1.2. Psixodiagnostika fanining predmeti, maqsadi
Pedagoglar, shu jumladan, muhandis-pedagoglarning kasbiy mahoratining asosiy komponentlaridan biri — о‘quv-tarbiya jarayonini tо‘g‘ri va samarali boshqara olishidir. Bu borada pedagogning texnik va uslubiy bilimlarni puxta egallanganligi yetarli emas. Pedagog о‘z ishi, faoliyati natijalarini tahlil qilishi, о‘quvchilarda qiyinchilik tug‘dirayotgan sabablarni о‘z vaqtida aniqlashi, bu qiyinchiliklarni о‘quvchiga individual yondashish jarayonida bartaraf qila olishi lozim. Shu sababli о‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishni takomillashtirish vosita va yо‘llaridan biri — ilmiy jihatdan asoslangan psixologik-pedagogik diagnostikadir. Bugungi kunda psixologik-pedagogik diagnostikaning о‘rni, ahamiyati qanchalik katta ekanligini hech kim inkor qilmaydi. Individual yondashish, о‘quvchi va talabalarning shaxsiy xususiyatlarini о‘rganish shart ekanligini bir qancha davlat hujjatlarida aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |