1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Download 450,02 Kb.
bet33/67
Sana07.04.2022
Hajmi450,02 Kb.
#534038
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Bog'liq
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Nazorat savollari:

  1. Idrok deb nimaga aytiladi?

  2. Idrokning qanday xususiyatlari bor?

  3. Idrok darajalarini farqlab bering.

  4. Idrok qilishda illuziya hodisasi nima?



24-mavzu: Xotira.
Reja:
1.Xotira to`g`risida umumiy tushuncha.
2.Inson hayotida xotiraning ahamiyati.
3.Xotiraning fiziologik asoslari, assotsiatsiyalar.
Tayanch tushunchalar: Tasavvurlar va ularning turlari. Xotira turlari; obraz, so’z-ma’no, emotsional, xarakat xotirasi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurot qoldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib qolaveradilar. Ular biror narsani eslarida olib qolishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymaydilar va hali maqsad qo‘yishni uddasidan ham chiqa olmaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda olib qolishning hukmron bo‘lishi tasodifiy hol emas. Buning o‘z sabablari bor. Har bir tarbiyachi pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlarni yaxshi bilishi kerak. Ana shunda bolalar xotira- sini to‘g‘ri rivojlantirish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar xotirasidan keskin farqi, avvalo ular oliy nerv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqligidadir. Bir qator rus psixologlari tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tekshirish ishlari natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati quyidagi maxsus xususiyatlarga ega.
Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarning nerv sistema­si xuddi ilk yoshdagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik xarakterga egadir, ya’ni ularning nerv sistemalari haddan tashqari egiluvchan, ta’sirotga beriluvchandir. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarda vaqtli bog‘lanishlar (assotsiat- siyalar) juda yengillik bilan hosil bo‘ladi. Bolalar nerv sistemasining xususiyati ularning esda olib qolish qobiliyatlariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalar qo‘shiq, ritmli she’r, qiziqarli va chuqur ta’sir etadigan narsalarni beixtiyor hamda juda tez eslarida olib qolaveradilar.
Ikkinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistemasi yengil qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi bilan birga yuzaga keladigan vaqtli bog‘lanishlar (assotsiatsiyalar) juda beqaror bo‘ladi, ya’ni mustahkam bo‘lmaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar tomonidan idrok qilingan turli narsa va hodisalar ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qol- maydi. Ular tez esga olishlari bilan birga tez unulib ham yubo- radilar. Ko‘pincha narsa va hodisalarning bog‘cha yoshidagi bolalar xotiralarida mustahkam saqlanib qolishi shu narsa va hodisalarning bolaga qanchalik emotsional ta’sir qilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Uchinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistemasi- da qo‘zg‘alish jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust bo‘lganligi tufayli ular o‘xshash va birdaniga, ya’ni bir vaqtning o‘zida juda ko‘p idrok qilingan narsalarning farqini yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ular birdaniga idrok qilgan juda ko‘p narsalarni bir-biri bilan aralashtirib yubo- radilar. Agar bog‘cha yoshidagi boladan kechagi bayram kuni bo‘lgan, ya’ni idrok qilgan narsalarini bir boshidan so‘zlab berish iltimos qilinsa, u ma’noli va izchil qilib so‘zlab berol- maydi. Bola bunday holda gapni tasodifiy esiga tushib qolgan narsalardan boshlab ketaveradi. Chunki birdaniga ko‘rgan juda ko‘p narsalarini bola tamoman aralashtirib yuborgan bo‘ladi.
Bola esida olib qolgan narsalarida hali izchillik yo‘q. Shu- ning uchun bola dastavval chuqur taassurot qoldirgan, ya’ni esida chuqur o‘rnashib qolgan narsalardan boshlab gapiraveradi. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkin. Agar bog‘cha yoshi- dagi bolalarga bir vaqtning o‘zida haddan tashqari ko‘p narsalar ko‘rsatilsa, ular hamma narsalarni bir-biri bilan aralashtirib yubo- radilar va birontasini ham puxtaroq esda olib qololmaydilar.
Nazorat savollari:

  1. Ilk yoshdagi bolalarda xotiraning o‘sishi sharoitlari ni­malardan iborat?

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda esda olib qolish turla- rini aytib bering.

  3. Xotira turlarining bolalarda rivojlanishi.

  1. Ixtiyorsiz va mexanik ravishda esda olib qolishning ahamiyati nimada?




Download 450,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish