KOMPYUTER TURLARI
Zamonaviy hisoblash tizimlarining jamiki spektrini uchta yirik sinfga bo‘lib chiqish mumkin, jumladan:
minikompyuterlar va mikrokompyuterlar;
meynfreymlar;
superkompyuterlar.
Bugungi kunda hisoblash tizimlari avvalambor funksional imkoniyatlariga ko‘ra farq qilinadi.
Minikompyuterlar va mikrokompyuterlarning asosiy alomatlari jumlasiga:
tizimining shinali tuzilganligi;
qo‘llaniladigan apparat vositalari va dasturiy vositalarning yuksak darajada standartlashtirilganligi;
iste’molchilarning keng doirasiga mo‘ljallab ishlab chiqarilishi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |