|
|
bet | 37/116 | Sana | 31.12.2021 | Hajmi | 188,95 Kb. | | #232128 |
| Bog'liq 1-mavzu Tadbirkorlikning mazmuni va mohiyati darsning maqsadi
beriladi.
XususIy korxona
Tashkil etiladi
va boshqariladi:
bir jismoniy
shaxs tomonidan
Nizom
jamg‘armasi:
Tashkil etish
hujjatlari:
Hamkorlarni
jalb etish:
Soliqqa
tortish:
mumkin
emas
soliqlarni
korxona
to‘laydi
minimal nizom
o‘lcham
mavjud
emas
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yuqoridagi infografikada keltirilgan xususiy korxonaning qaysi belgisini
eng ahamiyatli deb hisoblaysiz?
2. Agar siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni tashkil etmoqchi bo‘lsangiz xususiy
korxonaning qaysi jihatlari sizga ma’qul keladi?
3. Siz o‘zingiz bilgan xususiy korxonalar to‘g‘risida misollar keltiring.
XUSUSIY KORXONA TUSHUNCHASI
Ayrim tadbirkorlar o‘z faoliyatining miqyosiga emas, balki uning mustaqil
ekanligiga katta e’tibor qaratadilar. Chunki boshqarish, xo‘jalik qarorlari
chiqarish va daromadni taqsimlashdagi mustaqillik tadbirkorning
manfaatlariga to‘liq mos kelishi mumkin. Bunday holatda tadbirkorlikning
xususiy korxona shakli har tomonlama muvofiqdir.
Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan
tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy
korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 558-II-sonli
«Xususiy korxona to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
31
Xususiy korxona yagona mulkdor tomonidan tuziladi. Mulkdor xususiy
korxonaga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy
korxona ta’sischisi faqat jismoniy shaxs bo‘ladi. Bu bir shaxs tomonidan
yaratilgan tashkilot bo‘lib, biznes faoliyati ta’sischining o‘z mulklari asosida
amalga oshiriladi. Siz mamlakatimizdagi xususiy korxonalar tomonidan
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni osongina ajratib olishingiz mumkin. Chunki
mazkur mahsulotlarning ishlab chiqaruvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotda
firma nomidan keyin «xususiy korxona» degan so‘z yoki «XK» abbreviaturasi
yozilgan bo‘ladi.
XUSUSIY KORXONANING XUSUSIYATLI JIHATLARI
Xususiy korxona faoliyatining o‘ziga xos jihati shuki, u boshqa
ta’sischilarning aralashuvisiz, bir kishining yagona rahbarligi ostida amalga
oshiriladi. Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka
boshqaradi.
E’tiborli jihati, xususiy korxona faoliyatiga boshqa ta’sischilarning aralashuvi
man etilsa-da, mazkur xususiy korxonaning boshqa korxonalar
faoliyatida ishtirok etishi ruxsat etilgan.
Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa
yuridik shaxslarning
muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha
tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga
haqli.
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 558-II-sonli
«Xususiy korxona to‘g‘risida»gi qonuni, 9-modda
Xususiy korxona yagona jismoniy shaxs tomonidan tashkil etilgani
uchun uning ustav fondi ulushlarga bo‘linmaydi. Shuningdek, ustav fondining
hajmini mulkdorning o‘zi belgilaydi.
Agar siz xususiy korxona ochmoqchi bo‘lsangiz, uning ustav fondiga
pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki
mulkiy huquqlarni kiritishingiz mumkin. Bunda xususiy korxonaning ustav
fondiga kiritadigan mol-mulkingizni mustaqil baholash huquqiga egasiz.
Oilaviy korxonalar singari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyorida qoladigan foyda
summasiga soliq solinmaydi.
32
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi,
korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini
ifodalaydi, xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa molmulkini
tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari
tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni
tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar
chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 558-II-sonli
«Xususiy korxona to‘g‘risida»gi qonuni, 14-modda
XUSUSIY KORXONANING
AFZALLIKLARI KAMCHILIKLARI
Xususiy korxonaning yagona jismoniy
shaxs tomonidan tuzilishi va boshqarilishi
Xususiy korxonalar faqatgina jismoniy
shaxslar tomonidan tashkil etilishi, yuridik
shaxs uning mulkdori bo‘la olmasligi
Xususiy korxona mulkdori korxonani
rahbar sifatida yakka boshqarishi natijasida
qarorlar qabul qilish tezligining
oshishi
Yuridik shaxs uning mulkdori bo‘la olmasligi
natijasida qo‘shimcha mablag‘larni
jamlash orqali korxonani kengaytirish
imkoniyatlarini cheklab qo‘yilganligi
Korxona rahbarining o‘zi vaqtinchalik
bo‘lmagan taqdirda shu muddatga
rahbarlik vazifasini boshqa jismoniy
shaxs zimmasiga yuklash mumkinligi
Xususiy korxona mulkdori korxonaning
mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda korxonaning
majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga
qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga
muvofiq to‘liq javobgar bo‘lishi
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘laganidan keyin xususiy
korxona mulkdori ixtiyorida qoladigan
foyda summasiga soliq solinmasligi
Korxona kasodga uchraganda barcha
qarzlarni
va boshqa to‘lovlarni ta’sischining
o‘zi to‘laydi. Bu esa tadbirkorga cheklanmagan
mas’uliyat yuklaydi
Soliqqa tortishning umumbelgilan-
gan va soddalashtirilgan soliq tizimi
(yagona soliq to‘lovi)dan birini tanlash
huquqiga egaligi
Xususiy korxona egasiga korxonani
to‘lig‘icha mulk majmuasi sifatida sotishi
yoki hadya etishi yoxud uni tugatib,
mol-mulkini alohida sotish huquqi
berilganligi
33
BILASIZMI?
O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan
tadbirkorlik subyektlaridan biri – «Murad
Buildings» kompaniyasi hisoblanadi. Mazkur kompaniyaning
asosiy faoliyat yo‘nalishi o‘z ichiga ko‘p
qavatli uylarni va ularga xizmat qiluvchi ijtimoiy infratuzilmalarni
oluvchi turarjoy loyihalarini rivojlantirish hisoblanadi.
Turarjoy majmualari yakka tartibdagi arxitektura konsepsiyasi bo‘yicha
qurilib, turli darajadagi daromadga ega bo‘lgan keng omma uchun
mo‘ljallangan.
«Murad Buildings» kompaniyasi bino qurilishi jarayonining quyidagi
barcha bosqichlarida ish olib boradi: obyektni loyihalashtirish,
eskirgan binolarni sotib olish, ularni keyinchalik buzish va yangilarini
qurish, sifat ustidan nazorat, sotish va sotishdan keyingi xizmat
ko‘rsatish.
https://www.goldenpages.uz/company/?Id=80592
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Xususiy korxona tushunchasi nimani anglatadi?
2. Xususiy korxona kim tomonidan tashkil etilishi mumkin?
3. Xususiy korxonaning o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib bering.
4. Xususiy korxona rahbari korxonani vaqtincha boshqarish imkoniyati
bo‘lmagan holatda qanday yo‘l tutishi mumkin?
5. Soliqqa tortish bo‘yicha xususiy korxonaning qaysi jihatlari boshqa tadbirkorlik
shakllariga o‘xshaydi?
6. Xususiy korxonada qanday mulkiy huquqlar mavjud?
7. Xususiy korxonaning tadbirkorlik shakli sifatida qanday kamchilik jihatlari
mavjud?
8. Xususiy korxonada faoliyat natijalari bo‘yicha javobgarlik qanday tavsifga
ega?
3 – Tadbirkorlik asoslar, 11-sinf
34
Egalari:
har qanday jismoniy
va yuridik
shaxs, shu jumladan
xorijiy fuqarolar.
Bir jismoniy
yoki yuridik
shaxs tomonidan
ham tashkil etilishi
mumkin
Nizom
jamg‘armasi:
Asos solish
hujjatlari:
Hamkorlarni
jalb etish:
Eng ko‘p ishtirokchilar
soni:
jamiyatning
barcha a’zolari
roziligi
asosida nizom
jamg‘armasiga
ulush kiritish
shartnoma 50 kishi
va nizomi
eng kam ish
haqining
kamida 40
baravari
miqdorida
Mas’ulIyatI cheklangan jamIyat
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|