Vazirlik Mahkamasi
boshqargan. Vazirlardan biri -
mamlakat va raiyat vaziri
viloyat va
tumanlardan to’planadigan hosil, soliq-o’lponlar va obodonchilik masalalari
bilan shug’ullan-gan. Ikkinchisi -
vaziri sipoh,
deb atalib harbiy ishlar vaziri
hisoblangan. Saltanatda
tijorat
(savdo),
moliya ishlari vazirlari
bo’lgan.
Qolgan uchta vazir esa chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini
nazorat qilgan. Bu uch vazir saltanatning „xolisa", deb yuritilgan bosh
nazorat hay’atini ham tashkil etgan.
7 vazir devonbegiga bo’ysungan va u bilan bamaslahat davlatning
moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar.
Mamlakat ma’muriy jihatdan
ulus, viloyat
va
tumanlarga
bo’li-nib. ular
hokim, noib
va
tuman boshliqlari
tomonidan boshqa-riltan. Bu boshqaruv
rahbarlarining aksariyati harbiylar-amirlar bo’lgan. Har bir shahar va
viloyatlarning
moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi
va
muxtasibi
bo’lgan.
Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar o’tkazish asosiy o’rin
tutgan. Sohibqiron Amir Temur o’zining “Temur tuzuklari” asarida “Davlag
ishlarining to’qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich
bilan bajo keltirilur”, deb ta’kidlaydi Ayni vaqtda ushbu asarda “Saltanat
ishlarida to’rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) (o’zingbilan) kengash; 2)
(boshqalar bilan) mashvaratu maslahat ayla; 3) hushyorligu mulohazakorlik
bilan qat’iy qaror chiqar; 4) ehtiyotkorlik qil. Chunki, kengash va mashvaratsiz
saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari xato bulgan johil odamga
qiyoslash mumkin: uning so’zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat
keltirgay. Shunday ekan saltanat boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilai
ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo’lmagaysan”
2
.
Qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat ma’murlari, harbiy
boshliqlar. ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Bu
“mashvaratu maslahat”larga olimu fuzalolar ham taklif etilgan, qabul
qilinadigan qarorlarda ularning fikr-mulohazalari hisobgaolingan.
Amir Temurning davlatni boshqarish uslubiga bag’ishlangan “Temur
tuzuklari” asarida davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt
egalarining tutumi (yo’nalishi) va vazifalari, vazir va qo’shin boshliqlarini
saylash, sipohlarining maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari
va qo’shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa
mansabdorlarning toju taxt oldida ko’rsatgan xizmatlarini taqdirlash tartibi,
boshqaruvga oid boshqa juda qimmatli tartib-qoidalar, fikr-mulohazalar
bayon etilgan.
Buyuk Sohibqiron ishning ko’zini biladigan tadbirkor, qobiliyatli
insonlarni yuksak qadrlagan. “Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor,
xushyor, jang ko’rgan, mard, shijoatli bir kishi, mingta tadbirsiz, loqayd kishidan
yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi”
3
.
Amir Temurning boshqaruvni mukammal tashkil etishi, intizomga
qat’iy rioya etilishi ulkan saltanatni muvaffaqiyatli idora etish, beqiyos
2
Темур тузуклари. , Т.: Шарқ, 2005. - 12-бет.
3
Тсмур тузуклари. Т.: Шарқ, 2005. - 13- бст
bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish imkonini berdi.
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |