1-mavzu: sotsial-psixologik trening haqida umumiy tushuncha. Trenerning shaxsi va kvalifikatsiyasi. Trenerning axloqiy me’yorlari


Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo‘yiladigan talablardan bevosita kelib chiqadi



Download 114,41 Kb.
bet11/19
Sana17.04.2023
Hajmi114,41 Kb.
#929317
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1-mavzu. PT s

Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo‘yiladigan talablardan bevosita kelib chiqadi. Ya'ni u:
a) avvalo ta'lim dasturiga ega bo‘lishi kerak;
b) dasturga mos ssenariylar tanlay bilish, kerak bo‘lsa, har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirish, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga e'tibor qaratish shart;
v) qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyat darajasi va ehtiyojlariga mos ravishda dastur va ssenariylarga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo‘lishi, mashg‘ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi.
Trening ishtirokchilarini mashg‘ulot boshlanishidan avval mavzu bo‘yicha matnlar bilan ta'minlash va ma'ruzalarni iloji boricha trenerning o‘zi o‘qib, amaliy mashg‘ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma'qul, chunki bu yerda “nimaga o‘rgatish” va “qanday o‘rgatish” degan savollarga javobgar shaxs bir kishi bo‘lsa, harakatlarda uyg‘unlik bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy-psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb qilib bo‘lmaydi. Chunki mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi maxsus tanlovda ishtirok etgan bo‘lishi va unda uning komunikativ mahorati, o‘z-o‘zini nazorat qila olish qobiliyati, bosiqligi, hissiyotlarining muqobilligi, ularga ma'lum ma'noda turg‘unlik xos bo‘lishi shart. Tanlov umuman, xolis ekspertlar, trenerlarni tayyorlash kurslari ham nisbatan uzoq muddatga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar tizimidan iborat bo‘ladi.
Ijtimoiy-psixologik treningda samarali muloqotga erishish uchun quyidagi omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiq:
a) maqsadning aniq bo‘lishi, uning boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi va tushunilishi. Demak, bu o‘rinda guruhiy va individual maqsadlar o‘rtasidagi moslik va kelishuvning mavjudligiga e'tibor qaratilishi shart;
b) ikki tomonlama muloqotning mavjudligi, ya'ni fikr va hissiy kechinmalarning aniqligi, ochiqligi va rostgo‘ylik tamoyillariga e'tibor berish;
v) faol ishtirok va guruhdagi liderlikning a'zolar o‘rtasidan teng taqsimlanishiga erishish, ya'ni guruhda yaqqol ko‘zga tashlangan lider yoki doimo o‘z hissiy kechinmalarini va irodasini boshqalarga o‘tkazishga harakat qilayotgan shaxsning bo‘lmasligi;
g) ta'sir ko‘rsatish yoki ruhiy tazyiqning ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshqalarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
d) qaror qabul qilish va munozaralarini yakunlash bosqichlarida vaziyatga qarab, boshlovchining tashabbusini o‘z qo‘liga olish huquqidan foydalanishi;
e) tortishuvlarga doimo to‘g‘ri, oqilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil ishtirokchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va ulardan shakllanadigan sifatlarning mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi;
j) guruh faoliyatining samaradorligi masalasi ham o‘sha guruh a'zo lari tomonidan baholanishi o‘yin munozarani yana davom ettirish yoki to‘xtatish masalasiga oydinlik kiritadi, aks holda boshlovchi bu mas'uliyatni o‘z bo‘yniga olsa unda guruh o‘z faoliyatidan qoniqmay qolishi mumkin;
z) birinchi guruh a'zolarining maksimal tarzda o‘zini ko‘rsatish, hattoki, o‘zidagi yashirin emotsiyalarni va yangiliklarni namoyon etishga undash lozimki, toki u har qanday sharoitda ham o‘z individualligini ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lsin.
Shunday qilib, ijtimoiy-psixologik trening samaradorligi bir tomondan, ishtirokchilarni faol qatnashishlarini va o‘zlarini erkin his qilishlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa boshlovchi, trener shaxsining psixologik xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham trenerda ijtimoiy- psixologik trening o‘tkazish tajribasi yetishmasa, u o‘ziga xos va mos auditoriyani topib ishlashi, kattalar guruhi yoki noma'lum kishilar bilan ishlash uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Chunki agar u o‘z amaliy faoliyatini boshidayoq mag‘lubiyatga uchratsa, hech qachon u trening mashg‘ulotlari o‘tkaza olmasligi mumkin. Bu holat unda shaxsiy tushkunlikni keltirib chiqarib, o‘zi yordamga muhtoj bo‘lib qoladi. Boshlovchi ham o‘z faoliyatini amalga oshirishda yuqorida ta'kidlanganidek, ijtimoiy-psixologik treningning turli shakllaridan ma'qulroq turidan boshlashi mumkin. Masalan: o‘zidan yosh bo‘lgan bolalar guruhida turlicha oson o‘yinlar tashkil qilish, savol-javob guruhlarini uyushtirish, dumaloq stol atrofida turli hayotiy muammoli masalalarni muhokama qilishga o‘rgatish mumkin. Psixodramatik o‘yinlar, ayniqsa, sotsiadramalar shaxsdan yuksak kasbiy sifatlarni, insonlar bilan ishlash tajribasini talab qiladi.
Boshlovchi trenerdan talab qilinadigan psixologik kasbiy faoliyatning asl mohiyati shundaki, odamlar ko‘ziga, xatti-harakatiga qarab, ularning niyat va istaklarini, treningda ishtirok etish qobiliyatini taxminan oldindan chamalab olishi hamda o‘yin davomida mohirlik bilan ular harakatini zimdan boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. Shuning uchun maxsus ijtimoiy psixologiya kurslarida tahsil olmagan, kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan shaxslar treningni boshqara olmaydilar. Bundan tashqari boshqaruvchi shaxslardan fidoyilik, o‘z manfaatini o‘zgalardan yuqori qo‘ymaslik, sabr, chidam, tezkorlik, fahm-farosat sifatlari talab qilinadi. Bu sifatlar ma'lumki, nafaqat nazariy tayyorgarlik asosida balki, ko‘proq hayotiy muloqot va ijtimoiy faoliyatning barcha turlarida faol ishtirok etish natijasidangina qo‘lga kiritiladi.

Download 114,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish