Pedagogik test bu – talabaning tayyorgarlik darajasini sifatli va samarali wlchovchi, murakkablashib boruvchi maxsus topshiriqlar tizimining shaklidir.
Test topshiriqlari kamida quyidagi talabalarga javob bergan holda tuzilishi lozim:
-axborot materialining mazmuniga twg`ri kelishi;
-test tuzish qoidalariga rioya qilgan holda tuzilgan bwlishi;
-amaliyotda aprobatsiyadan wtkazilgan bwlishi;
-talabalar uchun tushunarli bwlishi lozim.
Testlarni aprobatsiyadan wtkazilayotganda uchta mezon (kriteriy)hisobga olinishi lozim:
- İshonchlilik (bir xil sharoitlarda natijalarning qaytarilishi).
-Validlik (testlarning tanlab olingan ma`lum maqsadga qaratilganligi).
-Ob`ektivligi (sharoit va talablarning bir xil qwyilishi).
Test tuzish jarayonida quyidagi qismlariga alohida ahamiyat berish kerak:
1. İnstruktsiya qismi (test topshiruvchi qanday belgilar qwyishi testning ishlash tartibi aniq kwrsatiladi).
2. Test topshiriqlari (test mazmuni oquv axaborotini mazmuni bilan belgilanadi).
3. Javoblar qismi.
Bundan tashqari test kimlar uchun, qanday fan bwyicha tuzilganligi, testni echish uchun qancha vaqt ajaritlganligi, test tuzuvchini ismi, sharifi kwrsatilshishi lozim.
Testning shakliga kwra turlari mavjud (1-rasm).
1-rasm. Testning shakliga kwra turlari
Testning yopiq tipiga kiruvchi test shakllari kerakli soz, raqam, formula yoki iborani yozib qwyishni talab etadi.
Testning ochiq tipida bir varinatli yoki birnecha twg`ri javobli variantlarni aniqlash, elementlar wrtasida moslikni wrnatish, twg`ri yoki notwg`ri elementlarni ajaratib olishni hamda twg`ri ketma- ketlikni ozrnatish talab etiladi.
Test topshiriqlariga qwyiladigan asosiy talab, har bir test topshirig`i:
muayyan mazmun;
tarkib;
yaxlitlik va struktura;
topshiriqni bajarish tartibi, qoidasi,
topshiriqni bajarish natijasida tahsil oluvchining egallashi mumkin bolgan bali;
test natijalarini umumlashtirish bwyicha kwrsatmalardan iborat bwlishi zarur.
Test topshiriqlarining yaxlitligi u bir mavzu, bob, bwlim yoki kurs mazmunini qamrab, ularni nazorat qilish imkoniyatiga ega ekanligida kozga tashlanadi.
Testlarni tavsifi:
Standart testlar
Nostandart testlar
Pedagogik testlar mazmuni va mohiyatiga kwra: gomogen va geterogen testlarga ajratiladi.
Gomogen testlar bu qiyinchilik darajasi bwyicha wsib boruvchi, oziga xos shaklga ega bwlib, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, kwnikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga mwljallangan bitta oquv kurs bwyicha tuzilgan topshiriqlar tizimi sanaladi.
Geterogen testlar bu qiyinchilik darajasi bwyicha wsib boruvchi, oziga xos shaklga ega bwlib, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, kwnikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga mwljallangan bir nechta oquv kurs bwyicha tuzilgan topshiriqlar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |