1-Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha tahlim – tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Eng qadimgi yozma manbalarda tahlimotlar



Download 82,99 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2022
Hajmi82,99 Kb.
#534417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Матин ochiq dars

Eng qadimgi yozma manbalarda tahlimotlar.
Urxun-Enasoy yodgorliklari, Irq yozuvlari‖ (Tahbirnoma) kabi manbalar bo’lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan Urxun enasoy bitiklarini ―toshlarga bitilgan kitoblar ham deb ataydilar. O’ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar tahlim-tarbiyaga oid qimmatli mahlumotlarni beradi. Urxun-enisey yodgorliklari dastlab yenisey havzasida, so’ngra Mo’g’ilistonning Urxun daryosi bo’yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893 yilda birinchi bo’lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o’qigan. V.Tomsondan so’ng olimlar – N.M.Yadrinsev, V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, o’qishga muvaffaq bo’ldilar. Urxun-enisey yodgorliklari S.e.Malov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. O’zbekistonda Oybek, O.SHarafuddinov, N.Mallaev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar Urxun-enisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning tahlim va tarbiya ishlarini yo’lga qo’yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar. Mahlumki, eramizning VI asri o’rtalariga kelib, Oltoy, yettisuv va Markaziy Osiyo hududlarida yashovchi turk qabilalaridan iborat Turk hoqonligi davlati tarkib topdi. Bu hoqonlik g’arbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo’lgan. Turk hoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Hoqonlik 604 yilda SHarqiy va G’arbiy hoqonlikka ajralgan. Eramizning 745 yiliga kelib esa Turk hoqonligi barham topgan. Turk hoqonligi asosan uch kishi: Bilga hoqon (Mog’iliyon), Kultegin, Tunyukuklar tomonidan boshqarilgan. Bilga hoqon (Mog’iliyon) hoqon, Kultegin – sarkarda, Tunyukuk esa vazir bo’lib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan. Bitiktoshlarda turk hoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp kishilar, sarkardalar tomonidan ko’rsatgan jasoratlar, ularning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi. O’z vatanining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini tahminlash hoqonlar Bo’min, Istami, Eltarish, Eltarishning o’g’illari - Bilga hoqon, lashkarboshi Kultegin, mahnaviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning tahrifi berilgan. Kultegin xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham o’ylaydigan jonkuyar sarkarda sifatida tahriflanadi. U o’z jonidan vatan taqdiri, xalq manfaatini yuqori qo’ygan shaxs. Kultegin Eltarish hoqonining kichik o’g’li. U 713 yil 27 fevralda qirq yetti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732 yilda o’rnatilgan. Ushbu bitiktoshda barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga hoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mug’iliyon bo’lgan. Bitigni Kulteginning jiyani Yo’llug’ tegin yozgan. Demak, bitigning muallifi ham mahlum. Kultegin bitigida Bilga hoqonning og’a-inilari va qarindosh-urug’lariga murojaat qilib, ularning xatolari tufayli turk elida ko’p falokatlar yuz berganini bayon etganligi ifodalanadi. Turkiylarning harbiy yurishlari, ularga qo’shni bo’lgan tabg’achlarning bosqinchiligi tufayli xalq boshiga tushgan kulfatlar haqida so’z yuritiladi, shuningdek, xalqning yolg’onchilik, firibgarlik qurboni bo’lganligi tahkidlanadi: Oltin, kumush, ichkilik, ipakni shuncha hisobsiz berayotgan Tabg’ach xalqi so’zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan. SHirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo’shni bo’lgandan keyin yovuz ilmni u yerda o’rganar ekan. Yaxshi, dono kishini, yaxshi alp kishini yo’latmas ekan. Biror kishi aldasa, urug’i, xalqi, uyi, yopinchig’igacha qo’ymas ekan. SHirin so’ziga, nafis ipagiga aldanib, ko’p turk xalqi o’lding... Turk xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: yiroq bo’lsa yomon ipak beradi, yaqin bo’lsa yaxshi debo beradi. Ilmsiz kishilar bu so’zga ishonib, unga yaqinlashdilar va ko’plari o’ldilar.
“Irq bitigi”da eng qadimgi ajdodlarimizning mifologik hamda totemistik qarashlari xalq og’zaki ijodi namunalari tarzida o’z aksini topgan. Anhanaga ko’ra, har bir epizodda yaxshilik g’oyalari targ’ib etiladi.
Voqealar tush va uning tahbirlari tarzida yoritiladi. Bahzi tushlar yaxshilikning, bahzilari esa yomonlikning timsoli deya tahbir qilinadi. Inson doimo turmushi, hayotining yaxshi kechishini orzu qilgan. Ana shunga intilgan. U o’z orzulariga yetishishiga ishongan, bu yo’lda Tangri yordami vp madadiga tayangan. “Irq bitigi”da bu holat juda ishonarli tarzda bayon etilgan. CHunonchi:
Men Osmon o’g’li kunduz va kechqurun
Oltin taxtda o’ltirib.
SHodlanyapman,
Bilib qo’ying: bu yaxshi”.
“U ikki oy oldin
Odam o’g’lini uchratdi.
Odam qo’rqdi,
Bilib qo’ying: bu yaxshi”.
“Irq bitigi”da yozilishicha samoviy qahramonlar inson taqdirini belgilaydi hamda unga yordam beradi. Ushbu fikrlar quyidagi misralarda o’zining yorqin ifodasini topgan:
“Yuqorida tuman yoyildi,
Pastda to’zon to’zidi,
qush bolasi uchdi va yo’ldan ozdi,
Kiyik bolasi yugurdi va yo’ldan ozdi,
Odam bolasi yuraverib yo’ldan ozdi.
Osmon shafoati tufayli uchinchi yilda yana
Hamma omon-eson va tugal ko’rishdi.
Hamma suyunishdi va quvonishdi,
Bilib qo’ying bu yaxshi”.
Yovuz kuchlarning timsoli bo’lgan tuman hamda to’zon yordamida to’g’ri yo’ldan adashtirilgan, sarson-sargardonlik, xoru-zorlikka mahkum etilgan jonli mavjudotlar - qushlar, kiyiklar va odam bolalari buyuklik va qudratning timsoli bo’lgan – osmon, uning sharofati tufayli yana bir-birlari bilan ko’rishishga muyassar bo’ldilar, birga hayot kechira boshladilar. SHehriy misralarda o’z ifodasini topgan mazkur g’oyalardan Yer yuzidagi mavjud hayot qushlar, hayvonlar hamda odamlardan iborat yagona biologik (hozirda keng qo’llanilayotgan ekologik)tizimni tashkil etishlari to’g’risida bolalar (ayni vaqtda odamlar)ga tushuncha berishga yo’naltirilgan harakat mazmuni anglaniladi.
Inson doimo yaxshi hayot kechirishga intilar ekan, bu yo’lda u juda ko’p qiyinchiliklarga duch keladi. Lekin inson qiyinchiliklarni ilohiy qudrat - Tangri yordamida yengib o’tib, go’zal hayotga yetishishadi. Ana shu holat ham tahbirlarida o’z aksini topgan.
Ammo yaxshilik bor joyda unga yomonlik ham mavjud bo’ladi. Ayrim tushlarga nisbatan berilayotgan tahbirlarda yomon hodisa-voqealar negizida yomonlikning yotishiga alohida urg’u beriladi.
Xalq og’zaki ijodi namunalarida yomonlik, yovuzlik timsoli sifatida qo’llanilgan ayrim obrazlar tush tahbirlarini belgilashda salbiy timsol sifatida baholanadilar. Xususan:
“Men olti boshli ilonman,
Oltin qorin -qulog’imni
qilich bilan chopib,
Mening tanamni yo’l chetiga,
Boshimni uyim yo’liga qo’yishdi, - deyishdi.
Bilib qo’ying: bu-yomon”
Ammo “Irq bitigi” (“Tahbirnoma”) asari mazmunida optimizm (kelajakka ishonch) ruhining ustuvorligi ko’zga tashlanadi. Asarda ilgari surilayotgan fikrlarda yaxshilikning yomonlik, ezgulikning yovuzlik ustidan erishilajak g’alabasi borasidagi qarashlarning yetakchi o’rin egallaganligiga guvoh bo’lamiz. Xalq doimo o’z kelajagining yaxshi bo’lishiga ishongan, yomonlik ustidan yaxshilik, ezgulikning g’olib kelishiga bo’lgan ishonch yetakchi o’rin tutgan:
“Tong ota boshladi,
So’ng uning izidan yer yorishdi.
So’ng quyosh chiqdi
Hamma yer yorug’ bo’ldi”,-deyishadi,
Bilib qo’ying: bu-yaxshi.
Ko’rinib turibdiki, “Irq bitigi” (“Tahbirnoma”) asarining mazmunida ham asosan inson va uning qayg’usi, hasrati, dardi, quvonchi, shodligi yotadi. Yaxshi hayotga yetishish yo’lida olib borilgan kurash jarayonida yomonlik, yovuzlik mahv etiladi, uning ustidan yaxshilik, ezgulik g’olib keladi. Yaxshi xislatlarning egasi, yaxshilik va ezgulikni qaror toptiruvchi mavjudot inson sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, o’zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrigacha qaror toptirilgan mahrifiy qarashlari inson shaxsining shakllanishida, uning kamolotini tahminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda turkiy xalqlarning inson xulq-odobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavvurlari ifodalangan. Muayyan turmush tarzini qaror toptiruvchi ijtimoiy shart-sharoitga ko’ra inson axloqiga nisbatan qo’yilayotgan axloqiy talablar mohiyati ham o’zgarib borgan. Biroq har qanday zamon va makonda ham inson ezgulikning jaholat, yaxshilikninng yomonlik va ziyoning zulmat ustidan g’olib kelishini istagan va ana shu istagi insonning mahnaviy kamolotini belgilovchi asosiy mezon bo’lib, axloq-odobga oid qarashlar mazmunida markaziy o’rin egallagan. Mazkur holatni yuqorida so’z yuritilgan eng qadimgi mahrifiy meros namunalari misolida ham yaqqol ko’rishga muyassar bo’ldik.



Download 82,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish