchirish
Question 2
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Beruniyning "Osor ul - boqiya" asari kimga bag’ishlangan edi?
a.
Maxmud G’aznaviyga
b.
Amir Temurga
c.
Vushmagirga
d.
SHox Ma’sudga
Tanlovimni oʻchirish
Question 3
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
SHarafuddin Ali Yazdiyga "Zafarnoma" asarini yozishga xomiylik qilgan shaxsni aniqlang?
a.
Mirzo Muhammad
b.
Mirzo Ulug’bek.
c.
Alisher Navoiy
d.
Ibroxim Sulton.
Tanlovimni oʻchirish
Question 4
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
Barcha davrlarning eng mashhur vazirlariga bag’ishlangan Sayfuddin xo’ja Oqiliyning kitobi qanday nomlangan?
a.
Osor -ul boqiya
b.
Asar ul vuzaro
c.
Yozishmalar.
d.
Malik ush - shuaro.
Tanlovimni oʻchirish
Question 5
Hali javob berilmagan
Marked out of 1.00
Flag question
Question text
"Musulmon uyg’onish davri" asarini ishlab, 1922 yilda chop ettirgan shaxsni aniqlang?
a.
Ranke
b.
Margolius
c.
Rekendorf
d.
Bukxard
Do'stlaringiz bilan baham: |