yuzasidan hamkorlar, boshqa tadbirkorlar va davlat idoralari bilan munosabati
jihatidan farqlanuvchi belgilar tizimidir.Tadbirkorlikning muayyan shakli bozorning
holati va tadbirkor ixtiyorida kapitalning mavjudligi orqali belgilanadi. Tadbirkorlikning
asosiy shakllariga yakka tartibdagi tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi, korporativ
tadbirkorlik kiradi. Tadbirkorlik har bir shaklining o‘ziga xos xususiyatlarini
keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida
berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Tadbirkorlik qanday turlarga bo‘linadi?
2. Muayyan tadbirkorlik turini tanlashda nimalar hisobga olinadi?
3. Ishlab chiqarish tadbirkorligining o‘ziga xos belgilari qanday?
4. Qaysi holatda ishlab chiqarish tadbirkorligini tanlash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |