1-mavzu. Sitologiya faniga kirish. Reja: 1



Download 263,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.01.2022
Hajmi263,93 Kb.
#392550
  1   2
Bog'liq
1.Maruza



 

1-mavzu. Sitologiya faniga kirish. 

Reja: 

1.

 

Sitalogiya fanining mazmun –mohiyati.



 

2.

 

Hujayra nazariyasining yaratilishi.



 

3.

 

Sitalogiya fanining yaratilish tarixi.



 

                Sitologiya  fanining  mazmuni.Sitologiya-tirik  materiya  tuzilishining 

elementar birligi bo‘lgan hujayralarning  kelib chiqishi, ishlashi va qayta tiklanishi  

haqidagi  fandir.    U  hujayralarning  strukturasi,  protoplazmaning  nozik  tuzilishi, 

undagi  hayotiy  jarayonlarning    sodir  bo‘lishi,  muhit  sharoitlariga    moslashuvi  va 

ko‘pgina boshqa jarayonlarni o‘rgatadi. Biologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi 

fanlarning  tobora  ixtisoslashuvi  bilan  xarakterlanadi.  Bu  narsa  tirik  materiya 

tuzilishining    hujayra  darajasi  haqidagi  fanning    taraqqiyotida  yaqqol  ko‘rinadi.  

Sitologiya  nisbatan   yosh  fan,  uning  boshqa biologik  fanlardan ajralib  mustaqil  fan 

bo‘lganiga    100-120  yil  bo‘ldi.  Ilk  bor  hujayralarning  tuzilishi  haqidagi  

ma’lumotlar  Karnuaning 1884 yilda bosilib chiqqan “Hujayra biologiyasi” kitobida 

jamlandi.      Sitologik  tekshirishlarning  ob’ektlari    ko‘p  hujayrali  organizmlarning 

hujayralari,  bakterial  hujayralar,    sodda  hayvon-  hujayralardir.    Hujayra  biologik 

faollikning    asosiy    birligi  bo‘lib,  u  muhitda  o‘zini-o‘zi  hosil  qilish    xususiyatiga 

ega.  Unda  hayotiy  xususiyatlarning  barcha  xossalari  jamlangan,  sharoit  yaxshi 

bo‘lganda  ularni  o‘zida  saqlashi  va  avlodlarga  o‘tkazishi  mumkin.    Hujayra 

planetamiz tabiatida  elementar,  funksional  va genetik  birlik rolini o‘ynab, barcha 

organizmlar  hayot  faoliyatining  asosini  tashkil  qiladi.    Tabiatda    hujayraviy 

shakllarning  prokariot    va  eukariot  xillari  mavjud.    Prokariot  hujayralar  juda  ham 

mayda, 300-500 nm  diametrga ega.  Ularning morfologik ajralib turadigan  yadrosi 

yo‘q.  Bunday  hajayralarda  membranali    sistemalar,  hujayra  markrzi    bo‘lmaydi. 

Genetik  apparat  xalqali  xromosomadan  iborat,  u  asosli  oqsil-gistonlarni  tutmaydi. 

Ular uchun hujayraichi harakati va amyoboid harakatlanish xarakterli emas. Bunday 

hujayralar mitoz yo‘li bilan bo‘linmaydilar. Bu tip hujayralarga bakteriyalar va ko‘k 

–yashil suv o‘tlari  kiradi.  Eukariotik hujayraviy tuzilish  ikki xil bo‘ladi. Ulardan 



 

birinchisi,  bitta  hujayradan  tashkil  topadi  va  fiziologik  jihatidan    to‘liq  qimmatli    

individ  hisoblanadi.    Shu  munosabat  bilan  ularda  organlar  vazifasini    bajaradigan 

mayda  tuzilmalar  bo‘ladi,  malalan,  sitostom,  sitofarinks,  qisqaruvchi  vakuolalar, 

generativ  va  vegetativ  yadrolar    (infuzoriyalarda).    Eukariot  hujayralar  ichidagi 

strukturalarning  yuqori  darajada  tashkillanishi  kompartmentalizatsiya  yo‘li  bilan 

amalga  oshadi.  Kompartmentalizatsiya  hujayra  ichidagi  strukturalarning  kimyoviy 

tuzilishi  bilan  farqlanadigan    qismlarga  ajratadi  hamda  hujayrada    modda  yoki 

jarayonlarni    bo‘shliqda  tarqalishini    ta’minlaydi.  Alohida  kompartment  organella  

(lizosoma) yoki uning qismi (mitoxondriyaning ichki membranasidan hosil bo‘lgan 

bo‘shliqlar)dir.    Kompartmentlarning    shakllanishida  biologik  membrana    muhim 

rolni  egallaydi.    Eukariot  hujayralarda      kompartmentalizatsiya  tufayli  barcha 

strukturalar  o‘rtasida  vazifalar  taqsimoti  amalga  oshadi.  Shu  bilan  birga  turli 

organellalar    birbirlari  bilan  muayyan  aloqada  bo‘ladi.    Bakteriya  hamda  sodda 

hayvonlarda    “hujayra”  va  “organizm”  tushunchalari  bir-biriga  mos  keladi;  bunda  

biz  mustaqil  hayot  kechira  oladigan    hujayra  –  organizmlar    to‘g‘risida  gapirishga  

haqlimiz.  Bir  hujayrali  organizmlar  olamida    turli  yashash    muhitiga  moslashgan  

juda  murakkab shuningdek, ancha sodda tuzilgan, geterotrof   va autotrof, erkin   va 

parazit,  suvda  hamda  quruqlikda  yashovchi    formalarni  uchratamiz.    Ikkinchi  xil 

tashkillanish  ko‘p  hujayrali  organizmlar  (o‘simlik  va  hayvon)  hujayralaridir.  Ular 

to‘qimalarning  muvofiqlashtiruvchi  ta’siriga  bo‘ysungan  holda  tashkillanadi  va 

vazifa  bajaradi.      Tirik  tabiat  taraqqiyotida  ko‘p  hujayralilarning  kelib  chiqishi 

ularning  hujayralari  o‘rtasida  funksiyalarning  taqsimlanishi  hisobiga  moslanish 

uchun  yangi  imkoniyatlarni  paydo  qildi.  Funksional  mutaxassislashish  natijasida 

juda ko‘p  xil to‘qima  hujayralari  vujudga  keldi. Masalan, sutemizuvchilar tanasida 

diametri  6-8  mk  keladigan  va  shaklini  doimo  o‘zgartirib  turadigan  kichik 

limfotsitlar bilan birga uzunligi,hattoki 1 metr va undan ham ortiq o‘simtalarga ega 

bo‘lgan  nerv  hujayralari  bo‘ladi.Hujayraning  tashkil  bo‘lishidagi  filogenetik 

jarayonlar asta-sekin  murakkablashishning  uzoq  yo‘lini  bosib o‘tdi.  Hozirgi  vaqtda 

juda  ko‘p  bakteriya  va  ko‘k-yashil  suv  o‘tlarining  orasida  tipik  yadro  va 

umumhujayraviy organoidlar kompleksiga  ega bo‘lmagan turlari uchraydi. Ammo, 



 

bularda  ham  yadroning  asosini  tashkil  etuvchi  DNKning  oqsil  bilan  birikmasi 

bo‘ladi. Bu esa, yadrositoplazma tizimlari shakllanishining ba’zi oraliq bosqichlarini 

progressiv  rivojlanishiga  olib  keldi.  Bakteriya  va  ko‘k-yashil  suv  o‘tlarida 

shakllangan    yadro  bo‘lmasada,  ularni  sitologiyada  o‘rganilishi  zarur.      Viruslarga 

kelsak,  ularni  sitologiyaning  ob’ektlari  qatoriga  kiritishga  asos  yo‘q.  Chunki 

viruslarning  strukturalari  bilan  hujayralarning  tuzilishi  o‘rtasida  umumiylik  yo‘q. 

Ularda  hujayra  hayot  faoliyatining  biokimyoviy  asosini  tashkil  qiluvchi  fermentlar 

bo‘lmaydi,  shuning  uchun  o‘zlarining  modda  almashuviga  ega  emas.  Viruslarning 

o‘sishi  va  ko‘payishi  faqat  ular  kiradigan  hujayralarning  fermentativ  sistemasi 

faoliyati  hisobiga  amalga  oshadi.      Viruslar  ham  hujayralar  kabi  ikki  asosiy 

komponentlardan – nuklein kislota va oqsillardan tashkil topsa ham ularni  materiya 

uyushmasining  hujayraviy shakli deb bo‘lmaydi. 

         Hujayrani,  organizmda  sodir  bo‘ladigan  asosiy  biokimyoviy  reaksiyalarning 

markazi,  irsiyatni  tashuvchi  materialning  asosi  sifatidagi  ahamiyati  sitologiyani 

muhim  umumbiologik  sohaga  aylantirdi.      Hujayra,  barcha  tirik  sistemalar  kabi 

biologik  evolyutsiya  natijasida  kelib  chiqqan,  taraqqiy  etayotgan,  o‘zining  bir  

butunligini  ushlab  turuvchi  va  qayta  tiklovchi,  tashqi  muhitdan  kelgan  energiya  va 

moddalar  hisobiga  ko‘paya  oladigan  sistema  hisoblanadi.  Bundan  ko‘rinadiki, 

hujayrani  o‘rganishda  uchta  asosiy  muammo  volyutsiya,  avtoregulyatsiya  va 

avtoreproduksiyalarni  hal  qilishni  ko‘zda  tutish  kerak.      Biologiyaning  har  qanday 

bo‘limi  tirik  ob’ektlarning  faqat  ma’lum  bir  aspektdamorfologik,  fiziologik, 

biokimyoviy, genetik va boshqalarda o‘rgansa, sitologiya o‘z ob’ekti- hujayrani har 

tamonlama  o‘rganadi.        Hujayra  barcha  yashayotgan  organizmlarning  struktura, 

funksional  va  genetik  asosi  bo‘lgani  uchun  hamma  biologik  fanlar  sistemasining 

markazida  turadi.  Sitologiya  tirik  tabiat  haqidagi  fanning  “Og‘ir  industriyasi”dir.   

Sitologiyaning  metodlari  va  ma’lumotlaridan  foydalanmasdan      havfli  o‘sma, 

yaralarni  bitib  ketishi,  nurdan  zararlanish  mexanizmlari,  dorivor  va  zaharli 

moddalarning ta’siri, immunitet, gibridlashda pushtsizlik va boshqa amaliy jihatdan 

muhim muammolarni hal qilish mumkin emas.     




 

                         




Download 263,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish