Sotsiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo‘llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi - Sotsiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo‘llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi
- Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuziga xosdir.
- Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, hozirgi kunga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan, murakkab texnikani boshqaruvchi inson muammosini yechishda, ikkinchi tomondan psixik holatni murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
- Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi XX asrning yangiliklaridan bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong ham iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fanga xizmat qiladi.
Psixologiya fanining rivojlanish tarixi va fanining yirik ilmiy maktablari. - XV – XVI asrlarda ilm – fanga yangicha qarashlar paydo bo’ldi. Bu yangicha qarashlar ratsionalizmga va nazariy yondashuvlarni amaliy asoslashga qaratilgan edi. Bu esa psixologiya fani rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo’yishni anglatdi. Aynan shu yondashuvlar olimlar uchun yangi psixologik kontseptsiyalarni ishlab chiqish uchun motiv bo’lib xizmat qildi.
- Psixologiya fanining dastlabki shakllanish jarayonida, falsafaning tarkibida edi. Buni psixologiyaning predmeti faqatgina “jon – ruh” deb qaralganida yaqqol kuzatish mumkin. Psixologiya rivojlanish jarayonida nafaqat jon – ruh borasidagi muammolarni, balki insonning shaxs sifatida shakllanishi jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlarini o’rgana boshladi.
- XVII asr psixologlar ko’z o’ngida psixikaga bo’lgan qarashlarning tubdan o’zgarishi davri sifatida namoyon bo’ladi. Psixologik fikr taraqqiyotidagi yangi davrini “fanlar malikasi” bo’lib hisoblangan mexanika fani ta`sirida paydo bo’lgan kontseptsiyalar ochib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |