Katta guruhda tevarak atrofni o‘rganish.
5-6 yoshdan bolalarda chap va o‘ng qo‘lni farq qilish, o‘ziga nisbatan narsalar qay yolnalishda (yuqorida, pastda, oldinda, orqada, chapda, o‘ngda) joylashganini aniqlash ko‘nikmasi mustahkamlanib boriladi. Shu maqsadda o‘rtaguruh bolalari uchun tavsiya etilgan o‘yin mashqlari qoTlaniladi. Kim qayerda turibdi? Top! Nima qayerda? Top! Qo‘ng‘iroq qayerda chalindi? Top! va boshqalar. Bu o‘yinlami matematika mashg‘ulotlarida, shuningdek, o‘yin vaqtida ham o‘tkazish mumkin. Bu narsalar sonning ortishi bilan ifodalanib, bunda bola aniqlashi mumkin bo‘lgan joy, shuningdek, bola bilan narsa o‘rtasidagi masofa nazarda tutiladi. Bolalami asta-sckin o‘zlaridan uncha uzoq bo‘lmagan masofada turgan har qanday narsaning yo‘nalishini aniqlashga o‘rgatilib boriladi. Bolalarga narsalaiga nisbatan qay yo‘nalishda ekanligini aniqlashni o‘rgatibgina qolmay, balki aytilgan vaziyatni mustaqil ravishda vujudga keltirishga ham o‘igatiladi. Masalan: «Shunday tuigin- ki, Jahongir orqangda, Jasur esa oldingda bo‘lsin, chap tomoningda stol, o‘ng tomoningda doska bo‘lsin». Pedagog (tarbiyachi) harakatlar yo‘nalishini aniq bclgilash uchun musiqa va jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida qo‘shimcha foydalanadi. Balandga, pastga, oldinga, orqaga, chapga, o‘ngga va hokazo.
Mo‘ljal olishga oid topshiriqlar soni asta-sekin oshirib borilib, takliflar tartibi ham o‘zgartiriladi. Avval bolalar faqat juft, ya’ni: oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga kabi yo‘nalishlarni aniqlasalar, kcyinchalik csa ular yo‘nalishlarni xohlagan: oldinga-o‘ngga. chapga-orqaga va hokazo tartibda bajaradilar.
Bolalarning piyoda yuruvchilaming o‘ng va chap yo‘nalish- larini mo‘ljal qila olish ko‘nikmasi bilan bog'liq bo‘lgan ko‘chada yurish qoidasini egallab olishlari uchun quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi: «Ko‘chadan kesib o‘tish qoidasiga rioya qil» va hokazo.
Bolalarni aytilganlar bo‘yicha harakat qilib, yo‘nalishlarni aniqlashga o‘rgatish muhimdir. Shu maqsadda quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi: «Nog'orani chal». Bolalar tarbiyachining ko‘rsatma- siga binoan ko‘zni yumib, narsa tomon boradilar: «Oldinga ikki qadam tashla, chapga buril. uch qadam tashla» va hokazo. Avval topshiriqlar sonini 2-3 ta bilan cheklash, keyinroq esa ularning sonini 4-5 tagacha yetkazish mumkin. Bolalar narsalarning qog'oz varag'iga, polga, joyga nisbatan joylashishini bildiruvchi aniq so‘zlardan foydalanishlari kerak. Bolalar matematika mashg'u- lotlarida u yoki bu fazoviy bog'lanish hamda munosabatlar haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qiladilar. Ular kun davomida xilma- xil faoliyat turlari aks ettirilgan rasm va fotosuratlardan foyda- lanadilar: o‘rin-ko‘rpalarni yig'ish, ertalabki gimnastika, yuvinish, ertalabki nonushta va hokazolar. Sutka, qismlar haqidagi tasavvurlarni aniqlashda didaktik o‘yinlar, masalan, «Tun va kun» o‘yini yordam beradi.
«Kecha», «bugun», «ertaga» kabi vaqt belgilarining o'zgaruvchanligi va nisbiyligi bolalarga ularni o'zgartirishlarida qiyinchilik tug'diradi. Besh yoshli bolalar bu so'zlami yanglishtiradilar.
Pcdagog (tarbiyachi) muayyan so'zlarning inazmun ahamiyaiini ochib bcrish ucliun bolalarga quyidagi savollarni beradi: «Biz siz bilan kecha qayerda bo'ldik?», «Saylga qachon borgan edik?»,
«Bugun qanday mashg'ulol o'lamiz?», «Bizda rasm chizish bo‘yicha mashg'ulot qaclion bo'ladi?» va hokazo.
Bolalar aylana bo'lib turadilar. Tarbiyachi qisqa jumla bilan vaqtni aytib, koptokni tashlaydi. Kim koptokni ushlab olsa, o'sha bola birar sonni aytib, koptokni boshqa bolaga uzatadi. Kim koptokni
ushlab olsa, o'sha bola tegishli vaqtni avtadi. Masalan, tarbiyachi koptokni tashlab: «Biz tabiatda sayrqildik», — deydi. Bola esa koptokni ushlab olib: «Kecha» — deb jumlani tugatadi. «Matematika bo‘yicha mashg'ulot.. bo'ladi», «bugun». «Biz.. rasm chizamiz» va hokazo.
Maslig‘ulotlardan birida bolalar odamlar so‘zlashuvda ishlatadigan kun so‘zi bin ikkinchisi bilan almashinib turishini bilib oladilar.
Shunday kunlardan yettitasi bir haflani tashkil etadi. Hafta kunlarining izchilligi har doim birdek: dushanba, seshanba, chorshanba.
Bolalar hafta kunlarining nomini faoliyatining aniq mazmuni bilan bogMaydilar. (Chorshanba kunlari bizda matematika va jismoniy tarbiya mashg'ilotlari, payshanba kunlari...) Endilikda bolalar har kuni ertalab hafla kunlarining nomini, shuningdek, kecha haftaning qaysi kuni, ertaga qaysi kuni ekanligini
aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |