endi jadvalning SQL maydonida quyidagi kodni qo’llaymiz
Insert into `taomnoma`(`T/R`,`Taom_nomi`,`Taom_narxi`) values(null,'Qovurilgan kartoshka','11500') va natija quyidagicha bo’ladi:
Ko’rib turganingizdek, jadvalimizga ma’lumot ya’ni yangi qator qo’shildi.
INSERT INTO operatori shu tartibda ishlatiladi.
SELECT OPERATORI - Ushbu operator odatda jadvaldan kerakli ma`lumotlarni
ekranga chiqarish uchun xizmat qiladi. Bunda masalan jadvaldagi 10 ta maydondan
bizga 6 tasi kerak bo’lsa, o’sha 6 tani chiqarish hamda ma’lum bir maydon qiymati
bo’yicha izlash imkonini beradi.
U quyidagicha loyihalanadi:
SELECT `maydon1`, `maydon2`, … ,`maydonn` FROM `jadval nomi`