1-mavzu: Sug`urtaning iqtisodiy mohiyati va funksiyalari. Reja: Sug‘urta nazariyasining kelib chiqish tarixi. Sug‘urta nazariyasi predmeti va ob’ekti



Download 453,58 Kb.
bet52/91
Sana30.04.2022
Hajmi453,58 Kb.
#599086
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
Bog'liq
sug\'urta ishi

7-mavzu: Shaxsiy sug’urta
REJA:
1. Shaxsiy sug‘urtaning mohiyati va rivojlanish tarixi.
2. Shaxsiy sug‘urtaning turlari.
3. Fuqarolarni baxtsiz hodisadan sug‘urta qilish.


1. Shaxsiy sug‘urta – baxtsiz hodisalar yoxud tabiiy hodisalar ro‘y berishi oqibatida fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga shikast yetkazilishi bilan bog‘liq ularning mulkiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Shaxsiy sug‘urta fuqarolar boshiga kulfat tushganda ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasi hisoblanadi. Shu ma’noda, shaxsiy sug‘urta ijtimoiy himoyaning hayotiy tajribada sinalgan ishonchli shaklidir. O‘zbekistondagi 27 ta sug‘urta kompaniyasining barchasi shaxsiy sug‘urta xizmatlarini taklif etadi. Xizmatlar ham jismoniy, ham yuridik shaxslarga ko‘rsatiladi.«O’zbekinvest Hayot» MCHJ, «New Life Insurance» MCHJ, «Alfa Life» SHXJ SB, «Agros Hayot» MCHJ fuqarolar hayotini sug‘urtalashga ixtisoslashgan. Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda sug‘urta xizmatlari bozorida amalga oshirilgan jami to‘lovlarning 29%i ushbu kompaniyalar ulushiga to‘g‘ri kelgan.Sug‘urta kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq faoliyat yuritadilar. Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq esa, uzoq muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha fuqarolarning sug‘urta tovoni sifatida oladigan summalariga soliq solinmaydi.Baxtsiz hodisalardan shaxsiy sug‘urta bo‘yicha mahsulotlarning eng keng spektri taklif etiladi. Bu shaxsiy sug‘urtaning eng ommaviy turi. Barcha kompaniyalarda tegishli takliflar mavjud.Sug‘urtalangan shaxs tan jarohati olgan, salomatligiga putur yetgan (nogiron bo‘lib qolgan) yoxud vafot etgan taqdirda polislar harajatlarni qoplaydi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda kompaniya shartnomaga ko‘ra jarohat darajasiga qarab sug‘urta summasidan foiz nisbatida haq to‘laydi.Sug‘urta kompaniyalari mijozlarga alohida yondashishni afzal ko‘radilar. Shu sababli «baxtsiz hodisadan sug‘urtalash» mahsuloti bilan birga maxsus mahsulotlarni taklif etadilar. Ularning aksariyat qismi sportchilar, mamlakatimizda va undan tashqarida sayohat qiluvchilarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilishdan iborat. Yo‘llardagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalanish mumkin. «O‘zagrosug‘urta» homilador ayolni tug‘ruqxonada bo‘lishi paytida sug‘urtalashni taklif etadi. Ish joyidagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalanish mumkin. Sug‘urta kompaniyalari «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ-210-son Qonundan kelib chiquvchi vazifalarni hal etishda ham faollik ko‘rsatmoqdalar.Bir qator kompaniyalar qarzdorning hayotini sug‘urtalashni taklif etadilar. Bu qarz beruvchi o‘z moliyaviy mablag‘larini to‘liq qaytarib olishini kafolatlaydi.Har bir kompaniyada boshlang‘ich takliflar amal qiladi, yakuniy mahsulot esa shartnoma va sug‘urta polisida bayon etiladi. Sug‘urta hodisalari va ular yuz bergan taqdirda kompaniya to‘laydigan summalar albatta qayd etiladi. Sug‘urta qiymati ham ushbu ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiyki, sug‘urta summasi qancha katta bo‘lsa, hatto arzimas jarohat olganda ham to‘lovlar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi. 100% sug‘urta summasi, odatda, og‘ir tan jarohati olgan va vafot etgan taqdirda to‘lanadi.Deyarli barcha kompaniyalarda sodiqlik dasturlari amal qiladi. Takroran shartnomalar tuzilganda xizmatlar arzonlashadi.
Tibbiy sug‘urta
Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha xizmatlarni taklif etayotgan sug‘urta kompaniyalari soni tobora ortmoqda.Sug‘urta polisi sotib olinayotganda tibbiy xizmatlarning aniq hajmi va ular ko‘rsatiladigan tibbiyot muassasalari ro‘yxati ko‘rsatiladi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda mijoz tibbiyot muassasasiga murojaat qiladi, sug‘urta kompaniyasi esa shartnomada qayd etilgan summa doirasida davolash haqini to‘laydi. Ayrim kompaniyalar yuqumli kasalliklar va stomatologiya xizmatlari ko‘rsatish holatlarini sug‘urtalashni alohida mahsulotlar sifatida taqdim etadilar.

Download 453,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish