1-Mavzu: Tarixiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti



Download 43,41 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi43,41 Kb.
#452863
Bog'liq
Tarixiy geografiya vazifalarim 1


1-Mavzu: Tarixiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti
 Reja:
1. Tarixiy geografiya fanining maqsad va vazifalari? uning asosiy bo'limlari
2. Tarixiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va geografik tadqiqotlarga bag'ishlangan asarlar
3. Tarixiy georafiya qanday yordamchi fanlarga asoslangan
1.Tarixiy geografiyaning vazifalari. Tarixiy geografiyaning asosiy bo‘limlari
Biz umumta’lim maktablarida O‘zbekistonning, dunyoning tabiiy, iqtisodiy, siyosiy va aholi geografiyasini o‘rganamiz. Xo‘sh, tarixiy geografiya ulardan nimasi bilan farqlanadi?
YUqorida ko‘rib chiqqanimizdek, tarixiy geografiya fani to‘g‘risida XX boshlariga qadar ilmiy adabiyotlarda aniq tasavvur mavjud emas edi. G‘arbda ham Rossiya, qolaversa, O‘zbekiston tarix va geografiya fanida ham bu sohada hozirga qadar turli qarashlar mavjud. Vaholanki, qadimdan toki hozirgi kungacha yaratilgan ko‘plab tarixiy asarlar mazmunini tarixiy-geografik ma’lumotlar tashkil etadi.
Hozirda tarixchi va geograf olimlar tarixiy geografiya bilan tarix o‘rtasidagi farqni juda yaxshi tushunadilar. Geografiya tarixi (ko‘pincha uni geografik bilimlar tarixi ham deb atashadi) geografik kashfiyotlar va sayohatlar, shuningdek, geografik tasavvurlar, umuman ajdodlarimizning geografik dunyoqarashlari tarixini o‘rganadi. Tarixiy geografiya fani esa o‘tmishni geografiya bilan bog‘lab o‘rganadi. SHu tariqa zamonaviy geografiya va tarixiy geografiya bitta ob’ektni farqli jihatlarda tadqiq etadi. Zamonaviy geografiya mazkur ob’ektni hozirgi holatini o‘rgansa, tarixiy geografiya uning o‘tmish tarixidagi o‘zgarishlarini tahlil qiladi. Hatto nomidan ham bilinib turibdiki, bu fan o‘tmish davrning geografiyasini o‘rganuvchi fandir. Bu fan “geografiya tarixi” fanidan farqli o‘laroq (geografiya tarixi fani geografiya fanining paydo bo‘lishidan to rivojlanishiga qadar o‘rganadi) jamiyatning turli davrlarida rivojlanish sharoitini o‘rganuvchi aniq geografiyaning tashkil etadi. Tarixiy geografiya alohida tumanlardagi ishlab chiqarishning turli davrlarda o‘sishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtiradi. YOki tarixiy voqea-hodisalarning bo‘lib o‘tgan joylarini, geografik shart-sharoitlarini tahlil qiladi. Tarixiy geografiya fani muammolarini tarix fani o‘rganadi, ammo shu bilan birga uni geografiya fanidan ham ajratib bo‘lmaydi, chunki geografiya fanida ochilayotgan yangi ilmiy ma’lumotlar tarixiy geografiya fani uchun muhimdir. Tarixiy geografiya fanining materiallari tarixiy kartografiya fanining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tarixiy geografiya fanining rivojlanishi esa tarix fanining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Tarixiy geografiya tarixiy bilimlarning asosiy tarmog‘i bo‘lib, usiz tarixiy jarayonlar geografiyasini o‘rganib bo‘lmaydi. Tarixiy geografiyasiz tarix haqidagi tasavvurimiz to‘liq va mukammal shakllanmaydi.
Geografiya fanining muammolari tarixiy geografiya fani oldida turgan muammolar bo‘lishi mumkin, ammo o‘tmishning aniq geografiyasi bo‘lishi mumkin emas. Tarixiy geografiya o‘tmish tarixning aniq geografiyasini o‘rganadi.
Demak, tarixiy geografiya fani tarix fanlari sirasiga kirib, insoniyat tarixini o‘tgan davrlar geografiyasini o‘rganadi. Bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarning tarixini haqiqiy baholash uchun o‘sha davrning tarixiy geografiyasini yaxshi bilish kerak. Bu O‘zbekiston, qolaversa, O‘rta Osiyo tarixini ob’ektiv, ilmiy asoslangan holda o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy geografiya zamonaviy geografiya kabi o‘z bo‘limlariga ega bo‘lib, asosan, to‘rt yirik bo‘limdan tashkil topgan:
1. Tabiiy-tarixiy geografiya.
2. Aholi tarixiy geografiyasi.
3. Xo‘jalik (tarixiy-iqtisodiy) geografiyasi.
4. Siyosiy-tarixiy geografiya.
So‘nggi bo‘limga ichki va tashqi chegaralar geografiyasi, siyosiy ma’muriy bo‘linishlar, shaharlar va qal’alar joylashishi, shuningdek, tarixiy voqealar, harbiy yurishlar yo‘nalishlari, muhorabalar kartalari, milliy-ozodlik harakatlari geografiyasi ham kiradi.
Tabiiy-tarixiy geografiya esa o‘tgan bir necha ming yillar davomida deyarli o‘zgarishsiz qolgan. Kishilik jamiyati, insoniyatssivilizatsiyasining rivojlanishi uchun tabiat o‘zgarishlarini o‘rganish muhimdir, chunki daryolar o‘zanining o‘zgarishi, vodiylarning yo‘qolib ketishi, sug‘orish tizimlarining paydo bo‘lishi, ko‘l va dengizlar chegaralarining o‘zgarishi, o‘rmonlar hayvonot dunyosi ba’zi turlarining yo‘q bo‘lib ketishi insoniyat tarixini o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omil bo‘lishi mumkin.
Qadimdan aholi qulay geografik shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan hududlarda istiqomat qilib kelgan. Jumladan, Qadimgi Misr aholisi uchun Nil, Xitoy uchun Xuanxe va YAnszi, Ikki daryo oralig‘idagi xalqlar uchun Dajla va Frot, O‘rta Osiyo aholisi uchun esa Amudaryo va Sirdaryoning qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini alohida keltirish mumkin. Tabiiy geografiya ma’lum bir hududda aholining kelib joylashishi yoki u erlarni tark etishiga ham sabab bo‘ladi. Bularning barchasini tabiiy-tarixiy geografiya bo‘limi tadqiq etadi.
Ma’lum bir mintaqa yoki davlatning aholisi, u joylashgan hududlar, aholining etnik tarkibi va soni kabi masalalarni aholi tarixiy geografiyasi o‘rganadi. Davlatning taraqqiy etishida aholining va ishlab chiqaruvchi kuchlarning soni hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi.
Agar biror davlatning tarixini o‘rganmoqchi bo‘lsak, tarixiy-iqtisodiy va xo‘jalik geografiyasini o‘rganishimiz ham kerak bo‘ladi. CHunki iqtisodiy munosabatlar va xo‘jalik turlarining mukammalashib borishi, savdo-sotiqning taraqqiy etishi natijasida jamiyatlarning ham rivoji kuzatiladi yoki aksincha.
Tarixiy geografiyani o‘rganish mobaynida turli xil muammolarga duch kelishimiz mumkin. Masalan, X-XII asrlarda qoraxoniylar davlati hududlarining o‘zgarib turishi, XVII-XVIII asrlarda ashtarxoniylar davlati chegaralarining o‘zgarib turishi, Amir Temur davridagi muhim voqealar bo‘lib o‘tgan joylar, XIII-XIX asrlardagi hozirgi AQSH hududlarida aholining yoyilishi va joylashishi, XVIII asrning ikkinchi yarmi-XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi Qo‘qon va Xiva xonliklarining asosiy savdo yo‘llarining yo‘nalishlari, chor Rossiyasi mustamlakasi bo‘lgan Turkistonning siyosiy-ma’muriy ishlari kabi muammolardir.
Biror davlatning iqtisodiy va siyosiy tarixiy geografiyasini o‘rganishda avvalo mazkur davlatning iqtisodiy va tarixiy geografiyasini rivojlanishini ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, O‘rta Osiyo, AQSH, Rossiya imperiyasi, Fransiya, Xitoy, Germaniya, Hindiston va boshqa davlatlarning XVIII asrdan XX asrning boshigacha bo‘lgan davrdagi tarixiy geografiyasini o‘rganishda siyosiy va iqtisodiy geografiya elementlarini birinchi bo‘lib o‘rganib chiqish kerak. Bular - aholi soni, uning milliy tarkibi, aholining joylashishi, uning qaysi hududlarda yashaganligi, davlatlar chegarasi, hududdagi ichki ma’muriy tuzilishlardan iborat bo‘lishi mumkin. Muammoning eng qiyin tomoni - bu o‘rganilayotgan hududning iqtisodiy geografiyasiga oid ko‘rsatkichlarning qayd qilinishi, ya’ni ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishini ko‘rsatishdir.
SHundan so‘ng iqtisodiy va siyosiy geografiyaning asosiy o‘zgarishlari tahlilini qilish mumkin. Bunga masalan, AQSHda 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davri, chor Rossiyasidagi islohotlargacha va islohotlardan keyingi davrlar, Germaniyaning qo‘shilishidan oldingi va keyingi davrlar kiradi.
Tarixiy geografiya fanining muhim vazifalaridan biri bu - o‘tmishdagi davlatlar siyosiy chegaralarini, tarixiy voqealar bo‘lib o‘tgan joylarni aniqlash, shaharlar topografiyasini o‘rganishdan iborat. Tarixiy geografiyaning bu qismi siyosiy voqealar, urushlar bayoni va ularning davlatlar chegaralarini o‘zgarishidagi o‘rnini, hukmdorlar faoliyatini o‘rganish bilan uzviy bog‘liqdir. Bunda voqea-hodisalarni chuqur anglab etish uchun tarixiy geografiya juda kerak. Masalan, urushlar va ularning oqibatlarini to‘liqroq tushunish uchun qo‘shinlar harakati, jangning borishi va bo‘lib o‘tgan joylarini o‘rganish kerak bo‘ladi. Bu jihatdan tarixiy geografiya bir qator tarixiy fanlar - paleografiya, xronologiya, metrologiya va geralьdika kabi fanlar qatorida turadi. SHuningdek, tarixiy geografiyaning mazmuni, ayniqsa hozirgi zamon nuqtai nazaridan qaraganda kengroqdir. U ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, milliy-ozodlik harakatlarini kengroq o‘rganadi. Tarixiy geografiyani tarixiy jarayonlarni o‘rganuvchi keng mazmunli tarix fanining bir bo‘limi desak adashmaymiz.
Tarixiy geografiya avvalo tarix fanini o‘rganish uslublariga tayanadi. Bu haqqoniylik, xolislik va davriylik uslublariga asoslanib, voqealarni yanglish va xatolarsiz, mukammal yoritishdan iborat. Tarixiy geografiyani o‘rganishda qator tarixiy va geografik manbalardan ham o‘z o‘rnida samarali foydalanish zarur.
2. Tarixiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi
Tarixiy geografiya fan sifatida XVI asrda G‘arbiy Evropada vujudga keldi. Uning shakklanishida ikki yirik tarixiy voqea, ya’ni G‘arbiy Evropa mamlakatlarida XV-XVI asrlarda gumanizmning paydo bo‘lishi va Buyuk geografik kashfiyotlar katta ta’sir ko‘rsatgan. Uyg‘onish davrida odamlarda antik davrga bo‘lgan qiziqish kuchaygan. Antik dunyoga qiziqish odamlarning antik davr geografiyasi bilan shug‘ullanishga olib keldi. Tarixiy geografiya fanida birinchi bor yaratilgan asar “Qadimgi dunyo atlasi” edi. Uni XVI asrning ikkinchi yarmida flamand geografi A.Orteliy yaratgan edi. U o‘z asariga ilova tarzida zamonaviy dunyo atlasini keltirgan edi. A.Orteliy o‘z kartalarini qadimgi dunyo haqidagi qisqacha ma’lumotlar bilan keltirgan. A.Orteliyning asaridan so‘ng tarixiy geografiya ilmiy fan sifatida vujudga keldi. A.Orteliyning yozishiga qaraganda, uning ishlari “Tarix nazarida geografiya” edi. Aytib o‘tish o‘rinliki, A.Orteliyning o‘zi antik mualliflar ma’lumotlarini tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilgan va shu ma’lumotlar asosida o‘z kartalarini tuzgan. A.Orteliyning bu kamchiligini XVII asrda Leyden (Niderlandiya) universiteti professori Klyuver tuzatdi. U qadimgi Italiya va qadimgi Germaniyaning tarixiy geografiyasi bo‘yicha ikkita yirik asar yozgan.
Tarixiy geografiyani rivojlantirish uchun XVII-XVIII asr fransuz tarixchilari va shu davr fransuz geograflari Sansonlar, V.Dyuvalь J.B.D’Anvillar ham katta hissa qo‘shdilar. Ular qadimgi dunyo tarixiy geografiyasi bilan birga o‘rta asrlar tarixiy geografiyasini ham o‘rgandilar. XIX asrning ikkinchi yarmidan tarixiy ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy-iqtisodiy tarixiy ma’lumotlarni o‘rganish hisobiga boyib bordi. Bu yo‘nalish bo‘yicha ko‘zga ko‘rinarli qilingan ishlardan biri 1936 yilda Kembrijda G.K.Darbi rahbarligidagi ilmiy jamoa tomonidan nashrdan chiqarilgan Angliyaning tarixiy geografiyasi to‘g‘risidagi asarni keltirishimiz mumkin. Bu asar Angliyaning 1800 yilgacha bo‘lgan tarixiy geografiyasiga bag‘ishlangan.
G‘arbiy Evropada tarixiy geografiya faniga A.Orteliy, F.Klyuver, J.B. D’Anvilь, G.K.Darbi kabi olimlar katta hissa qo‘shganlar.
Rossiyada esa tarixiy geografiyaning asoschisi V.N.Tatishev hisoblanadi. I.N.Boltin ham mazkur fanning rivojlanishiga katta e’tibor qaratgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan tarixiy geografiya sohasida tadqiqotlar olib borgan N.N.Barsov Kiev Rusi geografiyasini o‘rgandi.
XX asr boshida Peterburg arxeologiya instituti va Moskva universitetida tarixiy geografiya o‘qitila boshlandi. Talabalarga mazkur fan asoslarini Peterburgda S.M.Seredonin va A.A.Spitsin, Moskva universitetida esa M.K.Lyubavskiy o‘qishgan. A.N.Nasonov esa qadimgi Rus tarixiy geografiyasiga oid “Rus eri” nomli ilmiy tadqiqotini 1951 yilda Moskvada nashr ettirgan. M.N.Tixomirov “Rossiya XVI asrda” nomli fundamental tadqiqot yaratgan (Moskva, 1962 yil). I.A.Golubsovning ilmiy tadqiqotlari asosan tarixiy kartografiya rivoji masalalariga bag‘ishlangan. M.V.Vitov, V.K.YAsunskiy, V.Z.Drobijev, I.D.Kovalьchenko, A.V.Muravьev, L.A.Golьdenberg, M.I.Belovlar tarixiy geografiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar yozishgan.
O‘zbekistonda tarixiy geografiyaga doir tadqiqotlar asosan SH.Kamaliddinov, O.Bo‘riev tadqiqotlarida uchraydi. SH.Kamaliddinov Janubiy Sug‘d, Toxaristonning tarixiy geografiyasini IX-XIII asr boshlardagi arab tilidagi manbalar orqali tadqiq etib, alohida monografiya yozgan.
O.Bo‘rievning “Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo” nomli asarida (Toshkent, 1997 yil) esa Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi ma’muriy-hududiy bo‘linishi, tabiati, xo‘jaligi, xalqaro aloqalari geografiyasi va toponimiyasi haqida so‘z yuritiladi.
3. Tarixiy geografiyani o‘rganishda yordamchi tarixiy fanlarning o‘rni
YUqorida qayd etilganidek, tarixiy-geografik tadqiqotlar tarix faniga asoslanadigan manbalarga tayanadi. Tarixiy geografiya uchun qimmatli bo‘lgan manbalarga aholi ro‘yxatlari, xo‘jalik hisob-kitob daftarlari, yilnomalar, qadimgi geografiyaga oid kitoblar kiradi. Tarixiy geografiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan manbalar bu arxeologik, toponimik, shuningdek, antropologik manbalar hamda yordamchi tarixiy fanlarning ma’lumotlari kiradi.
A r x e o l o g i ya (arxeo-qadimgi va logos-fan)-jamiyat hayoti va insoniyat faoliyatini moddiy ashyolar, qadimgi yodgorliklar asosida o‘rganadi. Jumladan, mehnat qurollari, taqinchoq, turli idishlar hamda alohida qo‘rg‘on va qal’alarni o‘rganish asosida qadimgi va o‘rta asrlar tarixiy geografiyasining xo‘jalik va etnik ma’lumotlariga ega bo‘lish mumkin. Arxeologik qazish ishlari natijasida to‘plangan ashyolar yozma manbalarda uchramaydigan ma’lumotlarni qo‘lga kiritishimizga imkon beradi.
T o p o n i m i k a (yunoncha topos-joy, onoma-nom) – joy nomlari to‘g‘risidagi fandir. Toponimika deganda joy nomlarini o‘rganadigan fanni, toponimiya deganda esa geografik nomlar yig‘indisi tushuniladi. Toponimiya bir necha turga bo‘linadi: gidronimiya, ya’ni daryo, dengiz, ko‘l, soylar, jilg‘alar, kanallar, qo‘ltiqlar, bo‘g‘ozlar, sharsharalar nomlari; oronimiya, ya’ni er yuzasining relьef shakllari – tog‘lar, cho‘qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari: oykonimiya (yunoncha “uy”), polinimiya (yunoncha “shahar”), yoki urbonimiya (lotincha “shahar”), ya’ni qishloq hamda shaharlarning nomlari. Bundan tashqari xalq urug‘-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar etnotoponimlar deyiladi; kishilarning ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esa antrotoponimlar deb atash mumkin.
Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko‘llar, tog‘lar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o‘rganar ekan, bu fan geograflarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy ma’lumot beradi.
Xalqlar biror hududdan turli sabablarga ko‘ra ko‘chib ketishsa ham, daryolar ko‘llar, shaharlarga ular bergan nomlar saqlanib qolgan. Toponimika xalqlarning qaysi millatga tegishli ekanini aniqlab beradi. Geografik nomlar kartaning eng muhim elementi bo‘lib, biror mamlakat yoki o‘lka tabiatining xususiyatlarini aks ettiradi. SHu bilan birga joy nomlari jamiyat tarixi bilan chambarchas bog‘liq.
Joyga nomni kishilar beradilar. Har bir joyning bir necha xususiyati bo‘lishi mumkin. Ana shu xususiyatlardan qaysi birini tanlash jamiyatning talabiga, uning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Xalqlar turli joylarga ko‘chganlarida yangi yashash joylariga o‘z nomlarini beradilar, ko‘proq o‘zlari oldin istiqomat qilgan joylarining nomini yangi yashash joylariga ham beradilar. Toponimlarning ana shu muhim xususiyatlaridan biri biri ularning takrorlanib turishidir. Bu holni biz AQSH shaharlarining Evropaning turli davlatlari shaharlari nomi bilan atalganligida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, AQSHning birgina o‘zida 8 ta Moskva, bir necha Odessa degan shahar va aholi maskanlari bor. Dunyoda 10 ga yaqin Samarqand bo‘lganligi ma’lum. Zarafshon vodiysida bir necha Toshkent qishlog‘i bo‘lgan. Nomlar “ko‘chib” yuradi.
O‘zbekistonda takrorlanadigan nomlar juda ko‘p. Ularning hammasini ham boshqalarga nisbat berib qo‘yilgan nomlar deyish xato. Agar biror qishloq nomi ko‘p erlarda uchrasa, u avvalo etnonim, ya’ni biror millat, urug‘, qabilaning nomi bo‘ladi. Masalan, Qo‘ng‘irot, Mang‘it, Urganji, Mitan Arab nomli qishloqlar etnotoponimlardir. Atamalar ham joy nomlari tarkibida takror-takror uchraydi. Rabot, buloq, quduq, soy, suv, qum, tosh, gaza, tangi, qopchig‘ay, tog‘, dahana, arna, tepa kabi atamalar ana shular jumlasidandir. Toponimlarning ana shunday takrorlanib turishi ularni tasniflab o‘rganish ishini osonlashtiradi.
Joy nomlarini turlicha tasnif qilish mumkin. Agar toponimlarni etimologiyasi jihatdan tasnif qilsak, 1) etimologiyasi hammaga ravshan bo‘lgan toponimlar (Uchquduq, Beshariq, Navoiy, Paxtakor va hokazolar); 2) ma’nosi etimologik tadqiqotlar yordamida ochib beriladigan toponimlar (Jizzax, SHopurkom, Buxoro, Norin va hokazolar); 3) mazmunini hozircha izohlab berish qiyin bo‘lgan toponimlarga (Arsif, Zomin va hokazolar) ajratish mumkin.
Tarixiy geografiyani o‘rganishda qator yordamchi tarixiy fanlarning uslublariga tayaniladi. Ularning manba va ma’lumotlari tarixiy geografiya fani uchun keng qo‘llanilishi mumkin.
Jumladan, a n t r o p o l o g i ya fani ma’lumotlari orqali esa xalqlarning kelib chiqishi, uning turli irqlarga oidligi masalalari ilmiy hal etiladi. O‘rta Osiyo xalqlarining ham turli irqlarga oidligi ana shu fanning uslublari yordamida aniqlangan. Jumladan, tog‘lik tojiklar antropologik tip jihatidan evropoid irqiga, qozoq va qirg‘izlar esa mongoloid, o‘zbek va tojiklar esa har ikki irqqa ham oidligi ma’lum. O‘zbeklarda evropoid irqining belgilari kuchli.
G e n e a l o g i ya (yunoncha genealogia-shajara) - shajaralar tuzish, urug‘ va oilalarning kelib chiqishi, ayrim shaxslarning tarixi va qarindoshlik aloqalarini o‘rganadi. Siyosiy tarixiy geografiya uchun genealogiyaning katta ahamiyati bor. Hukmdorlar va sulolalar tarixini o‘rganishda, ularning haqiqiy qon-qarindoshlik aloqalarini tiklashda genalogiya uslublaridan foydalanish zarur.
G e r a l ь d i k a (lotincha heraldus-jarchi, geralьd) – gerbshunoslik, dastlab XIII-XIX asrning birinchi yarmigacha dvoryan,ssex va er mulklarining gerblarini tuzish bilan geralьdlar shug‘ullanganlar (geralьdika atamasi shundan olingan). XIV asrdan boshlab gerbchilar ustaxonalari tashkil topgan, unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixiy yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va harbiy qurollarga gerb suratlarini tushirish rasm bo‘lgan. Geralьdika moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni o‘rganadi hamda tarixiy-geografik tadqiqotlar uchun ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni o‘rganishda yordam beradi. Arxeologik qazishlar O‘zbekistonda ham qadimdan muhrlar, tangalar va buyumlarga, shahar, davlat, urug‘ yoki hunarmandchilik uyushmalarining gerb suratlarini tushirish keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Tamg‘alarga tushirilgan turli ramzlar yordamida davlat yoki ma’lum mintaqaning tabiiy-geografik joylashuvi, asosiy xo‘jalik shakli, siyosiy tuzumi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Ular ajdodlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, davlatlar va sulolalar tarixini oydinlashtirishga xizmat qiluvchi nodir manbalardan biridir.
D i p l o m a t i k a (yunoncha diploma-ikki buklangan hujjat) - yordamchi tarix fani bo‘lib, tarixiy hujjatlar va yozishmalarni o‘rganadi. Diplomatika XIV-XV asrlarda ilmiy asosda rivojlana boshladi va bu jarayon XIX asrga qadar davom etdi. Diplomatikada maxsus tarmoqlar: imperator va qirollar yorliqlari diplomatikasi, papalar yorliqlari diplomatikasi, shaxsiy hujjatlar diplomatikasi shakllandi. Mazkur hujjatlar orqali siyosiy-tarixiy geografiyaga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishimiz mumkin. O‘zbekistonda asosiy diplomatika hujjatlari O‘zbekiston Markaziy Davlat Arxivi va FA SHarqshunoslik institutida to‘plangan.
M e t r o l o g i ya (yunoncha metron-o‘lchov, logos-ta’limot) -o‘lchovlar, ularning bir xilligini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan. Tarixiy metrologiyada asosan, o‘tmishdagi, ayniqsa, turli davrlarda aholining xo‘jalik munosabatlarida mavjud bo‘lgan xilma-xil o‘lchov birliklari hozirgi zamonaviy metrik o‘lchovlar tizimiga aylantiriladi. Bu orqali esa iqtisodiy tarixiy geografiyaga doir ma’lumotlar yanada oydinlashadi.
N u m i z m a t i k a (lotincha numisma-tanga) - yordamchi tarix fani bo‘lib, tanga-chaqalar va pul munosabatlari tarixini tangalar, tanga-chaqalar yordamida o‘rganadi. Tangalarni to‘plash (kolleksiyasi) XIV asrdan boshlangan. Numizmatika fan sifatida XIII asrda paydo bo‘lgan. Numizmatik materiallar yordamida siyosiy, iqtisodiy-tarixiy geografiyaga doir ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Tangalarda u zarb etilgan joy va uning qiymati, qachon va qaysi hukmdor yoki podsho tomonidan zarb etilganligi o‘sha davrga doir siyosiy va iqtisodiy bilimlarimizni boyitadi.
O‘zbekistonda yozma yodgorliklarning aksariyati arab yozuvida bo‘lganligi sababli arab paleografiyasi bir qadar rivojlangan.
Tarix fanining muhrlarni o‘rganuvchi yordamchi sohasi s f r a g i s t i k a (yunoncha sphragis-muhr) XVIII asrda diplomatikaning bo‘limi sifatida shakllana boshlagan. Uning vazifasi hujjatlarni tasdiqlash hamda ularning haqiqiyligini aniqlashdan iborat bo‘lgan. XIX asr oxiridan sfragistikaning qadimgi davlat muassasalarining shakllanishi va rivojlanishi tarixini o‘rganadigan fan sifatida yangi davri boshlangan. Sfragistika davlat apparatidagi islohotlarni aks ettiruvchi muhrlarni xronologik tavsiflash asosida rivojlanib bordi. Sfragistika materiallari tarixiy-geografik ma’lumotlarni, geralьdika, numizmatika, onomastikani o‘rganishda, qadimgi arxivlarni aniqlashda muhim manbadir. O‘rta Osiyoda muhrlar shahar hokimi, mingboshi, noib, qozi, mufti muhri va boshqalarga bo‘lingan.
X r o n o l o g i ya (yunoncha xronos-vaqt va logos-ta’limot) - vaqt o‘lchovlari haqidagi fan. U 2 xil xronologiyaga bo‘linadi: 1) astronomik (matematik) xronologiya; 2) texnik (tarixiy) xronologiya.
Astronomik xronologiya - osmon hodisalarini turli astronomik vaqt doirasida o‘rganadi. Tarixiy xronologiya - yordamchi tarixiy fan bo‘lib, yozma va arxeologik manbalardagi aniq vaqtlarni o‘rganadi.
Qadimdan xalqlar tabiat hodisalarini kuzatib, qiyin matematik hisob-kitob orqali vaqtni o‘lchashgan.
Qadimdan xalqlar Oy, Quyosh, Oy-Quyosh kaledarlaridan foydalanishgan. Bu kalendarlardagi vaqtlarni hozirgi kalendarga ko‘chirish va tarixiy voqealar, muhim jang va qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan sanalarni to‘g‘ri aniqlash uchun ham xronologiya fani qonun-qoidalaridan foydalaniladi.

 2-Mavzu: Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti
Reja:
1. Tarixiy xaritalar tuzishda tarixiy davrlar qanday rol o'ynaydi.
2. O'zbekiston tarixi va jahoh tarixi fanlariga oid xaritalarni yaratishda qanday yutuq va muammolar bor
3. Buyuk allomalarning tarixiy va geografik xaritalarni yaratishdagi xizmatlari
1.Kartografiya-tabiat va jamiyatdagi voqea hodisalarning tarqalishini, ularning birgalikda o`zaro bog'liqligi (ularni vaqt o`tishi bilan o`zgarishini) kartografik tasvir-obrazli belgi modellar vositasi bilan svirlashni va tadqiqot qilishni o`rgatuvchi fandir. Kartografiya qadimgi fanlardan biri bo`lib, dastlabki bu fan to`g'risidagi ta`rifni (kartografiya terminisiz) er. avv. II asrda yashagan olim Klavdiy Ptolomey bergan. Kartalar mazmuniga ko`ra ikkiga bo`linadi: 1.Umumgeografik kartalar (gidrogeografiya, rel'f, sanoat, siyosiy-ma`muriy bo`linishlar)ni o`з ichiga oladi. 2.Maxsus kartalar-maxsus ma`lumotlar keltirilgan (masalan, iqtisodiy) kartalar. Masshtabiga ko`ra kartalar uch guruhga bo`linadi: 1.Yirik masshtabdagi kartalar: 1: 200000 va undan yirik. 2.O`rta masshtabdagi kartalar: 1: 300000 dan 1: 1000000 gacha. 3.Kichik masshtabdagi kartalar: 1: 1000000 dan kichia. Hozirgi zamon kartalaridagi elementlarga quyidagilar kiradi: 1.Gidrografiya: suv inshootlarini dengiz, daryo, ko`l, kanal, sun`iy suv omborlari, buloqlar, quduqlarni o`z ichiga oladi. 2.Aholi punktlari shahar, shahar tipidagi posyolka, qishloq aholi punktlari kiradi. 3.Aloqa yo`llari: temir yo`llar, yo`llar, suv yo`li (dengiz va daryo), aviatsiyalar. 4.Sanoat, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy madaniy ob`ektlar, sanoat korxonalari, foydali qazilmalar, aerodromlar, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy-madaniy, tarixiy ob`ektlar kiradi. 5.Rel'f: past tekisliklar. 6.Siyosiy-ma`muriy chegaralar: davlat chegaralari va ma`muriy birliklarning chegaralari beriladi. Tarixiy geografiya-ilmiy fan bo`lib, u asosan tarixiy xaritalar va atlaslarni, ularninг metodikasini tuzish bilan shug'ullanadi. Kartografiya metodning tarix fanidan keng qo`llanishi tarixiy kartalarning keng qo`llanishiga, tarixiy geografik monografiyalar, maqolalar, darsliklar, qo`llanmalar yaratilishiga olib keladi. Tarixiy xaritalarda tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar, tarixiy davrlarni xarakterlovchi jarayonlar, shuningdek, goegrafik oqibatlar ko`rsatib o`tiladi. Umumiy tarixiy xaritalar bu jarayonlarni yanada to`liqroq ko`rsatishga, ochib berishga harakat qiladi. Tarixiy xaritalarning turli xillari bo`ladi: tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-siyosiy, tarixiyetnografik, arxeologik, milliy-ozodlik harakati bo`yicha xaritalar, dehqonlarqo`zg'oloni, inqilobiy harakatlari, harbiy-tarixiy, madaniyat tarixi bo`yicha va boshqa xaritalar kiradi. O`quv tarixiy xaritalar o`rta va oliy maktablarda o`qilayotgan tarixiy davrlarga mos bo`ladi. Tarixiy geografiyaning rivojlanishi har doim tarixiy geografiyaga bog'liq bo`lib kelgan. 1579 yili Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy xaritadan iborat qo`shimcha tuzdi. Orteliyning bu qo`shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta xaritadan iborat bo`lgan antik davrning geografik atlasini tuzilishiga olib keldi. XVII asrning ikkinchi yarmida frantsuz geograflari Sanson va Dyuval' atlaslarida ham tarixga oid xaritalar bo`limi bor edi. XVIII asr oxirida frantsuz kartografi J. B. Anvil tomonidan tayyorlangan tarixiy xaritalar bosilib chiqdi. Orteliydan tortib to XIX asr oxiriga qadar tuzilgan xaritalarda xalqlarning hududiy joylashishi, siyosiy chegaralar, harbiy yurishlar, jang joylari, geografik sayohatlar marshrutlari, tarixiy voqea-hodisalar joylari aks ettirilgandi. Shuningdek, Orteliy va Dyuval' tomonidan tuzilgan xaritalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar tasvirlanadi. Masalan, avliy pavelning sayohati, Ibrohim payg'ambarning sayohati, Troyalik Эneyning suzish marshruti, Odisey yurgan yo`llar tasvirlangan. Keyinroq xaritalarda tarixiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar ham qayd qilina boshlangan. Tarixiy xaritalar tuzishda tarixiy davrlar ko`pincha chalkashib ketgan, milliy-ozodlik harakatlari aksettirilmagan. Bir xil tarixiy xaritalarda tarix ataylab buzib ko`rsatilgan. Masalan, 1910 va 1936-38 yillarda Germaniyada chiqarilgan Putsger atlaslarida, Germaniyada avvalo Buyuk davlatchiliк shovinizmi va keyinroq fashistcha g'oyalar rivojlanishi bilan xaritalarda Germaniya chegarasi sun`iй ravishda sharqqa surilib boradi. XX asrning ilmiy-tarixiy kartografiyasiga ikkita muhim yo`nalish xosdir. Birinchi yo`nalishga yuksak darajada detallashtirilgan xaritalarni kiritish mumkin. Bularda aholini ma`muriy, ba`zi holda cherkov tomonidan bo`linishgacha bo`lgan aniq dalillar aks ettiriladi. Bunday xaritalar turiga 1895 yilda chop etilgan avtraliyalik Rixterning atlasi, golland A. A. Bekmanning 1913-1938 yillarda chop etilgan atlasi kiradi. Ikkinchi tur xaritalariga detallashtirilishi unchalик yuqori bo`lmagan, ammo faqatgina tarixiy-siyosiy emas, balki tarixiy-iqtisodiy, madaniyat tarixi ko`rsatkichlari ham aks ettirilgan xaritalar kiradi. Bunday xaritalar sirasiga 1926 yil chop etilgan nemis Aubinning atlasi, Pollin rahbarligidagi 1932 yilda chop etilgan AqSh o`quv xarakteridagi atlasi (AqSh ning tarixiy-geografik atlasi). 1958-1962 yillari Myunxenda chop etilgan o`quv xarakteridagi "Katta tarix atlasi" chop etildi. Tarixiy kartografiyaning rivojlanishining birinchi bosqichi, Rossiya imperiyasida, XVIII asrning birinchi yarmiga to`g'rikeladi. Birinchi "Rossiya imperiyasining tarixiy xaritasi" 1793 yil chop etiladi. Harbiy tarixiy xarakterdagi xaritalar ko`pchilikni tashkil qiladi. Bular 1779 yilda chop qilingan "rus-turk va rus shved urushlari davridagi qal`alar joylashuvi hamda jang joylari" atlasi, Pyotr I ning fors yurishi kabilardir. XIX asr oxiri va XX asr boshida Rossiya imperiyasida chiqarilgan tarixiy xaritalar asosan o`quv va harbiy xaritalar edi. "Tarix, xronologiya, geografiya atlasi" Karamzin va Axmatov tarixlari asosida tuziladi, bundan tashqari 1845 yilda N. I. Povlovning "Rossiyaning tarixiy atlasi", E. E. Zamislovskiyning 1865, 1887 yillardagi atlasi, A. Il'inning 1812-15 yillardagi urushni tasvirlagan atlasi, rus-turk, rus-yapon urushlariga bag'ishlangan atlaslar tuziladi. 1923-25 yillarda V. K. Yatsunskiy tomonidan tarixiy iqtisodiy mazmundagi 1918-19 yillarga bag'ishlangan "Rus tarix atlasi" bosilib chiqadi. Bu atlasning xaritalari bo`limlarga bo`lingan: feodalizmgacha bo`lgan Rus, rus feodalizmi davri, sado kapitalizmi davri, iglab chiqarish kapitalizmi davri, ishlab chiqarish kapitalizmi davri kabi Pokrovskiyning nazariyasiga asoslanadi. Tarixiy xaritalar 1937 yilda tashkil etilgan jahonning "Katta Sovet Atlasi" ga kiritildi. Urushdan keyingi davrda Geodeziya va Kartografiya bosh boshqarmasi tomonidan sitemali tarzda, o`rta va oliy maktablar uchun qadimgi dunyo, o`rta asrlar va yangi tarix bo`yicha tarixiy xaritalar chiqarib turildi. Shu bilan birga yangi tarixiy-iqtisodiy xaritalar tuzildi. Masalan, "Rossiyaning XVII asr oxiridagi iqtisodiy xaritasi", "1861-1900 yillarda Rossiya imperiyasida kapitalizmning rivojlanishi", "XX asr boshida Evropa Rossiyasining ishlab chiqarish munosabatlari va er egaligi". Yirik kartografik nashrlar orasida 1946 yilda chop etilgan, L. G. Beskrovno`yning "Pruss harbiy tarixi sxemasi xaritalari atlasi" alohida ajralib turadi. Urushlarni borish usulini tasvirlab beruvchi harbiy-iqtisodiy xaritalar 1958 yilda tuzilgan. Dengiz atlasiga kiritilgan. Bundan tashqari anchagina tarixiy geografik atlaslar chiqarilgan. Urushdan so`ng chiqqan "SSSR tarixidan hikoyalar", "Jahon tarixi", "Ulug' Vatan urushi tarixi", "Ikkinchi jahon urushi", "Katta Sovet Эntsiklopediyasi", "Sovet Tarix Эntstklopediyasi" va turli xil oliy va o`rta maktab darsliklari va qo`llanmalarining har biriga tarixiy xaritalar to`plashi ilova qilingan. Tarixiy kortografiya rivojlanishida 1958 yil Pol'shada bosilib chiqqan Plots vosvodaligi tarixiga oid Atlasni alohida o`rni bor. Bunday atlaslar ishlab chiqarish kuchlarining joylashishini, ishlab chiqarиш munosabatlarini, iqtisodiy o`sishlar ko`rsatkichlarini aniq tasvirlab beradi. Zamonaviy tarixiy geografiya rivojlanishining muhim elementi-bu tarixni aniq davrlashtirish, turli tarixiy jarayonlarni to`la aks ettirish tarixiy jarayonlarning iqtisodiy tomonini ochib berishdir. Shuni ta`kidlab o`tish joizki, sovet davrida O`rta Osiyo tarixiga doir bir qator tarixiy xaritalar tuzilgan bo`lsa ham, ammo ularning ichida O`rta Osiyoni Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir xaritalar yo`q edi. Xuddi shuningdek xaritalar nashr qilinishida evropatsentrik nuqtai nazaridan qaralgandi. Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tarixiga oid xaritalar yo`q. Bu davrda asosan qadimgi va o`rta asrlardagi Rus haqidagi tarixiy xaritalar ko`p sonni tashkil qilsa. O`rta Osiyo xalqlari tarixiga oid xaritalar juda oz edi. Umuman olganda, O`rta Osiyo hududlari bo`yicha tarixiy voqealar bilan bog'liq bo`lgandagina tasvirlangan. Masalan, mo`g'ullarning O`rta Osiyoni bosib olishi kabi tarixiy hodisalar yaratilganligi bilan, ammo Amir Temur davlati haqida umuman tarixiy xaritalar yaratilmagan. XV-XVIII asrdagi O`rta Osiyoda bo`lib o`tgan tarixiy jarayonlarning faqat rossiya tarixiga aloqador bo`lgan qismlarigina aks ettirilgan. Lekin bu xaritalar ham aniq detallashtirilmagan, ba`zi xaritalarda Shayboniylar va Xiva xonligi chegaralari chalkashtirib yuborilgan. O`rta Osiyo xalqlari tarixiga oid siyosiy-ma`muriy tarixiy xaritalar yaratilgan bo`lsa, demografik xaritalar juda ko`p, hududlarning iqtisodiy tarixiga oid xaritalar umuman bo`lmagan. Faqatgina XIX asrdan boshlab O`rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so`ng, Turkiston general-gubernatorligi va Chor Rossiyasi vassallari bo`lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligning o`sha davrga oid ba`zi xaritalari mavjud. Bu xaritalarning kamchilik tomonlari ko`p bo`lgan. Бундай kamchiliklar O`rta osiyo, umuman O`zbekiston xalqlari tarixiga oid kartografik kamchiliklar, ya`nи xaritalarning etishmasligi O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng tuzila boshlandi. Tarixiy xaritalar ko`paydi., ya`ni O`rta Osiyoning eng rivojlangan davri bo`lgan temuriylar davriga bag'ishlangan xaritalar to`plami chop etildi. Lekin O`zbekiston tarixiy kartografiyasi oldida ko`p muammolar turibdi: Birinchi o`rinda zamon talabiga mos bo`lgan o`zbekiston xalqlari tarixining butun davrlarini qoplab olgan tarixiy xaritalar atlasini yaratish zarur. Agar hozir O`zbekiston xalqlari tarixiga oid tarixiy-siyosiy xaritalar oz bo`lsa ham bor bo`lsada, tarixiy-geografik, tarixiy-iqtisodiy, tarixiyqlegografik xaritalar yo`q hisobida va ularni yaratish O`zbekistonldik olimlarning birinchi shaldagi vazifalaridir. Bunday ishlar boshlandi, lekin hali oldinda og'ir ishlar bor va olimlarimizning vazifasi O`rta Osiyo, O`zbekiston xalqlari tarixining barcha davrlari bo`yicha to`liq va keng qamrovli xaritalar tuzish hamda tarixiy kartografiyani rivojlantirishdir.
2.Mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbеkistоnning haqqоniy va хоlisоna tariхini yaratish masalasi ko’ndalang turardi. Zеrо, Sоbiq Ittifоq davrida yurtimiz tariхi biryoqlama yaratilgani, tariхiy haqiqatlardan yirоqligi tariхga nisbatan munоsabatni o’zgartirishni taqоzо etdi. Birinchi Prеzidеnt I.A. Karimovning bir guruh tarixchi olimlar va ommaviy axborot xodimlari bilan uchrashuvidan so`ng uning «Tarixiy xotirasiz kеlajak yo`q» nomli asari chop etildi. Bu asar tarix fani rivojida yangidan-yangi ilmiy yo`nalishlar, tarixga munosabat masalasida yangi qarashlarning paydo bo`lishiga asos bo`ldi. I.A. Karimov o`zbеk xalqining tarixiy o`tmishini, uning davlatchiligi tarixini o`rganishda yagona ilmiy konsеpsiyaning yo`qligi xususida gapirib, tarixchi olimlarni bu sohaga diqqat-e'tiborini yanada kuchaytirishga chaqirdi. Asarda ta'kidlanishicha, «o`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo`lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi zarur». Tarixni yoritishda biryoqlamalikka, sub'еktiv fikrlarga yo`l qo`ymaslik zarur, «faqat bahs, munozara, tahlil mеvasi bo`lgan xulosalargina bizga to`g`ri yo`l ko`rsatadi». I.Karimоv har bir o`zbеk farzandi «mеning ajdodlarim kimlar bo`lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turishi, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kеchgan» dеgan savollarni o`ziga-o`zi bеrishi kеrakligini qayta-qayta uqtiradi. Bu masalada «O`zbеkistonning, o`zbеk xalqining bugun kеng ommaga yеtkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-yo`qmi?» dеgan zaruriy savolni bеradi va Sho`rolar davrida, o`zgalar yozib bеrgan soxta g`oyalar asosidagi tarixni qayta ko`rib chiqish lozimligini ta'kidlaydi. U rus olimlarining ilmiy tadqiqotlarini kamsitmagan holda o`zbеk olimlariga qarata murojaat qiladi: «shunday ulkan davrda yurtimizda kеchgan davlatchilik taraqqiyoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti atroflicha tahlil etilgan tadqiqotlar nеga yaratilmayapti? Arxеologiya, Tarix, Sharqshunoslik va boshqa bir qator institutlarimiz bor. Mutaxassislar nima bilan mashg`ul, qayoqqa qarashyapti? O`zbеk davlatchiligi qachon paydo bo`lgan?». Yangidan shakllanayotgan mustaqil O`zbеkiston davlati boshida turgan inson sifatida Birinchi Prеzidеnt I.Karimоv bu ishga jonini, borlig`ini bеrishga tayyorligini, davlatchilik masalasi tobora hayotiy mazmunga ega bo`lib borayotganligini ta'kidlaydi. Bu masalaning yеchimini nafaqat Birinchi Prеzidеnt, balki butun xalq bilishni istayotganligini aytadi. «O`zbеk davlatchiligi qaysi asrda paydo bo`ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o`tdi? Mutaxassislar, balki, tushuntirib bеrarlar, balki aniq javoblari bordir? Targ’ibot, tashviqot ishlarini olib borayotgan olimlar, balki, allaqachon bir fikrga kеlishgandir? Lеkin hozircha na matbuotdan, na darsliklardan mеn mana shu savollarga javob topolmadim». O`zbеk davlatchiligi tarixini o`rganish hozirgi vaqtda o`ta dolzarb masala bo`lishi bilan birga, o`tkir siyosiy ahamiyat kasb etayotir: «O`zbеkistonda davlatchilik bo`lmagan dеb, orqavorotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo`layotgan, kеrak bo`lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor... O`zbеk tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da'voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir». Qadim tariximiz borasida I.Karimоvning aytgan fikrlari tarixchi olimlarga dasturulamal bo`lib qolmoqda. «Bugungi boy madaniyatimiz qaysi sivilizatsiyaning mahsuli? Shunday madaniyat bor ekan, uni shu zaminda yashagan xalq yaratganmi yoki u bo`m-bo`sh joyda paydo bo`lganmi?» dеgan savollar bugungi kun uchun ham dolzarb ahamiyatga egadir. Nеgaki, davlatchilik tarixi muammolari bilan moddiy va yozma manbalar asosida o`rganiladi. Davlatchilik tarixini yaratishda Birinchi Prеzidеntimizning quyidagi gaplari har bir tarixchi olimlarga tarixni o`rganishda dasturilamalga aylanib bormoqda: «har qanday sivilizatsiya ko`pdan - ko`p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va o`zaro samarali ta'sirining mahsulidir...». Tarixchi olimlar «...sizlar millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bеring, toki u xalqimizga ma'naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g`ururini uyg`otsin. Biz yurtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug` g`oya kеrak. Bu g`oyaning zamirida xalqimizning o`zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, o`zlikni anglash mumkin emas». Birinchi Prеzidеntimiz haqqoniy tariximizni barpo etish ishlarini nimadan boshlash kеrakligi xususida fikr yuritib ta'kidladiki, «eng avval ko`p ming yillik boy o`tmishimizni tadqiq etishning yaxlit konsеpsiyasini, yani dasturini, ilmiy izlanishlarning uslubini, qo`yilayotgan vazifani amalga oshiradigan ilmiy muassasalar, ulardagi potеnsial, kadrlar masalasini aniqlab olishdan zarur... Aniq, bosqichlari bеlgilangan dastur asosida har tomonlama tadqiqotlar olib boriladi». Ish uslubimiz aniq, tariximizni yaratishning dasturiy yo`l-yo`riqlari yorqin ko`rsatib bеrilgan. Dеmak, gap endi har bir ilmiy muassasa yеtuk kadrlar bilan ta'minlanishida, tanlangan mavzular bo`yicha ilmiy ishlarni har tomonlama pishiq-puxta tashkil etishlarida qolgan. «O`zbеkiston hududida ilk davlatchilikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari»ni o`rganish tarixchilarimizning dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. Bu mavzu faqat arxеologiya fani va arxеologik manbalarni qadimgi Sharq dunyosi ilk davlatchiligi bilan, aniqroq qilib aytsak, Mеsopotamiya, qadimgi Hindiston, xullas Yaqin va O`rta Sharq hududlarida bronza davrida shakllangan shahar-davlatlar tarixi bilan taqqoslash usuli vositasida o`z yеchimini topadi. Birinchi Prеzidеntimiz ta'kidlaganidеk, «mazkur vazifani amalga oshirish uchun Akadеmiyaga qarashli Tarix, Sharqshunoslik, Arxеologiya institutlari o`z ish faoliyatini o`zgartirishini zamon talab qilmoqda». Tarixchilar bilan bo`lgan uchrashuvda I.Karimоv o`zbеk davlatchiligi tarixini birlamchi manbalar asosida yoritish shart ekanligini alohida ta'kidlagan edi. “O`zbеk davlatchiligi tarixi” mavzusining ijodkori Birinchi Prеzidеnt I.A. Karimovdir. Mustaqillikkacha bu ibora tarixchilar tomonidan qo`llanilgan emas. Bu bilan tarixchilar O`zbеkiston hududida davlatchilikning shakllanishi mavzusi bilan shug`ullanmagan,- dеyishdan yiroqmiz. “O`rta Osiyoda ilk sinfiy munosabatlarning shakllanishi”, “Ahamoniylar impеriyasiga qadar O`rta Osiyoda kеchgan davlatchilik munosabatlari” kabi mavzular tarixchilar tomonidan qizg`in muhokama etilgan bo`lsa-da, davlatchilik mahalliy xalqlarning milliy davlatchiligi tarixi sifatida talqin qilinmadi. Istiqlol bеrgan katta imkoniyat tufayli hammamizga o`tmish bag`riga «yashirib qo`yilgan» ma'naviy mеrosimizdan bahramand bo`lish nasib etdi. Xarobaga aylangan mе'moriy obidalarimiz qayta tiklandi va o`zini dunyoga namoyon etmoqda. Davlatchilik mustaqillik yillarida siyosiy masalaga aylangan edi. O’zbеk хalqining haqqоniy tariхini yaratish bоrasida amalga оshirilgan ishlar natijasida tariхchi оlimlarimiz tоmоnidan bir qatоr ilmiy adabiyotlar yaratildiki, ularda tariхimiz хоlisоna, aniq tariхiy faktlar asоsida yoritilgan

3. O‘sha davrdagi eng buyuk mutafakkir olimlardan biri Muhammad Muso Xorazmiydir. Bugun butun dunyo foydalanadigan hisob-kitob amallari, zamonaviy texnologiyalar faoliyati ana shu bobokalonimiz yaratgan qoidalarga asoslanadi.
Butun dunyo Xorazmiyning ilm-fan rivoji yo‘lidagi hissasini yuksak qadrlaydi, uni voyaga yetkazgan zaminga alohida ehtirom bilan qaraydi.
Ahmad Farg‘oniyning “Astronomiya asoslari” nomli asari o‘n ikkinchi asrda lotin va ivrit tillariga tarjima qilingani, keyinchalik Italiya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH kabi ko‘plab mamlakatlarda qayta-qayta chop etilgani uning naqadar ulkan ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi.
Allomaning Yer sharsimon shaklda ekanligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o‘tib amalda isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb “Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg‘oniy hisoblarining to‘g‘riligiga to‘la ishonch hosil qildim”, deya dastxat qoldirgan. O‘n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan.
YUNЕSKO qaroriga muvofiq 1998 yilda Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir e’tirofi bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Quva va Farg‘ona shaharlarida mutafakkir haykallari bunyod etildi, Farg‘ona davlat universitetiga Ahmad Farg‘oniy nomi berildi.
O‘rta asrlarda Sharq ilm-fani rivojida Xorazm Ma’mun akademiyasi alohida o‘rin tutgan. Ulkan kutubxona, madrasa, tarjimon va xattotlar maktabi kabi tuzilmalarga ega bo‘lgan bu dargohda yuzdan ortiq allomalar, iste’dodli talabalar ilmiy izlanishlar olib borgan. Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Xo‘jandiy, Ahmad ibn Muhammad Xorazmiy va Ahmad ibn Hamid Naysaburiy kabi qomusiy olimlarning umumbashariy tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir.
Ibn Sino nomi dunyo fani va madaniyati tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan. Doimo yashil bo‘lib turuvchi tropik o‘simlik “Avitsenniya” deb atalgan. Ko‘plab mamlakatlarda ko‘chalar, o‘quv va tibbiyot muassasalariga uning nomi qo‘yilgan, alloma sharafiga medal va mukofotlar ta’sis etilgan.
Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yil 6 noyabrda YUNЕSKOning xalqaro Abu Ali ibn Sino oltin medali bilan taqdirlandi. Bu oliy mukofot xalqimizning umumbashariy sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi va xizmatining tan olinishi, davlatimiz tomonidan tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni asrab-avaylash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilgan ishlarning munosib bahosi bo‘ldi.
YUNЕSKO shafeligida Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlangani, uning faoliyati qayta tashkil etilgani mamlakatimizda ajdodlar xotirasiga, ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e’tiborning yorqin namunasidir. Hozir bu qadimiy va navqiron ilm maskanida Xorazm tarixi, uning o‘ziga xos madaniyati, ekologiyasi, yer va suv resurslarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek yurtimizning bir qator shaharlarida madrasalar qurdirgan, Samarqandda o‘ziga xos ilmiy muhit, hozirgi tilda aytganda, akademiya tashkil etgan. U yerda 200 dan ortiq olim faoliyat yuritgan.
Falakiyot ilmining nazariy va amaliy masalalari to‘la qamrab olingan Ulug‘bekning “Zij”i o‘rta asrlardayoq Osiyo va Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Yevropalik astronom olimlar uni lotin, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilgan, sharhlar bitgan.
“Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” nomlari bilan shuhrat qozongan bu asarda 1018 yulduzning o‘rni va holati aniqlab berilgan. Yulduzlarning balandligi va ular orasidagi masofa, quyosh va oyning harakati, ularning tutilish vaqtlari bayon qilingan. Bu hisob-kitoblar zamonaviy texnologiyalar orqali aniqlangan kuzatuv natijalaridan deyarli farq qilmaydi. Masalan, Ulug‘bek hisobi bo‘yicha bir yil 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniyani tashkil etadi. Bugungi kunda bir yil 365 kun 6 soat 9 daqiqa 6 soniyaga teng.
“Bu haqda so‘z yuritar ekanmiz, beixtiyor 1996 yili Parijda YUNЕSKOning o‘sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor janoblari bilan bo‘lgan bir suhbat yodimga tushadi, – deb yozadi Birinchi Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida. – O‘shanda janob Mayor Ulug‘bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko‘rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, degan gapni aytib qoldi. Shunda men unga qarab, yo‘q janob Federiko Mayor, Ulug‘bek xato qilgan bo‘lishi mumkin emas, balki kompyuterlar xato qilgan bo‘lishi mumkin, degan edim”.
Istiqlol yillarida Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini o‘rganish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Davlatimizning Birinchi rahbari tashabbusi bilan 1994 yil mamlakatimizda Ulug‘bek yili, deb e’lon qilindi. O‘sha yili Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Parij shahridagi YUNЕSKO qarorgohida buyuk allomaning ilmiy merosi va uning ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Mirzo Ulug‘bek siymosi xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan. Yurtimizda Ulug‘bek nomi berilgan tuman, ma’naviyat maskanlari, mahallalar, ko‘chalar ko‘p. Ota-onalar ezgu niyatlar bilan farzandlariga Ulug‘bekning muborak ismini qo‘yishadi. Bularning barchasi xalqimizning buyuk allomaga cheksiz hurmatidan darak beradi.
Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Buning tasdig‘ini turli mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgani, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilganida ham ko‘rish mumkin. Belgiya va Latviyada Ibn Sinoga, Latviyada Mirzo Ulug‘bekka, Yaponiya, Rossiya va Ozarbayjonda Alisher Navoiyga, Misrda Ahmad Farg‘oniyga o‘rnatilgan haykallar xalqimiz tarixiga chuqur hurmat ifodasidir.
O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning Samarqand shahrida o‘tkazilishi bejiz emas. Zero, bu shahar jahon sivilizatsiyasining qadimiy o‘choqlaridan biridir. Bu yerdagi obidalar, madaniy yodgorliklar ajdodlarimiz dahosidan, olis va buyuk o‘tmishdan so‘zlaydi. Samarqandning go‘zal va so‘lim tabiati, qadimiy va zamonaviy inshootlari butun dunyoni o‘ziga maftun etib keladi.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, Samarqand tuprog‘ining har bir zarrasida ulug‘ bir hikmat bor, har bir ko‘chasi, maydon va xiyobonida salobat, fayzu tarovat bor. Bu qadimiy va hamisha navqiron shaharning har bir g‘ishtida bunyodkor xalqimizning buyuk iste’dodi va mahorati, boqiy qadriyatlari mujassam.
Istiqlol yillarida Samarqand o‘zgacha tarovat va mahobat kasb etmoqda. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan Samarqandda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shahar markazida Sohibqiron bobomizning salobatli haykali qad rostladi. Ulug‘bek rasadxonasi va madrasasi qayta ta’mirlandi. Prezidentimiz farmoniga muvofiq 1996 yil 18 oktyabr kuni Samarqand shahri Amir Temur ordeni bilan mukofotlandi. Shundan buyon bu kun yurtimizda Samarqand kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.
Samarqand tarixini o‘rganish istiqlol yillarida izchillik kasb etdi. Xususan, Afrosiyob tepaliklarida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlarda shahar arkining eng quyi qatlamlari o‘rganildi. Eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda bunyod etilgan bu devor Markaziy Osiyodagi eng qadimiy mudofaa istehkomi hisoblanadi. Bu yerdan topilgan ko‘hna buyumlar Fransiya ilmiy tadqiqotlar milliy markaziga qarashli laboratoriyada tadqiq qilindi. Tahlillar Afrosiyob ashyolari 2750 yillik tarixga ega ekanini ko‘rsatdi.
YUNЕSKO Bosh konferensiyasi qaroriga muvofiq, 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi. Ushbu qutlug‘ to‘y arafasida boqiy shahar yanada go‘zallashdi. O‘nlab ijtimoiy-maishiy inshootlar, ko‘rkam bog‘lar, xiyobonlar barpo etildi. Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim va Shohi Zinda yodgorliklari hamda Ulug‘bek rasadxonasini bir-biriga bog‘lovchi kichik halqa yo‘lining qurilishi shahar ahli va sayyohlar uchun yana bir qulaylik yaratdi.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida Samarqandning asl tarixiy qiyofasini tiklash, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Shahar aholisi va mehmonlarga har tomonlama munosib sharoit yaratish maqsadida barpo etilgan magistral yo‘llar, bog‘u xiyobonlar, ta’lim muassasalari va sport maydonchalari, tibbiyot maskanlari va mehmonxonalar qadim shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
Samarqand shahrida yana bir muhtasham majmua – Qabullar uyi barpo etildi. Registon maydonida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Samarqand xalqaro aeroporti va temir yo‘l vokzali atrofi obodonlashtirildi.
Qadim-qadimdan olimu ulamolar, mutaffakkiru donishmandlarning jamiyatdagi o‘rni beqiyos bo‘lgan. Elu yurt o‘zining shunday aziz va yetuk farzandlari bilan haqli ravishda faxrlangan, ko‘ngli tog‘day ko‘tarilib, g‘ururu iftixorga to‘lgan. Bu hayotiy haqiqatdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Allohning nazari tushgan yurtimiz – O‘zbekiston zaminidan azal-azaldan o‘zlarining ilmiy-ma’naviy, ma’rifiy-falsafiy meroslari bilan jumlai jahonga tanilgan ko‘plab buyuk allomalar va mutafakkirlar yetishib chiqib, samarali faoliyat ko‘rsatganlar. Ularning aql-zakovati, tafakkur dunyosi va yuksak ilmiy salohiyatining mahsuli bo‘lgan bebaho asarlari va buyuk kashfiyotlar ming yillar osha nafaqat bizning diyorimiz, balki jahon ahlining qudratli ma’naviy mulki sifatida ham ardoqlanadi.
Ma’lumki, ma’naviy barkamol insonlargina saodat manzillarini zabt etadi, porloq kelajakni yarata oladi. Shu nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak, shakllanib kelayotgan yosh avlodni parvarishlab voyaga yetkazish, ularni ma’naviy-axloqiy dunyoqarashlarini kengaytirish hamda zamonaviy ta’lim — tarbiya masalalariga e’tibor berish dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Davlatimiz barkamol avlodni shakllantirish va komil inson darajasida olib chiqish uchun ta’lim — tarbiya, ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy masalalarga ham e’tibor bergan holda, shuningdek, ularni ajdodlarimiz merosi bilan qurollantirib borish yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu o‘rinda jamiyatda barkamol avlodni voyaga yetkazish va shakllantirishda xalqimiz, millatimizning buyuk alloma va mutafakkirlari qoldirgan ma’naviy — ma’rifiy, axloqiy ta’limotlari, qarashlari va pand — nasihatlarining o‘rni beqiyosdir. Qadimiy va navqiron bu diyorimiz buyuk zotlar, mutafakkirlar hamda allomalarni dunyoga keltirgan.
Download 43,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish