Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Agar boshingizdan kechirganlaringiz bir lahza esga kelganda rangingiz oqarib yoki qizarib ketsa,
boshingizga tushgan mo`sibat haqida o`ylashdan qo`rqsangiz, sizda xotiraning qaysi turi ustun bo`ladi?
a) harakat xotirasi; b) so`z – mantiq xotirasi;
v) obrazli xotira; g) hissiy xotira.
2. Bir sahifa she`rni yod olish uchun Pushkinga 1- 2 marta o`qib chiqish kifoya qilardi. Motsart bir marta
eshitgan musiqa asarini esda qoldirib, keyinchalik shu asarni notaga yoddan ko`chira olgan. Ularning
xotirasi qaysi tipga taalluqli?
a) tez esda qoldirib sekin unutish; b) tez esda qoldirib tez unutish;
v) sekin esda qoldirib sekin unutish; g) sekin esda qoldirib tez unutish.
Do'stlaringiz bilan baham: |