|
beriladi.
...Tadbirkorlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda
|
bet | 61/116 | Sana | 31.12.2021 | Hajmi | 188,95 Kb. | | #232128 |
| Bog'liq 1-mavzu Tadbirkorlikning mazmuni va mohiyati darsning maqsadi
beriladi.
...Tadbirkorlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda
ko‘maklashish, davlat organlarida vakillik qilish, nizolarni sudgacha hal
etish, mehnat huquqi bo‘yicha yuridik xizmatlar ko‘rsatish, huquqiy savodxonlikni
oshirish kabi yo‘nalishlarda bunday xizmatlarni kuchaytirish
kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yuqoridagi rasmlarda ifodalangan idoralar qanday davlat xizmatlarini
ko‘rsatadilar?
2. Qaysi bir idorada umumiy tavsifdagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi deb
o‘ylaysiz? Nima uchun?
3. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi odamlarda qaysi davlat xizmatlariga
ehtiyoj tug‘ilishi mumkin?
TADBIRKORLIKNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH
Siz o‘tgan mavzularda tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy
shakllari bilan tanishib chiqdingiz. Endi o‘zingiz uchun tadbirkorlik faoliyatining
eng qulay shaklini tanlab, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
jarayonlarini ko‘rib chiqamiz.
67
Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan
boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 24-modda.
Yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlar
barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lgan yuridik shaxslarning
yagona davlat reyestriga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 44-modda
O‘zbekistonda 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlarining
davlat ro‘yxatidan o‘tishi bo‘yicha yangi tartib amal qilmoqda. Qarorga
muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularga «Yagona
darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona
markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
«Yagona darcha» tamoyili – aholi va korxonalar tomonidan maxsus
idoralarga murojaat qilish orqali turli davlat xizmatlaridan foydalanish.
Demak, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun,
birinchi navbatda, «Yagona darcha» markazlariga murojaat qilish talab
etiladi.
«Yagona darcha» markazi – aholi va korxonalarga turli davlat
xizmatlari ko‘rsatish, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi maxsus idora.
Sizning murojaatingiz ikki xil yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin:
1. An’anaviy tarzdagi murojaat – ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga
tashrif buyurgan holda tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
2. Onlayn tarzdagi murojaat – Internet jahon axborot tizimi orqali
ro‘yxatdan o‘tkazish.
68
AN’ANAVIY TARZDAGI MUROJAAT
Agar siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun
tegishli idoraga kelsangiz, bu an’anaviy tarzdagi murojaat hisoblanadi.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat bojini (eng kam ish haqining
bir baravari miqdorida) to‘lashingiz, tegishli qog‘oz hujjatlarning asl nusxalarini
taqdim etishingiz va ariza to‘ldirishingiz lozim.
ONLAYN TARZDAGI MUROJAAT
Agar siz tadbirkorlik faoliyatingizni Internet tizimi orqali ro‘yxatdan
o‘tkazishga qaror qilsangiz, bu onlayn tarzdagi murojaat hisoblanadi.
Buning uchun istalgan joydan turib, birdarcha.uz veb-saytida joylashgan
dastur orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Onlayn tarzdagi murojaatda
ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji eng kam ish haqining yarim
baravari miqdorida to‘lanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldirish
orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish
yakunlangach, sizga tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi guvohnoma elektron shaklda beriladi.
INTERNET TIZIMI ORQALI RO‘YXATDAN
O‘TKAZISHNING AFZALLIKLARI
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni Internet tizimi orqali ro‘yxatdan
o‘tkazsangiz bir qator afzalliklarga ega bo‘lasiz. Jumladan:
– ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarning
asl nusxalarini taqdim etish zarurati yo‘qoladi;
– arizachilarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, shuningdek, ro‘yxatdan
o‘tkazishga davlat bojini to‘lash uchun bank kassasiga shaxsan tashrif
buyurish zaruriyatidan xalos etadi;
– hujjatlar Internet orqali onlayn topshirilganda biznesni ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun davlat bojlari stavkalari shaxsan tashrif buyurgan holatga
nisbatan ikki barobar kam to‘lanadi;
– biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish
va topshirishni arizachi uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda boshlash,
to‘xtatib turish yoki qaytadan boshlash mumkin bo‘ladi.
69
BILASIZMI?
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga
ko‘ra, 2018-yilning 1-yanvar holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar
soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 300,2 mingtaga yetdi.
Ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Toshkent
shahrida (20,8%), Toshkent (10,2%), Farg‘ona va Andijon (8,7%)
viloyatlari hissalariga to‘g‘ri keladi.
BU QIZIQ...
O‘zbekiston «Biznes yuritish – 2018» reytingida dunyo o‘ntaligiga
kirdi
O‘zbekiston Jahon banki guruhining tadbirkorlik muhitini yaxshilash
bo‘yicha «Biznes yuritish – 2018» (Doing Business – 2018) reytingida
uchinchi bor dunyoning yetakchi o‘nta davlati qatoridan o‘rin oldi. Bu
haqda Jahon bankining yurtimizdagi vakolatxonasi matbuot xizmati
xabar qildi.
...Joriy yilgi mavzusi «Ish o‘rinlarini yaratish uchun islohotlar
qilish» bo‘lgan yangi hisobotda O‘zbekiston o‘tgan yilgi 87-o‘rindan
13 pog‘ona yuqorilab, 74-o‘rinni band etdi.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Tadbirkorlik faoliyatining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish nima uchun zarur?
2. Davlat xizmatlari ko‘rsatishning «Yagona darcha» tamoyili nimani anglatadi?
3. «Yagona darcha» markazi nima?
4. «Yagona darcha» markazlariga murojaat qilishning qanday yo‘llari mavjud?
5. An’anaviy tarzdagi murojaat qanday amalga oshiriladi?
6. Onlayn tarzdagi murojaat uchun qanday sharoitlar zarur?
7. Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz
qaysi yo‘ldan foydalangan bo‘lar edingiz? Nima uchun?
8. Onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
9. Internet tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazishning qanday afzalliklari mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|