Nazorat savollari:
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshi davridagi o‘yin faoliyatin- ing xususiyatlari.
O‘yin faoliyati davomida bolalarda qanday psixik jarayonlar rivojlanadi?
Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqi- yotida turli o‘yin faoliyatlari, mazmunli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning ahamiyatini aytib bering.
Bolaning psixik rivojlanishida o‘yinchoqlar qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Turli yosh guruh bolalariga qanday o‘yinchoqlar berish kerak? Nima uchun?
14-mavzu: “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” da bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi (Amaliy mashg’ulot)
Reja:
1.Men” konsepsiyasi, hissiyotlar va uni boshqarish.
2. Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot kichik sohalarini tahliliy o’rganish.
Tayanch tushunchalar: “Ilk qadam” davlat o’quv dasturidagi ijtimoiy-hissiy rivojlanish kompetensiyalari
«Ijtimoiy-emotsional rivojlanish» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola:
o’z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi;
o’z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
o’zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo’llarini topadi Davlat talablari asosida “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturini turli yosh guruhlarda rejalashtirilishini tahliliy o’rganish. Turli yosh guruhlada haftalik rejalashtirishda ijtimoiy-hissiy rivojlanish talablari maqsadining tanlanishi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining «Maktabgacha ta’limni rivojlantirish» loyihasida (Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodika Markazi tomonidan 2012-yili ishlab chiqilgan) maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi va bilim olishiga oid quyidagi nazariy tamoyillar, bolaga yo‘naltirilgan amaliyotda (BYA) juda muhim sanaladi. Mazkur tamoyillar J.Piaje, L.S.Vigotskiy, Erikson va boshqalarning ilmiy qa-rashlariga asoslangan. Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g’amxo’rlik qilish, erkin ijodiy o’z-o’zini ko’rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko’zda tutadi. SHu sababli, rejalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog bolani va uning o’zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko’rish, qo’llab-quvvatlash, rivojlanish yo’llarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistematik kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim faoliyatini rejalashtirish ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi. Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun O’zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar olingan (malaka va ko’nikmalar).
Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to’ldiriladi1. Maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaaritasi to’ldiriladi(faqat maktabgacha muassasa bitiruvchilari uchun6). Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetentsiyalarni va rivojlanish sohalari kompetentsiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta’lim muassasasining har bir bitiruvchisi uchun to’ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetentsiyalari) bo’yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetentsiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar ko’rinishida ota-onalarga e’tiboriga havola etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |