1. mavzu: tarixiy geografiyaning vazifalari, shakllanishi va taraqqiyoti. Reja



Download 50,97 Kb.
bet9/12
Sana02.01.2022
Hajmi50,97 Kb.
#306127
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Ma'ruza

Mavzuga doir manba.

...Farg'ona viloyati beshinchi iqlimdindur. Ma'muraning kanorasida voqe bo'lubtur. Sharqi Qoshg'ar, g'arbi Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi tog'lar, shimolida agarchi burun shahrlar bor ekandur, misli: Olmoliq va Olmotu va Yangi kim, kutublarda Tarozkent bitirlar, mo'g'ul va o'zbek jihatdin bu tarixda buzulubtur, aslo ma'mura qolmabdur. Muxtasar viloyattur, oshhq va mevasi farovon. Girdogirdi tog' voqe bo'lubtur. G'arbiy tarafidakim, Samarqand va Xo'jandbo'lg'ay, tog' yo'qtur. Ushbu jonibtin o'zga hech jonibtin qish yog'iy kela olmas. Sayhun daryosikim, Xo'jand suyig'a mashhurdur, sharq va shimoliy tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o'tub, g'arb sori oqar, Xo'jandning shimoli Fanokatning janubi tarafidinkim, holo Shohruxiyag'a mashhurdur, o'tub yana shimolg'a mayl qilib, Turkiston soru bomr. Turkistondin xeyli quyiroq bu daryo tamom qumg'a singar, hech daryg'a qotilmas.

Yetti рога qasabasi bor; beshi Sayhun suyining janub tarafida, ikki shimoli jonibida. Janubiy tarafidagi qasabalar bir Andijon-durkim, vasatta voqe bo'lubtur, Farg'ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig'i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lur. Qovun malialida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Andijon-liing noshpotisidan yaxshiroq noshpoti bo'lmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo'rg'onidin so'ngra mundin ulug'roq qo'rg'on yo'qtur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe bo'lubtur. To'qquz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yerdin ham chiqmas. Qal'aning girdo-girdi xandaqning tosh yoni sangrezalik shohroh tushubtur. Qal'aning girdo-girdi tamom mahallottur. Bu mahalla bila qal'ag'a fosila ushbu xandaq yoqasi-dog'i shohruhtur. Ovi qushi dog'i ko'p bo'lur, qirg'ovuli behad semiz bo'lur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir qirg'ovulni uskunasini to'rt kishi yeb tugata olmaydur. Eli turkdur. Shahar va bozorisida turki bilmas kishi yo'qtur. Elining lafzi qalarh bila rosttur.

...Yana bir O'sh qasabasidur. Andijonning sharqi janubiy tarafidur, sharqqa moyil. Andijondin to'rt yig'och yo'ldur. Havosi xo'p va oqar suyi farovondur. Bahori bisyor yaxshi bo'lur. O'shning fazilatida xeyli ahodis vorid bo'lubtur. Qo'rg'onning sharqijanubiybirmavzuntog' tushubtur, Baroko'hg'a mavsum.

...Yana bir Marg'inondur. Arnjonning g'arbidadur, Andijondin yetti yig'och yo'ldur. Yaxshi qasaba voqe bo'lubtur, pur ne'mat: anori va o'rugi asru ko'p xo'p bo'lur. Bir jins anor bo'lur, «dona kalon» derlar, chuchukligida zardolu mayxushlig'idin andak choshni bor. Samnon anorlarig'a tarjeh qilsa bo'lur. Yana bir jins o'rukbo'lurkim, donasini olib, ichiga mag'z sohb quruturlar, «subhoniy» derlar, bisyor lazizdur. Ovi qushi yaxshidur, oq kiyik yovuqta bo'lur. Eli sorttur va mushtzan va pursharu sho'r eldur. Jangaraliq rasmi Movarounnahrda shoye'dur, Samarqand va Buxoroda nomdor jangaralar aksar Marg'inoniydur. Sohibi «Hidoya» Marg'inonning Rushdon othq kentidindur.

Yana bir Isfaradur, ko'hpoyada voqe bo'lubtur. Oqar suvlari, safoliq bog'chalari bor. Marg'inonning g'arbijanubidadur. Marg'inon bila Isfara orasi to'qquz yig'och yo'ldur. Musmir daraxtisi bisyordur, vale bog'chalarida aksar bodom daraxtidur. Eli tamom sort va ko'hiydur. Isfaraning bir shar'isida janub sort pushtalarning orasida bir parcha tosh tushubdur, «Sangi oyina» derlar, uzunlig'i taxminan o'n qari bo'lg'ay, balandlig'i ba'zi yeri kishi bo'yi, pastlig'i, ba'zi yeri kishining belicha bo'lg'ay, oynadek har nima mun'akis bo'lur.

Isfara viloyati to'rt bo'luk ko'hpoyadur: bir Isfara, yana bir Vorux, yana bir So'x, yana bir Hushyor. Muhammad Shayboniyxon Sulton Mahmudxon bila Olachaxong'a shikast berib, Toshkand va Shohruxiyani olg'on mahalda, ushbu So'x bila Hushyor ko'hpoyalarig'a kelib, bir yilga yovuq tanqislik bila o'tkarib, Kobul azimati qildim.

Yana bir Xo'janddur. Andijondin g'arb sorig'a yigirma besh yig'och yo'ldur. Xo'janddin Samarqand ham yigirma besh yig'och yo'ldur, qadim shaharlardindur. Shayx Muslihiddin va Xoja Kamol Xb'jandtindurlar.

Mevasi farovon va bisyor yaxshi bo'lur. Anori yaxshiliqqa mashhurdur. Nechukkim, «sebi Samarqand» derlar va «anori Xo'jand» derlar. Vale bu tarixda Marg'inon anori ko'p ortuqdur.

Qo'rg'oni baland yerda voqe bo'lubtur. Sayhun suyi shimol jonibidin oqar. Qo'rg'ondin daryo bir o'q otimi bo'lg'ay. Qo'rg'on bila daryoning shimol tarafida bir tog' tushubtur. Munug'il otaliq, derlarkim, bu tog'da feruza koni va ba'zi konlar topilur. Bu tog'da bisyor yilon bor.

...Yanabir Kosondur. Axsining shimohda tushubtur. Kichikroq qasabadur. Nechukkim Andijon suyi O'shdin kelur, Axsi suyi Kosondin kelur. Yaxshi havoliq yerdur. Safoliq bog'chalari bor.


Download 50,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish