1-mavzu: “Qiyosiy pedagogika” mustaqil fan sifatida. Reja: Reja: “Qiyosiy pedagogika” tushunchasining mazmun mohiyati



Download 174,37 Kb.
Sana26.06.2021
Hajmi174,37 Kb.
#101920
Bog'liq
1-mavzu boyicha taqdimot

1-mavzu: “Qiyosiy pedagogika” mustaqil fan sifatida.

Reja:

Reja:

  • “Qiyosiy pedagogika” tushunchasining mazmun mohiyati
  • Ta’lim nazariyasida “komparativistika” tushunchasi
  • Qiyosiy pedagogika tushunchasiga komparativist olimlarning ta’rifi
  • Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari.

Qiyosiy pedagogika yoki komparativistika dastlab falsafa fanlari sohasida shakllangan bo`lib, turli masalalarni, jumladan, o`sib kelayotgan yosh avlod ta‘lim-tarbiyasi muammolarining jahon mamlakatlarida rivojlanish masalalarini ham o`rgangan.


Qiyosiy pedagogika tushunchasiga komparativist olimlar turlicha ta’rif berganlar.

Rus olimi M.Sokolova

qiyosiy pedagogikani ta’lim-tarbiya pedagogiк nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining yo’nalishlari, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadigan, iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy va falsafiy asoslari hamda milliy o’ziga xoslikni ochib beradigan soha deb qaraydi.

N.Belkanov

qiyosiy pedagogikani ta’limdagi globallashuv, baynalmilallik va integratsiya natijasi deb qaraydi. Uning fikricha, qiyosiy pedagogikada taqqoslash –bu ta’lim va pedagogika sohasida duhyo tendensiyalari bilan aloqadorlikni anglash demakdir.

K.Musinning ta’kidlashicha,

qiyosiy pedagogika dunyoning turli davlatlarida turli tarixiy davrlarda ta’lim-tarbiya pedagogik nazariyasi va amaliyotining holatini o’rganadi, pedagogika va maktab amaliyotining xalqaro tajribasini o’rganish va foydalanish yo’llari hamda shaklini aniqlaydi, o’z davlatida ta’lim-tarbiya modelining kelajagini bashorat qiladi.

B.L.Vulfson

esa qiyosiy pedagogikani pedagogik fanlarning sohasi deb qaraydi va u qiyosiy aspektda turli davlat, hudud umuman dunyo miqyosida, turli tarixiy davrlarda pedagogik nazariya va amaliyotning mavjud holati, rivojlanish tendensbyalari va qonuniyatlarini o’rganadi, deb ta’riflaydi.

Komparativizm

(lot. comparativis-qiyosiy) qiyoslash va taqqoslash ma‘nosini anglatib, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarining o`xshash va farqli jihatlarini aniqlash, o`xshash hodisalarning o`zaro mos jihatlarini ajratishni o`zida mujassamlashtiradi.

Zamonaviy tilda qiyosiy pedagogika komparativistika deb ham ataladi.

Qiyosiy pedagogikaning obyekti 

– zamonaviy dunyoda insonni ijtimoiy-madaniy rivojlantirish jarayoni, shuningdek, global, hududiy va milliy doirada ijtimoiy instutut hisoblangan ta’lim tizimi.

Qiyosiy pedagogikaning predmeti -jahon (chet el va milliy) pedagogik tajribani rivojlanish holati, tendentsiyalari va qonuniyatlari hamda zamonaviy milliy pedagogik madaniyat.

Qiyosiy pedagogikaning vazifalari: 1. Chet el ta’lim tizimi rivojining real jarayonlarini aks ettiruvchi yangi va yaxshi, ma’lum bo’lmagan jihatlarini tizimli bayon etish. 2. Jahon mamlakatlarida ta’lim tizimi rivojlanishining muhim qonuniyat va tendentsiyalarini aniqlash hamda tahlil etish va tizimlashtirish. 3. Turli davlatlar ta’lim tizimi sifati va samaradorligini baholashning ilmiy asoslangan mezonlarini aniqlash. 4. Talim sohasidagi siyosatning asosiy yo’nalishlarini aniqlash. 5. Uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha bo’g’inlarning mavjud holati va rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish.

Qiyosiy pedagogikaning asosiy vazifalari: -turli mamlakatlarda ta‘lim rivojlanish jarayonlarini aks ettiradigan fakt va dalillarnitasvirlash va tahlil etish; - turli mamlakatlardagi ta‘limning rivojlanishi to`g‘risidagi miqdor va sifat o`zgarishlarini qiyosiy tahlil qilish, tasniflash va tizimlashtirish; -turli mamlakatlardagi ta‘lim rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini ochib berish; - turli mamlakatlarda ta‘limni rivojlantirishning yo`llari va imkoniyatlarini prognoz qilish; - xorij mamlakatlarida ta‘lim yutuqlari va kamchiliklarini o`zaro taqqoslash va qiyoslash; - xorij mamlakatlari ta‘lim tizimini umumiy tahlil qilish

Qiyosiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari . Qiyosiy pedagogika umumiy pedagogik va psixologik kategoriya va tushunchalarni qo‘llaydi: maorif, ta‘lim, tarbiya, rivojlanish, ijtimoiylashuv va hokazo. Komparativ tadqiqotlarning xos tushunchalariga – qiyosiy pedagogika, pedagogik komparativistika, dunyo ta‘lim tizimi, milliy ta‘lim tizimi, ta‘limni globallashtirish, ta‘limning ijtimoiy sinflari, ta‘limni rivojlantirish strategiyasi, ta‘limni standartlashtirish, zamonaviy xorij pedagogik tajribasi, milliy ta‘lim va tarbiya tizimi, pedagogik madaniyat, ta‘lim siyosati, ta‘lim tendensiyalari va hokazo.

Qiyosiy pedagogika fani shuningdek,

  • xorij tajribasini mutaxassislar tomonidan o‘rganilishi qulay bo‘lishi uchun turli mamlakatlar pedagogik hujjatlaridagi atama va tushunchalarni muvofiqlashtirish va tartibga solish; xorij va o‘zbek pedagoglari ta‘lim arboblarining nazariy g‘oyalari, ta‘lim siyosati, ta‘lim modellarini o‘zaro taqqoslash, ta‘limning rivojlanish istiqbollarini prognoz qilish, ta‘limni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish kabi masalalarni chuqur tahlil qiladi.
  • Qiyosiy pedagogika turli mamlakatlardagi ta‘lim nazariyasi mazmuninigina emas, shuningdek, ta‘lim metodlari, shakllari, vositalari, ta‘lim muassasalari, boshqaruv, ta‘lim qadriyatlari va hokazolar kabi keng ko‘lamdagi muammolarni o‘rganadi.

E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 174,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish