1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida



Download 324,28 Kb.
bet29/50
Sana10.07.2022
Hajmi324,28 Kb.
#768952
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
SOTSIOLOGIYA FAN SIFATIDA

Obyektga yoki faoliyat sohasiga ko‘ra munosabatlarning muayyan turida amal qiluvchi me’yorlarni ajratish mumkin. Bular siyosiy, iqtisodiy, estetik, diniy va boshqalardir.
Mazmuniga ko‘ra mulkiylik munosabatlarini tartibga soluvchi, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi, muassasalar faoliyati hamda davlatlararo o‘zaro munosabatlarni muayyan tartib-qoidalarga bo‘ysundiruvchi me’yorlar bo‘lishi mumkin.
Me’yoriy – qadriyatlar iyerarxiyasidagi o‘rniga ko‘ra asosiy va ikkinchi darajali, umumiy va konkret me’yorlar.
Tashkil bo‘lish va qayd etish shakliga ko‘ra qat’iy belgilangan, qat’iy qayd etilgan va o‘zgaruvchan, egiluvchan me’yorlar.
Qo‘llanish ko‘lamiga ko‘ra me’yorlar umumiy va mahalliy me’yorlarga bo‘linadi.
Ta’minlanish usuliga ko‘ra ichki ishonch, jamoatchilik fikri yoki majburlash, davlat apparati kuchiga tayanuvchi me’yorlar.
Funksiyasiga ko‘ra baholovchi, yo‘naltiruvchi, nazorat qiluvchi, jazolovchi, rag‘batlantiruvchi me’yorlar.
Barqarorlik darajasiga ko‘ra ijtimoiy ko‘nikmalar, urf-odatlar, an’analarga tayanuvchi va aksincha, shunday asosga ega bo‘lmagan me’yorlar.
Aksariyat hollarda ijtimoiy me’yordan chetga chiquvchi xulq-atvor ijtimoiy sanksiyalar yordamida tartibga solinadi. Me’yordan chetga chiqishning epizodik shakllari kishilar orasidagi o‘zaro ta’sir tartibining buzilishi bilan bog‘liq va jamoatchilik fikri tomonidan qayd etiladi va o‘zaro ta’sir ishtirokchilari tomonidan tahrir qilinadi. Ijtimoiy me’yordan chetga chi-qishga qarshi kurash usuli va vositalari ijtimoiy ong va hukmron elita to-monidan chetga og‘ish qay darajada xavfli ekanligiga qarab, belgilanadi.
Ko‘pincha, ijtimoiy me’yordan kuchli chetga og‘ish tizimning rivojlanish vositasi bo‘ladi va u konservativ va reaksion xulq-atvor standartlaridan voz kechishga yordam beradi, ya’ni pozitiv o‘rin tutadi.
Jamiyatning me’yoriy tizimi o‘zgaruvchan xarakterga ega. Jamiyat rivojlanishi bilan me’yorlarning o‘zi ham, ularga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarib boradi. Me’yordan chetga chiqish, me’yorning buzilishi tabiiy hol hisoblanadi. Me’yorlarni to‘la qabul qilish konformizm deyilsa, me’yordan chetga chiqish deviatsiya, deviant xulq-atvorning turli ko‘rinishlarida ifodalanadi. Jamiyat har doim inson xulq-atvorining noma’qul ko‘rinishlariga qarshi chiqqan. O‘rtacha me’yordan chetga chiqish, u xoh, ijobiy tomonga, xoh salbiy tomonga bo‘lmasin jamiyatning barqarorligiga xavf solgan.
Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab E.Dyurkgeym maxsus o‘rgangan bo‘lsada, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar uzoq davrlardan shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan, Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Qadimgi Yunon va Rim faylasuflari ham o‘z asarlarida mazkur muammolarni tahlil qilib berganlar.
O‘rta asrlarda axloq me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostiga rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtayi nazardan baholangan. Yevropada xristian dini barcha sohada hukmronlik qilgan bo‘lsa, sharq dunyosida axloqiy-huquqiy me’yorlar va ular haqidagi ta’limotlar islom falsafasi ta’sirida rivojlandi.
XVIII-XIX asrlarga kelib, Yevropada jamiyat rivojining kuchayishi axloq me’yorlarining xristiancha talablari doirasiga sig‘may qoldi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy meyor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Monteske, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, B.S.Gel-vetsiy, D.Didro, P.Golbax, Morelli va Sh.Furiyelar o‘z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni to-pishga intildilar.
XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy me’yordan og‘ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta’limot – E.Dyurkgeymning «anomiya» g‘oyasi yaratildi. Anomiya – (fransuzcha so‘z bo‘lib, individual va ijtimoiy ongning shunday holatiki, bunda butun jamiyat, uning ijtimoiy institutlari inqirozga uchrab, ijtimoiy maqsadlar va ularni amalga oshirish o‘rtasida ziddiyatlar vujudga kelganda qadriyatlar tizimi parchalanib ketadi).
Ma’lumki, sotsiologiyaning fan bo‘lib shakllanishida ijtimoiy pato-logiya omiliga e’tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada E.Dyurkgeymning to‘rtta asari chop etilgan bo‘lib, shulardan biri «O‘z joniga qasd qilish» (1897) kitobi deviantlik muammosiga bag‘ishlangan edi.
Amerika sotsiologiyasida muhim o‘rin tutuvchi ta’limotlardan biri E.Saterlendning differensial aloqalar ta’limotidir. Bunga ko‘ra, har qanday xulq-atvor, shu jumladan, deviant xulq-atvor ham o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga ko‘rsatiladi.

Download 324,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish