8-DARS
Ushbu darsda bolalar:
1) 10 ga qadar ingliz tilida sanashni;
2) «How many?» savoliga tushunishni, unga javob qaytarishni;
3) o’rmon hayvonlarni ingliz tilida nomlanishini;
4) yaqin va uzoqdagi ob’yektlarni (hayvonlarni) ularni ko’rsatib so’rashni;
5) “Is it … (а bear)?” so’rog’iga qisqa javob qaytarishni: «No, it isn’t / Yes, it is”
Ushbu dars uchun sizga kerak bo’ladi:
1) Qog’irchoq Maymuncha;
2) o’yinchoq qushcha, ayiq, quyon, tulki, bo’ri, ukki, tipratikan, mushuk, kuchuk, olmahon, qurbaqa (ba’zi hayvonlarni rasmga almashtirsa ham bo’ladi);
3) “the” artikilli kubik;
4) [ɔ:], [u:], [æ], [r], [kw] tovushli odamchalar
Darsning borishi
Tarbiyachi: Hello, everybody! Good to see you again. Let’s begin our English lesson. Today we’ll learn how to count to ten. Say after me: one, two, three, four, five, six, seven, eight, nine, ten. Just close your eyes and Maymuncha will be here soon. Are you ready?
Bolalar: Yes, we are.
Tarbiyachi: Let’s count then. One, two, three, four, five, six, seven, eight, nine, ten!
Bolalar sanashadi. Maymuncha paydo bo’ladi.
Maymuncha: Good afternoon, kids!
Tarbiyachi: Good afternoon, Monkey.
Good afternoon, good afternoon, good afternoon to you,
Good afternoon, good afternoon, I am very glad to see you!
Bolalar Tarbiyachi bilan birgalikda takrorlashadi.
Maymuncha: You can count to ten very well!
Tarbiyachi: Bolajonlar Kelinglar guruhimizda nechta qiz bola borligini sanaymiz. How many girls? Let’s count!
Bolalar sanashadi.
Tarbiyachi: How many boys? А o’g’il bolalarchi?
Bolalar sanashadi.
Tarbiyachi: Well done, kids. Bolajonlar eshityapsizlarmi, quvnoq Englishsounds odamchalari shu yerda ekan. Qaranglar ulardan biri bizni ko’rib hayratlanyapti: [o:], [o:], [o:], boshqasi qiliq qilyapti: [æ], [æ], [æ]. A mana bu 3tasi esa hayvonlar bilan o’ynashyapti: biri ayiqday o’kirib: [r], [r], [r], ikkinchisi esa qurbaqaday vaqqilab [kw], [kw], [kw], vа uchinchisi boyog’li singari tovush chiqaryapti: [u:], [u:], [u:].
Sizlar ham hayvonlar bilan o’ynashni hohlaysizlarmi? Let’s play the game «Guess the animal» (Ilovaga qarang). Har biringizga hayvonlarni rasmlarini beraman har biringiz navbati bilan ularni tasvirlab berasizlar, qolganlari esa ularni topishka harakat qilishadi. Lekin eng asosiysi ularni nomlarini ingliz tlida aytasizlar. Let’s play together!
Bolalar o’ynashadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar Maymuncha menga aytdiki, hayvonlarimiz zerikib qolishipti, ular biz bilan o’ynashni hohlashyapti. Kelinglar ularni chorlaymiz. Bear, come here! Fox, come here! Hare, come here! Mouse, come here! Wolf, come here! Voy, Bolajonlar qopchamizda yana qolipti. Bu olmahon – a squirrel va qurbaqa - a frog ekan! Kelinglar ularni ham chaqiramiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |