1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja


Jahonning rekreatsion markazlari geografiyasi



Download 0,65 Mb.
bet36/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
Bog'liq
Социал география

Jahonning rekreatsion markazlari geografiyasi
G’arbiy Yevropada turizmning barcha turi (tanishuv, rekreatsiya, ilmiy, kongress, diniy, ekologik) rivojlangan mintaqada ichki turizmning rivojlanishida transport omili muhim o’rin tutadi. Turistlar yoki rekreantlarning 9/10 qismi yevropaliklar, dunyoning boshqa mintaqalaridan keluvchilar jami turist va rekreantlarning 1/10 qismini tashkil etadi. Umuman, Xorijiy Yevropani turistik-rekreatsion rayonlashuviga ko’ra, to’rtta asosiy yirik hududga ajratiladi: G’arbiy, Janubiy, Markaziy-SHarqiy va SHimoliy rayonlar.
Rus olimi Yu.D.Dmitrevskiy ham Yevropa turistik va rekreatsion rayonlarini shu tartibda ajratadi va yirik rayonlardan tashqari bir necha mikrorayonlarga ham ajratgan.
V.P.Maksakovskiy turistik-rekreatsion rayonlashtirishda boshqacha yondashuvni taklif etadi. Unga ko’ra, rayonlashtirishda tabiiy ob’ektlar asos qilib olinadi, ya’ni dengiz bo’yi, tog’, ko’l va daryo turizmi rayonlari va markazlariga ajratish.
SHu yondashuvga ko’ra tavsif bersak, dengiz bo’yi turistik rekreatsion rayonlari keng tarqalgan. Albatta, dunyo miqyosida tahlil etilganda ham O’rta Yer dengizi qirg’oqlaridagi turistik-rekreatsion rayon ixtisoslashuviga ko’ra, birinchi o’rinda turadi. Turizm va rekreatsiyaning rivojlanishiga ko’ra, ikkinchi o’rnini Karib havzasi egallaydi. 1980 yillarda, bu rayonga tashrif buyurgan turistlar va rekreantlarning umumiy soni o’rtacha 160 mln. kishiga (ba’zi yillarda 240 mln. kishiga) yetgan.
O’rta Yer dengizi. Dengiz turizmining ixtisoslashuviga ko’ra, bu rayondagi turistik-rekreatsion hududlar chiziqli shaklda dengiz qirg’og’i bo’ylab joylashgan. Hududda orollar alohida turistik-rekreatsion ahamiyat kasb etadi. Yoz cho’milish mavsumida rekreatsion yuk bir necha martalab ortib ketadi.
“Frantsuz Rivьerasi” qirg’oq hududining uzunligi 230 km bo’lib, Tulondan g’arbga Mentongacha, ya’ni Frantsiya-Italiya chegarasigacha cho’zilgan. Qirg’oq iqlimi o’ziga xos bo’lib, Alьp tog’lari SHimoliy shamollardan to’sib turadi. SHu bois, yoqimli ob-havo 300 kungacha davom etadi. Havoning yillik harorati +200S, hatto qishda ham +80S dan quyiga tushmaydi. SHunga ko’ra, bu hududda cho’milish mavsumi juda uzoq muddatgacha davom etadi. Frantsuz Rivьerasining poytaxti Nitstsa kurort shahri bo’lib, shahar aholisining yarmi turizmga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda band. Boshqa kurort shaharlar Antib, Menton, Kann ham turizm va rekreatsiya rivojlangan shaharlardir. Kann shahrida har yili kinofestivalь bo’lib o’tadi.
Italiyada O’rta Yer dengizi qirg’oqlari turizmi va rekreatsiyasida Italiya Rivьerasi asosiy rayon hisoblanadi. Geografik joylashuviga ko’ra, bu rayon «Frantsuz Rivьera»sining davomi bo’lib, San-Remo, Rapallo, Portofino kurort shaharlari sifatida shuhrat qozongan. Yevropalik aslzodalar XIX asrdayoq bu hudud bilan qiziqishgan.
Dengiz bo’yi turizmi va rekreatsiyasiga nafaqat Ligur dengizi qirg’oqlari, balki Tirren dengizidagi markazlar ham xuddi shunday joylashuvga va ixtisoslashuvga ega. Tirren dengizi turizm-rekreatsion hududlariga Neapolь, Sarrento, Kalabriya va Sitsiliyani kiritish mumkin. Adriatika dengizida esa, Venetsiya Rivьerasi o’ziga xos tarovatga ega.
Katta uchlikning uchinchi davlati Ispaniyaga uzoq yillar davomida (General Franko boshqaruvidagi davrlarda) xorijlik fuqarolar kam borishgan. Bu holat o’tgan asrning 75-yillarigacha davom etgan.
Bugungi kunda Ispaniyaning turizm va rekreatsiya hisobidagi daromadi yiliga o’rtacha 30 mlrd dollarni tashkil qiladi. Turizm va rekreatsiyadan olinadigan daromadlari salmog’iga ko’ra, Ispaniya dunyoda, AQSHdan keyin, ikkinchi o’rinda turadi. Hozirgi paytda Ispaniyada faol aholining 10 foizi turizmda band, 10 mingdan ortiq katta va kichik mehmonxonalari bo’lib, ular 900 ming o’ringa ega.
O’rta Yer dengizi turistik-rekreatsion rayonlarining yana biri, bu Xorvatiyaning Adriatika qirg’oqlaridir. Xorvatiya qirg’oqlarining uzunligi 700 km ga cho’zilgan. Hududdagi kichik orollar, qo’ltiqlar, bo’g’ozlardagi qirg’oqlar bilan hisoblaganda, 6000 km ga cho’ziladi. 1990 yillarda hududga bir vaqtda million dam oluvchi Dubrovnik Opatiya, Split kabi mashhur dengiz kurorti shaharlari mavjud. Gretsiyada Egey dengizi qirg’oqlarida ham ko’pgina dengiz kurorti rayoni mavjud.
Qora dengizning g’arbiy qirg’oqlarida Bolgariya va Ruminiya dengiz kurortlari rayonlari bo’lib, geografik jihatdan Gretsiya kurort qirg’oqlarining davomidir. Bu yerda yirik dengiz kurortlari majmualari shakllangan: Ruminiyada Mamaya, Eforiya, Konstantsa; Bolgariyada Oltin qum, Drujba, Albena, Varna, Quyoshli qirg’oq, Nesebor, Burgasa kabi rekreatsion rayonlar bor.
Xorijiy Yevropaning dengiz turizmi faqat O’rta Yer dengiz qirg’og’i kurortlari bilan chegaralanmaydi. Atlantika okeani va Boltiq dengizi qirg’oqlarida ham dengiz kurorti taraqqiy etgan. Bu qirg’oqlarda Ispaniyaning Bayonna, Frantsiyaning Sen Malo, Belgiyaning Ostenda, Buyuk Britaniyaning Brayton va Bornemut, Polьshaning Sapot kabi rekreatsion markazlari mavjud. Jahon turizmi va rekreatsiyasida mashhur bo’lgan Kanar orollari ham Ispaniyaga tegishli bo’lib, materikdan 1150 km uzoqlikda joylashgan.
Tog’ turizmi va rekreatsiyasi bo’yicha Alьp tog’lari birinchi o’rinni egallaydi. Unga har yili 80 dan 150 mln. kishigacha dam olish uchun kelishadi. Alьp rayonida rekreantlarni qabul qiluvchi asosiy mamlakatlar Avstriya va SHveytsariya bo’lib kelgan va hozirga qadar shundayligicha qolmoqda. SHu mamlakatlar qatoriga iqlimi qulay tog’ sport rekreatsiyasi markazlari sifatida Frantsiya, Italiya, Germaniya, Lixtenshteyn, Sloveniyaning tog’li hududlarini ham kiritish mumkin. Frantsiyada SHamoni, SHveytsariyada Davos, Italiyada Boromio, Germaniya, Garmish-Partenkirxen shular jumlasidandir.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish