Dаsturning mаzmuni (40 sоаt)
BIRINCHI BO`LIM
INSON VA UNING SHAXS TAVSIFI (8 soat nazariy, 8 soat amaliy)
1 ВОВ. ANTROPOSOTSIOGENEZ ( 4 soat nazariy, 4 soat amaliy)
l-§. Inson - jonli mavjudotning alohida tipi
(1soat) nazariy
Hayot tadriji va inson. Bilimlar tizimida insonning turlicha tavsiflanishi: Koinotning noyob hodisasi; barcha mavjudotlarning o`lchovi; ochiq tizim sifatida alohida ustunliklariga ega mavjudot; tadrijiylikning boshi berk tarmog`i; tabiiy patologiya va h.k. Insonning tabiiy-biologiyaviy, ijtimoiy va ruhiy-ma`naviy jihatlardan o`rganilishi.
2-§. Insonning o`zini o`zi hamda tashqi dunyoni bilishi zarurligi va imkoniyatlari
(1soat) nazariy
Bilish - insonning xos ehtiyoji. Bilishning turlari va darajalari. Ilmiy bilimlar, haqiqat muammosi: mutlaqlik, nisbiylik va konkretlilik jihatlari. Fanlar tasnifi. Ma`naviyatning ba`zi tashkil etuvchilarining bilish salohiyatlari to`g`risida. Falsafa - bilishning oliy tarzi. Nomumtozlikdan keyingi bilimlar tavsifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |