1-Mavzu: Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja: Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi


Berilgan so‘zlarning izohli lug‘atini ko‘rsating



Download 189,88 Kb.
bet22/28
Sana16.03.2022
Hajmi189,88 Kb.
#496546
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
Umika

Berilgan so‘zlarning izohli lug‘atini ko‘rsating
Ekologiya – «oikos» so‘zidan olingan, «tom» yoki «uy» ma’nosini anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan ilk bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va boshqalar.


17-Mavzu: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA IQTISODIY TARBIYASINI BERISH
Reja: 




  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish usullari. 

  2. Konstitutsiya saboqlari” dasturining maqsad va vazifalari . 

  3. Ekologik tarbiya berishda foydalanadigan usullari. 

Jihoz:o`yinchoqlar, pul tasvirlangan qog`ozlar, suvni, havoni ifloslanishi bo`yicha rasmlar, jonivorlarga ozor berayotgan, o`simliklarning payhon qilinayotgani tasvirlangan rasmlar, bayroq, tamg`a rasmlari, flamaster rangli qalamlar. 
Dars usuli:Tinglovchilar “Zanjir” usulida “iqtisodchi”, “tabiatchunos”, “huquqchi” so`zlarini aytishadi va 3 ta guruhga ajratiladi. Har qaysi guruh maktabgacha yoshdagi bolalarga (nomiga ko`ra-agar “iqtisodchi” lar guruhi bo`lsa) mashg`ulotlarda, voqeaband o`yinlarda, savdo qilish, arzon, qimmat, tovar, pul, barter, ishbilarmon tushunchalarini ochib beradi. Guruh a`zolari ish o`yinidan, tasviriy illustrasiyadan rekladan foydalangan holda ijodiy yondashadi.
“Tabiatshunoslar” guruhi maktabgacha yoshdagi bolalarni nafas oladigan havoni, suvni, yerni ifloslamaslik, jonivorlarga ozor yetkazmaslik, o`simliklarni payhon qilmaslikka o`rgatish bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi.
“Huquqchilar” guruhi bolalarga nima mumkin, nima mumkin emas, davlat ramzlari, tug`ilib o`sgan o`lkasiga, ota-onasiga mehr-muhabbat uyg`otish masalalarini o`rgatish bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi. O`qituvchi oxirida har qaysi guruhning chiqishini tahlik qiladi, to`ldiradi xulosalaydi. 
Bolalarni iqtisodiy bilim, ko`nikma va malakalarni egallashga tayyorlash. Buning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning fikrlash doirasini kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon beruvchi turli vaziyatlarni ishlab chiqish, bu vaziyatlarning yechish variantlarini amalga oshirishga sharoit yaratish; iqtisodiy bilimlarni egallashga zamin bo`luvchi mantiqiy, matematik fikrlarini rivojlantiruvchi o`yinlar kompleksini amalga oshirish zarur.
Ikkinchi bosqichni hayotga tadbiq etish yo`nalishlari
1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning iqtisodiy savodxonlik darajasi mezonlarni ishlab chiqish. Shunga ko`ra dastur bo`limlarni integrasiya qilish.
“Matematika – iqtisodiy – mehnat”, tarbiya – iqtisodiy, “Ma`naviyat – iqtisod”, “Xorijiy tillar – iqtisod”, kabilar.
2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun “O`yinlar lobirinti” tizimini ishlab chiqish va amalda sinash.
3. “Tabiatdagi ta`lim” kompleksi dasturini yaratish. Bu kompleks dasturida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bevosita tabiatda o`yin tarzida tabiiy boylik, ne`matlarining iqtisodiy ahamiyatini ko`rsatuvchi ta`limiy, tabiat qo`ynidagi sog`lomlashtirish kabi tadbirlar aks etadi. Bunda xorijiy tillardan rus va ingliz tillarini o`rganishga iqtisodiy tushuncha va so`zlarni ishlatishga alohida e`tibor beriladi.
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida hammaga, jumladan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ham iqtisodiy tarbiya bo`yicha boshlang`ich tushuncha berish muhimdir. Bu yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya bo`yicha tushunchalar maxsus ravishda tashkil qilingan mashg`ulot, dars shaklida emas, balki kundalik hayotda o`yin, mehnat faoliyatlari jarayonida bolalar ongiga singdiriladi.
Tarbiyachining mohirlik bilan bolaning yosh xususiyattini, o`zlashtira olish darajasini hisobga olgan holda sharoit yaratishi muhim ro`l o`ynaydi.
Bolalar bog`chasining maktabga tayyorlov guruhida iqtisodiy tarbiya bo`yicha tushunchalarni hosil qilishga yordam beradigan alohida burchak yoki imkoniyati bo`lsa alohida xona tashkil qilish lozim. Xona yoki burchakda “Do`kon-do`kon”, “Maktab- maktab”, “Bozor-bozor”, o`yinlarini o`ynash uchun tubandagi anjomlar bo`lishi kerak. 

  1. Do`konchining qalpoqcha va xalati 

  2. Oyinchoqlar rastasi 

  3. O`quv qurollari rastasi 

  4. Mevalar rastasi 

  5. Sabzavotlar rastasi 

  6. Kassa 

  7. Tarozi 

  8. Xaridorlar uchun sumkalar. 

  9. Qog`ozdan yasalgan pullar 

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar turli xil voqeaband ijroli o`yinlar o`ynash orqali iqtisodiy tarbiyaga oid quyidagi oddiy tushunchalarni o`zlashtirib oladilar.


Narx sifatsiz narsa
Tovar tejamkorlik
Pul zarar
Arzon foyda
Qimmat barter
Sifatli narsa valyuta
Bank biznesmen
Reklama
Bundan mamlakatimizning iqtisodiy va ma`naviy hayoti har tomonlama sog`lom, quvvatli salohiyatga ega bo`ladi. Ular davlatimizning asosiy Qonunini mukammal bilishi, uning me`yorlariga rioya qilgan holda ish yuritishlari kerak.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida Konstitutsiyani o`rganish “Konstitutsiya saboqlari” maxsus kursi o`rgatiladi.
Har bir bola o`zining inson eng ulug` zot ekanligini, boshqa tirik mavjudotlardan nima bilan ajralib turishini go`dakligidan qalbi bilan his qilishi kerak.
Maktabgacha ta`limda huquqiy ta`lim-tarbiya berish 3 bosqichda olib boriladi. 

  1. o`rta yosh (3-4 yosh) 

  2. katta yosh (4-5 yosh) 

  3. maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh) 

Dasturning maqsadi bolalarda, umumiy axloq me`yorlari talablariga javob beradigan, ularning shaxs sifatida kamol topishiga asos oladigan bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.


Dasturning vazifalari:
- bolalarda hayotdagi ijodiy va salbiy holatlarga nisbatan sezgirlikni tarkib toptirish;
- umumiy axloq ko`nikmalarini rivojlantirish, kattalar, tengdoshlari fikrli bilan hisoblashish, zarur bo`lganda o`zining qarashlarini himoya qilishga o`rgatish;
- davlat, uning ramzlari, Konstitutsiya va qonunlar to`g`risidagi ilk tasavvurlarini tarkib toptirish;
- maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga ilk huquqiy ta`lim-tarbiya berishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Huquqiy qoidalarni bayon qilib berishda o`yin usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Bolalarga ilk huquqiy tushunchalarni berish orqali ularni qonun-qoidalarga tioya qilishlariga erishiladi. Huquqiy ta`lim mujassam mashg`ulot tarzida o`rta (3-4 yosh), katta (4-5 yosh) va maktabga tayyorlov davr (6-7 yosh) larida tevarak-atrof, tabiat bilan tanishtirish, badiiy adabiyot, odobnoma mashg`ulotlarini mujassamlantirib, har bir yo`nalishni bir-biriga moslab, uzviy ravishda olib boriladi.
O`rta yosh davri (3-4 yosh)
- bolalarda tug`ilib o`sgan joyi, ona vatanga nisbatan mehr-muhabbatni tarbiyalash – 1 mashg`ulot.
- oila a`zolari ota-ona, aka-uka,opa-singillariga nisbatan bo`lgan hurmat hissini tarbiyalash – 1-mashg`ulot
- mumkin, mumkin emas, yaxshi, yomon kabi tushunchalarni farqlay olishga hamda uning ma`nosini tushunishga o`rgatish – 1-mashg`ulot
- bolalarni odob saqlash, intizomli bo`lish, asrab-avaylashga o`rgatish – 1-mashg`ulot 
Jami: 5 ta mavzu
Katta yosh davri (4-5 yosh)
- bolalarning tug`ilib o`sgan Ona-Vatani, shahar, qishlog`I, mahallasi, xalqi, urf-odatlari, tarixiy joylari haqida ilk tushunchalar berish – 2-mashg`ulot
- O`zbekiston Respublikasi ramzlari: bayroq, gerb, madhiya bilan tanishtirish hamda ularga hurmat bilan qarashni tarbiyalash 2-mashg`ulot
- bolalarda harbiy qo`shinlarga nisbatan qiziqish uyg`otish orqali botirlik, jasurlik, vatanparvarlik tuyg`usini sindirib borish – 1 mashg`ulot
- bolalarga tartib-intizom qoidalarini o`rgatishda davom etib, yaxshi, yomon, mumkin emas degan tushunchalarini rivoyatlar orqali tushuntirib borish – 1mashg`ulot
O`zbekiston Respublikasining davlat tili – o`zbek tili ekanligini turli shakllarda (tez aytish, maqollar o`rgatish, sh`er yodlash orqali hamda ertaklar aytib berish orqali) bolalarga tushuntirishda davom etish – 1 mashg`ulot
Maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)
Mustaqil O`zbekiston haqidagi tushunchalarini kengaytirish, erkinlik, ozodlik, o`z davlat tiliga ega bo`lish, milliy bayramlarni qayta tiklanganligi to`g`risida tushunchalar berib borish – 2 mashg`ulot
O`zbekiston Respublikamizning ramzlari: bayroq, gerb, madhiya haqidagi olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, milliy valyutamiz haqida bilim berish – 1 mashg`ulot
Konstitutsiyamizning bolalarga o`rgatiladigan moddalari (1,4,5,6,29,36,37,40,41,49,50,52,55,64,54,68,70,89,122,126) ni bolalar ongiga yetkazib borish – 3 mashg`ulot
Bolalar qalbida o`zbek millati, uning tili, urf-odatlariga mehr-muhabbat va hurmat hislarini tarkib toptirish, milliy faxrlanish hissini tarbiyalash. Shaxs sifatida bolani o`zini anglashga o`rgatish – 1-mashg`ulot
Milliy bayramlarimiz Mustaqil kuni, Navro`z, xayit va boshqalar haqida tushunchalar berish. Ma`naviy merosimizni asrash, ularni o`rganish burchimiz ekanligini tushuntirib borish – 1 mashg`ulot
Jami: 8 ta mavzu
Tarbiyachi 20 ta mavzuni mashg`ulotlar va kundalik faoliyatda o`yinlar orqali konstitutsiya moddalarning mazmunini bolalar ongiga singdiradi.
Yer kurrasidagi barcha insonlar kundalik faoliyatda doimo yer, suv, havodan foydalanadi. Yer, suv, qanchalik toza bo`lsa inson salomatligi ham shunchalik yaxshi bo`ladi.
Istaimizmi, yo`qmi har kuni chiqindi chiqadi. Yosh-u, keksa o`sha chiqindilar bilan yer, suv, havoni ifloslantirmaslik bo`yicha bosh qotirishi juda foydali. Nafas oladigan havo, iste`mol qiladigan suvning toza bo`lishi lozimligini tushunib yetmagan kimsalar tabiatga oqilona munosabatda bo`la olmaydilar.
Ajdodlarimiz asrlar maboynida qir va tog`larni, ko`l va daryolarning tozaligini, yer osti, yer usti boyliklarini saqlay olganlar. Hatto suvga tuflashni gunoh deb hisoblashgan.
Bunday tushunchajarni bolalikdan boshlab singdirish yaxshi samara beradi.Donishmandlar fikriga ko’ra, bolaning besh yoshgacha olgan tarbiyasi, butun umr bo’yi olgan tarbiyasining ko’pchilik qismini tashkil qiladi. Shu bois, maktabgacha yoshdagi bolalarda ,,Uchinchi mingyillikning bolasi’’ dasturi asosida tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, jonivorlarga ozor bermaslik kabi tushuncha va tasavvurlar hosil qilinadi.
Bu vazifalar kundalik faoliyatda mashg`ulotlar, o`yinlar jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiyachi qaysi mashg`ulot bo`lishidan qat`iy nazar bolalarga qanday qilib ekologik tarbiya berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yishi kerak. Tabiat bilan tanishtirish mashg`ulotida jonivorlar, o`simliklar, mevalar bilan tanishtirishda ular haqida bilim ko`nikma hosil qilish bilan birga, ularga toza yer, sof havo, ifloslanmagan suvning zarurligi bilan bog`liq bo`lgan turli xil topshiriqlar bajartiriladi va o`yinlar o`ynatiladi. Masalan, “Baliqning ko`lga borishiga yordam ber” labirint o`yinida baliq, yo`lakchalar, yonida zavod chiqindilari tushayotgan ko`l, bola baliqning toza suvga borishi uchun to`g`ri yo`l ko`rsata bilishi kerak. Aks holda baliqni o`ldirib qo`yadi.


Download 189,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish