Shu bilan birga, erta yurgan bola o‘z tengdoshlarini barcha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xatodir. Bola xayotining birinchi ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi (R.N. Myussen, 1987).
Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda predmetlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudli- gini aniqlab beradi.
Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodikalardan foydalanish mumkin. Chunki, xuddi shu davrdan boshlab so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo‘ladi, bilishga qiziqish rivojlangan bo‘ladi, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish holatida bo‘ladi.
Quyida metodikalardan namunalar keltiramiz.
Segen doskasi
Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E. Segen tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini aniqlashga, motorika xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan (N.A. Shivarev, 1970). Qattiq qog‘oz yo- ki kartonga quyidagi figuralar chiziladi.
Keyin ularni ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi. Har bir variant bir-biridan murakkabligi bilan ajralib turadi.
doskada 10 ta har xil butun figuralar bor;
doskada 2 ta figura bo‘lib, ularning har biri ikki va uch qismdan iborat;
doskada har biri ikki va uch qismdan iborat 4 ta figura;
doskada ikki qismdan iborat 5 ta (figura) shakl.
Bolaga 10 soniya davomida doska ko‘rsatiladi. Keyin
doskadagi shakllar stol ustiga tushadigan qilib ag‘dariladi. Eksperimentator ularni aralashtirib, har bir shaklni o‘z joyiga qo‘yishni boladan so‘raydi. Tajriba boshida eksperimentator 2—3 namunani ko‘rsatib berishi mumkin. Keyin bolaning topshiriqni qanday bajarayotganini diqqat bilan kuzatadi. Bola «smash va xato qilish» kabi harakatlar qiladi, bunda bola shakli arni joyiga qo‘yishga diqqat-e’tibor berishi, kuzatishi kerak. Birinchi topshiriqni bajargandan so‘ng, keyingi qiyinroq topshiriqqa o‘tiladi. Sinaluvchining har bir topshiriqni baja- rishga sarflangan vaqti, uning qilgan harakatlari maxsus qaror-ga yozib boriladi. Sinaluvchi topshiriqlarni o‘zi bajara olmasa, 1 daqiqadan so‘ng unga yordamlashish mumkin.
Bu metodika 1923-yilda S.S. Koss tomonidan taklif etilgan bo‘lib fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish-yasash xususiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika D. Veks- lerning (1939—1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan.
Odatda bu metodni kattalarni tekshirishda qo‘llashadi, lekin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar. Bolalar berilgan namunaga ko‘ra kubiklardan shakllar yasashlari kerak. Tajriba o‘tkazish uchun bir xil bo‘yalgan plastmassa yoki yog‘och kubiklar kerak bo‘ladi. Kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil shakllar chizilgan 10 ta rasm zarur.
Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday shaklni to‘rtta kubikdan yasab ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan shakllarni kubiklardan yasay boshlaydi.
Kubiklarni rasmning ustiga qo‘yib topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va bajarilish vaqtiga bog‘liq ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi. Bog‘cha yoshidagi va boshlang‘ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish lozim.
Agar bola qiynalsa, 1—2 shaklni yasab ko‘rsatish mumkin. Bunda eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish prinsipini ham tushuntiradi. Shaklni yasab bo‘lgach eksperimentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashini aytadi. Tadqiqot qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqti yozib qo‘yiladi.
Sinaluvchiga quyidagi qo‘llanma beriladi: «Men hozir sizga so‘zlar qatorini o‘qib beraman, siz bo‘lsa eshitib bo‘lganingizdan so‘ng, ularni istalgan tartibda menga aytib berasiz».
Do'stlaringiz bilan baham: |