1 mаvzu: psixologiya fаnining predmeti vа rivojlаnish tаrixi



Download 37,82 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi37,82 Kb.
#259317
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu topshiriq Madinabonu O'ktamova

2-bosqich. Psixologiya - ong haqidagi fan XVII asr tabiiy fanlar rivojlanishi bilan boshlanadi. Fikrlash, xohlash, his qilish qobiliyatini ong deb atashgan. 0 ‘z-o‘zini kuzatish asosiy metod hisoblangan.

1-bosqich. Psixologiya bu yo‘nalish psixologiyada bundan 2000 yil oldin paydo bo‘Igan. Inson hayotidagi barcha jon haqidagi narsalar tushunchasi, tushunarsiz hodisalami fan sifatida. jon, ruh bilan bog‘lab tushuntirishga harakat qilingan.

Fanning rivojlanishining har bir bosqichida ilmiy-amaliy nazariyalar

yaratilgan. Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni “yagona voqelik” deb tan olib, uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidlaydi. Uning negizida erifenomalizm (yunoncha eri - o‘ta, rhainomiron - g‘ayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya’ni psixologiya tanadagi jarayonlaming soyasi singari ro‘y beradigan ruhiy hodisalar to‘g‘risidagi ta’limotga aylandi. Hali ham bizning ichki olamimizda qo‘rquvdan ko‘ra ko‘proq jonlantiradigan, o‘z domiga tortadigan hech narsa yo‘q. Olim Gingerich qo‘shimcha qilganidek, “Bizning miyamiz butun kosmosdagi eng murakkab fizikali obyekt”. Bizning ongimiz xotiramiz teran mahoratni eslatuvchi moddadan paydo bo‘lgan. Bizning o‘yfikr, his-tuyg‘u hamda harakatlarimiz va boshqalaming o‘y-fikrlari, hissiyot hamda harakatlarining ta’siri bilan bizni o‘ziga jalb qiladi. Tashqi fazo bizni o‘zining johilliklari bilan o‘zidan chetlashtiradi. Lekin ichki fazo o‘ziga jalb qiladi.

Psixologiya keyingi vaqtlarda yosh ilmiy psixologiya sifatida ko‘proq e’tibor qaratilgan sohalar: filosofiya va biologiya tarkibida rivojlandi. 1879-yilda Leypsing universiteti huzurida eksperimental psixologiya bo‘yicha birinchi laboratoriya ochgan faylasuf V.Vundning psixologik ilmiy nazariyalari paydo bo‘la boshladi. Amerikalik faylasuf D.Jeymes, rossiyalik psixolog Ivan Pavlovning markaziy nerv sistemasini o‘rganishlari, V.F.Skinneming qarashlarning xulq-atvorini o‘rganuvchi yetakchi mutaxassis sifatida “rad etilgan fikrlar va g‘oyalar kuzatuvchisi va oqibatlar qanday qilib xulq-atvomi shakllantirishi”ni o‘rganib psixologiyaning ilmiy izlanishlariga turtki berdilar. Psixologik munosabatlar xulq-atvor, ichki kechinmalar va fikrlar bilan aloqador bo‘lgani uchun psixologiyani xulq-atvor va aqliy ja-rayonlar haqidagi fan sifatida ta’riflashimiz mumkin. Aniqroq ta’rif beradigan bo‘lsak, xulq-atvor bu tirik mavjudot bajaradigan, biz

ko‘radigan va xotiraga saqlab qo‘yadigan barcha harakatlardir. Dodlash, kulish, ko‘zni pirpiratish, terlash, suhbatlashish va savol-javob o‘tkazish bular barchasi kuzatiluvchi xulq-atvorlardir. Aqliy jarayonlar esa bu ichki, shaxsiy tajribalardan kelib chiqadigan taassurotlar, tushunchalar, orzular, fikrlar, ishonch va hissiyotlardir. Psixologiyadagi asosiy so‘z bu ilmdir. D.Mayersning ta’rifi bo‘yicha “Psixologiya bu savol so‘rash va javob berishdan farqli o‘laroq bir butun kashfiyotlar yig‘indisidir”. Har qanday harakatning o‘zlashtirilishi ongning ta’siri ostida amalga oshiriladi. Ong tushunchasi juda ko‘p muammolarga duch keladi. Bularga turli xil yondashuvlar ham mavjud. Ong muammosi psixologiyadagi global va eng murakkab muammolardan biridir. Muammoga asosiy yondashuvlarda “Ong, - deydi V.Vund, - bu o‘zimizning har qanday psixologik jarayonlarga duch kelishimizdir. Ong psixologik jihatdan o‘zida ichki yorug‘likni, yorqinlik yoki zulmatni ifodalaydi. Inson o‘zini yo‘qotgan paytda u go‘yoki o‘chishi ham mumkin”.

K.Djeymsning fikricha ong bu “psixik funksiyalaming xo‘jayini”. Ong - bu o‘zgacha psixik kenglik. Ong psixologiyaning sharti bo‘lishi mumkin, lekin uning predmeti bo‘la olmaydi. Uning mavjudligi psixologik fakt bo‘lishiga qaramasdan, uni aniqlash mumkin emas va faqatgina o‘zidan chiqarilishi mumkin. Ong sifatsizdir, chunki uning o‘zi sifat-psixik jarayon va hodisalaming sifatidir. Sifatni

bo‘lib bo‘lmaydi, u yoki bor yoki yo‘q. Yuqorida keltirilgan qarashlaming umumiy xulosasi - bu psixologik sifatsiz ongga urg‘u. Vigotskiyning ongga qarashlari qiziqish uyg‘otadi. Uning aytishicha “Ong - bu o‘ziga o‘zi, reallikka refleksiyadir”. “Ong o‘zi bilan o‘zi aloqadadir”. Ong - bu ongdir, ong faqatgina jamiyat ongi va tili mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘lishi mumkin. Ong tug‘ma bo‘lmaydi yoki

tabiat tomonidan berilmaydi balki u jamiyatda rivojlanadi. Shuning uchun ong psixologiyaning sharti emas balki uning muammosi – ilmiy psixologik izlanishlar predmetidir. Aytishlaricha, odam miyasida taxminan 14 milliard hujayra mavjud

bo‘ladi, lekin yangi tug‘ilgan bolada ulaming ko‘pchiligi hali ishga tushmagan bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola va katta yoshdagi kishilaming bosh miya hujayralarini solishtirish shuni ko‘rsatdiki, miyaning rivojlanish jarayonida uning hujayralari o‘rtasida maxsus o‘simta (shoxcha) - ko‘prikchalar shakllanib boradi. Bosh miya hujayralari sezgi organlari orqali tashqaridan olayotgan ma’lumotlarga javob berar ekan, go‘yo bir-birlariga qo‘llarini uzatib, bir-birlarini mahkam ushlab

oladi. Bu jarayon elektron kompyuterdagi tranzistorlar ishiga o‘xshab ketadi. Har bir alohida olingan tranzistor o‘zi alohida ishlay olmaydi, faqat ma’lum bir yagona tizim (sistema)ga birlashgandagina ular kompyuter sifatida ishlay olishi mumkin.

Hujayralaming bir-birlariga bog‘lanishi shakllanishining eng faol davri - bu bola tug‘ilgandan uch yoshgacha bo‘lgan davrdir. Bu vaqtda taxminan 70-80% shunday birikmalar vujudga keladi va ular qanday rivojlanishiga qarab, miya imkoniyatlari ham ortib boradi. Tug‘ilgandan keyingi dastlabki olti oyda miya o‘zining voyaga etish imkoniyatining 50 foiziga erishadi, uch yoshga kelib esa bu ko‘rsatkich - 80 foizga yetadi. Albatta, bu bola miyasi uch yoshdan keyin o‘sishdan to‘xtaydi,

degani emas. Uch yoshga yetib, asosan miyaning orqa (ensa) qismi voyaga yetadi, to‘rt yoshga kirganda esa bu murakkab jarayonga uning “peshana qism” degan qismi ham qo‘shiladi. Miyaning muhim (asosiy, fundamental) qobiliyati tashqaridan signal qabul qilish, uning obrazini yaratish va esda olib qolishdir. Bu

shunday o‘zak, shunday kompyuterki, bolaning kelajakdagi intellectual rivojlanishi shularga asoslanadi. Tafakkur, ehtiyoj, ijod, hissiyot kabi yetuk qobiliyatlar uch yoshdan keyin rivojlanadi, lekin ular shu yoshgacha shakllangan bazadan foydalanadilar. Shunday qilib, agar dastlabki uch yoshda mustahkam negiz shakllanmagan bo‘lsa, undan qanday foydalanishga o‘rgatish befoyda. Bu xuddi yomon kompyuterda ishlayotib, yaxshi natijalarga erishishga intilish bilan barobar.

Albatta, yangi tug‘ilgan bola mutlaq nochordir, biroq aynan shunday bo‘lganligi uchun ham uning mavjud (potensial) imkoniyatlari ancha katta bo‘ladi. Odam bolasi hayvon bolasiga qaraganda ancha kam rivojlangan holda tug‘iladi: u faqat yig‘lashni va sut emishni biladi xolos. Hayvon bolasi esa, masalan, itlar, maymunlar yoki otlar emaklashni biladi, tirmashadi yoki hatto birdaniga tik tura olishi va yurib ketishi mumkin. Zoologlaming ta’kidlashicha, yangi tug‘ilgan

bola, yangi tug‘ilgan hayvon bolasidan 10-11 oyga orqada qolgan bo‘ladi va buning asosiy sababi - odamning yurishdagi holatidir. Odam tik (vertikal) holatda yurishga o‘tishi bilanoq bachadonda bola to‘la rivojlanguncha tura olmaydigan bo‘lib qolgan, shuning uchun ham bola hali yetarlicha rivojlanib ulgurmay butunlay “nochor” bo‘lib tug'iladi (dunyoga keladi). Unga tug‘ilgandan so‘ng o‘z tanasidan foydalana olishga o‘rganishga to‘g‘ri keladi. U miyadan foydalanishni

ham xuddi shunday o‘rganadi. Hind fiziologj Masaru Ibuka “Agar har qanday hayvon bolasining miyasi tug‘ilish arafasida deyarli shakllanib bo‘lgan bo‘lsa, yangi tug‘ilgan bolaning miyasi - go‘yo toza qog‘oz varag‘i. Bolaning qanchalik iqtidorli bo‘lishi shu qog‘ozga (varaqqa) nima yozilishiga bog‘liq bo‘ladi” degan fikmi bildiradi.




Download 37,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish