1-MAVZU. Takrorlash uchun savollar Buxgalteriya hisobi nazariyasi nimani o‘rganadi va uning amaliyoti bilan qanday o‘zaro aloqadorlik mavjud?
Buxgalteriya hisobi nima?
Buxgalteriya hisobini qanday tarixiy zarurat vujudga keltirgan?
Buxgalteriya hisobi qachon paydo bo‘lgan?
Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan?
Buxgalteriya hisobining qanday asosiy maktablari bo‘lgan va ularning xususiyatlari qanday?
Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
Hisob turlarida qanday o‘lchov birliklari qo‘llaniladi?
Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisobning o‘rni va ahamiyati nimada?
Operativ hisob nima?
Statistik hisob nima?
Xo‘jalik hisobi turlariga qanday talablar qo‘yiladi?
Xo‘jalik hisobining qanday turlari mavjud?
Buxgalteriya hisobini qanday tarixiy zarurat vujudga keltirgan?
Buxgalteriya hisobi qachon paydo bo‘lgan?
Buxgalteriya hisobining rivojlanishi qanday hissa qo‘shaolasiz?
Buxgalteriya hisobining qanday asosiy maktablari bo‘lgan va ularning xususiyatlari qanday?
Buxgalteriya hisobining: Italiya, Frantsiya, Germaniya, Anglo-amerika va Rossiya maktablarining xususiyatlari,ularning asosiy vakillari va uslubiy ishlanmalari to‘g‘risida ma’lumot bering.
Temuriylar davlatida hisob ishlari qanday bo‘lgan?
Buxgalteriya hisobining istiqbolini qanday tasavvur qilasiz?
Masala. Hisob turlarini o‘rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxona faoliyati vujudga keladigan jarayonlar:
1. Ishlab chqarish tsexi boshlig‘i ta’minot bo‘limiga keyingi oyga xom ashyoni olish uchun buyurtma berdi.
2. Korxona rahbari telefon orqali bir hafta ichidagi mahsulot ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlarni so‘radi.
3. Xodimlar bo‘limi boshlig‘i korxona xodimlari bilan so‘rovini o‘tkazilishi haqidagi topshiriqni olgan.
4. Korxona rahbariga har bir tsex boshlig‘i joriy hisobot davrida mahsulotni o‘rtacha ishlab chiqarilishi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdilar.
5. Ombor mudiri faktura asosida tayyor mahsulotlarni saqlashga qabul qilib oldi.
6. Kassir korxona xodimiga xizmat safari uchun hisobdorlik summasini berdi.
7. Korxona rahbari hodimlarni mehnatiga haq to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldi.
8. Korxona kassasiga xaridorlardan sotib olingan mahsulot uchun naqd pul topshirildi.
9. Ta’minot bo‘limi boshlig‘i korxona rahbariga bir oy ichida qilingan ishlarning natijalari haqida axborot bergan.
10. Bosh muxandis korxona rahbariga bir oy ichida elektrenergiya resurslaridan foydalanish haqida axborot bergan.