Respublikasining Prezidenti I.Karimov
O’zbekiston Respublikasi «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida» 2004 yil 29 apreldagi 611–II–son Qonuni
1 – modda. Ushbu qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2 – modda. Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlari
Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |