Korxona ustavi – korxonaning faoliyat ko‘rsatish tartibi va shartlarini belgilab
beruvchi hujjat.
Marketing tadqiqoti – bozorni o‘rganish bo‘yicha marketing tadbirlaridan
biri bo‘lib, ishlab chiqarish va bozorda sotish ko‘zda tutilayotgan tovarlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, qayta ishlash jarayonlarini o‘z
ichiga oladi.
142
Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) – a’zolari jamiyat majburiyatlari
bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan ulush doirasida javobgar bo‘ladigan jamiyat.
Mikrofirma – muayyan sohadagi ishlovchilar soni jihatidan eng kichik
bo‘lgan yuridik shaxs ko‘rinishidagi kichik tadbirkorlik subyekti.
Oilaviy korxona – yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan
Do'stlaringiz bilan baham: |