6. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi.
6.1. DTS ni ishlab chiqish tanlov shartlarida yoki ta’lim boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan e’lon qilingan innovatsiya loyihalari asosida amalga oshirilishini ;
6.2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi DTS loyihasi ekspertiza qilinishini va eksperimental tekshirishni o‘tkazishni tashkil etadi, ularning natijalari bo‘yicha xulosani rasmiylashtiradi;
6.3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
6.4. DTS ular tasdiqlangan sanadan boshlab amalga kiritiladi va ta’lim boshqaruvi vakolatli organlari va ta’lim muassasalari ijro etishi uchun qabul qilinadi;
6.5. Tasdiqlangan DTSga muvofiq, ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalda o‘zlashtirilishini ro‘yobga chiqaradi;
6.6. Ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda o‘quv uyushmasini tabaqalashtirish, DTS tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiqcha ta’lim mazmunini belgilash, ta’lim boshqaruvchi vakolatli organlari va ijro etuvchi mahalliy organlarining vakolatiga kiradi;
DTSga o‘zgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muvofiq ta’lim darajasi va kadrlar tayyorlashga nisbatan qo‘yiladi va talablar o‘zgarishi davomida DTSni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirish tamoyillari O‘MKXT standartlarini ishlab chiqishda quyidagilarni ta’minlash zarur:
• ta’limning uzluksizligi va uzviyligi;
• mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, fan-texnika va texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi, jamiyat talablari va ularning zamonaviy holatini hisobga olish;
• ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mujassamligi;
• matnlar bayonining aniqligi va yagona qiymatliligi;
• fan, texnika hamda texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga, respublikadagi va chet ellardagi ilg‘or tajribalarga mos kelishi;
• O‘MKXT maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi.
Standartlashtirish - Mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat ;
STANDART - konsensus asosida ishlab chiqilgan va faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror foydalaniladigan qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsiflari belgilangan va ma’lum sohada eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan, tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjat ;
Kasb-hunar ta’limi standarti - me’yoriy hujjat bo‘lib, tegishli malakadagi mutaxassislar tayyorlash sifatini, kasbiy va umumta’lim tayyorgarlik darajalarini ketma-ketlikda amalga oshirishning talablari, qoidalari va tamoyillarini o‘rnatadi.
Kasb-hunar ta’limi standartlarini ishlab chiqishda quyidagi ekspertlar ishtirok etishi zarur :
• O‘MKXT instituti ilmiy xodimlari;
• O‘MKXT o‘quv muassasalari o‘qituvchilari;
• Ish beruvchilar vakillari, ishlab chiqarish (ijtimoiy hamkorlar);
O‘MKXT tarmoq standarti quyidagi komponentlardan tashkil topadi:
1) Qo‘llanish sohasi.
2) Me’yoriy ilovalar.
3) Ta’riflar.
4) Standartning maqsad va vazifalari.
5) Kasbiy tavsifnoma.
6) Kasbiy tayyorgarlik mazmunining majburiy minimumi.
7) Namunali o‘quv rejasi.
8) Standart talablarining bajarilishini nazorat qilish.
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 sentyabr № 400-sonli qarori
|