1.
Sug’urta tashkilotlarini investitsion faoliyati va uning mazmun-mohiyati.
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati
to’g’risida”gi qayta tahrirdagi Qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan:
“investitsiya - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va
nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar”
4
, sifatida ta’riflanadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelish
mumkinki, “investitsiyalar” tushunchasi “kapital qo’yilmalar”, “investitsiyalarning
mulkiy shakli”, “kapital”, “kredit” va boshqa tushunchalarga qaraganda kengroq,
“sig’imliroq” tushuncha hisoblanadi
5
. Kapital qo’yilmalar investiitsilarning tarkibiy
qismi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda investitsiyalarning tarkibida kapital
qo’yilmialardan tashqari aylanma mablag’ (vosita)lar ham mavjud. Demak, ko’rinib
turibdiki, kapital qo’yilmalar tushunchasi aynan investitsiyalar tushunchasini
anglatmaydi.
6
Umumlashtiradigan bo’lsak, investitsiyalar bu faqat uzoq muddatli
kapital qo’yilmalar bo’libgina qolmasdan, balki qisqa muddatli qo’yilmalarni ham o’z
ichiga oladi. Demak, investitsiyalar - mulkchilikning barcha ko’rinishlaridagi moddiy
va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy-ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga
kiritishdir.
“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining
3-moddasiga ko’ra “chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida
tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat
ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga
doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, chet el
investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi
hududida chet el investitsiyalari”
7
, deb e’tirof etiladi.
4
Ўзбекистон Республикасининг “Инвестиция фаолияти тўғрисида”ги Қонуни, 1998. 24 декабр. //Солиқлар
ва божхона хабарлари. 4-сон, 1999. 3-б.
5
Ғозибеков Д.Ғ. Инвестицияларни молиялаштириш масалалари. Т.: “Молия” нашриёти, 2003. 28-б.
6
Инвестиции: Учебное пособие /Г.П. Подшиваленко, Н.И. Лахметкина, М.В. Макарова и др. –М.:
КНОРУС, 2004. С.7. (Финансовая академия при Правительстве РФ).
7
Ўзбекистон Республикасининг “Чет эл инвестициялари тўғисида”ги Қонуни, 1998. 30 апрел. //Халқ сўзи.
1999. 12 январ. 7-сон. 1-б.
Sug’urta kompaniyalari asosiy faoliyati Bilan bir qatorda investtsiya
faoliyatini xam amalga oshirish imkoniyatiga egadir. Odatda, sug’urta
kompaniyalarining sug’urtaviy xizmat ko’rsatish o’ziga xos xususiyatga ega ya’ni,
mijoz dastlab sug’urtalovchiga sug’urta badalini shartnoma tuzilishi Bilan to’laydi.
Sug’urta shartnomasi muddatining tugashi xizmat to’liq ko’rsatilganligini bildiradi.
Demak, sug’urta kompaniyalarida moliya resurslarining xarakati xususiyatlari
shunga olib boradiki, sug’urta kompaniyalari ixtiyorida shartnomani amal qilish
mobaynida qo’shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo’lgan
vaqtinchalik majburiyatdan xoli bo’lgan katta miqdorda vaqtincha bo’sh
mablag’lar to’planadi. Sug’urtalovchilar bu mablag’larni qo’shimcha daromad
olish maqsadida turli ob’ektlarga investitsiya qilishlari mumkin.
Sug’urta tashkilotlari tasarrufida kata miqdordagi moliyaviy resurslarni
to’planishi, ularni iqtisodiyotni rivojlanishida muxim rol o’ynashini ko’rsatadi.
Sug’urta qiluvchilar tomonidan moliya resurslarining to’planishi sug’urtani faol
investitsion siyosat yo’li Bilan iqtisodiyotning asosiy omiliga aylantiradi.
Boshqacha so’z Bilan aytganda, sug’urtalovchilar turli polis egalaridan olingan
passiv pul mablag’larni moliya bozorida xarakat qiluvchi aktiv kapitaliga
aylantirishadi.
Sug’urta ompaniyasi investitsion imkoniyatlarini quyidagi omillar
belgilaydi:
3.
yig’iladigan sug’urta mukofotlari xajmi;
4.
sug’urta portfeli xajmi;
5.
amalga oshirilayotgan sug’urta xizmatining foydaliligi yoki zararliligi;
6.
sug’urta rezervlarini shakllantirishga davlat tomonidan qo’yiladigan talablar;
7.
tuzilgan sug’urta shartnomalari muddati;
8.
o’zlik mablag’lari xajmi.
Cug’urta kompaniyasining investitsion imkoniyatlari taxminan shunday
deyarli shakllanib boradi. Investitsion imkoniyat asosiy qismi «O’zlik
mablag’lar”ga to’g’ri keladi. Sug’urta rezervi esa domiy ravishda sug’urta
qoplamalari to’lanishiga qarab o’zgarib turadi.
Sug’urta kompaniyasining investitsion portfeli tizimi, uning moliyaviy
barqarorligini ta’minlashi lozim va u odatda sug’urta nazorati me’yorlari bilan
belgilanadi. Unda sug’urta zaxiralarining vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larini
joylashtirish tartibi belgilanadi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, sug’urta
kompaniyalari bo’sh mablag’larini turli ob’ektlarga investitsiya qilish imkoniyati
tug’ildi. 1993 yilning 6 mayida qabul qilingan “Sug’urta to’g’risda”gi Qonunning
25-moddasida “Sug’urta tashilotlari o’z moliyaiy manbalarini boshqa yo’l bilan
foydalanishga xaqlidir”, deb ko’rsatilgan edi. Ammo 2002 yilning 5 aprelidagi
ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining VIII-sessiyasida qabul
qilingan «Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq
“sug’urtalovchilar sug’urtani amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas” deb belgilangan.
Demak, sug’urtalovchilarning investitsiya faoliyati qat’iy cheklangan. Shuningdek,
Ushbu qonunning yuqorida ko’rsatib o’tilgan moddasida sug’urtalovchilar maxsus
vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati
bilan shug’ullanishlariga ruxsat berilgan. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan 2006 yil 6 mayda tasdiqlangan, №1571 raqam Bilan
davlat ro’yxatidan va 2006 yil 22 aprelda tasdiqlangan, №1565 raqami bilan davlat
ro’yxatidan o’tgan buyruqlariga asosan, sug’urta kompaniyalari tomonidan
sug’urta rezervlarini tashkil qilish va investitsiyalashning tartiblari belgilangandir.
Jumladan, unda respublika sug’urta kompaniyalarining sug’urta aktivlarini
joylashtirish tartiblari, investitsiyalashning qonunchilikda belgilangan quyidagi
asosiy talablarga javob berishi lozim:
(1)
Diversifikatsiya;
(2)
Qaytishliligi;
(3)
Likvidliligi;
(4)
Foydaliligi.
8
Investitsion faoliyatning diversifikatsiyasi birinchi navbatda sug’urta
kompaniyasi investitsion portfelining barqarorligini ko’zda tutadi. Ma’lumki,
sug’urta kompaniyalari ularga o’z mablag’larini qo’yishi mumin bo’lgan
investitsion loyixalar tshplami sarmoya bozorining rivojlanish darajasiga bog’liq.
Xozirgi paytda sug’urtalovchilarning vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’lari tijorat
banklari depozitlariga, qimmatli qog’ozlarga joylashtirilishi, korxona va ko’chmas
mulklarga investitsiya qilinishi mumkin. Investitsiya portfel tarkibi va tizimini
tartibga solish odatda kiritilgan mablag’larning turlari bo’yicha minimum va
maksimumni belgilash yo’llari orqali amalga oshiriladi. Shu Bilan birga,
dunyoning etakchi kompaniyalarining tajribasiga ko’ra, kompaniya investitsion
portfelining korxonap va ko’chmas mulklar ustav fondiga investitsiyalari 15%,
qimmatli qog’ozlarga investitsiyalari 25-60%, tijorat banklari depozitlariga
mablag’lari 15-30%, investitsiyaning boshqa tutsrlariga 1-12% dan oshmaydigan
miqdorlarda joylashtiradilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mablag’lar yalanishini to’g’ri tashil
etish muxim axamiyatga ega. Chunki, mablag’lar aylanishi eng ma’qul variantini
topish pirovard natijada korxona faoliyatini foyda bilan yakunlashiga olib keladi.
Sug’urta faoliyatida joriy natijalar sug’urta badallari ko’rinishida sug’urta
kompaniyalari xisob – raqamiga kelib tushgan pul mablag’lari aylanishi xisobidan
daromad kelish imkoniyati yuzaga keladi.
Ushbu
daromadlar
sug’urta kompaniyalarini sug’urta zaxiralarini
shakllantirish orqali xarajatlar qismini qoplash va foyda olish manbai bo’lib xizmat
qiladi.
Sug’urta faoliyatining joriy taxlil pul mablag’lari tushumi orqali o’ziga
olyotgan majburiyatlar adektivliligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |