3- masala Turli xil yo`nalishlardagi sotsiologik oqim va maktablar. XIX asrga kelib sotsiologlar boshqa maxsus fanlarga xos ayrim nazariya va goyalardan foydalanib, ularni jamiyat hodisalariga ko`r-ko`rona tadbiq eta boshladilar. Masalan, Spenser biologik organizmlarning rivojlanish qonuniyatlarini jamiyat taraqkiyotiga, sotsial darvinistlar organik dunyodagi hayot uchun kurash qonuniyatlarini jamiyatga tadbiq etdilar. Shu boisdan ham sotsiologiya fani yuzaga kelishida bir necha oqim va yo`nalishlarni ko`rish mumkin. Dastlab «pozitiv» harakterdagi Garb sotsiologiyasi bir necha oqimlarga bo`linib ketdi. Umuman, turli xil yo`nalishlardagi sotsiologik oqim va maktablar quyidagilardan iborat:
Pozitivistik oqim. Pozitivist olimlar (O.Kont G.Spenser): sotsiologik tadqiqotlarni o`rganish jarayonida faqat tabiy fanlar metodologiyasining qo`llanishini talab etadi. Bu olimlar ijtimoiy hodisalarga baho berishda faqat naturalistik yondashuvgina yagona ilmiy xulosa qilish imkonini beradi, deb hisoblaydi.
O.Kontning fikricha, ob`ekt va predmet o`zaro ziddiyatli holatlardan iboratdir. Uningcha, sotsial reallik aqliy evolyutsiyaning natijasi sifatida namoyon bo`ladi, demak ob`ektni naturalistik tushunish, predmetni sub`ektiv-idealistik talqin qilish asosida qarama-qarshilik yuz beradi. O.Kont tomonidan sotsiologiya ob`ekti va predmetini pozitiv-naturalistik talqin qilish asosida turli xil sotsial oqimlar paydo bo`ldi (Sotsial darvinizm, irqiy-antropologik, biorganik yo`nalishlar va boshqalar). O.Kont fanlarni klassifikatsiya qilish tamoyillarini ishlab chiqdi. Fanni metofizika va teologiyadan ajratib olish O.Kont pozitiv metodining asossiy goyasi edi. Kont tomonidan Astronomiya–Fizika–Ximiya–Biologiya–Sotsiologiya ko`rinishida Kont fanlarning joylashishini oddiydan murakkabga qarab qurilgan tizim tarzida talqin etish mumkin.
Kontning fikricha sotsial hodisalar tabiat hodisalariga nisbatan murakkabroq xususiyatga zga. Jamiyat haqidagi pozitiv fanni Kont avval «sotsial fizika», keyinroq esa «sotsiologiya» deb atadi. Sotsial fenomenni o`rganish uchun maxsus fundamental fan zarurdir.
Angliyalik Gerbert Spenser XIX asr 60-yillarida o`sha davr barcha nazariy bilimlarni birlashtirish, sintetik falsafa sistemasini yaratish uchun kuch-\ayrat sarfladi. Spensirning harakat natijalari 5 ta asar bo`lib, 10 jilddan iborat: «Biologiya asoslari», «Psixologiya asoslari», «Sotsiologiya asoslari», «Sotsiologiya tadqiqot predmeti sifatida».
Umuman, sotsiologiyani Spenser o`zida antropologiya, etnografiya va tarixiy taraqqiyotning umumiy nazariyasini mujassamlashtirgan umumqamrovli fan deb hisoblaydi. O`zining sotsiologik nazariyasini Spenser 2 ta muhim printsip asosida yaratadi: 1. Jamiyatni organizm sifatida tushunish. 2. Sotsial evolyutsiya goyasi. Spenserning fikricha har qanday rivojlangan jamiyat organlarning 3 ta sistemasiga egadir: 1) ko`llab-quvvatlab turuvchi sistema – jamiyatda esa zarur oziq-ovqatlar ishlab chiqarish ta`minotini tashkil qiladi. 2) Taqsimot sistemasi sotsial organizmning turli qismlari o`rtasidagi ta`minlanishdir. 3) Regulyativ sistema davlat timsolida tarkibiy qismlarni yaxlitlikka buysunishini ta`minlaydi. «Jamiyatning xususiy qismlari» organizmlari - bu muassasa va institulardir Spenser 6 turdagi institutlarni sanab o`tadi: oilaviy, urf-odatli, siyosiy, diniy (cherkov), kasbiy (professional) va sanoatli. Spenser fikricha rivojlanish jarayoni 2 tomonlarni o`z ichiga oladi – integratsiya va differentsiatsiya.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |