Katta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakllarni ajratish.
Bolalar matematika mashg‘ulotlarida shakl jihatidan bir-biriga yaqin figuralar (doira va oval) bilan chegaralangan figuralarni 0‘rganadilar.
Moddini farq qilishni, idrok etadigan figuralarni tahlil qilishni, ularning ba’zi bir xossalarini ajratib ko‘rsatish va oval shaklidagi figuralar bilan tanishtiriladi, shakli bo‘yicha o‘zgarishlarni ko‘rish, o‘xshash figuralarni topishga o‘rgatiladi. Didaktik o‘yinlar bolalar- ning faqat shakl haqidagi tasawurlarini aniqlab va mustahkam- labgina qolmay, balki ularning ana shu tasawurlarini boyitadi ham. Katta guruhda bolalarga har bir figura har xii rangda, har xil o‘l-! chamda va tomonlari har xil munosabatda, har xil materialdan (qog'oz, karton, faner, plastilin va boshqa narsalardan) yasalgan model shaklida ko‘rsatiladi. Yakka ishlash uchun jadval va kartoch- kalar qo‘llaniladi. Bunda bir xil yoki har xil ko‘rinishdagi figura- laming rasmi turli holatda joylashtiriladi. Barcha ishni figuralar
modelini solishtirish asosida olib boriladi. Figuralar har binning xarakterli xossalari, rangi, o‘lchami, materiali bilan bir-biridan farq qiladigan 4-5 modelini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Kichik guruhda pedagog (tarbiyachi)lar bolalar bilan Figuralar modelini ko‘rib chiqayotganida muayyan rejaga rioya qiladi. Bolalaiga quyidagicha savol beriladi: «Bu nima? Qanday rangda? Qanday o‘lchamda? Nimadan qilingan?». Endi figuralar modelini ko‘rib chiqayotganda bolalami figuralarning elementini ajratib ko‘rsatish, ular o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun savollar beriladi. Masalan, to‘g'ri to‘rtburchak ko‘rib chiqilayotganda, pedagog (tarbiyachi): «To‘g'ri to‘rtburchakda nima bor? Necha tomoni bor? Tomonlarning o‘lchami haqida nima deyish mumkin?» — kabi savollar beradi. Modellarni ma’lum tartibda ko‘rib chiqish, solishtirish bolalarda figuralarning shaklini aniqlash, ulaming bir xil belgilarini taqqoslash, muhim belgilarini ajratib ko‘rsatish hamda
muhim bo‘lmagan belgilariga e’tibor bcrmaslik ko‘nikmasini asta- sekin rivojlantirib borishga xizmat qiladi. Bolalar induktiv tafakkurning dastlabki malakalarini hosil qila boshlaydilar. Ular bir qator faktlar asosida oddiy xulosalar chiqara boshlaydilar: qizil kvadratning tomonlari teng, ko‘k kvadratning tomonlari teng.
Taqqoslanadigan figuralar va figura turlarining soni oshirib boriladi. Belgilar sonining ko‘pligi bilan farq qiladigan modellar qo‘llaniladi. Ayni bir xil modellar har xil belgilari, shakli, rangi, o‘lchami bo‘yicha guruhga ajratiladi. Guruhlashga oid mashqlar tartib bo‘yicha sanashga o‘rgatish bilan qo‘shib olib boriladi. Bunda birliklardan hosil bo‘lgan sonlar hamda sonlar o‘rtasidagi bog'liqlik o‘rgatiladi. Figuralarning o‘zaro joylashishini aniqlash mashqlari ko‘p hollarda didaktik formalarda o‘tkaziladi. Nima o‘zgardi? Xuddi shunday naqshni top! Juftini top! Bolalar asta-sekin murakkab naqshni uni tashkil etgan elementlarga ajratish, ularning shakli hamda fazoviy holatini aytish malakalarini egallab boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |