1-Mavzu. Strategik boshqaruvning vujudga kelishi va vazifasi rivojlanishi Reja


Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi



Download 428,96 Kb.
bet3/3
Sana07.02.2023
Hajmi428,96 Kb.
#908623
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

1.3. Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi

Yuqorida ko’rib o’tilgan strategik boshqarish vazifalarining xar biri doimiy tahlil va qarorlar qabo’l qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo’nalishda davom ettirish kerakmi yoki unga o’zgartirishlar kiritish kerakmi? CHunki strategik menejment doimiy xarakatdagi jarayondir.


1) bu besh vazifa bir-biridan ajralgan xolda bo’lmay, ular o’zaro o’zviy boglangan. Masalan, kompaniyaning missiyalariga bogliq masalalar mauyyan maqsadlar bilan jips boglangan;
2)bu besh vazifa aloxida xolda amalga oshirilmaydi;
3)strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish ogir jarayon xisoblanadi va menejerlardan turli xil xarakatlarni talab qiladi;
4)strategik menejmentga doimiy yetarli etibor berish strategiyani takomillashtirish zaruriyati va uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning sifati, samaradorligini oshirish uchun xar bir xodimdan talab qilinadi. Bu bosqichlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik 2-rasmda ko’rsatilgan.


Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari.


Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Biznes sohasini aniqlash va Korxonaning asosiy maqsadini ishlab chiqish.
2. Korxonaning asl maqsadini aloxida o’zoq muddatli va qisqa muddatli faoliyat maqsadlariga aylantirish.
3. Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash.
4. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish
5. Faoliyatni baholash, vaziyatni ko’zatib borish va unga to’zatishlar kiritish.


1.4. Strategik boshqarish ijrochilari
Korxonaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar menejer bo’lib xisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi vazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiyani, uni bajarish yo’llarini ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, kadrlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha vitse-prezidentlar xam strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo’yicha javobgar xisoblanadilar. Xar bir menejer o’zining javobgarlik sohasi bo’yicha strategiyani ishlab chiqish va uning bajarilishini ko’zatib boradi.
Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud bo’ladi:
-ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pogonasi raxbari;
-aloxida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar;
-muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar;
-asosiy operativ bo’linmalar va regional bo’limlar menejerlari;
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki ikkita menejer mavjud bo’ladi.
Strategik menejerga qo’yiladigan asosiy talablar.
Bugungi kundagi murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun Korxona strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular ko’pincha kompleks menejerlar deb ataladi). Ular biznesning ayrim funktsiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko’rsatish, xisob) bajarilishini ta’minlaydigan funktsional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jixatdan boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi.
E.Vrappning fikricha (Chiqago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak:
- ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari,
- o’z vaqti va energiyasini boshqara olishlari,
-yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari),
-ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»,
-dasto’rni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli boshqaruv qarorlarini qabo’l qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ voqelikdan xabardor bo’lib turishga imkon beradi.
Ular o’z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o’rtasida to’gri taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim. Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’si bilan ilgari surish uchun bosim ko’rsatmasligi kerak. Udiktator emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki raxbari sifatida ish tutishi lozim. O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi.
U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi kerak. Bu esa Korxona ma’lum bir maqsadlarsiz ish tutsa-da, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.
Download 428,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish