1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja


-MAVZU: JINOYATCHILIK GEOGRAFIYASI



Download 0,65 Mb.
bet37/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
Bog'liq
Социал география

7-MAVZU: JINOYATCHILIK GEOGRAFIYASI
Reja:



  1. Jinoyatchilik – geografik tadqiqotlarning ob’ekti sifatida.

  2. Jinoyatchilik geografiyasining fanlar tizimida tutgan o’rni, jinoyatchilikni geografik jixatdan o’rganishning xususiyatlari.

  3. Jinoyatchilik geografiyasining rivojlanishi.

  4. Jinoyatchilik turlari. Ularning rivojlanishidagi xududiy tafovutlar. Krimenogen vaziyat va uni xaritada aks ettirish.

  5. Jinoyatchilikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari

Sotsial geografiya o’zining ichki tuzilishiga, tarkibi va unga qo’shni o’lgan fanlar bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega. Binobarin, sotsiial geografiya tizimida jinoyatchilik geografiyasining ham integratsion ahamiyati mavjud.


Jinoyatchilik geografiyasi ko’proq kriminologiya va geografiya fanlari qirrasida o’rganiladi. Jinoyatning sodir etilishi va uning sabablarini, jinoyatchilikni oldini oluvchi vositalar hamda jinoyat sodir etgan kishilarning shaxsini kriminologiya fani o’rgansa, jinoyatning turli hududlarda sodir etilishi, jinoyatchilikka ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar Jinoyatchilik geografiyasiga taalluqlidir.
Jinoyatchilikni o’rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi va kriminologiya nomini oldi. Kriminologiya so’zi lotincha “Crimen”- o’zbekcha jinoyat va yunoncha “logos”- ta’limot so’zlarining birikishidan hosil bo’lgan. Ya’ni “Jinoyatchilik haqidagi ta’limot” degan ma’noni anglatadi. Bunda jinoyat tushunchasi aniq bir jinoyatni emas, balki umuman jinoyatchilikni nazarda tutadi.
Ayrim vaqtlarda kriminologiya fanini jinoyat sotsiologiyasi, jinoyat biologiyasi deb ham atashgan. Geograflar esa jinoyatning hududiy xususiyatlarini o’rganadilar. U o’z mazmuniga ko’ra nozogeografiya, din, rekreatsiya geografiyasi kabi sotsial hodisalarni o’rganadi. Demak, jinoyatchilik sotsial voqealik bo’lib, uning mohiyati va mazmunini geokriminogen vaziyatni vujudga kelishi hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi hududiy qonuniyatlar tashkil etadi.
Jinoyatchilik geografiyasini rivojlanishiga sobiq Ittifoq olimlari A.M.Yakovlev (1964, 1985), A.I.Qoraboev, V.A.Vladimirov (1974), V.V.Lunev, G.D.Bluvshteyn (1979, 1990), N.F.Kuznetsova (1984), R.G.Gachechiladze, Yu.M.Antoniyan (1982) va boshqalar tomonidan bajarilgan ishlar mavjud. CHunonchi, 90-yillarda Gruziyada A.Gabiani, M.Didebulidze va R.G.Gachechiladzelar tomonidan jinoyatchilik geografiyasi masallari kompleks tadqiq qilingan.
Ammo, bevosita kriminologiya sohasini o’rganishga bag’ishlangan ilmiy ishlar respulikamiqyosida juda oz. Mustaqqillik yilarida Y.Karaketov, M.Usmonalievlar muallifligida O’zbekistonda “Jinoyatchilikka qarshi kurashning kriminologik choralari” deb nomlangan monografiya chob etilgan. SHu bilan birga hozirgi kungacha kriminologik muammolarga oid turli ko’lamdagi ilmiy ishlar V.M.Bыkov, J.Alimardonov, K.Mirzajonov, K.Abdurasulova, M.X.Rustambaev, U.Haydarova va boshqalar tomonidan bajarilgan.
Geokriminogen” sotsial geografiyaning muhim bir qismi sifatida turli malakat yoki mintaqalarda sodir etilayotgan jinoyatlarga ta’sir etuvchi shart-sharoit va omillar, kriminogen vaziyatning hududiy xususiyatini o’rganadi. Hududiy xususiyatlarga:

  • joyning geografik o’rni;

  • ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari;

  • ixtisoslashuvi;

  • milliy va diniy tarkibi;

  • demografik va ekologik holatlar va h. k.

Geokriminologiya jinoyatchilikning hududiy xususiyatlarini o’rganish bilan birga, ayni paytda uning hududlarda yilning turli mavsum va vaqtlarida sodir etidishini, jinoyat sodir etgan shaxslarning sotsial demografik tarkibi hamda alohida turdagi jinoyatlarning sharoit va sababalrini ham tadqiq etadi.
Geokriminogen vaziyatning shakllanishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining hududiy tomonlariga aloqador bo’lgan o’zgarishlar bilan belgilanadi. Jinoyatchilik geografiyasining muammolari murakkab bo’lganligi sababli ular turli fan soha mutaxasisslarining ilmiy hamkorligini talab etadi. Jumladan, jinoyatchilik geografiyasining vujudga kelishida kriminologiya fanining roli juda katta. SHuningdek, u aholi geografiyasi, sotsiologiya, psixologiya, demografiya fanlari bilan ham uzviy bog’liq holda rivojlanadi.
Geokriminogen vaziyatni shakllanishiga quyidagi omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi:


  1. Download 0,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish