1. Nutq madaniyati nima?
Umumiy ma’noda nutqda hissiy ma’noli (emosional-ekspressiv) so’zlardan
qo’llay bilish, ularni o’z o’rnida to’g’ri ishlatish va to’g’ri talaffuz qilish,
ortiqchalikdan qochish; nutqdagi ta’sirchanlik jozibadorlik, musiqiylik, obrazlilik,
salmoqdorlik; Nutqda sinonim, omonim, va paronim so’zlardan o’rinli foydalana
olish; So’zlarni ko’chma ma’noda (metonimiya, metofara va boshqalar)
muvoffaqiyatli qo’llay bilish va kishilar bilan jonli, ishonchli muloqatda bo’lish,
ularni so’z sehridan to’lqinlantira bilishdir.
Nutq madaniyati, ya’ni madaniy nutqning fazilatlari deyilganda uning
to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi, sofligi kabilar tushuniladi.
Nutq madaniyati fani madaniy nutqning ana shu fazilatlarini hamda madaniy
so’zlash usullarini o’rganadi.
Nutq madaniyati ham fan sifatida o’z tekshirish obekti va vazifalariga ega.
Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til normalari va nutqning
kommunikativ (aloqa uchun keraqli) fazilatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |