Mustahkamlovchi savollar.
Laminator qurilmasi xususiyatlarini ayting?
Shreder qurilmasi xususiyatlarini sanab bering?
Laminator va shreder texnik xususiyatlarini ayting?
6-Mavzu: Laminator va shrederlarni sozlash, ishlatish
REJA:
Laminatorni sozlash
Shrederni sozlash
Laminator va shrederni ishlatish.
Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga juda ko‘p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat bajarilmoqda, balki osonlik va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o‘zi emas, balki kompyuterga ulanadigan periferik qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda.
Zarqog’ozlash – bu qog’ozga tushurilgan zar qog’ozdan rangli tasvir olish. Bosma naqshlashdan farqli o’laroq zarkoq’ozlash uchun qolip kerak emas. Uning o’rniga standart qog’ozda, lekin maxsus toner yordamida olingan tasvir qo’llaniladi. Undan so’ng ushbu tasvir zarur bo’lgan rangdagi zar qog’oz bilan yopiladi, zar qog’oz, ximoyalovchi qog’oz varag’i bilan, va shulardan keyin tashkil topgan butun paket laminatordan o’tadi.
Zar qog’oz faqat maxsus to’ner bilan qoplangan joylarda qo’ladi. Shu tufayli zar qog’ozlash issiq va sovuq bosma naqshlashlarni qorishmasiga o’xshaydi, birinchisidan xaroratni, ikkinchisidan – yelimni olganligi sababli. Shunga qaramay zarqog’ozlash mustaqil jarayondir.
Zarqog’ozlash Sizning xujjatingizni, unga rang berib, bezatishga imkon beradi (oltin, kumush yoki ranbarang). Zarqog’ozlashni antiqa vizitka, diplom, sertifikat, tabriknoma, muqova va xokazolar yaratish uchun qo’llaydilar.
Periferik qurilma bu – kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning imkoniyatlarini kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Bu qurilmalar qo‘shimcha qurilmalar ham deyiladi, ularsiz ham kompyuter o‘zining asosiy ishlarini amalga oshiraveradi. Periferik qurilmalar faqatgina qo‘shimcha ishlarni amalga oshiradi.
Periferik qurilmalar kompyuterga ma’lum bir portlar yoki simsiz ulanishi mumkin. Misol uchun, USB, LPT, COM portlar orqali yoki simsiz aloqa orqali, ya’ni wi-fi, Bluetooth vahakazolar orqali.
Demak bu qurilmalarga nimalar kiradi? Bu qurilmalar juda ko‘p, shuning uchun nimalar kirmasligini bilib olsak, qolgan hamma narsalar kirishi oydinlashadi.
Periferik qurilmalarning soni ko‘pligi uchun, ularni bir necha guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. Bu maqolamda ularning ba’zilarini qaysi guruhlarga kirishini yozib o‘taman, qolgan qurilmalarni o‘zingiz biroz o‘ylagan holda, kerakli guruhga kiritib olishingiz mumkin, demak bu guruhlar quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |