Din sotsiologiyasi
Sotsiologiyaning asoschisi O.Kont tasnifida insoniyat o‘z rivojida uch bosqichni bosib o‘tadi: teologik, metafizik va ilmiy bosqichlardir. Kont fikriga, har uchala bosqichda ham din muayyan rol o‘ynaydi.
Dinning o‘ziga xos belgilari:
1. Muayyan e’tiqod va ta’limotning mavjudligi. Har bir din dunyoni o‘z nuqtai nazariga izohlaydi va ishonuvchilarda muayyan e’tiqod shakllantiradi.
2. Marosim va rasm-rusmlar. Har bir din o‘ziga xos marosim va rasm-rusumlarga ega.
3. Diniy marosim va rasm-rusumlarning muayyan qismi faqat belgilangan joylarda jamoa bo‘lib bajarilishi.
Din sotsiologiyasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllandi. Din sotsiologiyasining shakllanishi M.Veber nomi va ilmiy faoliyati bilan bog‘liq. Maks Veber din va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan umuman din to‘g‘risida emas, muayyan davrdagi muayyan din yoki diniy oqim to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Maks Veberning fanidagi eng katta xizmatlaridan biri, uning xristian dinidagi protestantlik mazhabining iqtisodiy taraqqiyotga o‘tkazgan ta’sirini kashf etishidir. Uning nazariyasiga ko‘ra, boylikni, boylik orttirishga intilishni unga xushlamaydigan xristian dini mazhablari iqtisodiy taraqqiyotga muayyan darajada to‘siqlik qilganlar. Boylikni xudoning ne’mati, unga intilishni ega bandalarning burchi deb talqin qiladigan protestantlik esa iqtisodiy taraqqiyot va kapitalistik munosabatning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Veber talqinida, protestantlik kapitalizm vujudga kelishidagi asosiy sabablardan biri edi.
M. Veber dinlarni taxlil qilish natijasida ular sanoat kapitalizmi rivojlanishiga g‘ov bo‘lmoqda degan xulosaga keldi. Moliyaviy munosabatlarga cheklovlar qo‘yish, ijtimoiy hayotga passiv munosabatni targ‘ib qilish orqali bu dinlar, Veber fikricha, ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi. Uning talqinida xristian dini, ayniqsa protestantlik passiv kuzatib o‘tirmay, uni bartaraf qilish uchun faol kurashga chaqirish orqali ijtimoiy taraqqiyotga katta turtki berida.
Markaziy Osiyoda aqidaparstlarning keskin xurujlaridan biri XX asr boshlarida yuz berdi. Xijozdan kirib kelgan aqidaparast oqimlar Markaziy osiyoda ijtimoiy tanglikni keltirib chiqardilar. Bid’atga qarshi kurash niqobida ular ijtimoiy hayotda yuz bergan barcha yangiliklarni yo‘q qilish uchun kurash boshladilar.
Aqidaparastlarning ijtimoiy taraqqiyotni ortga qaytarish uchun qilgan xarakatlariga qarshi taraqqiyotparvar ma’rifatchilar harakati vujudga keldi. Tarixda jadidchilik nomini olgan bu harakat namoyandalari xalqni ilm-ma’rifatli qilish diniy e’tiqodda mutaassiblikdan mo‘‘tadillik tomon yuz tutish g‘oyalari bilan chiqdilar.
XX asr o‘rtalarida sotsiologiyada “fuqarolik dinlari” tushunchasi paydo bo‘ldi. Bu tushuncha ilohiy kuchlar va xodisalarga emas, ijtimoiy turmushdagi narsa-xodisalarga sig‘inishni anglatadi.
Din sotsiologiyasi ijtimoiy fikrda din atamasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy xulqni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |