13.Mavzu: Kichik guruh yoshidagi bolalarni tevarak
atrofda mo`ljal olishga o`rgatish.
Reja
1. Joyni bilish.
2. Atrof-muhit va joyni bilish.
Joyni bilish.
Kichik guruh dasturining shartlaridan biri bolalami o'zidan oldinda (oldinga) —orqada (orqaga), chapda (chapga) — o'ngda (o'ngga) kabi fazoviy yo'nalishlarni ajrata olishga o'rgatishdir.
Fazoviy yo'nalishlarni farq qilishda bolalaming o‘z gavda qismlarini aniq farq qilishi va o'ziga nisbatan tomonlami aniqlashga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan: «Oldinda» deganda bola o'zining yuzi lomonni, «orqada» (orqadan) deganda csa gavdasining orqa lomonini tushunadi.
Bolalaming yuvinishi va kiyinishi vaqtida tarbiyachi ular bilan erkin suhbatlashib, gavda va yuzqismlari nomini aytadi: «Bumingni, qulog'ingni. engagingni yuv, peshonangni art». «Boshingga ro'mol o‘ra, «Bo'yningga sharf bog'Ia». Kichkintoylami o'zining gavda va yuz qismlarining nomini aytishga undash rtiuhim ahamiyatga ega.
Kichkintoylar yuz va gavda qismlari qayerdaligini bilib olganlaridan so'ng. ularga o'zlarining turli tomonlarini aniqlash o'rgatiladi. Tarbiyachi kichkintoydan so'raydi: «Selling orqangda nima bor?», «Oldingdachi?» (ko'krak, qorin, yuz) yoki «Sening o'rning qayerda?», «Ko'kragingchi?» «O'ng qo'ling qani?», «Chap qo'ling qayerda?»
Bolaiarga ayni bir vaqlda o'zaro qarama-qarshi juft yo'nalishlami, ya’ni yuqorida — pastda, oldinda — crqada. chapda — o'ngda (chap-o'ng) dcgan tushunchalami farq qilish mashq qildiriladi.
chunki bolada ulaming biri haqida tasawur hosil qilish ikkinchisi haqidagi tasavvurning shakllantirilishiga tayanadi.
Tarbiyachi nonushta yoki tushki ovqat vaqlida, mashg'ulotlar va boshqa paytlarda bolalar diqqatini nima qilayotganliklari va qaysi qo'llari bilan qilayotganliklariga bir necha daqiqa jalb etadi.
Kichkintoylar qaysi qo‘llarida qoshiqni, qaysi qo'llarida nonni, qaysinisida qalamni, mo'yqalamni, qaysinisida esa qog'ozni ushlab turganliklarini aytib bcrishlari kcrak.
O'ng va chap qo'lni bir-biridan farq qilish va nomini aytish mashqi boshqa harakatlami bajarishda ham o'tkaziladi. Masalan, tarbiyachi musiqa vajismoniy tarbiya mashg'ulotlarida bolalaiga o'ng
qo'llariga havo rang bayroqchani, chap qo'llariga esa yashilini yoki o‘ng qo'llariga uzun tasmani, chap qo'lga esa kaltasini olishni taklif qiladi, kichkintoylardan qaysi qo'llarida qanday naixa borligini so'raydi.
O'ng va chap qo'lni farqlashga va nomini aylishga o'rgatish jarayonida o'zidagi turli tomonlami: bosh yuqorida, oyoqlar pastda ekanligini, o'ng oyoq, chap oyoq; o'ng quloq, chap quloq va hokazolami bilish ko'nikmasini o'stirishga katta ahamiyat beriladi.
Pedagog (tarbiyachi)ning ko‘rsatmasiga binoan bolalar yo‘nalish ko*rsatkichlari bilan pastni, yuqorini, chapn:, o‘ngni ko‘rsatadilar.
Ular aytilishi bilan oldinga cngashishni, qoMIarini yuqoriga ko‘tarishni, pastga tushirishni va shu kabilami o‘n»anadilar. «Bckin-machoq», «Koptokni qayerga tashladingiz» o‘yinlaridan foydalaniladi. Bunday olyin mashqlarini 6—8 marta takrorlash lozim, ular uchun taxminan 4—5 minut vaqt ajraiiladi.
Kichik guruhda bolalar qog‘oz betidagi har xil joyni bilish yuzasidan dastlabki ko‘nikmalarni hosil qiladilar. Mashg‘ulotlarda ularga narsalami qog‘oz betining yuqorisiga va pastiga, yuqorigi va
pastki doskaga, chapga va o‘ngga joylashtirish, narsalami chapdan o‘ngga qarab tartib bilan qator qilib qo‘yib chiqish o‘rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |