Shaxs faoliyatining asosiy turlari
Faoliyatning 3 asosiy turi mavjud: o‘yin, ta’lim, mehnat.
Bolalarning mehnat faoliyati.
Ta’lim faoliyati maxsus ravishda tashkil etilgan sharoitda maktablarda, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Katta yoshli kishilar bolalarning taraqqiyotlariga aktiv ta’sir etib, ularning ta’lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlarini tashkil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini o‘rganish tomon yo‘naltiradilar. Shunday qilib, ta’lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashkil qilinib boshqariladi va sistemali ravishda nazorat qilib boriladi.
Ta’limiy mashg‘ulotlar.
Ta’lim faoliyati tarbiya ishlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ta’lim muassasalaridagi har qanday ta’lim jarayoni tarbiyaviy xarakterga ega. Bolalarga u yoki bu fan bo‘yicha ta’lim berar ekanmiz, biz ularni bir vaqtda tarbiyalaymiz ham. Ta’lim- tarbiya ishlari asosan tushuntirish, ishontirish, ko‘rsatish, rag‘batlantirish, talab qilish, vazifa berish va jihozlash ka-bi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ta’lim va tarbiya faoliyati odamni ijtimoiy foydali mehnatning har xillari uchun zarur bo‘lgan bilimlar, malaka hamda ko‘nikmalar bilan qurollantiradi. Bundan tashqari ta’lim va tarbiya faoliyati turli-tuman ishlarga mos ravishda o‘z xatti-harakatlarini va psixik jarayonlarini boshqara olishga o‘rgatadi. Shu tariqa odam uzoq vaqt mobaynida sistemali davom etadigan ta’lim- tarbiya faoliyatida o‘zini inson hayotida eng muhim faoliyat bo‘lgan mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. Ma’lumki, odam o‘z tabiati jihatidan mehnat faofiyati bilan shug‘ullanmay yashay olmaydi. Agarda odam mehnat faoliyatidan to‘xtab qolsa, unday paytda o‘z hayofini ham tugatgan bo‘lur edi. Shu sababli ham mehnat faoliyati odamning yashashini ta’minlovchi eng asosiy faoliyatdir.
Ko‘nikma, malaka, odatlar haqida tushuncha
Malakalar va uning turlari. Avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan ish-harakatlarga malakalar deyiladi. Malakalar shu bilan xarakterlanadiki, harakatlar oson va tez, go‘yo o‘z- o‘zidan ongning kam ishtiroki bilan va kuchni kam ishlatadi- gan holda bajariladi. Masalan: tajribali usta yaxshi va ko‘p ishlaydi va ishni endigina boshlayotgan yosh xodimga qaraganda kam charchaydi yoki pianinochining royal klavishlarining ustida barmoqlarini yurgizishi va hokazo.
Malaka hosil qilingach, ayrim harakatlar ustidan nazorat deyarli yo‘qoladi. Malakalar faoliyatimizning deyarli hamma turlariga kiradi va biz amalga oshiradigan har qanday harakatlarning ko‘pchilik qismini tashkil qiladi. Malakalar mehnat qilishni osonlashtiribgina qolmasdan, balki ijodiy ish uchun imkoniyat yaratadi, bizni unchalik murakkab bo‘lmagan harakatlarni ku- zatish zarurligidan xalos qiladi. Takroriy harakatlar natijasida miya po‘stlog‘ida hosil bo‘ladigan murakkab shartli reflekslar, muvaqqat aloqalar sistemasi (bu aloqalar vaqtida bir qo‘zg‘alish go‘yo zanjir kabi boshqa qo‘zg‘alishlar seriyasini vujudga keltiradi) malakalarning fiziologik asoslaridir, ya’ni I.P.Pavlov tili bilan aytganda dinamik stereotiplardir. Malakalar odamga hech vaqt tug‘ma holda berilmaydi. Murakkab malakalarni hosil bo‘lishiga ko‘p vaqt ketsa, sodda malakalar oz vaqt ichida hosil bo‘ladi. Ilgari hosil qifingan malakalardan yangi malakani tarkib toptirishga ijobiy ta’siri malakalarning ko‘chirilishi deyiladi. Ilgari hosil qilingan malakalarning yangi malakalar hosil qilishga zararli, salbiy ta’sir ko‘rsatishi malakalarning interfrensiyasi deb ataladi. Mustahkamlangan malakalarning so‘nish hodisasi malakaning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning interfrensiyasi juda kuchli bo‘ladi, shuning uchun noto‘g‘ri malakaga ega kishiga qayta o‘rgatish bu ishda hali hech qanday malakaga ega bo‘lmagan kishiga o‘rgatishdan ko‘ra qiyinroq bo‘ladi. Malakalarni hosil qildirishda 1-signal sistemasi: sezgilar, idrok va tasavvurlar katta rol o‘ynaydi. U amalga oshirilgan harakat to‘g‘risida miyaning tegishli qismiga xabar beradi. Miyadan esa bajarilgan ishni to‘g‘rilashni talab qiladigan qaytish signallari keladi. Muvaffaqiyatli harakatlar takrorlanib turadi va shu sababli ularning mexanizmlari miyada mustahkam o‘rnashib oladi. Muvaffaqiyatsiz harakatlar takrorlanmaydi va sekin-asta yo‘qoladi. Muayyan faoliyatni takomillashtirish maqsadida ishlarning takroriy bajarilishi mashq deyiladi.
Ko‘nikma va odatlar, ularning hosil bo‘lishi. Ko‘nikmalarni malakalardan ajrata bilish zarur. Ko‘nikmalar asosida biror narsa qilishni o‘rganish mumkin-u, lekin bu ishni baja- rish malakasi hali egallab olinmagan bo‘lishi mumkin. Masalan: 5—5,5 yoshli bola ruchka ushlashni, yozishni o‘rganib olgan bo‘lishi mumkin, lekin hali yozish malakasini egallagan emas. Ko‘nikmalar kishi o‘z faoliyati jarayonida hosil qilgan bilimlar yoki malakalarga asoslangan biror ishni bajarishning ma’lum darajada mukammal usulidir. Ko‘nikma bu biror ishni bajarishga tayyorgarlik, malaka esa faoliyatning avtomatlashgan bo‘g‘inidir. Ko‘nikmalar turli darajalarda bo‘lishi mumkin: ayrim hollarda ular malakalarda tarkib topishidan oldin hosil bo‘lishi, boshqa hollarda faoliyatning yanada rivojlanishi bo‘lishi mumkin. Uzoq mashq qilinmasa, ishlar takrorlanib turilmasa, malaka hosil qilib bo‘lmaydi. Ko‘nikma esa ko‘p mashqlarni bajarmasdan ham paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘nikma uchun talab qilingan narsani tushunish, ishni bajarish usulini bilish muhimdir. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasa, biz buni ko‘nikma deb ataymiz.
Kishining xulq-atvorida mustahkamlanayotgan va uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlar odat deyiladi. Odatlar xuddi malakalar singari xulq-atvor va faoliyatning avtomatlashgan elementlaridan iborat, lekin ular orasida muhim farqlar ham bor. Inson shaxsiga xos bo‘lgan malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini tushuntirishda akademik I.P. Pavlovning dinamik stereotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir.
Nazorat savollari:
Faollik deganda nimani tushunasiz?
Faoliyat va uning turlari haqida so‘zlab bering.
Shaxsning hayotida mehnat faoliyatining o‘rni qanday?
Ijod nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |