Reabilitatsiya tushunchasi.
Jahonda zamon talablariga mos, ijtimoiy farovonlikni taʼminlashga xizmat qiladigan, innovatsion usullar bilan qurollangan psixologik xizmatning tashkil etilishi boʻyicha strategiyaga asoslangan ishlar olib borilmoqda. Ushbu strategiya asosida “Xalqaro psixologiya fanlari akademiyasi (Yaroslavl) talablariga muvofiq psixologik xizmatni tashkil etish va rivojlantirishning ilgʻor prinsiplari muntazam ravishda takomillashib bormoqda”, deb qayd qilingan. Ayni paytda, Halqaro psixologiya fanlari akademiyasi (Yaroslavl) tomonidan muhokama qilinayotgan nazariy va amaliy ishlar psixologik xizmat faoliyatining bugungi kundagi zamonaviy qiyofasini belgilab bermoqda. Shu nuqtayi nazardan, psixologik xizmatni rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlarni takomillashtirishga asoslangan innovatsion natijalarni amaliyotga tatbiq etishga boʻlgan zarurat tobora ortib bormoqda.
Jahon miqyosida psixologik xizmat masalasi hamisha keng ijtimoiy va ilmiy jamoatchilikning diqqat markazida boʻlib kelgan. Shu nuqtayi nazardan olganda insonga munosabatning tobora takomillashuvi aholining turli guruhlariga psixologik xizmat koʻrsatish masalasiga ham eʼtiborni kuchayib borishiga olib kelmoqda. Xususan, 1892-yil tashkil topgan Amerika psixologlar assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan aholining turmush darajasini yaxshilash uchun uning ruhiy salomatligini tiklash borasidagi qator dasturlar, YUNESKO tashkiloti qoshidagi Halqaro psixologiya fanlari ittifoqi – IUPsyS (International Union of Psychological Science) tomonidan 2009-2016-yillar davomida taʼlim subyektlariga psixologik xizmat koʻrsatishning oʻziga xos hududiy tomonlarini tadqiq etishga qaratilgan fundamental loyihalar, 2016-yilda qabul qilingan “2025-yilga qadar Rossiya Federatsiyasida taʼlim tizimidagi psixologik xizmatni rivojlantirish konsepsiyasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar aholining turli guruhlaridagi muammolarning kelib chiqishiga sabab boʻluvchi ijtimoiy-psixologik omillarni hududlarda tizimli ravishda oʻrganib, professional darajada psixologik tavsiyalar bera oluvchi psixologlar faoliyatini takomillashtirishga va psixologik xizmatni tashkil etishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini tadqiq etishga boʻlgan ehtiyojning tobora ortib borayotganligini koʻrsatmoqda.
Bugungi kunda psixologik xizmat yoʻnalishidagi ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy taʼlim muassasalari, jumladan, Kaliforniya universiteti (AQSH), Stenford universiteti (AQSH), Manchester universiteti (Buyuk Britaniya), Vuppertal universiteti (Germaniya), Avstraliyaning Melburn universiteti, Italiyaning Trento universiteti, Halqaro psixologiya fanlari akademiyasi (Yaroslavl), Rossiya psixologik xizmat koʻrsatish federal resurs markazi, Rossiya fanlar akademiyasi huzuridagi Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida olib borilmoqda.
Psixologik xizmatni shakllantirish mexanizmlari bilan bogʻliq tadqiqotlarda quyidagi natijalar olingan: psixologik xizmatning shaxs ijtimoiylashuviga koʻrsatadigan taʼsiri tadqiq etilgan (Stanford University), turli guruhlarning psixologik tavsifi, ijtimoiy xulq-atvorning tamoyillari ishlab chiqilgan (University of Manchester) oʻsmirlar bilan olib boriladigan xulq ogʻishlarining oldini olish boʻyicha konsepsiya yaratilgan (Bergische Universität), psixoprofilaktik ishlarning modeli va tuzilmasi ishlab chiqilgan (University of Melbourne), muayyan jamiyatni shaxs shakllanishiga taʼsirini oʻrganuvchi psixodiagnostik metodikalari yaratilgan (Trento of universities), muhitga nisbatan shaxs xulq-atvorida shaxslilik xususiyatlarni namoyon etishi, ijtimoiy faollikni amalga oshirishda psixologik taʼsir koʻrsatish mexanizmlari aniqlangan (Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti).
Ayni paytda, umumjahon muammolaridan biri hisoblangan psixologik xizmatni ilmiy tadqiq qilish borasida koʻplab xorijiy mamlakatlar va respublikamizda bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan boʻlib, ularda mazkur muammoning kelib chiqishiga taʼsir etuvchi ijtimoiy–psixologik omillar, statistik, demografik, huquqiy va hududiy xususiyatlar ilmiy tahlil qilingan.
Psixologik xizmat va uning tashkil qilinishi hamda rivojlanishiga taʼsir etuvchi psixologik mexanizmlar hozirgi kungacha bir qator mamlakatlar va xorij olimlari tomonidan koʻplab tadqiqotlarning predmetiga aylangan. Ilgʻor psixologiya fani vakillari ijtimoiy psixologiyaning metodologik tamoyillariga amal qilgan holda psixologik xizmat uchun muhim boʻlgan u yoki bu jihatni nazariy ilmiy tarzda asoslab beradilar.
Xorij olimlaridan T.A. Kitvel, A. Maslou, V.V. Rozelnblat, X. Xekhauzen, G. Eberleyn, D. Nevv, L.D. Gissen, P.B. Zilberman, U.V. Kala, V.V. Rudik, X. Leymets, G.O. Mattes, D.B. Karnegi psixologik xizmatniing muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni olib borganlar.
Shuningdek, psixologik xizmatga shaxs va faollik tamoyiliga adekvat yondashuv muammosi bilan bogʻliq tadqiqotlar A.G. Asmolov, Sh.A. Nadirashvili, D.N. Uznadze, G.M. Andreeva, Yu.M. Zabrodin, K.A. Abulxonova-Clavckaya, Ye.A. Anufriyev, L.P. Grimak, B.F. Lomov, N.C. Leytes, E.A. Golubeva, L.I. Bojovich, A.A Bratko kabi olimlar tomonidan olib borilgan.
Shaxsga individual yondashuvning taʼminlanishi va shaxsga munosabat tizimi asosida yondashuv istiqbollariga bogʻliq muammolar Ye.A. Klimov, V.S. Merlin, V.D. Nebыlisыn, N.M. Peysaxov, V.M. Rusalov, L.S. Clavina, B.M. Teplov, A.G. Zdravomыslav, Ye.C. Kuzmin, A.F. Lazurskiy, R.I. Muksinov, V.N. Myasiщev, V.V. Ctolin, A.I. Cerbakov, V.V. Bagoslavskiy, F.B. Bassin, F.Ye. Vasilyuk O.A. Kanopkin, T.V. Snigireva, S.V. Kovalev, A.M. Prixojan kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Binobarin, Rossiya psixologiya ilmiy maktabi olimlaridan I.V. Dubrovina, O.I. Zotova, Yu.M. Pratuivich V.I. Gerchikov, G.S Izard, G.A. Kovalev, I.I. Popova, B.D. Parыgin, G.A. Ishutina, V.G. Loos, T.I. Saksakulmlar tomonidan taʼlim muassasalarida va mehnat jamoalarida psixologik xizmat muammolari va uning yechimlari haqidagi tadqiqotlar natijalari eʼlon qilingan.
Oʻzbek olimlaridan M.G. Davletshin, V.M. Karimova, Sh.R.Barotov, Gʻ.B. Shoumarov, Z.T.Nishonova, N.A. Sogʻinov, Z.R.Ibodullayev, B.R. Qodirov tadqiqotlarini bugungi zamonaviy psixologik xizmatni tashkil qilishning ilmiy-nazariy metodologik asosi sifatida qabul qilish mumkin.
Keyingi paytlarda ham oʻzbek olimlari tomonidan himoya qilinayotgan doktorlik dissertatsiyalarida psixologik xizmat amaliyotiga daxldor tadqiqot natijalarini koʻrish mumkin. Jumladan, P.S.Ergashev oʻz tadqiqotlarida simmetriya hissining fenomenologik tahliliga eʼtiborini qaratib, turli yoshdagi bolalardagi simmetriya hissi tahlili va korreksiyasiga daxldor maʼlumotlardan kelib chiqib, shaxslararo rivojlanishdagi uning ahamiyatini koʻrsatib oʻtadi.
U.D. Qodirov yoshlarni destruktiv taʼsirlardan himoya qilish boʻyicha bir qator ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan. Jumladan, olim har bir shaxsda ifodalanadigan antimanipulyativ (assertiv) xulqni oʻrganishda muayyan mezon asosida ish koʻrib, psixologik xizmat uchun muhim boʻlgan shaxsning oʻzini-oʻzi roʻyobga chiqarish tushunchalarini ilmiy asoslab bergan.
Oʻ.B.Shamsiyev mahallaning ajralmas qismi hisoblangan oilaviy munosabatlarda bola ijtimoiylashuvining shakllanishi uchun muhim boʻlgan psixologik omillarni ilmiy asoslab bergan hamda oilada shaxslararo (ona-bola) munosabatlarga bevosita taʼsir etuvchi ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini tahlil qilgan.
Oʻzbekistonda taniqli tibbiy psixolog olim Z.R.Ibodullayev tomonidan olib borilayotgan tibbiy-psixologik tadqiqot natijalari ham mahalladagi psixologik xizmat amaliyotida muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, olimning “Asab va ruhiyat” kitobi bugungi psixologik xizmat amaliyotining tibbiy-psixologik tamoyillarini va istiqbollarini ochib berishga xizmat qiladi.
Psixologik xizmat keng qamrovli amaliy soha boʻlib, uning asosiy yoʻnalishlaridan biri sotsial psixologik xizmatdir. Sotsial psixologik xizmat aholining psixosotsial salomatligini saqlashda, ijtimoiy moslashishida muhim oʻringa ega. Sotsial psixologik xizmat ijtimoiy xodim faoliyati bilan belgilanadi.
Sotsial psixologik xizmat quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi:
Turli toifadagi aholi qatlami bilan ishlash, ularga psixologik xizmat koʻrsatish;
Aholi orasida psixoprofilaktik, psixologik tashviqot ishlarini olib borish:
Aholini kasbiy reabilitatsiyasi
Ijtimoiy institutlarda aholining ijtimoiy moslashuvi boʻyicha psixologik ishlarni olib borish.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan ishlash.
Tarbiyasi qiyin shaxslar bilan ijtimoiy-psixologik ish olib borish
Sotsial psixologik xizmatni tashkillashtirishda ijtimoiy reabilitatsiyaning oʻrni ham beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |