1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Ajdodlar o‘gitlari va an’analar



Download 1,26 Mb.
bet28/78
Sana11.01.2023
Hajmi1,26 Mb.
#898840
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78
Bog'liq
1-mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja

2. Ajdodlar o‘gitlari va an’analar. Imom Abu Homid G‘azzoliy “Kimyoi saodat” nomli asarida “Inson farishta va hayvon orasidagi mahluqdir. Hayvon rivojlanmaydi, chunki uning kamolot quvvati yo‘q. Farishta ham rivojlanmaydi, chunki uning o‘zi pok ilohiy nurdan iborat. Faqat insondagina rivojlanish, ruhiy kamolot xislati mavjud” deya ta’kidlaganida insonlarning yuksak ma’naviyati ifodalangan. Ma’naviyat tarixi, insoniyat sivilizatsiyasi tarixi – bu o‘z-o‘zini anglash, kamol toptirish uchun olib borgan kurashning natijasidir.
Odamzod tafakkuri, aql-zakovati, layoqati bilan dun-yoni lol qoldiradi, mo‘‘jizalar yaratadi, biroq tuban, jirkanch ishlarga ham qo‘l uradi. Bu hol turli zamonlarda goh zohiran, goh botiniy holda davom etaveradi. Allomalar, faylasuf donishmandlar bu savolga javob izlaganlar, o‘z davri ma’naviy olami miqyosida o‘lmas, buyuk durdonalarini meros qoldirganlar.
Sharq mutafakkirlari nazdida insonda ikki asos mavjud, ya’ni ilohiy-ruhiy quvvat hamda moddiy hayvoniy quvvatdir. Hayvoniy quvvatni olimlar tabiatdagi to‘rt unsurdan – tuproq, suv, havo, olovdan deb bilganlar. Bir-biriga zid bu to‘rt unsur barcha biologik quvvatlarni harakatga keltirgan. Darhaqiqat, insonni tarbiyalash va insoniy sifatlarini oshirish mumkin. To‘g‘ri va rahmoniy yo‘lga yursa botiniy olamini poklab ma’rifat nuriga to‘lib, kamolot sari boraveradi. Ma’lumki, Islom olamida tarbiya masalasi insonni poklash va kamol toptirish ilmiy bo‘lgan tasavvuf kishidagi barcha salbiy hislatlarni nafs tushunchasiga bog‘lab izohlaydi, shuningdek, ulug‘ ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Abu Homid G‘azzoliy, Aziziddin Nasifiy, Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Furqat, Muqumiy va boshqa allomalar, shoir va olimlarimiz hayoti va ijodi yoshlarimiz uchun tengsiz ibrat va tuganmas ma’naviy, ilmiy merosdir.
Insonparvarlikning ilk namunasi sifatida Xorazm vohasida yaratilgan “Avesto” deb nomlangan bu bebaho ma’naviy obida turkiyzabon va SHarq olamida keng tar-qalgan xalqlarning ma’naviy boyligidir. Unda inson ma’naviyatining poydevori ishonch, halollik, sobitqadamlilik kabi ezgu qadriyatlar asos qilib olingan. Va o‘tmishdan ibrat, kelajakka ogohlik bilan qarashdek e’tiqoddan saboq beradi.
Beruniy e’tirofiga ko‘ra, “Avesto” ta’limotida davlat miqyosida kishilar birligini ta’minlash kabi mushtarak g‘oyalar mavjud. Ezgu niyat, ezgu so‘z, ezgu amal - bu uch kalomning, unsurning birligi insoniyatga xizmat qiluvchi, har qanday chegarani tan olmaydigan gumanizmning poydevori sifatida xizmat qiladi. Va asarda o‘z davrining umuminsoniy qadriyati bo‘lgan ezgulikka chorlaydigan ta’limotni, g‘oyani qidiradi, topadi va rivojlantiradi. CHunki har qanday sivilizatsiya g‘oyalar, mafkuralar va ta’limotning o‘zaro munosabatlari, ziddiyati, to‘qnashuvi orqali kishilar ongiga singib boradi, olamni anglashga, uni o‘zgartirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, “Avesto”da kishilik rivojlanishning 3 davrini kuzatish mumkin:
– Odam Yima, oltin hamda baxt-saodat davri;
– Yaxshilik va yomonlik kurashi davri;
– Kelajak davri.
Kitobda ezgulik yovuzlik ustidan g‘alaba qilishi, ya’ni yaxshilik xudosi Axuramazda yomonlik xudosi Axrimanni engib borishi tasvirlanadi. Kishilar qalbidagi xislatlar odamlarga ma’naviy qudrat, ruhiy birdamlik beruvchi kuch vazifasini o‘taydi. “Avesto”ning ma’naviy qadriyati bugungi kun odamlarining ma’naviy – ruhiy rivojlanishi va kamol topishining ham muhim omilidir.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish