2
B.Sayfullayev. Tomosha san’ati tarixi va nazariyasi. Toshkent 2014, 73-bet.
sanalarni qayd etadi, ularni nishonlashga imkoniyat yaratadi. Kishilarning hayoti
faoliyatida erishgan yutuqlarini ifodalaydigan hodisadir.
Oʻzbek xalqida yirik ishlarning boshlanishi va yakunlanishi odatda
bayramga aylanib ketadi. Bayram insoniyatning bosib oʻtgan yoʻllarini chuqur
anglashga gʻalabalardan faxrlanishga ertangi kun uchun rejalar tuzishga kelajakka
umid bog‘lashga yordam beradi. Shu boisdan ham bayram arafasida kishilar bir-
birlarini tabriklashadi yaxshi istaklar bildirishadi.
Bayramlar insoniyat hayotida shu qadar mustahkam o‘rin egallaganki, ularni
nishonlamaydigan hech bir shaxs, oila, jamoa topilmaydi. Shuningdek har bir
millat va elat, xalqning o‘z taraqqiyot tarixi jarayonida shakllangan bayramlari
mavjud. O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqining ham eng qadimiy
davrlardan shakllana boshlagan, asrlar bo‘yi avloddan avlodga o‘tib, kamol topib,
bebaho merosga aylangan bayramlari ko‘p. Bu bayramlarning ma‘lum bir qismi
tarixning “sovuq shamollari”- bosqinchilar va turli tarixiy shaxslar-hukmdorlar
tazyiqiga uchrab nohaq yo‘qotilgan, ayrim bayramlar esa qarama-qarshiliklarni
yengib, ko‘pgina fazilatlardan ajralsa-da, butunlay yo‘qolib ketmagan, yana
boshqalari esa xalq hayotidan mustahkam o‘rin olib, bizning zamonamizgacha
yetib kelgan. Bu sohada birinchilardan bo‘lib falsafa fanlar doktori, professor
Usmon Xosilovich Qoraboyev ilmiy izlanishlarida O‘zbekiston bayramlari fani
rivojiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Uning «O‘zbekiston bayramlari»,
«O‘zbekiston bayramlari tarixi» kitoblarida bu mavzuga chuqur, ilmiy yondashilib,
bayramlarning kelib chiqish tarixi to‘liq yoritishga harakat qilingan.
Xullas, eng qadimiy davrlardan xalq ommasi ehtiyoji bilan shakllana
borgan, ijtimoiy zarurat asosida rivoj topgan, muayyan vaqtlarda taqiqlangan, katta
qarama-qarshiliklar, to‘siqlarni yengib, boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan
o‘zbek bayramlari uzoq va boy tarixga ega. Biroq hanuzgacha o‘zbek xalq
bayramlarining tarixi va hozirgi ahvoli maxsus o‘rganilgan emas. O‘zbekiston
hududida yashagan va yashayotgan avlodlar bayramlarining paydo bo‘lishi, tarixiy
rivojlanishi, hozirgi kuni, muammolari haqida maxsus ilmiy-ommabop kitoblar va
o‘quv qo‘llanmalari yaratish tarixiy zaruriyatdir.
Aslida esa o‘zbek xalq bayramlari uzoq va boy tarixga ega. Agar tarixchi-
madaniyatshunos olimlarning “bayram inson bilan birga paydo bo‘lgan va
rivojlangan” degan fikriga tayansak, bayramlar kurtaklarini eng qadimiy paleolit
davridan, ya’ni O‘rta Osiyoda odam zoti paydo bo‘la boshlagan – 500 ming yil
avvalgi vaqtdan izlasa bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, tarixga qanchalik chuqur
kirib boraversak, shunchalik tarixiy manbalarni kamayib ketayotganligini sezamiz.
Bizning madaniy-ma’naviy tariximiz, inson hayoti, odatlari, bayramlari jiddiy
tadqiqotlarni kutmoqda.
Ibtidoiy davrda vujudga kelgan ilk bayram shakllari arxeologlar, tarixchilar,
etnograflar, san’atshunoslar bergan ma’lumotlarga qaraganda, bayramlar eng
qadimiy davrlardayoq mavjud bo‘lgan va iptidoiy odamlar hayotida muhim rol
o‘ynagan. Bu fikrni madaniyatshunos olimlar ham etirof etadilar. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |