beriladi.
MEHNAT RESURSLARI
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda eng muhim iqtisodiy resurslardan
biri – mehnat resurslari hisoblanadi.
Mehnat resurslari – aholining mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan
jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lgan qismi.
O‘zbekistonda mehnat resurslari tarkibiga 16 yoshdan 55 yoshgacha
bo‘lgan ayollar hamda 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar kiradi.
MEHNAT SHARTNOMASI
Agar siz tadbirkorlik faoliyati asosida ishchilarni ishga yollamoqchi
bo‘lsangiz, buni qonuniy asosda tashkil etishingiz lozim. Mamlakatimizda
korxona va ishchilar o‘rtasidagi munosabat mehnat shartnomasi yordamida
shakllanadi.
Mehnat shartnomasi – korxona va ishchilar o‘rtasidagi ishga
yollash bo‘yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi
huquqiy hujjat.
Mehnat shartnomasida quyidagi muhim masalalar belgilab beriladi:
– ish haqi stavkasi;
– me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka;
– dam olish kunlari va tanaffuslar;
– pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar;
– narxlarning o‘zgarishini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa
to‘lovlar miqdorini tartibga solish;
– mehnat sharoiti va boshqa masalalar.
Shuningdek, mehnat shartnomasida zarur tashkiliy masalalar ham
ko‘rsatib o‘tiladi. Odatda, mehnat shartnomasi bir necha yilga tuziladi.
134
ISH HAQI
Tadbirkorlik faoliyatida ishchilarni rag‘batlantirishning eng asosiy
shakli ish haqi hisoblanadi. Ish haqining to‘g‘ri va adolatli belgilanishi
pirovardida tadbirkorlik faoliyati natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ish haqi – tadbirkorlik faoliyatida yaratilgan mahsulotdan ishchi
va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab
to‘lanadigan ulushining puldagi ifodasi.
Ishchi va xizmatchilarning ish haqi ularning yetarli darajadagi turmush
sharoitini ta’minlashi lozim. Bu o‘rinda nominal va real ish haqi tushunchalarini
bilish zarur.
Nominal ish haqi – ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi
yoki pul shaklidagi ish haqi.
Misol uchun, siz o‘z korxonangizdagi ishchiga yanvar oyida 800 ming
so‘m, fevral oyida 790 ming so‘m, mart oyida 820 ming so‘m ish haqi
to‘ladingiz. Bular nominal ish haqi hisoblanadi.
Real ish haqi – nominal ish haqiga sotib olinishi mumkin bo‘lgan
tovarlar va xizmatlar miqdori.
Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid
etish» qobiliyatidir. O‘z-o‘zidan ayonki, real ish haqi nominal ish haqi
miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar narxiga bog‘liq. Demak, real ish
haqi nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari hamda
xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir:
Vr
Vn
Bu yerda: Vr – real ish haqi; Vn – nominal ish haqi; P – iste’mol buyumlari
va xizmatlarning narx darajasi.
Yuqoridagi misolda siz tomondan ishchiga to‘langan nominal ish haqi
yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 98,7 foizni, mart oyida 102,5 foizni
tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining o‘zgarishini aniqlash uchun
esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi to‘g‘risida ma’lumot
zarur bo‘ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan fevralda
P
135
1,08, martda esa 1,2 baravar oshgan bo‘lsin. U holda ishchining real ish
haqi fevralda 731 ming so‘mni, mart oyida esa 683 ming so‘mni tashkil
etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida
91,3 foiz, mart oyida 85,3 foiz darajasida bo‘ladi.
ISH HAQINI BELGILASH
Tadbirkorlik faoliyatida ish haqining to‘g‘ri belgilanishi davlat tomonidan
tartibga solinadi. Ish haqini belgilash tarif tizimi yordamida amalga
oshiriladi.
Tarif tizimi – mamlakat mintaqasi, tarmoqlar, ishlab chiqarish
turlari, xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ish haqi darajasini
tartibga solib turuvchi me’yorlar majmuyi.
Tarif tizimi o‘z ichiga tarif-malaka ma’lumotnomalari, tarif stavkalari,
tarif setkalari, ish haqiga nisbatan qo‘llaniluvchi turli koeffitsiyentlarni
oladi:
Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi
Mehnatga haq
to‘lash razryadlari
Tarif
koeffitsiyentlari
Mehnatga haq
to‘lash razryadlari
Tarif
koeffitsiyentlari
1 2,476 12 6,115
2 2,725 13 6,503
3 2,998 14 6,893
4 3,297 15 7,292
5 3,612 16 7,697
6 3,941 17 8,106
7 4,284 18 8,522
8 4,640 19 8,943
9 4,997 20 9,371
10 5,362 21 9,804
11 5,733 22 10,240
136
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining mehnatiga
to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
MEHNAT UNUMDORLIGI VA UNI HISOBLASH
Korxonada ishchilarga ish haqining to‘g‘ri va adolatli belgilanishi ishchilarning
mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat unumdorligi – ishchining vaqt birligi mobaynida mahsulot
yaratish qobiliyati.
Mehnat unumdorligi ma’lum bir vaqt oralig‘ida ishchi mehnatining har
bir birligi evaziga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi:
MU M
V
Bu yerda: MU – mehnat unumdorligi; M – mahsulot, V – sarflangan
ish vaqti.
Bundan ko‘rinadiki, ishchining mehnat miqdori u tomonidan ishlangan
vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va boshqalar bilan belgilanadi.
MEHNAT UNUMDORLIGINI O‘STIRISH OMILLARI
Tadbirkor o‘z korxonasidagi mehnat unumdorligini oshirib borishga
harakat qilishi lozim. Chunki mehnat unumdorligining o‘sishi korxonadagi
mehnat resurslaridan samarali foydalanilishini anglatadi. Mehnat unumdorligini
o‘stirish omillari iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni
jadallashtirish omillariga bo‘lib o‘rganiladi.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Mehnat resurslari nima va u o‘z ichiga kimlarni oladi?
2. Mehnat shartnomasi nima uchun zarur?
3. Ish haqi nima va uning tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyati qanday?
4. Nominal va real ish haqi tushunchalari nimani anglatadi?
5. Tarif tizimi nima? U o‘z ichiga qanday asosiy jihatlarni oladi?
6. Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi to‘g‘risida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |