Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga о‘tishi va shu munosobat bilan
xо‘jalik mexanizmida tub о‘zgarishlarning sodir bо‘lishi statistika zimmasidagi
mas’ulyatini yanada oshirdi. Shunday sharoitda statistika oldida quyidagi
vazifalar turadi.
- xalq xо‘jaligidagi barcha hisobotlarni bozor iqtisodiyotiga moslash,
tartibga solish va ularning aniqligini ta’minlash;
- statistika axborotlarni takomillashtirish va iqtisodiy tahlil qilishni
yanada chuqurlashtirish, statistikaning analitik funksiyasini oshirish;
- xо‘jalik yuritishning turli shakllarini, mulkchilikning kо‘p qirraligini
ifodalovchi kо‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
- iste’mol bozoridagi, ishlab chiqarish vositalari va qimmatli qog‘ozlar
bozorlaridagi mutanosiblikni hamda baho harakati va inflyatsiya jarayonining
tavsoflovchi kо‘rsatkichlarni ishlab chiqdi;
- takror ishlab chiqarishning moliyaviy qirralarini, banklar faoliyatini va
byudjeti xolatini, korxonalar va aholi daromadi va daromadlarni tavsoflovchi
kо‘rsatkichlarni ishlab chiqdi;
- Respublikalarning xorij davlatlari bilan bо‘ladigan munosabatlarini,
ularda korxonalarning qatnashish darajasini ifodalovchi kо‘rsatkichlarni ishlab
chiqish;
- mamlakat aholisining soni va tarkibini, ularning regionlar va hududlar
bо‘yicha
taqsimlanishi,
takror
ishlab
chiqarishni
ifodalovchi
asosiy
kо‘rsatkichlari (tug‘ilish, vafot etish, tabiiy о‘sish va x.k.), sog‘lomlik darajasi,
umr uzunligi, sog‘lom avlodning yuzaga klishi;
- mamlakatning iqtisodiy resurslari, ularning tarkibi va dinamikasi,
iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari bо‘yicha taqsimlanishi, ulardan samarali
foydalanish;
iqtisodiy
jarayonlarning
asosiy
yakunlari,
ishlab
chiqarilgan
mahsulotning hajmi va tarkibi, iqtisodiy о‘sish darajasi, ishlab chiqarilgan
mahsulotdan fodalanish, iste’mol qilish va jamg‘arish, iqtisodiyot tarmoqlari va
sektorlari orasidagi nisbat va x.k.
- daromadlarning tashkil topishi va taqsimlanishi, birlamchi va
ikkilamchi taqsimot, oxirgi daromadning tashkil topishi va ulardan fodalanish;
- ijtimoiy sohaning rivojlanishi, maorif va sog‘liqni saqlash, iqtisodiy
о‘sish bilan ijtimoiy rivojlanish orasidagi bog‘lanish;
- Uy-joy, kommunal xо‘jaligi va xizmatlar, yashash joylari fondi,
aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, kommunal xizmatlar va
qulayliklar;
- investitsion jarayon, investitsiya hajmi va tarkibi, moliyalashtirish
manbai va uning samaradorligi;
- moliya tizimi faoliyati: moliyaviy operatsiyalar, muomaladagi pul
xajmi, ajratilgan ssudalar hajmi, sug‘urta kompaniyalari operatsiyalari, fond
bozori, qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalar va hokozo;
- tashqi iqtisodiy faoliyat natijalari.