Ko’rgazmalilikning tasviriy vositalari, jadval va rasmlar o’quvchilarga o’iganilayotgan obyektlarning tuzilishi, shakli, rangi, ularning tabiiy o’rab olgan muhiti, hayot tarzi kabilar to’g’risida tasavvurlar beradi.
Boshlang’ich sinflarda jismlar, narsalar, hodisalarga oid tasav-vurlarni vujudga keltirish uchun natural va tasviriy ko’r-gazmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda tasviriy va simvolik (timsol) ko’rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivoj-lanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq ko’rsatmali material orqali o’zlashtirishga qobiliyatli bo’ladi. o’quv kino va diafilmlarni ko’rsatish ham ta'limning Ko’rgazmalilik usuliga kiradi. Bolalar filmni ko’rish orqali filmda ko’tarilgan savollarga javob topishlari lozim.
Sayohat ham ko’rgazmali usullarni tashkil qiladi. Sayohat o’qituvchi tomonidan puxta o’ylanib, yaxshi tayyorlansa va uyushtirilsa samarali natija beradi. Sayohatdan olingan taassuroflarni kuzatish natijalarini umumlashtirish juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |