Hisob funksiyasi. Amerika ilmiy maktabi vakillari tovarlar va pullar mehnat konsepsiyasini tan olmaydilar. Shuning uchun ular asosiy e’tiborini barcha pullik operatsiyalarning buxgalteriya hisobiga qaratadilar.
Ayirboshlash funksiyasi. Amerika ilmiy maktabi vakillari pulning to’lov va muomala vositasi funksiyalarini birlashtirganlar.
Jamg’arish vositasi funksiyasi. Pul funksiyalarini to’liq namoyon etish uchun iqtisodiyotdagi real va moliya sektorlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash lozim.
Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Fanning predmeti, pulning paydo bo’lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo’lish shakllari, funktsiyalari, Qiymat shakllarining evolyutsiyasi. Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o’ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning turlarini chuqurroq o’rgatadi.
Shuningdek, pul to’g’risidagi nazariyalar, uning shakllari,uning yuzaga kelish shart-sharoitlari, nazariyalarni yaratgan olimlarni fikr va g’oyalari, kamchiliklari haqida o’rganadi.
Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni aylanish tamoyillari, shakllari haqida gap boradi. Shuning bilan birga, pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi, pul muomalasi qonunlari, pul agregatlari, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash uslublari,pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan.
Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari, O’zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanish bosqichlarini o’rganadi. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, pul islohotlarini amalga oshirish usullari keng yoritilgan.Inflyatsiya va uning turlari, yuzaga kelish sabablari, ijtimiy va iqtisodiy oqibatlari, inflyatsiya to’g’risida nazariyalar hamda pulning barqarorligini ta’minlash yo’llari yoritilgan. Shuning bilan birga, kreditning zarurligi, mohiyati va funktsiyalari, tamoyillari, xarakterli belgilari, xususiyatli tomonlari yoritilgan. Kreditning iqtisodiy barqarorlikdagi o’rni ochib berilgan.
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlarining yuzaga kelish sabablari. Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari, shakllari va turkumlanishi, kreditning bahosi va unga ta’sir qiluvchi omillar yoritib berilgan.Shuning bilan birga, banklarning kelib chiqishi va bank tizimi, Markaziy bank va uning funktsiyalari, ularning aktiv va passiv operatsiyalari, ularni mustaqilligi keng yoritib berilgan. Tijorat banklari va ularning bajaradigan funktsiyalari, ularni tashkil etish va iqtisodiyotni rivojidagi o’rni yoritilgan.Shuning bilan birga nobank kredit tashkilotlari, zarurligi va ularning turlari,vazifalar ularni tartibga solish masalalari hamda kredit tizimi, elementlari va uning barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar ochib berilgan. Shuningdek, halqaro valyuta munosabatlari, asoslari, milliy valyuta tizimi va turlari, vazifalari va ularni tartibga solish masalalari yoritilgan. Shuning bilan birga, halqaro moliya institutlari va ularning turlari maqsadi va vazifalari bajaradigan operatsiyalarini o’z ichiga olgan keng qamrovli fanning predmetlarini o’z ichiga olgan. Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |